Reja: kirish cheki “Hamkorbank” atbning passiv operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari


Bankning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularning tahlili



Download 90,75 Kb.
bet5/9
Sana12.07.2022
Hajmi90,75 Kb.
#783291
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nishonov Ibrohim hisobot

4. Bankning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularning tahlili.
Tijorat banklari faoliyatining bosh maqsadi boʼlib, olinadigan foydaning miqdorini imkon qadar koʼpaytirish hisoblanadi. Bu esa, oʼz navbatida, ular daromadlarining hajmiga va barqarorligiga bogʼliq.
Tijorat banklari daromadlarining manbai boʼlib, bank biznesining quyidagi turlari hisoblanadi:
– ssuda biznesi;
– diskont biznes;
– qimmatli qogʼozlar biznesi;
– mulklar va qimmatliklarni boshqarish biznesi;
– kafolatlar berish;
– mablagʼlarni depozitlarga jalb qilish va ularning hisobini yuritish bilan bogʼliq faoliyat;
– savdo-vositachilik biznesi.
Ushbu faoliyatlarning har bir turi bank ushbu operatsiyalarda qanday vaziyatda qatnashishiga qarab ajralib turadi.
Ssuda biznesi banklarning kreditlash faoliyati orqali amalga oshiriladi. Tijorat banklari faoliyatining birlamchi ahamiyatga ega boʼlgan yoʼnalishi kreditlash boʼlganligi sababli, kreditlar ular aktivlarining tarkibida salmogʼiga koʼra birinchi oʼrinni egallaydi. Bu esa, kreditlardan olinadigan daromadlarning tijorat banklari daromadlarining umumiy hajmidagi salmogʼining yuqori boʼlishiga asos boʼladi.
Tijorat banklarining kreditlash faoliyati quyidagi ikki yoʼnalishga ega:
– jismoniy va yuridik shaxslarni kreditlash;
– boshqa banklarga kreditlar berish.
Kreditlardan olinadigan daromadlar foizli daromadlar boʼlib, ular kreditlarning turlari va kreditlash shakllari boʼyicha shakllanadi.
Xalqaro bank amaliyotida kreditlar muddatiga koʼra 3 turga boʼlinadi:
* qisqa muddatli kreditlar;
* oʼrta muddatli kreditlar;
* uzoq muddatli kreditlar
Demak, kreditlardan olingan foizli daromadlar kreditlarning muddatiga koʼra qisqa, oʼrta va uzoq muddatli kreditlardan olingan foizli daromadlarga boʼlinadi.
Oʼzbekiston Respublikasida oʼrta muddatli kreditlar toifasi mavjud emas. Shu sababli, respublikamiz banklarida qisqa va uzoq muddatli kreditlardan olingan foizli daromadlar mavjud.
Shuningdek, kreditlardan olingan foizli daromadlar kredit shakllari boʼyicha ham turkumlanadi. Jumladan, overdraft kreditlaridan, kontokorrent kreditlash shaklidan olingan daromadlar va hokazo.
Diskont biznesi – bu bank tomonidan tijorat veksellarini, toʼlanmagan talablarni chegirma hisobiga sotib olinishidir.
Banklarning diskont biznesi, asosan, faktoring va forfeyting operatsiyalari orqali amalga oshiriladi.
Faktoring operatsiyasida tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari bankning diskont stavkasi boʼyicha, regress huquqi bilan yoki regress huquqisiz, sotib olinadi. Forfeytingda esa, uzatma tijorat veksellari bankning diskont stavkasi boʼyicha regress huquqisiz sotib olinadi.
Bank tomonidan faktoring operatsiyasi uchun olinadigan daromadlar ikki qismdan tashkil topadi:
* faktoring krediti uchun foizli daromad;
* faktoring xizmati koʼrsatganligi uchun olinadigan komission daromad.
Tijorat banklarining qimmatli qogʼozlar biznesi quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
* bankning oʼzini qimmatli qogʼozlarini muomalaga chiqarilishi va ularning bozorda sotilishi;
* boshqa emitentlarning qimmatli qogʼozlarini, ularning topshirigʼiga koʼra, ikkilamchi bozorda joylashtirish;
* korxona va tashkilotlarni xususiylashtirish bilan bogʼliq xizmatlar;
* boshqa emitentlarning qimmatli qogʼozlarini sotib olish;
* sotib olingan qimmatli qogʼozlarni qayta sotish.
Tijorat banklarining qimmatli qogʼozlar biznesidan oladigan daromadlari fozli daromad, dividend va komission daromad koʼrinishida boʼladi.
Mulklar va qimmatliklarni boshqarish biznesi tijorat banklarining trast operatsiyalari orqali amalga oshiriladi.
Trast operatsiyalari bankka daromadni mijoz mulkini (koʼchmas mulk, qimmatli qogʼozlar, hisobraqamdagi mablagʼlar) boshqarish yoki ushbu mulkka doir ayrim maxsus topshiriqlarni bajarish orqali komission toʼlovlar shaklida keltiradi. Trast shartnomalarida mijoz bank kelishuvga muvofiq tarzda bankka mulklarni boshqarish evaziga maʼlum foiz vaʼda qiladi. Mazkur xizmat turida bank va mijoz orasida operatsiyaning aniq turi belgilab berilgan boʼladi. Xususan, joriy yilda mijoz mulkidan foydalanish evaziga kelgan daromad kelishuvga nisbatan past boʼlishi mumkin, bunda esa zarar bank tomonidan qoplanishi kerak. Shu bois, trast xizmatlari uchun komission toʼlovlar ham yuqoriroq boʼladi. Yuqoridagi xususiyatga koʼra, trast xizmati uchun komission toʼlov ham quyidagi elementlardan tashkil topgan:
* mulkni boshqarish uchun olinadigan oʼzgaruvchan toʼlov;
* trast ishi boʼyicha natijalarga mos ravishda bank oladigan qatʼiy belgilangan komission haq.
Bankning kafillik faoliyati bankka pul shaklida daromad keltiradi. Bank mijozlarga kreditlarini olish uchun yoki hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ikki xil kafolat beradi:
– mijozning toʼlov majburiyati boʼyicha beriladigan kafolat;
– mijoz tomonidan yetkazib beriladigan tovarlarning sifati yuzasidan beriladigan kafolat.
Bank daromadlarini shakliga koʼra quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
* foizli daromad;
* foizsiz daromadlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining muhim moliyaviy koʼrsatkichlaridan biri boʼlib, sof foyda hisoblanadi. Sof foyda koʼrsatkichining oʼzgarishida koʼp jihatdan daromad omillari asosiy oʼrin tutadi. Shu sababdan, tijorat banklari amaliyotida moliyaviy barqarorlikka taʼsir etuvchi daromad omillarini aniqlash, tasniflash va tahlil qilish muhim ahamiyatga ega



Download 90,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish