Reja: Kirish Bob


Quyosh haqida umumiy ma’lumot



Download 102,46 Kb.
bet2/8
Sana12.01.2022
Hajmi102,46 Kb.
#336621
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
astranomiya kurs ishi

1.1 Quyosh haqida umumiy ma’lumot.

Quyosh — Quyosh tizimining markaziy jismi, qizigan plazma shari. Quyosh Yerga eng yaqin G2 sinfiga mansub sariq mitti yulduz. Massasi 1,990×1030 kg (Yernikidan 332958 marta koʻp). Quyoshda Quyosh tizimi massasining 99,866 foizi jamuljam. Yerdan Quyoshgacha masofa 1,4710×1011 m dan (yanvar) 1,5210×1011 m gacha (iyul) boʻlib, oʻrtacha 1,4960×1011 m ni tashkil etadi (astronomik birlik). Quyosh diametri 1,392×1011 9 m (Yer ekvatori diametridan 109 marta koʻp). Oʻrtacha zichligi 1,41×1011 kg/m3. Quyosh sirtida erkin tushish tezlanishi 273,98 m/s kvadrat, parabolik tezlik (ikkinchi kosmik tezlik) esa 6,18×105 m/s. Sirtidagi harorat 5770 K. Quyosh sistemasidagi sayyoralar soni 8 ta.

Quyosh — quyosh sistemasining markaziy jismi; Yerga eng yaqin joylashgan yulduz.Unda sistemaning 99,866% massasi joylashgan. Quyosh qizigan plazmali shardan iborat, radiusi Ko=696000 km. U massasi boʻiicha Yerdan 332958, diametri boʻyicha 109 marta katta. Oʻrtacha zichligi 1,41T03 kg/m³. Yer Quyosh atrofida oʻrtacha 29,5 km/sek tezlik bilan choʻziq boʻlmagan el-lipsoid orbita boʻylab harakatlanadi. Yerning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 149597870 ±1,6 km (astronomik birlik); perigeliyda afeliyga qaraganda 5 mln. km kamroq. Quyosh sirtidagi tortilish kuchi tezlanishi 273,98 m/sek2. Quyosh sirtidagi effektiv temperatura, uning toʻla nurlanishi boʻyicha 5770 K ga teng . Yerni oʻz orbitasida ushlab turuvchi kuch 3,6T021kg . Quyosh oʻlchamlariga koʻra oʻrtacha sariq yulduz boʻlib, spektr yorqinlik Gersshprung— Ressel diagrammasining oʻrta qismidan oʻrin oladi. Quyoshning spektral sinfi S2U.

Quyosh Galaktikamizspiraltarmoqlaridan birida, Galaktika markazidan 10 kps masofada joylashgan Quyosh Galaktika markazi atro-fida 200 mln. yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Yaqin yulduzlarga nis-batan Quyosh sekundiga 20 km tezlik bilan harakat qiladi. Quyoshning yoshi 5T09yil.

Quyosh optik va radioteleskoplar yordamida tekshiriladi. Kosmosga uchishlar Q.ning Yer atmosferasi oʻtkazmaydigan qisqa toʻlqinli va korpuskulyar nurlanishini ham tekshirishga yoʻl ochib berdi.

1611 yilda G.Galiley teleskop yordamida Quyoshni birinchi bor kuzatib, Kuyosh dogʻlari va oʻz oʻqi atrofida aylanish davrini aniqtagan. Nemis astronomi G.Shvabe esa 1843 yilda Quyosh oʻzgarishining soni yoki Quyosh faolligi davriy oʻzgarishini topdi, 1814 yilda Y.Fra-ungofer Quyosh spektrida yutilish chiziqlarini, 1859 yilda nemis olimlari Kirxgof bilan Bunzen bu chiziqlar Quyosh ning tashqi qatlamlarida, uning atmosferasida paydo boʻlishini kashf etdi. Bu Quyosh ning kimyoviy tarkibini, fizik tabiatini tekshirishda muhim rol oʻynadi. 1913 yilda amerikalik astronom J.Xeyl Quyosh dogʻlari Quyosh sirtining sovigan qismlari ekanligini va fraungofer chiziqlarining zeyemancha ajralishidan Quyosh sirtida kuchli magnit maydonlari borligini kashf etdi (qarang Quyosh magnetizmi). 1940 yillar boshida Quyosh radiotoʻlqinlar manbai ekanligi aniqchandi. 1942 yilda shved olimi B.Edlen va boshqa olimlar Quyosh toji spektridagi bir necha spektral chiziqni koʻp marta ionlangan kimyoviy elementlarning spektral chiziqlari ekanini aniqladi, shu bilan Quyosh tojining yuqori temperaturaga egaligini kashf etdi. 20-asrning yarmida magnit gidrodinamika va plazma fizikasining rivojlanishi Quyosh fizikasining rivojlanishiga muhim turtki boʻldi. Kosmik eraning boshlanishidan soʻng Quyosh ning ultrabinafsha va rentgen nurlanishi raketalar, Yer sunʼiy yoʻldoshlariga oʻrnatilgan avtomatik orbital rasadxonalar, bortida kosmonavtlar boʻlgan kosmik lab. lar yordamida oʻrganilmoqsa. Qrim, Pul-kovo va boshqa rasadxonalarida, koʻpgina xorij mamlakatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston FA Astronomiya in-tida ham Quyosh ni oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda.



Quyosh oʻz oʻqi atrofida yer singari muntazam sharqdan gʻarbga tomon aylanadi. Aylanish tezligi Quyosh ekvatorida 2 km/sek boʻlib, qutblari tomon kamayib boradi. Ekvatorda aylanish davri =25, qutblari yaqinida esa =31 sutkaga teng . Quyosh ning toʻla nurlanishi Quyosh zenitda boʻlganda Yer sirtiga tushadigan yoritilganlik (100 ming lyuks) boʻyicha aniqlanadi. Yerning Quyosh dan oʻrtacha masofasida, atmosferadan tashqaridagi yoritilganlik 127 ming lyuksni; Quyosh ning yorugʻlik kuchi 2,84-1027shamni tashkil qiladi. Quyosh ning toʻla nurlanish quvvati 3,83T026 Vt, undan Yerga taxminan 2T017Vt yetib keladi.

Quyosh osmonda burchak diametri oʻrtacha 1919"26 ga teng disk singari koʻrinadi. Quyosh sirtining oʻrtacha ravshanligi (Yer atmosferasidan tashqarida kuzatilganda) 1,98T09nt, Quyosh diskining markaziy qismlari ravshanligi 2,48T0CH nt ga teng . Quyosh diskida ravshanlikning markazidan chetga tomon kamayishi spektrning turli qismlari (toʻlqin uzunliklari)da turlicha. Qisqa toʻlqinlarda chetga tomon xiralashish uzun toʻlqinlarga qaraganda kuchli. Quyosh diskining eng chetida ravshanlik bir sekund burchak ichida yuz marta kamayadi, shuning uchun Quyosh diski cheti juda aniq koʻrinadi. Rav-shanlikning Quyosh diski markazidan chetga tomon kamayishi Quyosh atmosferaga egaligidan dalolat beradi. Quyosh ni tekshirish asosan uning spektrini oʻrganishga asoslangan.

Quyosh spektri mingdan ortiq yutilish chiziklari (Fraungofer chiziqlari) bilan kesilgan tutash spektrdan iborat. Quyosh spektorida energiyaning taqsimlanishi 6000°K gacha qizigan mutlaq qora jism spektrinikiga asosan mos keladi]].

Fraungofer chiziqlarining toʻlqin uzunligi va intensivligi lab. nur manbalariniki bilan taqqoslanib, Q.da 69 kimyoviy element borligi aniqtangan. Quyosh asosan, vodorod va geliydan tarkib topgan. Har bir 1000 vodorod ato-miga 100 ta geliy, bir necha oʻn kis-lorod, uglerod, azot va boshqa element atomi toʻgʻri keladi. Quyosh spektrida ayrim molekulalar (ON, N14, SN, SO va boshqalar) ning ham chiziqlari bor.

Quyosh atmosferasi tabiatiga koʻra, 3 ta asosiy qatlam, yaʼni eng pastki qatlam — fotosfera, oʻrta qatlam — xro-mosfera va tashqi qatlam — quyosh tojidan iborat. Quyosh ning qariyb barcha nurlanish energiyasi fotosferadan sochiladi. Fotosferaning modda zichligi 3-10 ~7g/sm³, fotosferada temperatura tashqi qatlamlarga oʻta borib kamayadi va uning oʻrtacha qiymati taxminan 6000 K, fotosfera chegarasida deyarli 4200 K boʻladi. Bosimi 2-104dan 102N/m2gacha oʻzgarib turadi. Fotosfera ostida qalinligi 200 ming km konvektiv zona joylashgan. U fotosferaga taʼsir etib turadi, natijada fotosferaning ravshanligi notekis donador (granula) tuzilishga ega va u oʻzgarib turadi. Fotosfera granulalarining diametri 150–1000 km, "yashash davri" 5—10 min. Granulalarning ravshanligi oʻrtacha fondan =10% ga ortiq. Fo-tosferada radial yoʻnalishda kvazidavriy tebranishlar harakati topildi. Bu tebranishlar 2—3 ming km oʻlchamdagi maydonlarda 5 min. davr bilan va 500 m/sek tezlik amplitudasi bilan sodir boʻladi. Bir necha tebranish davrlaridan soʻng soʻnib, yana qayta hosil boʻlishi mumkin.

Fotosferada dogʻlar va mashʼallar deb ataluvchi Quyosh yuzasining detallari kuzatiladi. Quyosh dogʻlari kuchli (5000 e) magnit maydoniga ega. Odatda, Quyosh dogʻlari yuliq toʻrsimon yorugʻ maydon-chalar — mashʼallar bilan oʻralgan. Ular Quyosh diski cheti yaqinida yaqqol koʻrinadi va ravshanligi atrofnikidan 18% ga ortiq. Mashʼallarning temperaturasi ham atrofnikidan bir necha yuz gradusga ortiq. Mashʼallar ustida, xromosfe-rada flokkulalar kuzatiladi. Quyosh dogʻlari atrofida xromosfera va Quyosh tojida protuberanetslar deb ataluvchi gaz bulutlari, sirtmoqsimon gaz oqimlari ham kuzatiladi. Quyosh atmosferasining bu detallari Quyosh dogʻlari bilan bir-galikda Quyosh yuzasining aktiv sohalarini tashkil etadi.

Quyosh dogʻlarining oʻrtacha yillik soni, faol sohalarining soni 11 yillik davr bilan koʻpayib-kamayib turadi. Quyosh dogʻlari Quyosh ekvatorining ikkala tomo-nidan 5° dan 30° gacha geliografik kengliklarni oʻz ichiga olgan zonada uchraydi.

Fotosfera ustida xromosfera joylashgan. Quyosh toʻla tutilgan paytda xromosferani maxsus teleskop orqali kuzatilsa, u xuddi Oy diskini oʻrab turuvchi qizgʻish halqaga oʻxshaydi. Bu halqaning tashqi tomoni note-kis boʻlib, tishli gʻildirakni eslatadi. Xromosferadagi bu alanga "til-cha"lari spikulalar deb ataladi va ularning diametri 200—2000 km, balandligi esa 10000 km. Xromosfera teleskopi yordamida maʼlum monoxro-matik nurda Quyosh diskida mayda (-1000 km) va yirik (2000—8000 km) yorugʻ tugunlardan tashkil topgan xromosfera toʻri koʻzga yaqqol tashlanadi. Xro-mosfera toʻri koʻzlarining kattaligi 30—40 ming km.

Xromosfera spektri bir necha yuz emission chizikdardan tarkib topgan. Xromosferada modda zichligi pastdan yuqoriga tomon 1 sm³da 1015atomdan 10’ atomgacha kamayib boradi. Xromosfera bilan fotosfera chegarasida temperatura 4500°K. Xromosfera asosidan bir necha ming km balandlikda esa temperatura ortib, 15—20 ming K ga yetadi. Atmosfera bosimi fotosferanikidan mln. marta kam. Monoxromatik nurda, odatda, mashʼallar ustida flokkulalar, vodo-rod chizigʻi Nanurida qora tolalar kuzatiladi. Quyosh gardishi yaqinida protu-beranetslar koʻrinadi. Flokkulalar va protuberanetslarning soni Quyosh faolligi oʻzgarishi bilan oʻzgarib turadi. Pro-tuberanetslarning Quyosh dan oʻrtacha balandligi 30—50 ming km, uz. 200 ming km. Pro-tuberanetslar bir necha oy yashashi mumkin. Protuberanetslar temperaturasi 5000— 10000°K, modda zichligi xromosferaning oʻrtacha zichligiga yaqin. Protube-ranetslarning shakli va ulardagi harakat xromosfera bilan Quyosh tojidagi magnit maydoniga bogʻliq.



Quyosh tojining (oq nurda) ravshanligi Quyosh gardishi markazinikidan million marta kam. Quyosh tojida qal-qonsimon va yelpigʻichsimon yogʻdu, toj nurlari va qutb chyotkalari deb ata-luvchi struktura elementlarini kuza-tish mumkin. Quyosh toji Quyosh faolligi maksimum boʻlgan yillarda simmet-rik, minimum boʻlgan yillarda esa ekvator boʻylab choʻziq shaklda boʻladi. Quyosh toji spektrida koʻp marta ionlashgan. Gʻe, Sa, M§, S, O, 8 ele-mentlari atomlarining emission chiziklari bor. Quyosh tojida barcha atomlar ionlashgan. Quyosh tojining oʻrtacha temperaturasi 106 K dan ortiq va toj boʻylab sekin oʻzgaradi. Xromosfera bilan Quyosh chegarasidagi temperatura 105 K; 1 m³ hajmga 107atom toʻgʻri keladi. Q. tojining tashqi qatlamlaridan fazoga yuqori energiyali zarra (proton, elek-tron)lar sochilib turadi va bu oqim quyosh shamoli deb ataladi. Faol sohalar ustidagi tojda radionurlanish, shuningdek, rentgen nurlanishi ni-hoyatda kuchli, Quyoshdagi xromosfera chaqnashlari vodorod chizigʻi Ns






Download 102,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish