Reja: Kirish. Birlashgan millatlar tashkilotining inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi haqida



Download 41,49 Kb.
bet1/2
Sana20.07.2022
Hajmi41,49 Kb.
#830496
  1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)



Mavzu: Inson huquqi tizimi va uning mazmuni
Reja:

  1. Kirish. Birlashgan millatlar tashkilotining inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi haqida.

  2. Inson huquqi nima?

  3. Inson huquqi tizimi va uning mazmuni.

  4. “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni.

  5. Inson huquqlarini ta’minlash — bosh maqsadimiz.

  6. Xulosa .

  7. Adabiyotlar ro`yxati

Kirish
1. Birlashgan millatlar tashkilotining inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi — BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan deklaratsiya. U muqaddima va 30 moddadan iborat boʻlib, uni qabul qilishdan maqsad har bir inson va davlat mazkur Deklaratsiyani nazarda tutgan holda maʼrifat va taʼlim orqali shu huquq va erkinliklar hurmat qilinishiga kumaklashishi lozim. Deklaratsiya har bir insonning tabiiy va ajralmas huquq va erkinliklari eʼlon etilgan asosiy xalqaro hujjatdir. Shu tariqa xalqaro munosabatlar tarixida birinchi marta insonning hamma rioya etishi zarur boʻlgan asosiy huquqlari va erkinliklari doirasi belgilab berilgan. Deklaratsiyada "insoniyat oilasining hamma aʼzolariga xos qadrqimmatni, ularning teng va ajralmas huquqlarini tan olish — erkinlik, adolat va yalpi tinchlik negizi" ekanligi eʼlon etilgan. Unga koʻra, umum hurmat va rioya qilishi shart boʻlgan inson huquklari doirasi shaxsiy, siyosiy hamda ijtimoiyiqtisodiy huquqlardan iboratdir.
Shaxsiy huquklar orasida avvalo har bir kishining hayoti, erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqi alohida taʼkidlangan. Deklaratsiyaning boshqa qoidalari esa mazkur huquklarni toʻldiradi. Xususan, hech kim qullikda, zabun holatda tutilmasligi, qiynoqqa yoxud ayovsiz, gʻayriinsoniy, odam shaʼnini yerga uradigan muomala va jazoga duchor etilmasligi; oʻzboshimchalik bilan qamoqqa olinmasligi, ushlab turilmasligi lozim ekanligi qayd etilgan. Shaxs huquklari sirasiga shaxsiy va oilaviy hayotning, turar joyning daxlsizligi huquqi, yozishmalarni sir saklash huquqi, oʻz shaʼni va obroʻsini himoya qilish huquqi, odil sudlov tomonidan muhofaza etilish huquki kabilar kiradi
(3— 5, 8—12moddalar).
Deklaratsiyada insonning quyidagi siyosiy huquklari hamda erkinliklari ham taʼkidlangan: fiqolash, vijdon, din erkinligi; eʼtiqod erkinligi va uni erkin ifodalash huquqi; tinch yigʻilishlar oʻtkazish hamda uyushmalarga aʼzo boʻlish h>’kuqi; oʻz mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqi; yashirin ovoz berish yoʻli bilan umumiy va teng saylash huquqi; erkin ravishda koʻchib yurish hamda oʻziga turar joy tanlash huquqi; boshpana huquqi; milliy yoki diniy alomat boʻyicha hech bir cheklovsiz nikohdan oʻtish va oila qurish huquqi; mulkka egalik qilish huquqi (13—21moddalar).
Mehnat qilish huquqi, adolatli va yetarli ravishda takdirlanish hamda mehnat uchun teng mehnat haqi olish huquqi, kasaba uyushmalari tuzish huquqi; dam olish huquqi; ijtimoiy taʼminlanish huquqi; onalik va bolalikni alohida himoyalash huquqi; taʼlim olish va madaniy hayotda qatnashish huquqi (22—27moddalar) insonning asosiy ijtimoiyiqtisodiy huquqlari hisoblanadi.
Deklaratsiyada inson manfaatlarining ustuvorligi quyidagi tamoyillarda oʻz aksini topgan: inson huquqlarini hurmat qilish, inson huquqlarining tengligi, inson erkinliklari, inson huquqlarini amalga oshirishning demokratik jarayoni, inson huquqlarini taʼminlashning adolatligi. Deklaratsiyada eʼlon etilgan mazkur inson huquqlariga oid tamoyillarga kura barcha kishilar erkin tugʻiladi va oʻz qadrqimmati hamda huquqlari jihatdan teng boʻlib, ular qonun oldida teng va qonun tomonidan babbaravar himoyalanish huquqiga ega
(1, 2, 7moddalar).
Mazkur Deklaratsiya qoidalari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan inson huquqlarini buzish uchun ishlatilishi mumkin emas. Har bir shaxs uchun oʻzgalarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish jamiyat aʼzolarining burchidir.
Ushbu Deklaratsiya mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan birinchi xalqaro hujjatdir (1991-yil 30-sentabr). Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining "Inson va fukarolarning asosiy huquklari, erkinliklari va burchlari" deb atalgan 2boʻlimi mazkur Deklaratsiya talablariga toʻla moye boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasi barcha fuqarolari teng huquq va erkinliklarga ega boʻlishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun oddida tengligi taʼkidlangan. Respublikada inson huquqlariga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilingan va ular xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan.
"Inson huquqlari boʻyicha Oliy Majlis vakili (ombudsmen) toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan (1997-yil 24-aprel). Inson hukuqlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni taʼminlovchi milliy intlar — Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz va Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti ishlab turibdi. Toshkent shahrida hukumatga qarashli boʻlmagan "Xyuman Rayts Votch Xelsinki" xalqaro tashkilotining vakili, chet el ommaviy axborot vositalarining vakillari faoliyat koʻrsatmoqda hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqa oʻrnatilgan.

2. Inson huquqi — shaxsning hayotiy ehtiyoji, yashashi, komil topishi uning jamiyat, davlat va boshqa shaxslar bilan aloqasi uchun zarur boʻlgan xususiyatlari hisoblanadi.


Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, oʻz shaʼni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda shular bilan bogʻliq eng muhim protsessual huquqlar mut-laq Inson huquqlari sirasiga kiradi. Qolgan hamma Inson huquqlari nisbiy boʻlib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson huquqlarini har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha toʻxtatishga (bekor qilishga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquklari, iq-tisodiy va ijtimoiy huquklari, shuningdek, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan (18— 52-moddalar). Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi — har bir insonning uzviy huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish — eng ogʻir jinoyat hisoblanadi (24-modda). Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim konunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas (25—26-moddalar). Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi xuquqiga ega (27—29-moddalar). Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoh-lagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi (31-modda).
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Inson huquqlari va erkinliklarining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miq-yosda qabul qilingan yangi yuridik ta-moyil va talablarga asoslangan keng hukuqiy muhit vujudga keltirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zoʻravonligidan huquqiy meʼyorlar sari keskin burilish yasaldi. Respublika qonunlarini Inson huquqlari sohasidagi xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, Inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qoʻshilishda davom etib, bu hujjatlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishning, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya qilishining mexanizmi yaratildi.Inson huquqlari va kafolatlari O'z. Res. Konst.ning 7,8,9,10 boblarida berilgan.
3. Inson huquqlari va erkinliklari tizimi oʻz yaralish ibtidosi va rivojlanish mantiqiga ega. Adabiyotlarda „inson huquqlarining uch avlod“ bosqichi haqida koʻrsatilgan.Ular quyidagilardan ibora:
Inson huquqlarining „birinchi avlodi“ — fuqarolik va siyosiy huquqlar hisoblanadi.
Inson huquqlarining „ikkinchi avlodi“ — bir qator obʼektiv va subʼektiv omillar taʼsiri ostida shakllandi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida sanoati rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda iqtisodiyot sohasida sezilarli siljishlar roʻy berdi.
Nihoyat, inson huquqlarining „uchinchi avlodi“ — „hamjihatlik huquqlari“ deb atalib, ular davlatlardan ustun turuvchi va kollektiv xarakterga ega. Umumiy eʼtirof etilgan qoidaga koʻra bu huquqlar: tinchlikka boʻlgan huquq, bexavotir tabiiy atrof muhitga boʻlgan huquq, insonniyatning iqtisodiy va madaniy merosidan foydalanish huquqi va boshqalar.
Insonning oʻz erkinlaiklari, huquqlari va manfaatlari uchun davom etgan uzoq kurashi umuminsoniy ahamiyat darajasiga koʻtarilgan quyidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda oʻzining moddiy ifodasini topgan:
Erkinlikning buyuk xaritiyasi (1215-yil);
Huquq toʻgʻrisidagi petitsiya (1628 y);
„Habea Cozpus AKT“ (1679-yil);
Huquqlar toʻgʻrisidagi bill (1689-yil);
Amerika Virginiyasi huquqlari Deklaratsiyasi (1776-yil);
Amerika Qoʻshma Shtatlarining mustaqillik Deklaratsiyasi (1776-yil);
Fransuz inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi (1789-yil);
Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948-yil);
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida xalqaro Pakt (1966 y) va boshqalar.
Inson huquqlari barcha insonlarning umumbashariy va ajralmas huquqlari boʻlib, qaysidir davlatga, millatga, fuqarolikka yoki dinga tegishli boʻlmasin hamma uchun bir hildir. Bu huquqlar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga asoslangan. Inson Huquqlari xalqaro koʻlamda amal qilinib, xalqaro qonunlar, dunyoviy va diniy muassasalar, hukumatlar siyosati va nodavlat tashkilotlari tomonidan dunyo siyosatiga juda ham katta taʼsir koʻrsatadigan doktrinadir. Inson Huquqlari bu insonlarga berilgan imtiyoz boʻlib u dunyoning koʻpchilik taraqqiy etgan mamlakatlarida qonunlar, konstitutsiyaviy qadriyatlar normalari yoki halqaro konventsiyalar orqali tan olingan.
4. O‘zbekistonda inson huquqlarini rag‘batlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash sohasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari milliy qonunchilikda o‘z aksini topmoqda.
Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini o‘zgartirmoqda. Jamiyatda “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz” degan ulug‘vor maqsad shakllandi va “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” degan yangi g‘oya kundalik faoliyatimizga faol kirib bormoqda.
O‘zbekistonda inson huquqlarini rag‘batlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash sohasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari milliy qonunchilikda o‘z aksini topmoqda.
Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini o‘zgartirmoqda. Jamiyatda “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz” degan ulug‘vor maqsad shakllandi va “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” degan yangi g‘oya kundalik faoliyatimizga faol kirib bormoqda.
Inson huquqlari sohasida taraqqiyot
Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq va Virtual qabulxonalari, shuningdek, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qabulxonalari alohida o‘rin egallamoqda.
Sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirish, Konstitutsiya ustuvorligi, qonun oldida tenglik, insonparvarlik, adolatlilik, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, sud jarayonida tortishuv tamoyillarini tatbiq etish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, “Xabeas korpus” institutini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui qabul qilindi.
Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda, nizolarni sudgacha hal qilishda va taraflarni yarashtirishda advokatlarning vakolatlari sezilarli darajada kengaytirilmoqda.
Sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda adolatni, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash uchun “Elektron odil sudlov” tizimi joriy etildi. Aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimi, shuningdek, Advice.uz huquqiy ma’lumotlar tizimining imkoniyatlarini kengaytirish hamda fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar xizmatini ko‘rsatuvchi “Madad” nodavlat notijorat tashkilotini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi.
Ma’muriy, jinoiy, jinoyat-protsessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligi takomillashtirib borilmoqda hamda insonparvarlik tamoyiliga yanada moslashtirilmoqda. Afv etish va jamoat birlashmalarining kafilligi ostida shaxslarni jazodan ozod qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasining yopilishi muhim insonparvar voqelik bo‘ldi. Qabul qilinayotgan chora-tadbirlar natijasida ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning soni 2,5 baravar kamaydi.
O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi o‘rinlarda — BMT) Inson huquqlari ta’limi sohasidagi butunjahon dasturida faol ishtirok etmoqda. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi” va BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakat dasturining ijrosi yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ta’lim muassasalari aholi orasida umuminsoniy qadriyatlar, inson huquqlarini hurmat qilish va rioya qilish tamoyillarini ommalashtirishga, shuningdek, fuqarolarning huquqiy axborotdan foydalanishini ta’minlash jarayoniga keng jalb etilgan.
Fuqarolarning siyosiy huquqlari va erkinliklari, fikr, so‘z va vijdon erkinligini ta’minlashda jamiyat va davlat boshqaruvidagi keng qamrovli tub o‘zgarishlar katta ahamiyatga ega. Parlament va jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlari mustahkamlanmoqda. Vazirlar Mahkamasining parlament oldidagi mas’uliyati sezilarli darajada kuchaytirildi. “Elektron parlament” va “Elektron hukumat” tizimi rivojlantirilmoqda, davlat xizmatlarining turlarini kengaytirish, ularning imkoniyatlari, sifati va tezkorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.
Parlament, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, “Xalq qonunlarning tom ma’noda yagona manbai va muallifi hisoblanadi” hamda “Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida, jamoatchilikning fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi” tamoyillarini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oliy Majlis palatalari tomonidan inson huquqlarining holati to‘g‘risidagi ma’ruzalar, inson huquqlarini ta’minlashda xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha milliy harakat rejalari (“yo‘l xaritalari”)ni tasdiqlash amaliyotining yo‘lga qo‘yilishi qonun ijodkorligida yangi muhim qadam bo‘ldi.
O‘zbekistonda inson huquqlariga rioya qilish va uni himoya qilishning milliy mexanizmlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyati tubdan takomillashtirildi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil lavozimlari joriy qilindi.
Fuqarolarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta’minlashning noyob tizimi yaratildi. “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar — kelajagimiz”, “Besh tashabbus” kabi 20 dan ortiq davlat ijtimoiy dasturlari va konsepsiyalari amalga oshirilmoqda. BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida milliy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, inson taraqqiyoti bo‘yicha yuqori indeksga ega bo‘lgan (intellektual salohiyati, savodxonligi, insonning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi) davlatlar darajasiga erishishga, ijtimoiy sohaga innovatsiyalarni keng joriy etishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.
Ta’lim va tarbiya sohasida keng ko‘lamli tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yilga borib, 3 — 7 yoshdagi bolalarning 74,5 foizini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni nazarda tutuvchi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hayotga joriy etilmoqda. 11 yillik maktab ta’limi tizimi qayta tiklandi. Bugungi kunda davlat, nodavlat va xorijiy oliy o‘quv yurtlarining soni ortib bormoqda.
O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi nufuzi oshirilmoqda hamda xalqaro darajada “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” tamoyili asosida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar natijasida aholining sifatli tibbiy-sanitariya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati oshdi. Eng asosiysi, mamlakatdagi o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 1990-yildagi 67,2 yoshdan 2020-yilga kelib 74,6 yoshga yetdi, onalar o‘limi bir yarim baravar hamda bolalar o‘limi esa, to‘rt baravarga kamaydi.
O‘zbekiston iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha Parij bitimiga qo‘shildi, mamlakatda Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi amalga oshirilmoqda.
Kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, mehnat migrantlari, bolalar, yoshlar, ayollar, katta yoshdagilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash bo‘yicha ishlar tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Oila institutini mustahkamlash bo‘yicha konsepsiya qabul qilinib, uning mazmunida oilaviy mojarolarni hal etish mexanizmlari, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish masalalari o‘rin oldi.
Gender tenglikni ta’minlash maqsadida bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, 2019-yilda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidan. Xotin-qizlar uchun 197 ta Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha 200 dan ortiq innovatsion maktablar tashkil etildi. Erkaklar va ayollar uchun nikoh tuzishning minimal yoshi o‘n sakkiz yosh etib belgilandi.
Xalqaro saylov standartlarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinib, uning asosida 2019-yil 22-dekabrda “Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar” shiori ostida bo‘lib o‘tgan saylovlarda ilk bor 5 ta siyosiy partiya ishtirok etdi. Saylovlarning ochiq-oydin, xalqaro standartlar asosida o‘tkazilishini nazorat qilish uchun 50 ga yaqin davlat hamda 10 ta xalqaro tashkilotdan 825 nafar kuzatuvchi, jumladan, birinchi marta Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining to‘laqonli missiyasi ishtirok etdi.
Mamlakatda uzoq vaqtdan beri yashab kelib, O‘zbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga ega bo‘lmagan 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning ana shu muammosi hal etilib, ularni O‘zbekiston fuqarolari sifatida tan olishning qonuniy choralari ko‘rildi. Propiska qilish tizimidan xabar berish xususiyatidagi ro‘yxatdan o‘tkazish tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Barcha iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan investitsion loyihalar yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tashkil etildi.
“Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni davom ettirish, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish davlat hokimiyati organlarining bosh vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.
O‘zbekistonda vijdon erkinligi huquqini ta’minlash sohasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda 16 ta konfessiyaning 2 277 ta diniy tashkilotlari o‘z faoliyatini olib bormoqda. “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasini amalga oshirishga, diniy ta’lim va ma’rifat tizimini rivojlantirishga, diniy xodimlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro huquq subyekti sifatida o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda va xalqaro norma ijodkorligining faol ishtirokchisi va yangi xalqaro shartnomalarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda.
Iqtisodiy, siyosiy-huquqiy reytinglar va indekslardagi pozitsiyani yaxshilash, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish maqsadida xorijiy reyting agentliklari bilan tizimli ravishda yaqindan hamkorlik aloqalari amalga oshirilmoqda. Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi.
BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida O‘zbekistonning tashabbusi bilan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qilindi. O‘zbekiston BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari, inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachilar instituti bilan hamkorlik izchil ravishda rivojlanib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizga tashrif buyurgan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari, Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Din va e’tiqod erkinligi hamda Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachilarining tavsiyalarini bajarish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari doirasida xalqaro majburiyatlarini, shuningdek, ushbu tashkilot tomonidan taqdim etilgan paxta yig‘im-terim kampaniyasi monitoringi yakunlari bo‘yicha tavsiyalarni bajarishi, shu jumladan, 2017 — 2020-yillarda O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha dasturning amalga oshirilishi xalqaro hamkorlar tomonidan ijobiy baholandi.
BMT tashkil etilganidan buyon Osiyo mintaqasida birinchi marta tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Ushbu Forumda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasining asosiy hujjatlaridan biri sifatida tasdiqlangan Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. O‘zbekiston parlamenti inson huquqlarining “Samarqand ruhi”ni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqladi..
2019-yilda Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Mustaqil doimiy komissiyasining VI yillik seminari o‘tkazildi va uning natijalari bo‘yicha Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
Mamlakatda inson huquqlari sohasida amaldagi holatni o‘rganish natijalari, shuningdek, BMTning shartnomaviy organlari, O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMTning maxsus ma’ruzachilari, Universal davriy hisobot va boshqa xalqaro mexanizmlar doirasida berilgan tavsiyalarning tizimli tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida sohada demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish talab etiladi.
Birinchidan, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish faoliyatini ta’minlashning mexanizmlarini tartibga solishda hamda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilishdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish zarur.
Ikkinchidan, davlat boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari sohasidagi faoliyatini o‘zaro hamkorlikda amalga oshirishning aniq mexanizmlari ishlab chiqilmagan. Shuningdek, inson huquqlari sohasida O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish zarur.
Uchinchidan, inson huquqlari sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini huquqiy tartibga solish, bu sohada zarur dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishning aniq tartibini belgilash lozim.
To‘rtinchidan, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar normalarini qo‘llash amaliyotini yanada kengaytirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan shaxslar huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish hamda shartnomaviy qo‘mitalarning xabarlarini ko‘rib chiqish yuzasidan qarorlarni bajarishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish lozim.
Beshinchidan, insonning shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash kafolatlarini kuchaytirish, jumladan mazkur huquqlarni poymol qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish talab etiladi.
Oltinchidan, jamiyatda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat hissining shakllanishi, xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar tavsiyalarining to‘liq bajarilishi uchun sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari xodimlarining inson huquqlari bo‘yicha malakasini oshirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish zarur.
Shu munosabat bilan, quyidagi maqsad va vazifalar hamda asosiy yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini (keyingi o‘rinlarda — Milliy strategiya) amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Milliy strategiyaning maqsad va vazifalari
Milliy strategiyaning maqsadi — O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha izchil olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab olish hisoblanadi.
Milliy strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, umume’tirof etilgan xalqaro standartlar hamda O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarini, shuningdek, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda qonunchilikni takomillashtirish;
2) 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga muvofiqlashtirish;
3) O‘zbekistonning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglar va indekslar (qonun ustuvorligi, norma ijodkorligi sifati, hukumat faoliyati samaradorligi, so‘z va axborot erkinligi, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash, biznesni olib borish shart-sharoitlari, global raqobatbardoshlik, innovatsion rivojlanish va boshqalar) bo‘yicha dunyodagi 50 ta yetakchi mamlakatlar qatoriga kirishini ta’minlash;
4) inson huquqlari buzilishlariga barham berish maqsadida sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish va odil sudlov tizimi vakolatlarini mustahkamlash, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy institutlar faoliyati uchun keng sharoitlarni yaratish, inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatini monitoring qilish va baholashning milliy tizimini yanada rivojlantirish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirish;
5) shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektor faoliyatining ochiqligi va o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish, shuningdek, qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuvlarni o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish;
6) jinoyatchilikning, ayniqsa odam savdosi, korrupsiya, qiynoqqa solish, uyushgan va transmilliy jinoyatchilikning oldini olish va bu illatlarga qarshi kurashish, shuningdek, ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar va mahkumlarni saqlash joylari tizimida odil sudlovga va inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlash;
7) aholining imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan guruhlar huquqlarini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining “hech kimni orqada qoldirmaslik” tamoyiliga muvofiq himoya qilishni ta’minlash, davlat va jamiyatning alohida himoyasiga muhtoj bo‘lgan shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularga xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish;
8) din, so‘z va fikr erkinligi, ma’lumot olish, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, gender tenglikni ta’minlash, barchaning sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlardan teng foydalanishi, keksa odamlarning ijtimoiy integratsiyasi, bolalar, yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va migrantlar huquqlarini himoya qilish sohalarida huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish;
9) oila institutini, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish, oilada zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashishni huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa jihatlardan qo‘llab-quvvatlash darajasini oshirish;
10) insonning iqtisodiy huquqlarini ta’minlash, xususiy mulkchilik va davlat-xususiy sheriklik aloqalarini rivojlantirish;
11) ta’limning sifati va barcha darajadagi qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘qitish tizimining inklyuzivligi va undan barchaning foydalana olishini ta’minlash;
12) inson huquqlari sohasida axborot-ma’rifiy faoliyatining sifati hamda manzilligini yaxshilash;
13) davlatlararo munosabatlarni, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini uyg‘unlashtirish, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomaviy organlarning tavsiyalarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish maqsadida innovatsion tamoyillarni joriy etish;
14) BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga O‘zbekiston Respublikasi saylanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Download 41,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish