CHEKI “Hamkorbank” ATB passivlarining tarkibiy strukturasi tahlili.4
№
|
Ko’rsatkich nomi
|
2019-yil
|
2020-yil
|
Farq (+,-)
|
Summa
|
Salmo-g’i %
|
Summa
|
Salmo-g’i %
|
Summa
|
Salmo-g’i %
|
|
1
|
Mijoz hisob varag’idagi mablag’lar
|
3 805 203 133
|
10.1
|
6 063 440 657
|
13.4
|
+2 258 237 524
|
+3.3
|
|
2
|
Jalb etilgan va qarz mablag’lari
|
3 086 517 532
|
8.1
|
3 404 152 614
|
7.5
|
+31 763 508
|
-0.6
|
|
3
|
Aholi jamg’armalari
|
3 898 523 872
|
10.3
|
4 121 531 685
|
9.1
|
+233 007 813
|
-1.2
|
|
4
|
Bank kapitali (O’z mablag’lari)
|
6 477 631 077
|
17.1
|
6 653 017 093
|
14.7
|
+175 386 016
|
-2.4
|
|
Jami passivlar
|
37 824 015 615
|
|
45 315 961 610
|
|
+7 491 945 995
|
|
|
Buxgalteriya balansi ma’lumotlariga ko’ra CHEKI “Hamkorbank” ATB ning jami passivlari 2020 yilda 45 315 961 610 ming so’mni tashkil etgan va bu asosan mijozlar hisobvaraqlaridagi mablag’larning oshgani sababli ro’y bergan. Bankning o’z kapitali 2020-yilda 2019-yilga nisbatan 175386016 ming so’mga ko’paygan. Uning salmog’i esa jami passivlarning 14.7 foiziga teng. Mijoz hisob varag’idagi mablag’lar 2-chorakda 1-chorakka nisbatan 3.3 foizga ortgan. Jalb etilgan va qarz mablag’lari hamda aholi jamg’armalari ham o’sish tendensiyasiga ega.
CHEKI “Hamkorbank” ATB kapital tarkibi tahlili.5
|
T/r
|
Ko’rsatkichlar
|
2019-yil
|
2020-yil
|
O’zgarishi (+,-)
|
Qoldiq, ming so’m
|
ulush, %
|
Qoldiq, ming.so’m
|
ulush, %
|
Qoldiq, ming.so’m
|
ulush, %
|
1
|
Ustav kapitali
|
4 627 483 904
|
74.1
|
4 627 483 904
|
69.6
|
----------
|
-------
|
2
|
Taqsimlanmagan foyda va boshqalar
|
715 334 951
|
11.4
|
1 111 545 736
|
16.7
|
+396 210 785
|
35.7
|
3
|
Jami xususiy kapital
|
6 246 720 225
|
|
6 653 017 093
|
|
+406 296 868
|
6.2
|
2020-yildagi buxgalteriya balansi ma’lumotlariga ko’ra CHEKI “Hamkorbank” ATB ning ustav kapitalida o’zgarish bo’lmagan. Taqsimlanmagan foyda esa o’sishga erishgan va bu 2020-yilda 2019-yilga nisbatan +396210758 ming so’mga yetgan. Jami xususiy kapital joriy yilda o’tgan yilga nisbatan 6.2% ga ko’tarilgan.
Depozit hisobvaraqalari turlicha bo‘lishi mumkin va ularning tasniflanishi asosida qo‘yilmalar manbai, ularning maqsadli yo‘naltirilganligi, daromadlilik darajasi va boshqa shu kabi mezonlar yotadi, ammo aksariyat hollarda mezon sifatida pul qo‘yuvchi toifasi va qo‘yilmaniolish shakllari inobatga olinadi. Pul qo‘yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar quyidagilarga bo‘linadi:
-yuridik shaxslar (korxonalar va tashkilotlar);
-jismoniy shaxslar;
-yakka tadbirkorlar.
Mablag‘larni olish shakliga ko‘ra depozitlar quyidagilarga bo‘linadi:
-muddatli depozit mablag‘lar;
-talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit mablag‘lar;
-aholining jamg‘arma qo‘yilmalari.
O‘z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi. Muddatli depozit mablag‘lari ularning muddatidan kelib chiqib tasniflanadi:
- 6 oydan 9 oygacha depozitlar;
- 9 oydan 12 oygacha depozitlar;
- 12 oydan yuqori bo‘lgan depozit mablag‘lar.
CHEKI “Hamkorbank” ATB depozitlari tahlili.6
(ming.s)
Ko’rsatkich nomi
|
2019-yil
|
2020- yil
|
Farq(+,-)
|
Summa
|
%
|
Summa
|
%
|
Summa
|
%
|
|
Talab qilib olguncha depozitlari
|
1 377 700 433
|
0.35
|
1 582 456 002
|
0.37
|
+204755569
|
1.14
|
|
Jamg’arma depozitlari
|
580 199 155
|
0.16
|
601 124 147
|
0.13
|
+20924992
|
1.03
|
|
Muddatli depozitlari
|
2 027 952 346
|
0.485
|
2 147 784 631
|
0.49
|
+119832285
|
1.06
|
|
Depozit sertifikatlar
|
200 554 481
|
0.05
|
194 124 764
|
0.04
|
-6429717
|
0.96
|
|
Xukumat hisobvaraqlari
|
0
|
|
0
|
|
0
|
|
|
Jami
|
4 186 406 415
|
1.00
|
4 525 489 544
|
1.00
|
+ 339 083 129
|
1.08
|
|
Bank tomonidan jalb qilingan mablag‘larning yuqori likvidlik darajasini ushlab turish va ma’lum yuqori daromad olish ehtiyojini belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqib turli aktivlarga joylashtiriladi.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar – bu bankni oldindan ogohlantirmay mijoz tomonidan xohlagan vaqtda talab qilib olinadigan mablag‘lardir. Ularga hisob-kitob, byudjet hisob–kitoblarini amalga oshirishi yoki mablag‘lardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq hisob- varaqalardagi mablag‘larni, boshqa banklarning vakillik hisobvarag‘idagi qoldiqlarni kiritish mumkin. Talab qilinguncha depozitlar joriy hisob- kitoblar uchun mo‘jallangan. Bu hisobvaraqdagi mablag‘lar harakati naqd pul, pul o‘tkazish, boshqa hisob-kitob hujjatlari bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bu depozit turining asosiy kamchiligi – ular bo‘yicha juda kam miqdorda foizlarning to‘lanishi yoki umuman to‘lanmasligidir.
Talab qilib olguncha bo‘lgan depozitlarga banklarning vakil banklarda ochilgan vakillik hisobvaraqalaridagi mablag‘larini ham kiritish mumkin. Bu hisobvaraqalar ular hisob kitoblarni va to‘lovlarni bir tomonlama tartibda yoki bir birlarining topshiriqlari bo‘yicha amalga oshirish maqsadida ochilgan. Mazkur bankning boshqa bankda ochilgan vakillik hisobvarag‘i «Nostro hisobvarag‘i, mazkur bank boshqa bank uchun ochgan vakillik hisobvarag‘i «Loro» hisobvarag‘i deb yuritiladi va bunday hisobvaraqalarini ochish banklararo imzolangan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Bu hisobvaraqalardan to‘lovlar, qoidaga ko‘ra, ulardagi mablag‘lar hajmi chegarasida amalga oshirilishi kerak. Ular bo‘yicha mavjud mablag‘lardan ko‘proq operatsiyalar o‘tkazish zaruriyati tug‘ilganda, vakilga alohida balans hisobvarag‘idan overdraft krediti berilishi mumkin.
Qo‘yilmaning muddati va summasi qanchalik katta bo‘lsa, foizi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek amaliyotda asosan 9, 12 oy yoki yanada uzoqroq muddatga qo‘yilmalar rasmiylashtiriladi. Bunday aniq chegaralar pul qo‘yuvchilarni o‘zlarining mablag‘larini ratsional tashkil qilish va qo‘yilmalar qo‘yishga rag‘batlantiradi, shuningdek banklarga o‘zlarining likvidliklarini boshqarish uchun sharoit yaratadi. Pul qo‘yuvchi tomonidan qo‘yilma bo‘yicha mablag‘larni muddatidan oldin olinganda u shartnomada ko‘rsatilgan foizlardan to‘liq yoki qisman mahrum bo‘lishi mumkin. Odatda bunday hollarda foizlar talab qilgungacha qo‘yilmalarga to‘lanadigan foizlar hajmigacha pasaytiriladi.
Depozitlar banklar tomonidan amalga oshiriladigan depozit siyosatining asosiy o‘zagini tashkil etadi. Xorijiy va mahalliy iqtisodiy adabiyotlardan ma’lum bo‘lishicha iqtisodchi olimlar bank depozitining iqtisodiy mohiyatiga turlicha yondashadilar.
CHEKI “Hamkorbank” ATB da quyidagi omonat turlari mavjud:
“Yubiley 30” (omonat muddati-18 oy, yillik foiz stavkasi-20%, omonatning eng kam miqdori - 1 000 000)
“Yangi yil tuhfasi” (omonat muddati-24 oy, yillik foiz stavkasi-18%, omonatning eng kam miqdori - 1 000 000)
“Sarmoya 17” (omonat muddati-24 oy, yillik foiz stavkasi-17%, omonatning eng kam miqdori - 500 000)
“Qulay 14” (omonat muddati-13 oy, yillik foiz stavkasi-14%, omonatning eng kam miqdori - 200 000)
“Foizsiz” (cheklanmagan muddatga, foiz stavkasi-0%, omonatning eng kam miqdori 10 000)
Barcha turdagi omonatlar milliy valyutada, AQSH dollarida hamda yevroda ochilishi mumkin. CHEKI “Hamkorbank” ATB jismoniy shaxslarning omonatlarini majburiy tarzda sug’urtalash lozim bo’lgan tizimga kiruvchi banklar reestriga kiradi-bu esa omonatlarning saqlanib qolishining yana bir kafolatidir.
2. CHEKI “Hamkorbank” ATB Shayxontohur aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili.
Banklar o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun kerakli qimmatliklar: binolar, asbob-uskunalar, hozirgi zamonda tezkor hisob-kitobni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kompyuterlar, naqd pul mablag‘lari va kreditga berilgan mablag‘lari bo‘ladi. Banklarning mavjud bunday mablag‘lari banklar buxgalteriya balansida iqtisodiy mazmuniga ko‘ra (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar. naqd pullar va x.k) qiymatlari guruhlashtirilib bank balansining aktiv tomonida ko‘rsatiladi. SHuning uchun ham xalqaro miqyosda bank mablag‘larini – aktivlari deb yuritiladi.
Bank aktivlari deyilganda-bank faoliyatida amalga oshirilgan va oshiriladigan amaliyotlari jarayonida mablag‘ni xarid qilish, foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish natijasida iqtisodiy manfaat keltiruvchi moddiy va nomoddiy mablag‘lar tushuniladi. Iqtisodiy manfaat odatda aktivlarda pul oqimi shaklida namoyon bo‘ladi. Naqd puldan tashqari har qanday resurs aktivga aylanishi uchun alohida yoki biror bir boshqa resurs bilan birgalakda bevosita yoki bilvosita pul oqimini ta’minlashi zarur7. Bank aktivlari, bankning aktiv amaliyoti natijasida shakllanadi, ya’ni bank balansini likvid holda ushlab turib, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni foyda olish maqsadida joylashtirish faoliyatini ta’minlaydi.Bank aynan aktiv amaliyotlari natijasida daromadining asosiy qismini oladi. Bank aktivlari – bu bankka tegishli hamda moddiy qiymatga ega bo‘lgan qiymatliklar: naqd pul mablag‘lari, qarzga berilgan mablag‘lar, binolar va asbobuskunalardan tashkil topadi. Bulardan tashqari, bankda nomoddiy aktivlar ham mavjud bo‘lib, bular o‘zlarining moddiy shakliga ega bo‘lmaydilar, ammo bankning asosiy faoliyatida faol ishtirok etadi. Bank aktivlari juda turli-tuman bo‘lishi mumkin, lekin hamma tijorat banklari o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bir xil turdagi aktivlarga ega. Ularning bir qismi maxsus jihozlangan banklar naqd pullarni saqlash uchun seyflar yoki temir shkaflar, komp’yuterlar, avtomashinalar tashkil etadi. Bunday aktivlar banklarda ko‘p yil ishlatiladi va asosiy vositalar deb yuritiladi. Bank aktivi deganda passivlar joylashtirilishi tushuniladi. Uning tarkibiy tuzilmasi deganda esa har bir aktiv turining jami aktivlarga bo‘lgan nisbati tushuniladi. Tijorat banklarining aktivi va uning tarkibi quyidagilar bilan tavsiflanadi.
CHEKI “Hamkorbank” ATBning 2021-yil 1-chorak hisobotiga ko’ra bankning jami aktivi 10 604 477 873 ming so’mni tashkil qilgan. Aktivlar tarkibini tahlil qiladigan bo’lsak, eng ko’p ulush kredit va lizing operatsiylariga to’g’ri keladi.
Bank aktivlarining tasniflanishi:
bank kreditlari – 19,9 dan to 83,2 foizgacha;
investitsiya va qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar – 2,1 foizdan to 23,9 foizgacha;
kassadagi naqd pullar – 0,2 dan 12,9 foizgacha;
boshqa turli aktivlar, ya’ni asosiy fondlarga qo‘yilmalardan tortib, to bankning turli hisob operatsiyalarigacha – 0.2 foizdan to 7,8 foizgachani tashkil qiladi.
Tijorat bank aktivlari daromadliligiga qarab daromad keltiradigan aktivlar daromad keltirmaydigan aktivlarga bo’linadi.
Daromad keltiradigan aktivlar:
- berilgan kreditlar;
- qimmatli qog‘ozlar
- turli investitsiyalar
- kapital xarajatlar
Daromad keltirmaydigan aktivlar:
asosiy vositalar
nomoddiy aktivlar
pul mablag’lari
Ikkinchi guruh aktivlariga bank faoliyatida katta e’tibor berilishi lozim, chunki bu guruhda aktivlar sifatini pasaytiruvchi aktivlar, muddati kechiktirilgan, foizsiz ssudalar, muddati o‘tgan ssudalar va foizi to‘lanmagan ijara va boshqalar bo‘lishi mumkin. Aktivlarning maqsadga muvofiq joylashishi bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich - daromad keltiruvchi aktivlarning umumiy aktivlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi. Tijorat banklarining daromad keltiruvchi asosiy aktivlari- mijozlarga berilgan kreditlardir. Banklarning ikkinchi daromad keltiruvchi aktiv turi –davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) ga jalb qilingan banklararo kreditlar va investitsiyalar kichik salmoqni tashkil etadi. Muddati o‘tgan aktivlarning salmog‘i umumiy aktivlar hajmining 3 foizidan oshmasligi kerak.
Daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning etmish foizidan ortiq bo‘lishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish jarayonining bo‘shligini bildiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
CHEKI “Hamkorbank” ATB aktivlarini boshqarish usullari:
1. Aktivlarni boshqarishning umumiy fond mablag‘lari usuli;
2. Aktivlarni taqsimlash metodi;
3. Ilmiy boshqarish metodi.
Ko’pgina xorijiy banklar amaliyotida aktivlarni boshqarishning quyidagi usullaridan keng foydalaniladi: Bank aktivlarini boshqarishning umumiy mablag’lar manbalari usuli bankning o’z va jalb qilingan mablag’larini birlashtirishni nazarda tutadi, bunda bankda dastlab birlamchi va ikkilamchi zaxiralar shakllantiriladi. Mazkur usulni qo’llashning keyingi bosqichida kredit portfeli shakllantiriladi. Banklar amaliyotida kredit mablag’lari aktivlarning yirik ulushini tashkil etadi va bank faoliyatida muhim o’rin tutadi, chunki banklar daromadlarining asosiy qismini yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlash xizmatlarini ko’rsatishdan oladi.
Aktivlarni samarali boshqarish quyidagilardan iborat:
bank daromadi va xarajati o’rtasidagi marja ko’rinishidagi farqning o’sishi ;
daromad va kredit resurslari tavakkalchiligiga yetarli darajada rioya qilish;
bank aktivlarda foiz stavkasi o’zgarishi bilan foiz tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida e’tiborini qaratish.
Bank aktivlarini turli aktivlarga joylashtirish yuqori likvidlik darajasini ushlab turish va ma’lum yuqori daromad olish ehtiyojini belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqadi.8
Aktivlarni taqsimlash usulini qo’llash esa, jalb qilinayotgan resurslarning manbalarini tahliliga asoslanadi. Mazkur usulda resurslarning manbalari bo’yicha taqsimlashda resurslarning aylanuvchanligi bilan bog’liq bo’lgan muayyan cheklanishlar yuzaga keladi. Ya’ni jalb qilingan qisqa muddatli resurslar qisqa muddatli aktivlar amaliyotlariga yo’naltiriladi. Mazkur usulning afzalligi shundaki, bu usulni qo’llash jarayonida resurslarni toifalarga qarab taqsimlash orqali likvid aktivlarning jami aktivlardagi ulushini qisqartirish imkoni yuzaga keladi.Ushbu ikkala usulning kamchiligi shundaki, bu holatlarda mijozlarning kreditlarga bo’lgan talabi va ehtiyoji yetarlicha qondirilmaydi, ya’ni kreditlashda mijozlarning kreditlarga bo’lgan mavsumiy talablari to’liq e’tiborga olinmaydi. Mazkur muammolarning yechimidan kelib chiqqan holda xorij tajribasida aktivlarni boshqarishda chiziqli dasturlash usulidan foydalanish ham keng tarqalgan bo’lib, mazkur usulning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bank aktivlarini boshqarishning chiziqli dasturlash usuli murakkab hisob-kitoblar orqali bir necha muqobil usullardan maqbulini tanlab olishni nazarda tutadi. Bu usul jalb qilinayotgan resurlarni qay tariqa yuqori daromad keltiruvchi va kam sarflarni talab qiladigan sohalarga joylashtirish vazifasi qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |