“MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK O’YINLARINING TA’LIMIY – TARVIYAVIY AHAMIYATI”
REJA:
Kirish
Didaktik o’yinlarning ta’limiy va tarviyaviy
Didaktik o’yinlarning
Didaktik o’yinlarni o’tkazish
Darslar o’tkaziladigan didaktik o’yinlarning mazmuni va ulardan fotdalanish
DIDAKTIK O’YINLARNING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI
Bolalarga o’yinni o’rgatishda muayyan ta’limiy maqsad nazarda tutiladi. O’yinning eng muhim axamiyati ham ana shundadir. O’yin o’tgazilish shakllari va usullari ta’limning boshqa turlaridan farq qiladi.
Didaktik o’yin usullari cheksiz, takrorlash va o’zgartirish unga turli yangiliklar kiritish imkoni bor.Masalan. biz “Jimjitlik” o’yinining 5-7xilini butun sinf bilan hamda ayrim bolalar bilan 10 martadan ko’proq takrorlab o’tkazdik “Nima o’zgardi ?” turidagi o’yin 5 xil turli ko’rsatmali material bilan o’tgazildi. Natijada o’yin malakalarining bir xilda va mustahkam bo’lishiga hamda o’yinning har bir qoidasini tinglay bilish va unga rioya qilinishiga erishish imkonini berdi. Didaktik o’yinlar o’zining shakli jihatidan, asosan, bog’chada o’ynaladigan ijodiy o’yinlardan ham o’qituvchi o’zi hikoya qilib berish yo’li bilan tushintiradigan va o’quvchilarni birma – bir so’rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan o’yinlardan ham har tamonlama farq qiladi . Didaktik o’yinlar o’qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli , maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar g’olib chiqish maqsadida jon- dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo’lgan qiziqish orta boradi. Didaktik o’yinlar har bir darsning maqsadini har bir mashqning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi.
Didaktik o’yinlar ta’limning ko’rgazmaliligini, o’qituvchining nutqini va bolalar harakatini o’z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko’rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida ) birlik tug’iladi. Bu esa o’qituvchining aytganlarini bolalarning o’ylab olishiga va aytilganlarini ifodalab berishlariga, ya’ni didaktik o’yin qoidalarini o’zlari bajarishlariga undaydi. Didaktik o’yinlarning bu tarzda tuzulish xususiyatlari o’quvchilar faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o’yin vaqtida zo’r qiziqish bilan harakat qiladilar.
Didaktik o’yinlar bolaning his- tuyg’usiga ta’sir etib, unda o’qishga ijobiy munosabat va qiziqish xislatini tarkib toptiradi. Bolalar o’yinda zo’rmamnuniyat bilan ishtirok etadilar. O’yin boshlanishini sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida beixtiyor ertangi o’quv kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi.
Har bir didaktik o’yinda ko’pchilik bolalar yoki butun bir sinf o’quvchilari ishtirok etadi. Masalan, “Doiraviy misollar” o’yinida hamma bolalar masala yechadi. “Zanjircha” da 10 nafar, “Do’koncha”da
8 – 12 nafar bola, “Narvoncha”da esa hamma o’quvchilar masala yechadilar.
Bundan tashqari, o’yin jarayonida hatto bolalardan ba’zi birlari ishtirok etmasa ham, ular o’yinda imo-ishoralar bilan qatnashadilar. Masalan, ko’larini yumib, kim necha marta taqillatganini tinglaydilar. “Eng yaxshi hisobchi”, “Kim aniqroq va tezroq kabi o’yinlarda o’z o’rtoqlarining misolni qanchalik to’gri- noto’g’ri yechayotganlarini kuzatib boradilar. Bu esa oqituvchiga o’quvchi faoliyatiga individual munosabatda bo’lish imkonini beradi.
Didaktik o.yinlar o’tkazilish jarayonida bolalarning o’zlarini mustaqil boshqara olishda o’rganishlarini ta’kidlab o’tish lozim.
Didaktik o’yinlarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?
Tajribada shuni ko’rsatadiki, didaktik o’yinlar hamjihatlik va intizomlikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o’yin g’alaba qozonishga intilish bilan bog’liq bo’lib, o’yin shartlari va qoidalariga qat’iy va izchil rioya qilishni talab etadi. “Eng yaxshi hisobchi”, “Ko’rganni eslab qolish” kabi o’yinlarni o’tkazish paytida o’quvchilar sinf xonasida jimjitlik bo’lishiga o’quvchilarning o’zlarini tuta bilishlariga, partadan tovusn chiqarmay turib, oyoq uchida doskada chiqa olishlariga, joylariga osoyishtalik bilan qaytib kelib o’tkazishlariga, tovushlarni diqqat bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn bilan qarashlariga erishadilar.
Darsda o’yinqaroqlik qilib o’tiradigan va o’qituvchini bitta dars davomida 10-15 martagacha tanbeh berishga majbur etadigan bolalar ham uchrab turadi. Biroq o’yin o’tkazilayotgan vaqtda bunday bolalarning xulq –atvori tamoman o’zgarib ketadi. Ular darhol o’zlarini tutib oladilar, o’qituvchining o’yin qoidalarini ko’rsatib berishini kutib o’tirmaydilar ham, qoidalarini o’zlari mustaqil bajaradilar.
Didaktik o’yinlar jarayonida bolalarda uyushqoqlik, vaqtni iloji boricha tejay bilish xislatlari tarbiyalanadi.
Didaktik o’yinlarda tirishqoqlik, matonatlilik, boshlangan ishni ohirigacha yetkaza bilish singari eng kerakli irodaviy sifatlar tarbiyalanadi. Masalan “Doiraviy misollar “ o’yinida oltita misolning hammasini yechish kerak, aks holda, oxirgi sonning birinchisiga to’g’ri kelish- kelmasligini bilib bo’lmaydi. Ana shuning o’zi bolalarni faollashatirib yuboradi va ular misolni yechmay qo’ymaydilar.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’tkaziladigan o’yinlar bolalarning bo’sh vaqtini samarali o’tkazish vositasidir. O’yinlardan esa qo’shimcha mashg’ukotlarda unumli foydalaniladi. Bolalar jon — dillari bilan darsdan keyin qolishga rozi bo’ladilar.
O’quvchi didaktik o’yinlar sifatida har qadamda didaktik mashqlardan foydalanadi.Ular orasidagi farq shundaki, didaktik o’yinda g’oliblar albatta bo’lishi kerak, didaktik mashqlarni bajarishda esa bu talab shart emas.
Bunga misol keltiramiz:
80 — 15 70 — 15
+ 13 +13
— 8 — 8
-40 -40
— 2 — 2
8 8
Didaktik o’yin sifatida foydalanmoqchi bo’lsak, unda u bolalardan: “Har bir qatordan ikkitadan eng yaxshi hisoblovchini tanlash kerak.Ular misollarni yechadi va javobini yozadi. Ulardan qaysi biri tez yechsa, o’sha qator g’olib bo’ladi.
Avval’ birinchi qatordagi partadan ikki o’quvchi chiqib, misollarni tez yechadilar va natijalariga qarab chap yoki o’ng qatoriga o’tiradi.
Keyin bu o’yin takrorlanadi va boshqa qatordagi partada o’tirgan o’quvchilar bajaradi. Bu ishni didaktik mashq sifatida bajarish mumkin. Bu vaqtda faqat chap tomonda yoki o’ng tomonda yozilgan misollar ishlanadi.
O’qituvchi bu misolni ( 80 – 15 + 13 – 8 – 40 – 2 ) o’quvchilar ketma – ket bajarishga ulguradigan tarzda sekinlik bilan o’qiydi, keyin natijasini aniqlaydi va doskaga yozib qo’yadi.
DIDAKTIK O’YINLARNING TURLARI.
Didaktik o’yinlar tuzilishiga ko’ra 2 asosiy guruhga bo’linadi: syujetli- rolli o’yin va o’yin – mashqlar.
Syujetlirolli o’yin biror syujetga asoslanadi, ro’llarga bo’linadi, o’yin harakteri va qoidasi bo’ladi. Masalan: “Kema marshrutini aniqla”, “Telefo’n”, “Telegraf”, “To’p kimga beriladi?” kabilar.
O’yin- mashqlarda faqat alohida o’yin elementi kiritgan bo’lib, yoki topishmoq, biror qoida yoki o’yinning biror harakati olinadi. Bunday o’yinlarga “Zanjir”, “Jim”, “Matematik estafeta”, “Doiraviy misollar”, “Uychani to’ldir” kabilar kiradi. Bu tur o’yinlarni tashkil qilish oson , uni o’tgazishga kamroq vaqt ketadi, lekin o’quvchilarda syujetli-rolli o’yinlar o’yin-mashqlarga ko’ra ko’proq qiziqish uyg’otadi.
O’yindagi o’quvchilarning o’quv – bilish faoliyatiga ko’ra o’yinlarni yana bir necha turga ajratish mumkin:
1.O’quvchi faqat ijrochi sifatida qatnashadigan o’yinlar: bunda o’quvchilar namunada ko’rsatilganidek harakat qiladilar. Masalan: “Naqsh tuzamiz” o’yini kabi.
O’tilganbor mavzuni esga olib, takrorlashni talab qiladigan o’yinlar. Bunda masalan o’quvchilarning arifmetik amallarni bajarish yuzasidan olgan bilim , ko’nikma va malakalari mustahkamlanadi. Bunday o’yinlarga “Matematik baliqchi”, “Eng yaxshi uchuvchi”, “Parashutni qo’ndir’’ o’yinlar kiradi.
Birorbir narsani o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan o’yinlar. Bunday o’yinlarda o’quvchilar berilgan masala va misolni ularga mantiqiy bog’liq bo’lgfan boshqa masala va misol bilan almashtiradilar. Masalan; “Matematik estafeta”, “Zanjir”, “Doiraviy misollar”, ya’ni bunday o’yinlarga o’z-o’zini va bir-birini nazorat qilishga o’rgatuvchi o’yinlar ham kiradi: “Nazoratchilar”, “Bilmasvoyni tekshir” va hokazo.
Izlanish va ijodiy yondashuvni talab qiluvchi o’yinlar 4-guruhga
kiritiladi.Bunday o‘yinlarda o’quvchilardantopqirlik,mustaqillik, ijod qilish kabilar talab qilinadi. Masalan: “Topishmoqni top”, “Samolyotning yo’lini aniqla” kabi o’yinlar shular jumlasidandir.
Matematika darsloari xususiyatdan kelib chiqib, o’yin- musobaqalarni
va olimpiada o’yinlarini ham ajratish mumkin. Musobaqa-o’yinda topshiriqlarni bajarishning tezligi va to’g’riligi e’tiborga olinsa, olimpiada o’yinlarida topshiriqning mazmuni, bajarilish sifati birinchi o’ringa qo’yiladi.
Har bir didaktik o’yin o’z navbatida quyidagi komponetlardan tuziladi: o’yin maqsadi, qoidalari, jihozi, mazmuni, natijasi.
1.O’yin qoidalari o’yinni olib borish va unga qatnashish tarkibini aniqlab beradi. Qoidalar o’yin maqsadidagi mos holda o’quvchilar faoliyatini tartibga solish uchun kerak bo’ladi.
O’yinmazmuni o’quvchilarning bajarishi kerak bo’lgan harakatlari bilan aniqlanadi, matematika darslarida bu harakatlar ko’proq misol va masala yechishdan iborat bo’ladi. O’yin jihozi o’yinni o’tgazish uchun kerak bo’lgan predmet-modellar, real va shartli predmetlar, kartochka va ko’rgazmalardan iborat.
3.O’yin natijasi qo’yilgan vazifaning bajarilishi bilan aniqlanadi. Natija o’quvchilarni qoniqtirish kerak.
DIDAKTIK O’YINLARNI O’TKAZISH QOIDALARI.
Didaktik o’yinlarni tanlashda o’quvchilarga bilim va tarbiya berishning quyidagi tartib- qoidalariga rioya qilinadi:
Didaktiko’yinlarni tanlash va ulardan foydalanishda o’quvchilarning yosh xususiyatlari, pedagogik jihatdan tayorgarligi va bilim saviyasi hisobga olinadi.
Tanlangan har bir o’yin o’quvchilarga sistemali bilim berish, malaka va ko’nikmalar hosil qilish bilan birga ularning barkamol bo’lib yetishishiga va ruhan tetik o’sishga qaratilgan bo’ladi.
Didaktik o’yinlarni tanlashda ta’limning aniq maqsad va vazifalari asos qilib olinadi. Didaktik o’yinlar ta’lim mazmunini aniqlashtirishning muhim vositalaridandir. U o’quvchilarda o’qish motivini, istagini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Izlanish va ijodiy yondashuvni talab qiluvchi o’yinlar 4-guruhga kiritiladi.Bunday o‘yinlarda o’quvchilardan topqirlik, mustaqillik, ijod qilish kabilar talab qilinadi. Masalan: “Topishmoqni to” , “Samolyotning yo’lini aniqla” kabi o’yinlar shular jumlasidandir.
Matematika darsloari xususiyatdan kelib chiqib, o’yin- musobaqalarni
va olimpiada o’yinlarini ham ajratish mumkin. Musobaqa-o’yinda topshiriqlarni bajarishning tezligi va to’g’riligi e’tiborga olinsa, olimpiada o’yinlarida topshiriqning mazmuni, bajarilish sifati birinchi o’ringa qo’yiladi.
Har bir didaktik o’yin o’z navbatida quyidagi komponetlardan tuziladi: o’yin maqsadi, qoidalari, jihozi, mazmuni, natijasi.
1.O’yin qoidalari o’yinni olib borish va unga qatnashish tarkibini aniqlab beradi. Qoidalar o’yin maqsadidagi mos holda o’quvchilar faoliyatini tartibga solish uchun kerak bo’ladi.
O’yin mazmuni o’quvchilarning bajarishi kerak bo’lgan harakatlari bilan aniqlanadi, matematika darslarida bu harakatlar ko’proq misol va masala yechishdan iborat bo’ladi. O’yin jihozi o’yinni o’tgazish uchun kerak bo’lgan predmet-modellar, real va shartli predmetlar, kartochka va ko’rgazmalardan iborat
3.O’yin natijasi qo’yilgan vazifaning bajarilishi bilan aniqlanadi. Natija o’quvchilarni qoniqtirish kerak.
DIDAKTIK O’YINLARNI O’TKAZISH
QOIDALARI.
Didaktik o’yinlarni tanlashda o’quvchilarga bilim va tarbiya berishning quyidagi tartib- qoidalariga rioya qilinadi:
Didaktik o’yinlarni tanlash va ulardan foydalanishda o’quvchilarning yosh xususiyatlari, pedagogik jihatdan tayorgarligi va bilim saviyasi hisobga olinadi.
Tanlangan har bir o’yin o’quvchilarga sistemali bilim berish, malaka va ko’nikmalar hosil qilish bilan birga ularning barkamol bo’lib yetishishiga va ruhan tetik o’sishga qaratilgan bo’ladi.
Didaktik o’yinlarni tanlashda ta’limning aniq maqsad va vazifalari asos qilib olinadi. Didaktik o’yinlar ta’lim mazmunini aniqlashtirishning muhim vositalaridandir. U o’quvchilarda o’qish motivini, istagini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Didaktik o’yin- Didaktik o`yin -ta’lim
Didaktik o`yin- beruvchi usul bo’lib, bu usul muayyan ta’limiy maqsadlarga erishuvga, ya’ni o’tilgan o’quv materialini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Har bir didaktik o’yinni o’tgazishda muayyan bir vazifa maqsad qilib olinadi. Masalan: “Doiraviy misollar o’yinida esa ikkinchi o’nlik ichida hisoblash malakalarini mustahkamlashdan iborat bo’lgan didaktik topshiriq qo’yiladi.
Didaktik topshiriq darsga qo’yiladigan umumiy maqsadining bir qismini tashkil qiladi.
Har bir didaktik o’yinning ham har qanday o’yindagi singari qoidalari bo’ladi. O’sha qoidalarga aml qilinmsa, o’yinning o’yin sifatidagi ahamiyatli binobarin , o’yinnig ta’lim – tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo’qoladi. O’yin qoidalari o’yin topshirig;iga kiritiladi.
O’yin topshirig’i – o’qituvchining bolalarga o’yinning qanday o’ynalishini, kim g’olibligini aniqlashdan iborat.
“ Jimjitlik” o’yinida bolalarga beriladigan topshiriq o’qituvchi ko’rsatgan buyumlar miqdorini “xayol”da sanab, yechish va son natijasini topishdir. O’tyin qoidasi ovoz chiqarmasdan harakat qilishni talab etadi.
Quyidagi didaktik materiallardan foydalaniladi: suratlar, jadvallar abak (sanoq asbobi), o’yinchoqlar, cho’tlar, cho’plar, qo’lda yasalgan qog’oz qayiqcha va qalpoqcha, geometrik shakllar solingan qutichalar.
Qo’llaniladigan o’yinl;ar nomi: “Sanayver”, “Ko’rganni eslab qol”, “Biz kamayib qoldik”, “Nima o’zgardi”, “Nechta ekanligini top”, “Jadvalni qidirib top”, “Hisoblashni kim bilsa davom ettiraversin “, “Uychaga kim tez kiradi”, “Kim chaqqon”, “Eng yaxshi hisobchi”, “O’z o’rningni top”, “Misollar zanjiri”, ” Sonni kim tez ko’rsatadi”.
Fodalanilgan adabiyotlar.
1.N. ABDURAHMONOVA, M. JUMAYEV, L. O’RINBOYEVA
BOSHLANG’ICH SINFLAR UCHUN MATEMATIKADAN DIDAKTIK
MATERIALLAR.
M. E JUMAYEV, Z. G’ TADJIYEVA, O. TOSHMETOVA, Z. YUNOSOVA
“BOSHLAG’ICH SINFLARDA MATEMATIKADAN FAKULTATIV
DARSLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI” TOSHKENT 2005-YIL.
Do'stlaringiz bilan baham: |