hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi - oʻz tasarrufida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan, Toshkent shahri shahar budjetidan, Shaharlar va shaharlar budjetlaridan mablagʻ oluvchi tashkilotlarga ega boʻlgan yuridik shaxs, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan va Toshkent shahri shahar budjetidan, Shaharlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchi;
hududiy moliya organlari - Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, Shaharlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari;
oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya - oʻrta muddatli davr uchun soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi hujjat;
Budjet tashkiloti - Davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga koʻra tashkil etilgan, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot5;
Budjet mablagʻlari oluvchi - Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan mablagʻlar oladigan yuridik yoki jismoniy shaxs6.
2. Andijon shahar mahalliy budjeti daromadlari
va xarajatlari tarkibi. 2.1. Andijon shahrining 2022-yilgi mahalliy budjeti. Andijon shahrining 2022-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari rejasi 2022-yilning 27-yanvarida Xalq deputatlari Andijon shahar kengashining VI-35-1-10-139-K/22-son qarori bilan tasdiqlangan.
Mazkur qarorga asosan, Andijon shahri mahalliy budjetining 2022-yil uchun daromadlari 111 906,606 mln.soʻm(1-ilova va 1-rasm) va xarajatlari 154 241,318 mln.soʻm (2-ilova va 2-rasm) prognoz qilingan.
Tartibga soluvchi budjetlararo transfert 42 339,715 mln.soʻm miqdorida tasdiqlangan.
Bunda, tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini Shahar mahalliy budjeti daromadlari prognozi ijrosidan qatʼiy nazar kamaytirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilangan.
Aylanma kassa mablagʻi miqdori esa 1 141,837 mln.soʻmmiqdorida belgilangan.
2022-yilda quyidagi soliq turlari:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mul soligʻi;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan toʻlaydigan, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq bundan mustasno);
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
davlat mulki boʻyicha ijara toʻlovlaridan tushadigan tushumlar Shahar mahalliy budjetiga toʻliq hajmda oʻtkazilishi;