Reja; kirish energetik yoqilg’i. Yoqilg’i turlari Yoqilg’ining namliligi va kuli



Download 15,85 Kb.
bet3/5
Sana06.03.2022
Hajmi15,85 Kb.
#484941
1   2   3   4   5
Bog'liq
qozon qu

2. Yoqilg’ining namliligi va kuli
Issiqlik ajratish xususiyati turlicha bo‘lgan yoqilg‘ilarni taqqoslash uchun «shartli yoqilg‘i» tushunchasidan foydalaniladi. Yonish issiqligi 29300 kJ/kg yoki -30000 kJ/kg bo‘lgan yoqilg‘i shartli yoqilg‘i deyiladi. Berilgan yoqil-g‘ini shartli yoqilg‘iga aylantirib hisoblashda va aksincha shartli yoqilg‘ini berilgan yoqilg‘iga aylantirib hisoblashda yoqilg‘i ekvivalenti deyiladigan kattalikdan foydalaniladi.Namlik bir necha xil turlarga bo'linadi: adsorbsion, kolloid, kristallogidrat va mexanik namliklar. Adsorbsion namlik - ko'mir sirtidagi atom kuchlarining tengsizligi hisobiga ushlanib turiladi. Adsorbsiya hodisasida ko'mir ichidagi zarrachaga ta'sir qiluvchi kuchlar muvozanatda bo'lib, tashqi qatlamda esa faqatgina ichkarigi tekislik bo'yicha yo'nalgan kuchlar muvozanatda bo'ladilar.Havo harorati qancha yuqori va namligi qancha kam bo'lsa, ko'mir yuzasida shunchalik kam namlik ushlanadi. Xona haroratida yoqilg'ini mutloq quruq holgacha quritish mumkin emas. Yoqilg'ida havodagi suv bug'larining parsial bosimiga va uning haroratiga mos keluvchi ma'lum miqdorda namlik qolaveradi.Havoda quritilgan yoqilgini "quruq - havoli" namligini adsorbsion yoki gigroskopik namlik deb ataladi. Gigroskopik namlik uning fizik tarkibiy qismini namoyon kiladi, shuning uchun u asosiy tavsifdir. Kolloid namlik deganda, kolloid tarkibiy qismiga kiruvchi namlik tushuniladi. Kolloidli namlik, yangi ko'mirlarda ko'proq, eski ko'mirlarda kamroq. bo'ladi.Kristallizasion namlik kristallogidratlar tarkibiga kiradi. Ko'pchilik yoqilg'ilarda bu namlik kam bo'lgani uchun, faqat ko'p kulli yoqilg'i - slaneslarda hisobga olinadi.
Kul yoqilg'ining yonishi natijasida hosil bo'ladigan mineral qoldiqdan iborat. Kul hosil bo'lishining asosi mineral aralashmalarning mavjudligidir. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi kulni farq qiladilar. Birlamchi kul yoqilg'ini hosil qiluvchi moddalar tarkibidagi mineral aralashmalardan hosil bo'ladi; ikkilamchi kul yoqilg'ining hosil bo'lish jarayonida unga kirib qolgan mineral aralashmalardan va uchlamchi kul esa - qazib olish paytida qo'shilgan aralashmalardan hosil bo'ladi. Bunday aralashmalarga sulfatlar, karbonlar, silikatlar, fosfatlar, xloridlar, piritlar va boshqa birikmalar kiradi. Kul tarkibiga AI2O2 , SaO, Na2O , K2O , SiO2 , FeO va boshqalar kabi oksidlar kiradi.Qattiq yoqilg'ilardagi mineral aralashmalarning miqdori keng chegaralarda o'zgaradi: o'tinda 1–2 % , yonuvchi slaneslarda 70 % gacha, ko'mirda 10–40 %, suyuq yoqilg'ida 1 % gacha.Yoqilg'ining kulliligini oldindan quritilgan namunani laboratoriya sharoitida yoqib, keyin hosil bo'lgan qoldiqni platina idish, ya'ni tigelda 500 0 C (mazut uchun) yoki 850 0 C (qattiq yoqilg'i uchun) haroratda o'zgarmas massa holatigacha qizdirib aniqlanadi. Yonmaydigan qoldiq og'irligini o'lchash berilgan yoqilg'idagi kul miqdorini aniqlash imkonini beradi.Yoqilg'ining yonishi jarayonida mineral aralashmalar qattiq holatdan suyuq holatga o'tishi mumkin; bu paytda minerallar eritmasi hosil bo'ladi, uni toshqol (shlak) deb ataladi. Kulning eruvchanligi uning muhim ko'rsatkichi hisoblanadi. Kulning eruvchanligini laboratoriya sharoitida aniqlash uchun sinaladigan kulning maydalangan namunasidan standart o'lchamlarda shakllantirilgan kichik piramidalarni elektr pechida yarim tiklanuvchan muhitda (SO-60%, SO2 - 40%) qizdiriladi. Piramidalar bukila boshlagan yoki uning uchi dumaloqlasha boshlangan harorat kulning deformasiyalanishi harorati t1 deyiladi. Piramidalarning uchi uning asosigacha egilib tushadigan harorat kulning yumshash harorati t2 deyiladi. Kul piramidasi erib oqa boshlagan harorat t3 deb belgilanadi
Kulning eruvchanlik ko'rsatkichi bo'yicha qattiq yoqilg'ilar quyidagi guruhlarga bo'linadi: yengil eriydigan kulli (t3 1350 0 C), o'rta eriydigan kulli (t3 =1350-1450 0C), qiyin eriydigan kulli (t3  1450 0C). Yoqilg'i tarkibida kulning ko'p bo'lishi yoqilg'idan foydalanuvchi qurilmalarning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini pasaytiradi, chunki toshqol va kulni chiqarib tashlash xarajatlari va shuningdek, toshqol va kul bilan issiqlik yo'qotishlari ortadi.Qattiq yoqilg'i namligini ichki va va tashqi turlarga bo'lish qabul qilingan.Yoqilg'ini tashish va saqlash paytida uning sirtini namlaydigan, ayniqsa, torf va ko'ng'ir ko'mirlarda juda rivojlangan kapillyar va kovakchalarga singib kiradigan atmosfera havosining namligi, yer yuzi va zamin suvlari tashqi namlikni shakllantiradi. Bo'lakchalarning o'lchami kamayishi bilan yoqilg'ining solishtirma yuzasi keskin ortadi, bu tashqi namlikning ko'payishiga sabab bo'ladi. Yoqilg'ining tashqi namligi quritish yo'li bilan undan chiqarilishi mumkin.Ichki namlik kolloid va gidrat (kristallgidrat) namlikdan iborat. Kolloid namlik yoqilg'ining butun massasi bo'ylab bir tekisda taqsimlangan bo'lib, uning miqdori yoqilg'ining kimyoviy tuzilishi (tabiati) va tarkibiga bog'liq. Yoqilg'ining geologik yoshi ortishi bilan undagi kolloid namlikning miqdori sezilarli darajada kamayib boradi. Gidrat namlik yoqilg'i mineral qismining kimyoviy birikmalari (asosan kalsiy sulfati) tarkibiga kiradi. Yoqilg'idagi gidrat namlikning miqdori unchalik ko'p emas, ammo uni chiqarish uchun yoqilg'ini juda yuqori haroratlargacha qizdirish talab qilinadi.Ochiq havoda saqlanganda juda nam yoqilg'i o'zidan namlikni yo'qotadi, quruq yoqilg'i esa havodan namlikni yutadi; bu yutilish yoqilg'i sirtidagi to'yingan suv bug'ining bosimi nam havodagi bug'ning parsial bosimi bilan tenglashguncha davom etadi. Tabiiy sharoitlarda qaror topgan namlikga ega bo'lgan yoqilg'i quruq deb ataladi.


Download 15,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish