Atrof-muhit monitoringi bu – ma’lum dastur asosida tabiatda sodir bo’layotgan doimiy jarayonning holatini baxolash, uning analizini tizimli boshqaruv asosida kuzatish. Bu termin birinchi marotaba 1972- yil stokgolmda o’tkazilgan BMT ning atrof-muhit bo’yicha konferensiyasida R. Mannom tomonidan qo’llanilgan. Ekomonitoringning asosiy maqsadi :
Antropogen omilining atrof-muhitga ayni vaqtdagi
ta’sir manbalari ustidan kuzatuv olib borish va uning sabablarini aniqlash.
Atrof-muhitning hozirgi holatini baxolash, atrof-muhitning antropogen ta’siri oqibatidagi kutiladigan o’zgarishlarini bashoratlash. Ekomonitringning asosiy vazifalariga ekologik xavfsizlik boshqaruv tizimlariga maximal darajada atrof-muhitdagi o’zgarishlar to’g’risidagi aniq va ishonarli ma’lumotlar yetkazish.
Atrof -muhitning xolati va uning funksional butunligini baxolab borish.
Atrof-muhitga yetkazilayotgan salbiy ta’sirlarning sababini o’rganish va ular oqibatida ro’y beradigan o’zarishlarni baxolash. Ekomonitoring tizimi va uning turlari.
Global (biosfera) ekomonitoring.
Asosiy yoki majmuaviy ekomonitoring- antropogen ta’sirisiz umumiy biosferadagi o’zgarishlar bo’yicha kuzatuvlar.
Milliy ekologik monitoring bunda davlat miqiyosida maxsus tashkilotlar tomonidan faqatgina xududiy kuzatuvlar olib boriladi. Ekomonitoringni belgilang maqsad bo’yicha sinflanishi ;
1 Standart monitoring bunda 4 yoki 5 parametrli komponentlar ustida kuzatuv amalga oshiriladi masalan; CO2 ,Co, NyOx, So2, gazlaring atmosfradagi miqdori ustidan o’tkaziladi.
2 Operativ yoki inqirozi monitoring bunda xalokat yoqasiga kelib qolgan xavfli obe’ktlar o’rganiladi . Masalan; ammiak quvurlari va ulardagi ammiak miqdori o’rganiladi.
3 Maxsus monitoring bunda ifloslangan tabiiy yoki texnogen ta’sir ostida vujudga kelgan ma’lum xududlar ustida o’tkaziladi (Chernobl)
Fizik monitoring olib borishda radiatsiya , turli nurlanishlar, akustik shovqinlar kuztuv ostida bo’ladi. Fizik monitoring o’z ichiga geofizik baxolashni xam oladi.
Kimyoviy yoki geokimyoviy monitoring olib borishda esa turli kimyoviy moddalarning tabiatda tarqalish dinamikasini tartibga solish va zarar xavfi kuchli bo’lgan toksik moddalarning kelib chiqish manbalarini o’rganadi.
Ekomonitoring olib borishdagi asosiy jarayonlar.
Kuzatuv ob’ektini tanlab olish va uning tadqiqoti.
Tanlab olingan ob’ektning axborotlashgan modelini yaratish.
O’zgarishlar rejasini tuzish.
Kuzatuv ostidagi obe’ktning xozirgi xolatini baxolash.
Kuzatuv ostidagi obe’ktning axborot modelini identifikatsiya qilish.
Obe’ktning xozirgi xolatiga asoslangan xolda o’zgarishlarni bashoratlash.
Olingan ma’lmotlarni ekologik xavsizlik tashkilotiga unga qulay bo’lgan shakilda yetkazib berish. Ekomonitoring ximoya obe’ktlariga atmosfera , tuproq qatlamlari, barcha suv manba’lari, o’simliklar dunyosi,xayvonot dunyosi,antropogen yuklamalardan ,qishloq xo’jalik yuklamalaridan, ishlab chiqarish sanoat,rekriatsion xududlar,inson salomatligi,migratsiya va h.k . Okeanning ekologik monitoringi.
Okeaning ekomonitoringining vazifasiga uning fizikaviy tarkibini o’rganish, termodinamik va antropogen aralashmalarining okeanda tarqalish jarayonlarini tizimlashgan analizini olib borish va okeaning ekologik xolatini aniqlash kiradi. Okean ekomonitoringi butun jahon iqlim monitoringi bilan uzviy bog’liqdir. Okeandagi turli neft quvurlaridan neftni tortib olish reaktorlaridagi falokat xolatlarida okeanga sizib chiqqan neftni zarar ko’lamini aniqlashda biotestlash amalda juda qo’l keladi bunda fitoplanktonlar,zooplanktonlar, molyuskalar ixteofaunaning aloxida turlari dengiz mikroorganizmlaridan foydalaniladi.
O’rmonlar ekomonitoringi o’z ichiga o’rmon ekosistemasi uning analizi o’rmon resurslaridan foydalanish boshqaruvini uning muhofazasi o’rmoning umumiy xolati va unga ta’sir etuvchi tashqi xolatlar masalan atmosfera,turli zararli xashoratlar va o’rmonning umumiy fondiga zarar keltiruvchi meliorativ (cho’llatish yoki sug’orish), antropogen ta’siri jarayonlar kiradi.
O’rmon ekomonitoringining ishlash tizimi.
O’rmon xo’jaligi tashkilotlarini oprativ va aniq bo’lgan axborotlar bilan ta’minlashdan iborat. Bunda O’rmon ekosistemasi fonidagi dinamik o’zgarishlar, o’rmon sektorlarini turg’un rivojlanishi va undagi resurslarni ratsional tartibda foydalanishga erishish, o’rmon fondining xozirgi xolatini baxolash va bashoratlash va undagi bio xilma-xillikni saqlab qolish boyicha dastur va ishlanmalarni o’rmon xo’jaligi tashkilotlariga yetkazib berishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining asosiy funksiyasi etib, ekologik monitoringni amalga oshiruvchi yuqori organ ekanligi, ekologik qonunchiligidauning vakolatlari aniq belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasida, atrof-muhitni muhofaza qilish davlat boshqaruvini amalga oshirish Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan.
Respublikamizda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 avgustdagi 273-son “2016-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, Xayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalani to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonunlarva “Yer Kodeksi”qabul qilingan. Ularda ekologik monitoringni amalga oshirish bo‘yicha munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar o‘z ifodasini topgan.
Ekologik monitoring olib borishni ta’minlashda muayan davlatda olib borilayotgan ekologik siyosat muhum rol o‘ynaydi va uning negizida fuqarolarning qulay atrof-tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqlarinita’minlash yotadi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat ekologik siyosatiga tayangan tamoyillar va ular qatorida mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ekologik havfsizlikni ta’minlashga oid belgilab berilgan konseptual g‘oyalar va fikrlar ekologik montoringni huquqiy ta’minlash muammolarini ilmiy nazariy jihatdan o‘rganishda muhum qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Zero,-“Ekologiya xozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy mummolaridan biridir, uni haletish barcha halqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir”- deyao‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida ta’kidlab o‘tgan.
Mamlakatimizolimlariolib borgan tadqiqotlarda davlatning ekologik funksiyasini amalga oshirish mexanizmida ekologik monitoringning o‘rni va roli masalalari yetarli darajada o‘rganilmagan. Shu sababdan, bu muammoni ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil etish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Davlat ekologik monitoring siyosatini olib borishda O‘zbekiston Respublikasida maxsus vakolatli davlat organlarining ekologik monitoringini amalga oshirishga oid vakolatlari ilmiy-nazariy, mazmun mohiyati, huquqiy tabiati, ekologik monitoringni amalga oshirishda atrof tabiy muhit to‘g‘risidagi axborotlarni olish, qayta ishlash va ular asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilishda maxsus vakolatli organlari funksiyasining o‘rni katta ahamiyat kasb etadi.
Ekologik monitoringniamalga oshiruvchi maxsus davlat organlari bo‘lganO‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi xuzuridagi Gidrometeorologiya xizmat Markazi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston RespublikasiЕr resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligixuzuridagi Sanitariya-epedimeologiya bosh boshqarmalarini tarmoqlararo (bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi) va tarmoqqa oid (ma’lum bir tabiiy resusrslarni idora etuvchi) organlarga bo‘linishi hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan ekologik monitoring turlari, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish,tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida dalat monitoringini hamda tarmoqlararo boshqaruvini amalga oshiruvchi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining vakolatlarikatta ahamiyat kasb etadi.
Ekologik monitoringning mohiyati va maqsadi atrof-muhitning holatini ilmiy asoslangan usullar bilan kuzatib borish, uning ifoslanish darajasini aniqlash va sifat holatini baholash, atrof-tabiiy muhit holatidagi salbiy o‘zgarishlar va ularning salbiy oqibatlarini oldindan aytib berish, (prognoz qilish), tabiiy resurslardan foydalanish va antropogen faoliyat ta’siri tufayli atrof-tabiiy muhit holatidagi o‘zgarishlarni kuzatish, aniqlash, baholash, oldindan aytib berish (prognozqilish), ularning istiqbolini belgilash to‘g‘risidagi axborotlarni olish, yig‘ish, saqlashdan iborat bo‘lib, u o‘z oldiga atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga ega bo‘lishhuquqlarini ta’minlashdan iboratdir.
Ekologik monitoring davlat ekologik funksiyasining shakllaridan biri hisoblanganligi sababli, ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvchi funksiyasitizim mohiyati ekologik monitoring, ekologik nazorat, ekologik ekspertiza, atrof tabiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy pesurslardan oqilona foydalanishni rejalashtirish, hisob-kitob va davlat kadastrlarini yuritish, tabiiy resurslarni foydalanish uchun berish va qayta taqsimlash, atrof tabiiy muhitsifatini me’yorlashtirish, tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishdan iboratdir.
Mamlakatimizda davlatning ekologik monitoring siyosati muam-molarini huquqshunos olim Sh.H.Fayziyev tomonidan o‘rganilgan. Uning monografik tadqiqotlarida davlatning ekologik siyosatining yuridik tabiati, mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari, fuqarolarning qulay atrof-tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlashning davlat huquqiy mexanizmi masalalarini keng yoritgan. Halqaro ilmiy-anjumanda “Bugungi kunda ekologik qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish tabiat-jamiyat tizimini barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun amaldagi qonun hujjatlarini qaytadan tahlil qilib, yangi tahrirda qabul qilinishi, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, mavjud ekologik muammolarni hal qilishga xizmat qiladi”,- deya anjumandama’ruza qilgan.
Respublikamizda ekologik monitoringni huquqiy tartibga solishunga bog‘liq muammolarni nazariy va amaliy jihatdan yaxlit tarzda tadqiq etish, ekologik monitoringni tartibga soluvchi me’yoriy- huquqiy hujjatlarni zamon talablariga javob beradigan darajada ishlab chiqarish va tadbiq etishdan iboratdir.
Viloyatda ekologik monitoringniviloyat boshqarmasi xuzuridagi Analitik nazorat monitoring bo‘limiO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 iyun 377-son “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasixuzuridagi Atrof muhit ifloslanishini monitoring atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitiknazorat markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorihamda 2016 yil 23 avgustdagi 273-son “2016-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi QaroriasosidaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”
2002 yil 3 apreldagi 111-sonqarori asosida amalga oshiriladi.
Analitik nazorat monitoring bo‘limining asosiy vazifasi viloyatda suv va suv resurslari, tuproq hamda atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish maqsadida muntazam ravishda tahlillar olib boradi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2010 yil 3 fevral “Kommunalho‘jaligitizimida tabiatni muhofaza qilishfaoliyatini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar”to‘g‘risidagi Qonuni asosida viloyatda har yiliatrof-tabiiy muhitga oshiqcha oqova suvlarni oqizganlik uchunkompensatsiya to‘lovlarini to‘lovchi obyektlar ro‘yxatgaolinadi. Xozirgi vaqtda ulartomonidan belgilangan kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilmoqda. Shuning uchun yuqorida qayd qilingan obyektlarmazkur qarorga binoan davlat nazorati bilan xar biratrof-tabiiy muhitga oshiqcha oqova suvlarni oqizayotgan korxona, tashkilot, muassasa o‘z xududi va uning atroflarida atrof–muxitni ifloslantiruvchi manbalarida suv ifloslanishustidan nazorat olib borishlari lozim bo‘ladi.
Bu borada Navoiy viloyatida oqova suvlarni kanalizatsiya (maishiy, sanoat va yomg‘ir suvlarini ularning paydo bo‘lish joylaridan texnik tizimli ravishda olib chiqish) tarmoqlariga qabul qilib oladigan 2 taSuv tozalash inshoatlari faoliyat yuri-tadi. Bu Navoiy shahridagi “Navaoiazot“ Ishlab chiqarish bir-lashmasiga qarashli Maishiy-ho‘jalik chiqindi suvlarni qabul qilish inshoati, (BXO) uning loyihaviy quvvati 117 ming m3/sut, Uchkuduk suv tozalash inshoatining loyihaviy quvvati esa 49 ming m3/sut ga teng.
Ekologik monitoring ekologik ekspertiza, ekologik nazorat, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni boshqarish tizimida bir-biriga bog‘liq va bir –birini to‘ldiruvchi yagona faoliyat turidir. Shu bilan birga, ularning har biri o‘z vazifalarini bajarishga qaratilgan, o‘z obyektlariga, tamoyillariga, shakllariga turlariga ega jarayonlardir.
Olib borilgan tadqiqotlar jarayonida ekologik monitoringni tashkil etishva amalga oshirish prinsiplari quyidagi qoidalarni kiritishga imkoniyatini yaratdi :Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar monitoringini o‘tkazish
Namunalar olishdan oldin hududning aerodinamik parametrlari, atmosfera havosining harorati, bosimi va boshqa jihatlarini asbob-uskunalar bilan o‘lchovdan o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash;
Ifloslaniruvchi manba joylashgan sex yoki bo‘limning texnologik jarayoni ekologik nuqtai nazardan o‘rganishda chang-gaz tozalash qurilmalariga tortilgan aspiratsiya sistemalarini ko‘rib chiqish;
Chang-gaz tozalash qurilmalari bilan jihozlangan ifloslantiruvchi manbalarning chang-gaz tozalash qurilmalari samaradorligini baholash maqsadida changlarni qurilmaga kirish va chiqish joylaridan namunalar olishdan iborat bo‘ladi.
Oqova suv tozalash inshoatiga kelayotgan suvlarni haqiqiy miqdori to‘g‘risida ma’lumotlarni olish;
Inshoatning texnologik qurilmalarining holati, kanalizatsiya nasos stansiyasi tarkibiga kiruvchi panjara qurilmasi holati, tozalash inshoatiga oqovalarni kirish joyida suv namuna-larini olish;
Qum tutgich qurilmasi, birlamchi va ikkilamchi tindirgilarni, aeratsiya hovuzlarining holatini o‘rganish va gidrobiologik tahlillar uchun namunalar olish;
Illarni to‘plash maydonchasida hosil bo‘ladigan sizindi suvlarni hovuz osti kuvurlari orqali nasos stansiyasiga qaytarilayotganligini aniqlash;
Xlorlash bo‘limida oqavalarni xlorlash holativa tozalangan oqova suvlardagi qoldiq xlor miqdorini inshoatning laboratoriyasida tahlil qilish yo‘li bilan belgilangan me’yorlarga mosligini aniqlash;
Suv tozalash inshoatidan tozalanib chiqayotgan oqova suvlardan hamda tozalovdan o‘tganva ochiq suv havzasiga tashlanayotgan oqova suvni qo‘shilishidan so‘ng (quyi) suv namunalarini olishdan iboratdir.
Monitoring o‘tkaziladigan hududdagi tuproqning tashqi holatiga baho berish;
Tuproq namunasi olayotgan xududda yetishtirilayotgan qishloq ho‘jalik mahsulotlarining nomlarini daftarda qayd qilish;
Tuproq ifloslanishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan kimyoviy tahlil uchun ikki usulda tuproq ifloslangan qismidan konvert usulida kompleks namunalar olish;
Ifloslantiruvchi moddalarning tarqalish dinamikasini o‘rganish uchun obyekt chegarasidan shamol yo‘nalishibo‘yicha aniq masofalardan tuproq namunalarini olish ;
Monitoring o‘tkazilayotgan obyektlardannamunalar olingandan so‘ng tegishli tartibda dalolatmoma tuzish, namuna olish jarayonida ishtirok etgan boshqarma xodimlari va monitoringda ishtirok etgan korxona xodim (lari) hamda rahbar tomonidan imzolanadi.