Reja: kirish bet I bob. Chig`atoy ulusining tashkil topishi



Download 46,64 Kb.
Sana11.03.2020
Hajmi46,64 Kb.
#42141
Bog'liq
ABDUMUTAL

REJA:

KIRISH…………………………………………………………………….3-bet

I BOB. CHIG`ATOY ULUSINING TASHKIL TOPISHI.

1.1. Chig`atoy ulusining tashkil etilishi uning boshqaruv tizimi...................4-bet

1.2. Chig`atoy ulusida ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayot.........................9-bet

II BOB. MAHMUD TAROBIY QO`ZG`ALONI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.

2.1. Qo`zga`lonning boshlanishi va uning sabablari.......................................14-bet

2.2. Qo`zg`alonning bostirilishi va uning ahamiyati......................................19-bet

XULOSA.......................................................................................................22-bet

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI...............................24-bet

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Jamiyatimizda yuz berayotgan tub iqtisodiy, siyosiy, madaniy o‘zgarishlar o‘tmishga va bugungi tariximizga yan gicha qarashlarni vujudga keltirish tabiiy xoldir. O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini belgilayotgan davrda tarixga, ayniqsa, 20-yillardagi tarixiy voqyealikka, davr xodisalarga qiziqish qonuniy ravishda kuchaydi. Zero, hozirgi vaqtda tarixiy haqiqatni to‘g‘ri baholash zarurati kun tartibidagi muhim masalalardan biri bo‘lib qoldi. Binobarin, tarix voqyealariga real baho berish ma'naviyatimizning tiklanayotganligidan nishonadir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov aytib o‘tganidek: “Halqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma'naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi”1 Shu nuqtai nazardan qaraganda bugungi kundagi ko‘pgina fojialarimiz va qiyinchiliklarimiz keyingi o‘n yillarda umuminsoniy qadriyatlardan chekinganimizning oqibatida yuz berayotganligi shubha tug‘dirmaydi.O‘tmishga, bo‘lib o‘tgan tarixiy burilish natijalariga murojaat qilargan millionlab odamlar ba'zan g‘ayriihtiyoriy ravishda, hozirgi zamonda ham inqilobiy to‘ntarishlarni amalga oshirish mumkinligiga ishonch xosil qiladilar. Tarixiy voqyealarning tajriba va saboqlaridan hozirgi sharoitda foydalanishga harakat qiladilar.

Tarixiy fanlarning eng muhim masalalarini chuqur o‘rganishga qiziqish kuchaygan hozirgi vaqtda ziddiyatli mavzulardan bo’lgan Chingizxon boshliq mo’g’ullar 1219 yilda Movoraunnahr hududiga bostirib kirishi va mo’g’ullarga qarshi ko’tarilgan xalq isyonlari qatorida Mahmud Tarobiy boshchiligidagi qo’zg’alon ham chuqur tarixiy ahamiyatga ega va bu davr voqealarini atroflicha, har tomonlama o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, bu davr voqyealarining o‘rganilishi ibratli saboqlar olishga, hozirgi davr voqyealarini tushunishga ham xizmat qiladi.



Kurs ishining maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi Chig’atoy ulusiga qarshi olib borilgan xalq harakatlaridan biri bo’lgan Mahmud Tarobiy boshchiligidagi qo’zg’alonni atroflicha yoritish:

  • Qo’zg’alon boshlanishi arafasida Chig’atoy Ulusining ijtimoiy-iqtisodiy siyosati:

  • Mahmud Tarobiy boshchiligidagi qo’zg’alonning kelib chiqish sabablari:

  • Mahmud Tarobiy qo’zg’alonining borishi va natijalari:

  • Mahmud Tarobiy boshchiligidagi qo’zg’alonning Chig’atoy Ulusiga qanchalik darajada ta’sir qilgani.

Mavzuni o‘rganilish darajasi. Barcha ijtimoiy fan vakillari, tarixchi olimlar tomonidan bu davr atroflicha yoritilgan. Bu davrni yoritilishida asosan Ato Malik Juvayniy, Mirzo Ulug’bek , Sharafiddun al Yazdiy asarlaridan foydalanildi. Shuningdek, hozirgi kunda ushbu qo’zg’alon voqealari va rivoji bo’yicha manbalarga asoslanib atroflicha o’rgangan R.H.Aminova, F.B.Isxoqov, R.X.Karimov, D.A.Alimova va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari va asarlaridan foydalanildi.O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov takidalaganidek: «Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o’zgarishlar jarayonida egallab turgan o’rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayo’tgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo’lishimiz shart”2 xalqining tarixi, madaniyati, ma'naviyatiga oid bildirilgan fikr va mulohozalari, xulosalari tadqiqotning metodologik asosini belgilashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi

Kurs ishining tarkibi. Kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

I BOB. CHIG`ATOY ULUSINING TASHKIL TOPISHI.

1.1.Chig`atoy ulusining tashkil etilishi uning boshqaruv tizimi.

Mo'g'ul bosqinchilari qonxo'r Chingizxonning buyrug'i bilan millionlagan musulmonlarni qilichdan o'tkazdilar. Jahonning eng ko'rkam va eng ko'p aholi istiqomat qiladigan shaharlaridan biri bo'lgan (taxminiy hisoblarga ko'ra, o'sha davrda 1219 yilda Gurganjda 1 mln. ga yaqin aholi yashagan). Gurganj bosqinchilar tomonidan suvga bostirildi. Aholisi ayovsiz qirildi. Sharqning go'zal shaharlaridan biri bo'lgan Samarqand ham to'la vayron etilib, shaharda istiqomat qilgan 400 ming kishidan mo'g'ullar uni egallagach 100 ming kishidan ozroq aholi qoldi, xolos. Zolim bosqinchilar o'z yo'lida duch kelgan, keksayu yosh, erkaku ayol, hatto yosh bolalarni ham ayamadilar. Musulmonlarning qoni daryo bo'lib oqdi. Ko'chmanchi bosqinchilarning mudhish zarbasi shu darajada kuchli bo'lgan ediki, natijada Xorazm o'zining buyukligini abadiy barham berdi. Insoniyatning o'sha davrdagi eng ilg'or, eng rivojlangan, eng madaniy o'lkalaridan bo'lgan Markaziy Osiyo, jumladan Xorazm endilikda tanazzulga yuz tutdi. U iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda G'arbdan ancha orqada qolib ketdi. Jahonga mashhur olim va shoirlarni bera olgan bu o'lka mo'g'ullar istilosi natijasida savodsiz, qoloq, jaholat o'lkasiga aylandi. 3

Mo'g'ul bosqinchilarining bu hudud madaniyati, shahar hayoti va qishloq xo'jaligiga bergan zarbasi shu darajada kuchli ediki, bu zarbadan so'ng mazkur o'lka o'zini hatto XIX asr o'rtlarigacha o'nglab ola bilmadi. Mashxur tarixchi, Xiva xoni Abulg'oziy Bahodirxon, o'zining «Shajarayi turk» nomli asarida ko'rsatganidek, bir vaqtlar ilg'or madaniyat o'chog'i bo'lgan Xorazm endilikda yoppasiga savodsiz, jaholat maskaniga aylangan edi. Bir so'z bilan aytganda mo'g'ullar istilosidan keyingi Movarounnahr va Xorazmdagi hayotni so'z bilan ifodalash g'oyatda og'ir. O'lkaning gullab turgan shahar va qishloqlari bamisoli kultepaga aylandi, hayot izdan chiqadi, bir vaqtlar aholisi gavjum bo'lgan vohalar bo'm - bo'sh bo'lib qoldi. Hali Chingizxon hayotligi chog'idayoq o'zi bosib olgan xududlarni farzandlari o'rtasida taqsimlab bergan edi. To'ng'ich o'g'li Jo'jiga Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq, Itil (Volga) bo'yi, SHimoliy Xorazm va Darbandgacha bo'lgan yerlar tegadi.

Jo'ji vafotidan so'ng bu yerlar uning o'g'li Botuxonga o'tadi. Ikkinchi o'g'il Chig'atoyga Sharqiy Turkiston, Yettisuv Movarounnahr Xorazmning Janubiy (Markazi Qiyot shahri) hududlari, shuningdek Balx Badaxshon, Qobul, G'azna, Sind daryosigacha bo'lgan yerlar beriladi. Uchinchi o'g'il O'g'idoyga Chingizxon o'zining qoni to'kilgan vatani Mo'g'ulistonni va Xitoyni hadya qiladi. Kenja o'g'il Tuluga esa Xuroson bilan Eronni beradi. Chingizxon o'z harbiy kuchlarini ham o'z o'g'illari o'rtasida taqsimlaydi. Shunday qilib mo'g'ullar zabt etilgan bepoyon hududlarni uluslarga bo'lib, udel asosida boshqara boshlaydilar. Uluslar markaziy davlatga - xonlar xoniga yoki «Hoqonga» bo'ysunar edilar. Uluslar hokimi esa xon deb atalgan. Chingizxon vafotidan (1227 yil) so'ng xoqon O'g'idoy bo'lgan. Ulug' xoqonning poytaxti Qoraqurum shahri edi.4

Movarounnahr va Xorazmning janubiy hududlari Chig'atoy ulusiga qarashli bo'lib bu ulus XIV asrning 40 yillariga qadar mavjud edi. Ulus poytaxti Beshbaliq shahri bo'lgan. Mo'g'ullar madaniy taraqqiyotda o'lkamizning yerli xalqlariga nisbatan juda qoloq edilar. Shu bois mo'g'ullar mahalliy xalqlarning zodagon vakillari xizmatidan foydalanishga majbur edilar. Ana shunday zodagonlardan biri bo'lgan xorazmlik savdogar Mahmud Yalavochga Movarounnahrni bevosita bosh qarish topshirilgach u o'ziga poytaxt qilib Xo'jand shahrini tanlagan. Umuman olganda mo'g'ullarning Chig'atoy ulusiga kirgan Movarounnahrni Chig'atoy xonlari qariyb 130 yildan oshiq boshqarganlar. Chig'atoy xonlar haqidagi ma'lumotlar Amir Temur ajdodolari kitobidan olindi.Mo'g'ullarning hukmronligi Buyuk sohibqiron Amir Temurning davlat tepasiga kelguniga qadar davom etadi. Ulug' bobokalonimizning katta tarixiy xizmati shundan iboratki, uning hukmronlik davri boshlanishi bilan yurtimizda mo'g'ul istibdodiga barham berildi. Xorazmshoh Muhammadning johil, uzoqni ko'ra olmaydigan siyosati tufayli o'z davrining yuksak madaniyati, rivojlangan o'lkalaridan M ovarounnahr va Xorazm o'lkalari ko'chmanchi mo'g'ullar zulmi ostida qoldi. Ular mahalliy zodagonlar yordamida bu yerlarni idora qila boshladilar. Ilgari ko'rsatganimizdek Chingizxon o'ziga sadoqatli kishilarni qadrlar edi. Shuning uchun ham Chingizxon bosib olingan hududlarni boshqarishda o'z Vataniga xiyonat qilib mo'g'ullar tomoniga o'tgan Vatan xoinlarining xizmatlaridan unumli oqilona foydalandi.

Bunday shaxslardan biri asli xorazmlik savdogar Mahmud Yalovoch edi. Mahmud Yalovoch hali Xorazmshohlar davlati mavjud bir sharoitda Chingizxon xizmatini afzal ko'rib bir necha musulmon savdogarlari qatori mo'g'ullar tomoniga o'tgan edi. U o'z xo'jasi bo'lmish Temuchinga sidqidillik bilan xizmat qilib, bosh elchisi sifatida Xorazmshohlar davlatiga safar qilgan edi. Xorazmshoh bilan bo'lgan tungi uchrashuvda, unga mo'g'ullar, shuningdek Chingizxonning harbiy kuchlari haqida g'oyat soxta ma'lumotlar berib, o'zining xiyonatkorona munofiqligi bilan mo'g'ullarga g'oyat katta xizmat ko'rsatgan edi. Vatan xoinining bu faoliyati Chingizxon tomonidan yetarli taqdirlangan edi. Xoqon uni butun Movarounnahrga hokim qilib tayinladi. Maxmud Yalovoch o'z poytaxti Xo'jand shahridan turib, butun Movarounnahrni idora qiladi. Mahalliy xalqlarni mo'g'ullar izmida tutib turishda ularga yordam beradi.

Mo'g'ullar mahalliy hokimlar yordamida xalqdan turli xil soliqlar undirar edilar. Dahshatli urush, mo'g'ul bosqinchilarining qattiq xuruji xalq xo'jaligini tubdan izdan chiqargan edi. Mahalliy aholi nihoyatda kambag'allashib ketgan edi. Istilochilarning yovuzligi natijasida, ko'pgina shaharlar vayronaga aylangan bo'lib, ulardagi savdo-sotiq inqirozga uchragan edi. Sug'orish inshootlari izdan chiqqanligi tufayli ko'pgina ekin maydonlari qarovsiz qolib yaylovlarga aylangan edilar. Shahar aholisi va dehqonlar nihoyatda kambag'allashib, soliq to'lash qobiliyatini yo'qotgan edilar. Garchi Chig'atoy o'z ulusini boshqarishda rasman uluq xoqon Chingizxonning vorisi O'g'idoyga bo'ysunsada amalda u o'ziga tegishli bo'lgan hududni mustaqil bosh qarar edi. Hukmdorlardagi kabi uning ham bir necha amirlari bor edi. Ular ulusni boshqarishda Chig'atoyga har tomonlama yordam berar edilar. Chig'atoyning ko'pgina amirlari u bilan bosqinchilik yurishlarida ishtirok etgan mo'g'ul qabilalaridan bo'lsa, ba'zilari mo'g'ul istilochilari davrida dushman tomoniga o'tgan mahalliy oqsuyaklar vakillari edilar. Ularning bittasini Chig'atoy o'ziga olgan bo'lsa, ikkinchisini Xabash Amidga tortiq qilgan edi. Mashhur tarixchi Juzjoniy va boshqalar o'ta suronli yillarga bag'ishlangan o'z asarlarida, Chig'atoyning musulmonlarga nisbatan o'ta dushmanona munosabati haqida yozganlar. Biroq aynan musulmon diniga taluqli Xabash Amidning Chig'atoy saroyida katta obro'ga ega bo'lganligi, bu shaxsning mo'g'ullar oldidagi o'tmishda katta katta xizmatlari mavjudligidan darak beradi. Hatto Chig'atoy hukmronligi davrida katta mavqega va obro'ga ega bo'lgan Qutbaddin Kermoniy ham Xabash Amidga yaqinlashish maqsadida unga o'zining yaqin qarindoshini xotinlikka bergan. Chig'atoy saroyida katta obro'ga ega bo'lgan Xabash Amid, xuddi shunday mavqega Chingizxon va uning vorisi O'g'idoy saroyida ega bo'lgan. Xoqonning Movarounnahrdagi vakili Xorazmlik Mahmud Yalovochga nisbatan o'ta munofiqona siyosat olib bordi. Faqatgina hoqon O'g'idoy va uning vorislarining Mahmud Yalovochga nisbatan g'amxo'rona siyosati uni bir necha bor Chig'atoy g'azabidan saqlab qoldi.

Albatta, bunga sabab birinchidan Chig'atoyning musulmonlarga nisbatan dushmanona siyosati bo'lsa, ikkinchidan Xabash Amidning o'z «Raqibi» Mahmud Yalovoch to'g'risida Chig'atoy huzuridagi yolg'on Yashiq uydirmalari edi. Chig'atoydan to'la farq qilib hoqon O'g'idoy musul monlarga nisbatan ancha tinch siyosat olib bordi. Uning hukmronligi yillari otasi Chingizxon hukmronligi davridan farq qilib, bu davrda mo'g'ullar hukmronlik qilgan yerlarda, yoki istilo qilayotgan mamlakatlarda ommaviy qirg'inlar, butun-butun shaharlarni yo'q qilishlar sodir bo'lmadi. Bir so'z bilan aytganda O'g'idoy o'z otasiga nisbatan ancha yumshoq siyosat olib bordi. 5

Bu yillarda Ulusda Chig'atoy avlodlariga doir kishilar hukmronlik qilganlar. O'tmishda mashhur tarixchi Sharofuddin Ali Yazdiy o'zining «Zafarnoma» asarida Chingizxon naslidan Turon mamlakatlarida hukmronlik qilgan xonlar haqida so'z yurtib, Chig'atoy ulusida xonlik taxtiga o'tirgan Chingizxon avlodlaridan bo'lmish podshohlar o'ttiz ikkita bo'lganini ta'kidlaydi. Chingizxon o'z podshohlik yerlaridan Turon zaminini va Janubiy Xorazmni o'zining ikkinchi o'g'li Chig'atoyga meros qilib bergan edi. Unga ma'lum darajada harbiy kuchlar bilan birgalikda, bu yerlarni boshqarishda unga ko'mak berish mas'uliyatini o'z amakivachchasi Qorachor No'yonga yuklaydi. Chig'atoy ota vasiyatiga muvofiq Qorachor No'yon kengashisiz varoziligisiz hech bir ishga qo'l urmas edi. Mo'g'ullarning barcha uluslaridagi kabi Chig'atoy ulusida ham barcha fuqaro va amaldorlardan Yarg'u va Yosoq udumlariga amal qilishni qattiq talab qilinar edi. Ulusxoni Chig'atoy xursandchilik va ovga juda ishqiboz kishi bo'lib, u aksari vaqt shu ish bilan band edi. Amir Qorachor No'yon esa saltanatning muhim ishlarini olib borar va jahondorlik qilardi. Jakoat va lashkar uchun nimaiki lozim bo'lsa, to'la to'kis amalga oshirar edi. Chig'atoy 1241 yil may oyida dunyodan ko'z yumgach, bir necha yildan so'ng Qorachor No'yonning tavsiyasi bilan ulus taxtiga Chig'atoyning o'g'li Qora Xulaguxon ibn Mutugen ibn Chig'atoyxon o'tiradi. U 1246 yil yanvargacha ulusni bosh qaradi. Kuyukxonning ko'rsatmasi bilan Qorachor No'yon Qora Xulaguxonni taxtdan tushurib, uning o'rniga Chig'atoyning yana bir o'g'li Yesun M unke ibn Chig'atoyni taxtga o'tqazadi. Biroq Yesun Munke uzoq umr ko'rmadi. U vafot etgach taxtga qaytadan Qora Xulaguxon o'tiradi. 1254 yilda 89 yoshida Qorachor No'yon vafot etadi. Undan sal keyin Qora Xulaguxon ham vafot etadi.

1.2. Chig`atoy ulusida ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayot.

Mo`g`ullar istilosidan so`ng Movaraunnahr, Xorazm, Xurosonning gullab-yashnagan dehqonchilik vohalari tamomila halokatga uchradi. Sharqda dong`i ketgan qadimiy va obod shaharlar, jumladan Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo`jand, Marv, Termiz, Balx, Nishopur va boshqa shaharlar xarobazorga aylantirildi. Marvdagi mashhur suv bilan shaharni ta’minlovchi-Sultonband, Balxob daryosidagi Bandi amir, Samarqand shahrini suv bilan ta’minlaydigan yagona to`g`onlarning hammasi Chingizxon buyrug`iga ko`ra buzib tashlandi. Jumladan Balx va uning atroflari 6 oy mobaynida suv ofatini boshdan kechiradi. Samarqandning asosiy aholisi, buxoroliklarning ko`pchiligi, Urganch va Marv kabi ulkan shaharlar ahlining barchasi ona shaharlarini yo tark etdilar yoki qirib tashlandilar. Istilochilar ilk bora yuqori madaniyatli aholining ilm-fan, me’morchilik sohalaridagi yutuqlarini, yuksak darajadagi hunarmandchilik, tijorat, sug`orma dehqonchilikni shu o`lkaga kelib ko`rdilar.

Bosqindan so`ng sharqqa dong`i ketgan zargarlik, qurol-aslaha yasash, nafis matolar to`qish, naqshinkor nimchalar ishlab chiqarish barham topdi. Vohalarda suvsizlikdan yerlar qaqrab dehqonchilikka qiron keldi. Bir necha asrlik tarixga ega bo`lgan mashhur ipak savdo yo`llari izdan chiqdi. Ilm-fan, madaniyat namoyondalari xor-zor etildi. Tirik qolgan aholi vayronalarga, zulm va zo`ravonlikka, ochlik va qashshoqlikka mahkum etildi.

Chingizxon tiriklik vaqtidayoq o`z o`g`illariga mulklarini ulus qilib bo`lib berishni boshlagan edi. 1207-yildayoq katta o`g`il ilkiga Selenga daryosidan Irtishgacha bo`lgan yerlar mulk etib berilgan edi. Chingizxon o`limi arafasida (1227-yil avgust) esa boshqa o`g`illariga ham turli zabt etilgan yerlarni ulus etib bo`lib berdi. Janubiy Sibirdan Xorazm va Darbandgacha bo`lgan yerlar Jo`chiga, Oltoy tog`larining janubiy sarhadlaridan to Amudaryo va Sindgacha bo`lgan yerlar ikkinchi o`g`il Chig`atoyga, Xitoy va Mo`g`uliston voris bo`lmish uchinchi o`g`il O`gedeyga, Eron va Xuroson Tuliga ulus tarzida bo`lib berildi.

Rashididdinning ma’lumotiga ko`ra, Chingizxon vafotidan so`ng Chig`atoyga 4000 ta askar tekkan ekan. Ularning boshliqlari o`z navbatida barlos, jaloyir, qovchin va orlot qabilalaridan bo`lgan. Ibn Arabshohning yozishicha qovchinlar Amudaryo shimoli Buxoroning sharqiy tomonlarida, barloslar Qashqadaryo vohasida, orlotlar Afg`oniston shimolida joylashgan ekanlar. Keyinchalik Mahmud Yalavoch ham o`z siyosati borasida shu qabilalarga suyanib ish ko`rar edi. Mo`g`ullar ko`chmanchi xalq bo`lgani uchun boshqaruv tizimini tushunmas edilar. Chingizxon tiriklik vaqtidayoq xorazmlik taniqli savdogar, mo`g`ullar xizmatida anchadan beri faoliyat ko`rsatayotgan Mahmud Yalavochni Movarounnahr noibi etib tayinlashini bildirgan edi va u tez orada Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Uning qarorgohi esa Xo`jand shahrida joylashadi. Shubhasiz, Mahmud Yalavoch yirik va boy savdogar bo`lib, manbalarning xabariga ko`ra uning boyligi shunchalik ko`p bo`lganki, hatto u butun Movarounnahrdan olinadigan soliqni oldindan to`lashi ham mumkin edi. Uning ixtiyorida mo`g`ullarning tayanchi bo`lgan soliq yig`uvchi mo`g`ul bosqoqlari, mahalliy hokimlar, dorug`alar-harbiy ma’murlar hamda bir muncha mo`g`ul harbiy otryadlari bor edi. 6

Mahmud Yalavochga soliqlar tushumini muntazam nazorat etish o`lkada mo`g`ullarga qarshi g`alayon bo`lishini oldini olish ma’suliyati yuklatilgan edi. Ko`pchilik aslzoda zodagonlar, savdogarlar, qisman ulamolar ham o`z jonlari va qolgan mol-mulklarini saqlab qolish borasida xiyonatkorona tarzda bosqinchilar xizmatiga o`ta boshladilar.

O`z navbatida o`lkada o`zlarining tayanch vositasi bo`lishlariga harakat qilgan mo`g`ullar ham bu toifadagi kishilarni qo`llab-quvvatlay boshladilar. Mo`g`ul xonlari (viloyat hokimlari xon, oliy hukmdor esa qoon yoki xoqon deb yuritilingan) va mahalliy zodagon, yer egalarining zulmi natijasida mehnatkash xalq endilikda ikki tomonlama ezila boshlandi. O`lponu soliqlarning miqdori tobora oshib bordi, undan tashqari esa aholidan yig`ib olinadigan turli to`lovu yig`imlar, jarimalarning soni haddan tashqari oshib keta boshladi.

Yangi yer solig`ining nomi kalon deyilib, u hosilning o`ndan bir miqdorida olingan. 1235-yilgi qurultoydan so`ng esa chorva mol boshidan olinadigan yalpi soliq-qopchur ta’sis etilgan. Unga ko`ra 100 tadan bir miqdorda chorva soliqqa to`lanar edi. (Bu soliq asosan mo`g`ullar turmush tarzi xususiyatini hisobga olgan holda joriy etilgan edi). Yasoqqa ko`ra, davlat xazinasi uchun shulen deb nom olgan oziq-ovqat solig`i joriy qilingan.

Bu soliqqa ko`ra har bir podadan ikki yashar qo`y, qimiz uchun har mingta otdan bir biya hisobidan olingan. Soliqlar asosan xonlar tomonidan barot (ijara) tarzida oldindan xazina uchun undirilib, so`ngra aholidan zo`ravonlik bilan oshirilgan miqdorda undirilar edi. Ayniqsa, hunarmandlarning ahvoli og`ir bo`lgan ularning o`z yurtlarida tirik qolganlari mahalliy xonlarning mulki sifatida ishlatilinar edi. Masalan, 1262-yil Buxoroda bo`lgan Xubilay qoonning vakili bu yerda 5000 ta hunarmand Botuxonga, 3000 tasi malika Siyurko`kteniga (Xubilay va Munqalarning onasi) tegishli bo`lganligini qayd etadi. 1246-yil Mo`g`ulistonda bo`lgan sayyoh Plano Karpini eng yaxshi hunarmandlar xoqon xizmatida ekanligini va ularga qullarcha munosabatda bo`lishlarini qayd etib o`tadi. Bu guruh shaharlik hunarmandlarga esa kundalik ovqat berilib, ularga darhaqiqat qullarcha munosabatda bo`lingan bo`lsa, ikkinchi guruh shaharlik hunarmandlarga esa katta soliqlar solingan.

Mo`g`ullarga qarashli bo`lgan harbiy qurol-aslaha va anjomlar ishlab chiqaradigan ustaxonalar-korxona nomini olgan bo`lib, u yerdagi hunarmandlar esa qul darajasidagi kishilar hisoblanar edi. Hunarmandlar to`laydigan maxsus soliqning nomi tamg`a deb atalgan. Mo`g`ullar, shuningdek, batamom huquqsiz qullar mehnatidan ham foydalanishar edi. Mo`g`ullar hukmronligi davrida yer egaligi holati ham o`zgarib, yangi in’om etilgan yerlar mo`g`ulcha suyurg`ol nomini olgan. Suyurg`ol hajmi jihatidan (unig tarkibiga juda katta yer maydonlari, suv havzalari, dasht-yaylovlar ham kirib ketar edi) iqtadan farq qilar edi. Bu davrda davlat, mulk (xususiy yerlar), vaqf (diniy idoralar ixtiyoridagi yerlar) yerlarda ko`p holda ijaraga chorakor dehqonlar mehnat qilishgan. Bir qism ijarador-o`rtahol dehqonlar esa muzoriylar deb yuritilgan. 7

Buyuk hoqon hisoblangan O`gedey (1229-1241 yy.) davridayoq mo`g`ullar o`zlariga xizmat ko`rsatayotgan ayrim kishilar, katta yer egalari, savdogarlarga turli yorliq va payzalar bera boshladilar. Payza qimmatbaho metall (oltin, kumush) yoki jez, yog`och taxtalardan ishlangan bo`lib, unga no`yonning muhri qo`yilar edi. Bunday payzaga ega bo`lgan kishilar, shu jumladan, elchilar, soliq yig`uvchilar va boshqa shaxslar aholidan turli yig`im, to`lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Ko`plab beriladigan payza egalari aholidan tekinga ot-ulov, yem-xashak, yotar-joy, oziq-ovqat talab qilishga haqli ham edi. Savdo yo`llarida joylashgan bekatlar yom (jom) deyilib, ularning xizmati va harajati mahalliy aholi bo`ynida edi. Bu bekatlar bo`ylab davlat ishlari bo`yicha ko`plab elchi, chopar, vakil va boshqalar o`tib, ularga xalq tekinga xizmat qilib, ularni ta’minlab turishi ham lozim edi. 1235-yildan boshlab hoqon farmoniga ko`ra, har bir yomning aloqa xizmati va harakati 2 ta tuman aholisiga yuklatildi. Yomlar bo`yidagi aholida toqat va majol ham qolmagan edi, -deb yozgan edi Rashididdin. Chig`atoy xonlari markaziy hokimiyat xazinasi uchun aholiga turli soliqlar solib, zo`ravonlik bilan undirib olishar edi. Ziroatchi dehqonlardan olinadigan yer solig`i bu davrda "kalon" deb yuritilgan.Chorvadorlarga esa "qopchur" solig`i solingan. Davlat xazinasi uchun "shulen" nomi bilan yuritilgan oziq-ovqat solig`i ham undirilgan. "Shulen" har bir podadan ikki yashar qo`y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida olingan. Hunarmandlar va savdogarlardan "targ`u"(1/30) solig`i undirilgan. Targ`u ishlab chiqarilgan mahsulot yokpsotilgan molning o`ttizdan bir qismi hajmida undirilgan. Bulardan tashqari aholiga tuz solig`i, jun va kumush solig`i solingan.

Soliqlar mahalliy amaldorlar tomonidan barot (ijara) tartibida avvaldan bir yo`la to`lab yuborilardi, so`ngra ular aholidan yig`ib olinardi. Aholidan yig`ib olish paytlarida soliqlar, shubhasiz, rasmiylashtirilgan miqdordan oshirib undirilardi.

Mo`g`ullar hukmronligining dastlabki yillaridayoq mo`g`ul xoqonlari o`zlariga xizmat ko`rsatgan kishilarga, ayrim katta yer egalari va savdogarlarga turli yorliq va payzalar berardilar. Payza oltin, kumush, jez va yog`ochdan yasalgan taxtachalardan iborat bo`lardi. Bunday payza yoki yorliqqa ega bo`lgan kishilar, shu jumladan elchi, soliq yig`uvchilar va boshqa ma'murlar aholidan turli xil yig`im va to`lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Bunday payza va yorliqlar ko`plab berilardi.

Bundan tashqari, mamlakatning, savdo yo`llarida joylashgan bekat - yomlarning xizmati va xarajati ham aholining bo`yniga yuklangan edi. Davlat topshirig`i bilan qatnaydigan son-sanoqsiz elchilar, choparlar va xabarchilarga bekatlarda mahalliy aholi xizmat qilishga, ularga otulov, oziq-ovqat, yem-xashak va boshqa kerakli buyumlarni topib berishga majbur edi.

Zo`rlik, jabr-zulmning nihoyatda 'kuchayishi, xilma-xil majburiy to`lov va yig`imlaming haddan tashqari ko`pligi mehnatkash ommaning tinkasini quritgan edi. Bunday ahvol, shubhasiz, mo`g`ullarga nisbatan norozilikni oshirib, istilochilar istibdodiga qarshi xalqning bosh ko`tarishiga olib keldi. Shunday qo'zg'olonlardan biri Buxoro vohasidagi Torob qishlog`ida ko`tarilgan xalq qo`zg`oloni bo`ldi.

Mahalliy aholi-hunarmand, dehqon, chorvador, kim bo`lishidan qat’iy nazar umum hashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi shart edi. Mo`g`ullarning ichki xo`jalik hayotni savdo-sotiq sohasini bir oz jonlantirish borasidagi chiqargan past qiymatli tangalari aholi ichida o`z o`rnini topmadi. Aksincha, zo`rlik po`pisaga qaramay, 1232-yildan boshlab Samarqandda pul muomalasi tugatildi, savdo-sotiq ayriboshlov darajasiga tushib qoldi. Farg`ona, Shosh, Termiz va boshqa viloyatlarda mo`g`ul istilosidan so`ng pul zarb etish o`z-o`zidan tugagan edi. Natijada tez orada Movaraunnahrda pul muomalasi butkul izdan chiqdi.



II BOB. MAHMUD TAROBIY QO`ZG`ALONI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.

2.1. Qo`zga`lonning boshlanishi va uning sabablari.

Mo`g`ullar hukmronligining dastlabki yillaridayoq mo`g`ul xoqonlari o`zlariga xizmat ko`rsatgan kishilarga, ayrim katta yer egalari va savdogarlarga turli yorliq va payzalar berardilar. Payza oltin, kumush, jez va yog`ochdan yasalgan taxtachalardan iborat bo`lardi. Bunday payza yoki yorliqqa ega bo`lgan kishilar, shu jumladan elchi, soliq yig`uvchilar va boshqa ma'murlar aholidan turli xil yig`im va to`lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Bunday payza va yorliqlar ko`plab berilardi.

Bundan tashqari, mamlakatning, savdo yo`llarida joylashgan bekat - yomlarning xizmati va xarajati ham aholining bo`yniga yuklangan edi. Davlat topshirig`i bilan qatnaydigan son-sanoqsiz elchilar, choparlar va xabarchilarga bekatlarda mahalliy aholi xizmat qilishga, ularga otulov, oziq-ovqat, yem-xashak va boshqa kerakli buyumlarni topib berishga majbur edi. 8

Zo`rlik, jabr-zulmning nihoyatda 'kuchayishi, xilma-xil majburiy to`lov va yig`imlaming haddan tashqari ko`pligi mehnatkash ommaning tinkasini quritgan edi. Bunday ahvol, shubhasiz, mo`g`ullarga nisbatan norozilikni oshirib, istilochilar istibdodiga qarshi xalqning bosh ko`tarishiga olib keldi. Shunday qo'zg'olonlardan biri Buxoro vohasidagi Torob qishlog`ida ko`tarilgan xalq qo`zg`oloni bo`ldi.

Ko'pgina xalq harakatlari kabi Maxmud Torobiy qo'zg'oloni ham diniy bayroq ostidagi harakat edi. Movarounnahrda va Turkistonda o'sha davrda ruhlar bilan aloqa qilib, har xil o'yinlar va harakatlar qilib ruhlarni yordamga chaqirib ular yordamida kasal kishilarni davolovchi erkaklar va ayollar ko'plab topilar edi. Bunday kishilardan biri Mahmud Torobiyning katta opasi edi. Opasidan bu hunarni yaxshilab o'rgangan Mahmud yuqorida ko'rsatilgan usul bilan bir necha og'ir bemorlarni davolab sog'aytirishga erishadi. SHundan so'ng uning obro'-e'tibori juda oshib ketadi va ko'pchilik aholi uning sehrgarlik kuchiga ishonadi va unga ergashadi. Juvaynining so'zlariga ko'ra, ushbu qishloqda va uning atroflarida, fermerlar va hunarmandlar maxsus "bid'atchi" yig'ilishlarga yig'ilishgan va o'sha erda yig'ilishlarda tetiklik va raqslar qilishgan, ular mo'g'ullar va ular bilan bog'liq mahalliy feodallarning bo'yinturug'i ostidagi og'ir hayotlarini muhokama qilishgan. O'rta asrlarda feodal jamiyat sharoitida buyruqlardan norozi bo'lgan odamlar hukmron dinni buzib, o'zlarini ba'zi bid'at ta'limotlariga bag'ishlaganliklari sababli Juvayniyning ushbu yig'ilishlarning mohiyati to'g'risida hech qanday ishonib bo'lmaydigan hech narsa yo'q edi.

Ushbu uchrashuvlarda Mahmud Tarobiy alohida ajralib turdi, ular o'z vatandoshlari orasida shu qadar obro' qozongan edilarki, ular uning har bir so'ziga itoat qildilar. Mahmud Tarabiyning va'zi Buxoroda mashhur bo'lib, u erda asl kelib chiqishi ilohiyotshunosi Shemsuddin Maxbubiy ham bo'lgan. Bir necha sabablarga ko'ra u atrof-muhitdan keskin ravishda ajralib chiqdi, oliy ruhoniylar safiga qo'shildi va Mahmud Tarobiyning va'zini faol qo'llab-quvvatladi. Har kuni Mahmud Tarobiy tarafdorlari soni ortib bordi. Taraba va Buxoroning boshqa qishloqlarida uning va'zi shu qadar mashhur ediki, odamlar mo'g'ullarga va mahalliy feodal zodagonlariga - dunyoviy va ma'naviylarga qarshi gapirish uchun signal kutishgan. Mo‘g‘ul rasmiylari Tarabiy g‘oyalari haqida ham bilishgan. "Buxoroda bo'lgan amirlar va basklar g'alayon boshlanishini tinchlantirish choralari to'g'risida yig'ilish o'tkazdilar va Xojent bilan nima bo'lganligi to'g'risida hukmdor Yalavachga xabarchi yubordi", deb yozadi Juvaney. Mahmud Tarobiyga va uning tarafdorlariga qarshi ochiq gapirishga qodir emasliklarini bilgan holda, baskaklar va amirlar xalq yo'lboshchisini hiyla va yo'lda o'ldirib Buxoroga olib ketishga qaror qilishdi.9



Shu maqsadda Tarshada Mahmudga Tamsha boshchiligidagi bir qancha mo'g'ul qo'mondonlar yuborildi. Biroq, Mahmud ularning rejasini tushundi. Shunga qaramay, u Buxoroga jo'nadi va u erda odamlar uni xursandchilik bilan kutib olishdi va qo'llab-quvvatlashni va'da qilishdi. Maxsus xususiyat, Buxoroga kelgan Mahmud Tarobiy darhol Melik Sanjarning saroyiga bordi. U go'yo ikkinchisi harakati bilan siyosiy aloqaning uzluksizligini ta'kidlab o'tirganday tuyuldi. "Kvartira va bozor, - deydi Juvaini, - u joylashgan Mahmud odamlar ko'p bo'lganligi sababli, mushukning oldidan o'tishning iloji yo'q edi." Amirlar va Basklar qaqshatqich zarbaga berilmadilar va qatag'onga tayyorlandilar. Kimdir bu haqda Mahmud Tarabiga xabar bergan va u Buxoroda qolish xavfini tushungan. Bundan tashqari, Mahmud Yalavachning kuchlari Xojentga yordam bergunga qadar nutq uchun qulay daqiqalarni o'tkazib yubormaslik mumkin emas edi. Shuning uchun Mahmud Tarobiy shahardan chiqib, yaqin atrofga, Abuhafs tepaligiga chiqdi (hozir shahar devori shimolida). Bu erda uning eng yaqin tarafdorlari ham shaharning o'zidan, ham qo'shni qishloq va qishloqlardan to'plana boshladilar. Juvainining so'zlariga ko'ra, Mahmud Tarabiy ularga quyidagi so'zlar bilan murojaat qildi: "Ey haqiqat himoyachilari, ikkilanib yana nima kutish kerak, kofirlarning dunyosini tozalash kerak. Har kim o'z qurol-yarog 'va qurol-yarog'iga ega bo'lgan narsalarini tayyorlab, ishga kirishsin. klub ». Ushbu murojaat hal qiluvchi rol o'ynadi. Mahmud Tarabiyning yonida juda kam qurollangan bo'lsa ham, o'z ona shahri va ona qishlog'ini mo'g'ullardan ozod qilish uchun jonini berishga tayyor mahalliy guruhlar va mahalliy feodallarning navkarlari yig'ilgan katta guruh bor edi. Qurollangan tarafdorlari bilan Mahmud Tarobiy yana Buxoroga kirib, Rabi'a saroyida to'xtadi. Bu safar baskaklar va amirlarning qo'zg'olonchilarga taslim bo'lishdan va yashirin tarzda kelajakka qarshi kurashni tayyorlashdan boshqa choralari qolmadi. Bu orada Mahmud Tarobiy Sadrni, zodagonlarni va Buxoroning taniqli odamlarini Rabi'a saroyiga taklif qildi. "Sadrning boshlig'i Burhonuddin, kuchli oilaning avlodi", deb yozadi Juvaney, "Mahmud o'z xalifasini erini, ko'chmas mulkini va ba'zi ijtimoiy imtiyozlarini saqlab qolish uchun uning aql-idroki yoki siyosiy imtiyozlari nuqtai nazaridan qabul qilib bo'lmaydiganligi sababli bergan. Ayniqsa mo'g'ullar mo'g'ul xonlariga kamtarlik mafkurasini singdirishda ularga katta xizmat ko'rsatishi mumkinligiga ishongan holda yuqori musulmon ruhoniylarini qo'llab-quvvatladilar. Mo'g'ul xonlari va musulmon savdogarlari tomonidan homiylik qilingan. Mo'g'ul hukumati va bosib olingan Movarounnahrning hukmron tabaqalari o'rtasidagi asta-sekin aloqalar oddiy xalqqa juda qimmatga tushdi. Ikkala zulm yil sayin dehqonlarning ahvolini yomonlashtirdi. Mo'g'ullar tomonidan "dengiz otterlari" deb ataladigan odatdagi er solig'i - Xarajadan tashqari, dehqonlar har xil vazifalarni va xizmatlarni bajarishlari kerak edi. Yuqoridan pastga suiste'mol qilish asosida sotib olish tizimi soliq solinadigan aholi uchun soliq va yig'imlarni mutlaqo chidab bo'lmas holga keltirdi. Qo'shni Eronda bu tizim mamlakatni shunday ahvolga keltirdiki, dehqonlar uylarini, barcha mol-mulklarini tashlab, "qaerga qaramasinlar". Og'ir sharoitda shahar hunarmandlari mo'g'ullar ostida yashagan. Ularning shaharlarda soni kamaydi.10

Kundan-kunga Mahmudning e'tiqodchilari ko'payib boradi. Hatto fors tarixchisi Juvayniy Buxoroda ishonchli kishilardan Mahmudning beqiyos sehrgarlik qobiliyati haqida eshitganini yozadi. Uning ko'rsatishicha Mahmud bir guruh kishilar guvohligida o'zining sehrgarlik mahoratini ishga solib ikkita ko'r kishining ko'zini ochadi. Xalq ommasining barcha og'ir ahvolining shohidi bo'lgan va bu qiyinchiliklarni o'z gardanida sinab ko'rgan Mahmud, o'zining omma o'rtasidagi obro'si, e'tiborini chet el bosqinchilari va ularning mahalliy gumashtalariga qarshi kurashda foydlanishga qaror qildi.

Mahmud Torobiy qoʻzgʻoloni— Buxoroda moʻgʻullar zulmiga qarshi koʻtarilgan xalq harakati (1238). Harbiy rahbari —Mahmud Torobiy, gʻoyaviy mafkurachisi— Shamsuddin Mahbubiy. Chigʻatoy ulusida moʻgʻullar istibdodi ostida ezilgan va zulmidan toʻygan mahalliy aholiqoʻzgʻolon koʻtarishga bir necha marta harakat qilgan. Buxorodan 20 km gʻarbdagi Torob qishlogʻi(hozirda Buxoro viloyati Jondor tumanihududi) da boshlangan qoʻzgʻolon bu kurashning choʻqqisi hisoblanadi. Torob qishlogʻi va uning atrofidagi dehqonlar va hunarmandlar majlislarida oʻzaro kengashib, moʻgʻullar zulmiga qarshi ochiq kurash boshlashga qaror qilganlar . Qoʻzgʻolonchilar Mahmud Torobiy boshchiligida Buxoroga yurishdi va shahardagi Malik Sanjar qasri (1206 yilda Buxoroda koʻtarilgan qoʻzgʻolon rahbari qurdirgan) ni egallab, uni oʻzlariga qarorgoh qilib olishdi. Ular safiga koʻplab tarafdorlar va maslakdoshlar kelibqoʻshilgan. Torobiyning opasi ham qoʻzgʻolonning faol ishtirokchilaridan biri boʻlib, bu tabib va duoxon ayol oʻz mardligi, kuch-gʻayrati, jasorati va dushmanga nafrati bilan qoʻzgʻolonchilar orasida alohida ajralib turgan.Juvayniyning yozishicha, yirik tasavvuf shayxi va aqoid ulamosi Shamsuddin Mahbubiy qoʻzgʻolonchilarning gʻoyaviy rahnamosi sifatida qoʻshin va xalq oʻrtasida katta tashviqot ishlarini olib borgan. Ular moʻgʻul bosqinchilari va ular xizmatiga oʻtgan mahalliy maʼmurlarni oʻldirib, mol-mulkini beva-bechoralarga taqsimlab berishgan. Buxoro butunlay qoʻzgʻolonchilar qoʻliga oʻtgan. Mahmud Torobiy Robiya saroyiga joylashib, sulton qilib koʻtarilgan, bosh sadr Burhoniddin uning talabi bilan Shamsuddin Mahbubiyni shahar sadri etib tayinlagan. U tarixda Mahmud Torobiy qo'zg'oloni deb nom olgan qo'zg'olongga boshchilik qiladi. Unga diniy ulamo va imomlardan shaxsan norozi bo'lgan buxorolik buyuk donishmand SHamsiddin Mahbubiy yordamchilik qildi. SHamsiddin Mahbubiy tarafdorlari qo'zg'olonda faol ishtirok etdilar.

2.2. Qo`zg`alonning bostirilishi va uning ahamiyati.

G'oyat qisqa vaqt ichida qo'zg'olon juda keng hududga yoyildi. Xalq ommasining istilochi zolimlar va mahalliy ezuvchilardan tortgan jabri zulmi o'z ifodasini bermoqda edi. Qo'zg'olonning qisqa vaqt ichida bunday ommaviy tus olishi mo'g'ul amirlari va bosqinchilarini qattiq xavotirga solib qo'yadi.11

Ular bu haqda xoqonning Movarounnahrdagi noibi Mahmud Yalovochga xabar qiladilar. Uning yaqinlarini Buxoroga aldab chaqirish va o'ldirish to'g'risida ko'rsatma beradi. Shu maqsadda mo'g'ullarning vakillari Mahmud Torobiy oldiga keladilar. Biroq undagi sehrgarlik qobiliyatini ko'rib qo'rqib qoladilar va o'z niyatidan qaytadilar. SHuni ko'rsatish lozimki, mo'g'ullarning ushbu qo'zg'olonni bostirish sohasida sustkashligining sababi ularning sehrgarlik ilmiga g'oyat ishonganliklarida edi. Qo'zg'olonchilar Mahmud Torobiy boshchiligida Buxoro tomon yuradilar.

Yo'l yo'lakay ularga har xil qurol aslaxalar bilan qurollangan dehqonlar ommasi qo'shilib qo'zg'olonchilarning kuch qudrati tobora osha boradi. Mahmud Buxoro shahriga haqiqiy hukmdor sifatida kirib keladi va Sanjar Malik saroyida to'xtaydi. Saroy oldi odamlarga to'la edi. Dushmanlarning uning o'ldirishlari niyatidan ogoh bo'lgan Maxmud saroydan yashirin yo'l bilan chiqib, o'z hamrohlari bilan oldindan tayyorlanib qo'yilgan otlarga minib Abu Xofsa qo'rg'oniga o'z tarafdorlari oldiga yetib keladi. Uni ko'rgan haloyiq, Mahmud ularning oldiga qanotlar yordamida uchib kelgan deb hisoblaydi va zo'r shod xurramlik bilan uni kelgindi, g'ayridin zolimlar zulmidan qutqaruvchi olloh tomonidan yuborilgan farishta deb olqishlaydi.Maxmud Rabiy Malik saroyda to'xtaydi va ertasi kuni Buxoro machitlarida Xutba Maxmud nomidan o'qiladi.Mahmud Buxoro oqsuyaklarini o'z oldiga to'plab, ularga umumiy dushman mo'g'ullarga qarshi birgalikda kurash olib borishni taklif etadi. Buxoro sadrlarning boshlig'ini hatto xalifa deb e'lon qiladi. Sadrning o'rniga sadrlik vazifasiga Maxmud Maxbubiyni tayinlaydi.

Biroq bu hamkorlik uzoq davom etmaydi. Nazarimizcha Mahmud ma'lum darajada uslubiy xatoga yo'l qo'yadi. U qora xalq va «qaroqchilar»ning (J uvayniy) yordamiga tayanib, shahardagi oqsuyak va badavlat kishilarni ta'qib qila boshlaydi. Ularning mol mulklari talanadi. Bu ishi bilan u shahardagi ko'pchilik e'tiborli kishilarni va ruhoniylarni o'ziga qarshi qilib qo'ydi. Uning bu ishiga sehrgar opasi ham qarshi chiqadi, SHahar boylari va Sadr-Buxoro ruxoniylarining rahbari ko'pgina ruhoniylar dushman tomoniga o'tadilar. Buxoroda o'z imkoniyatlarini qo'zg'olonchilarga berib qo'ygan tarafdorlari Karmana shahriga chekingan va u yerda kuch to'plamoqda edilar. Buxoro boylari va ruhoniylar tomonidan qo'llab quvvatlangan dushman Karmanadan Buxoro tomon, qo'zg'olonni bostirish uchun yuradi. Dushmanning bu harakatlaridan xabardor bo'lgan Mahmud o'z tarafdorlarini jangga hozirlaydi. SHeroz tomondan yetib kelgan qurol aslaha bilan ular qurollandilar. Raqib tomonlar Buxoro ostonalarida uchrashadilar. Mahmud va Mahbubiy o'z qo'shinining oldingi saflarida hech qanaqa qurol aslaha va qalqonsiz turadilar. Bundan maqsad ular o'zlarining ilohiy kuchga ega bo'lgan shu davr payg'ambari ekanligini isbotlashdan iborat edi.

Haqiqatan ham qo'zg'olon rahbarlarining bunday holatda turishlari mo'g'ullar va ularning taraf dorlariga qattiq ta'sir qildi. Kimki payg'ambarga qo'l ko'tarsa qo'li shol bo'lib qoladi degan xulosaga kelgan dushman jang qilmasdan orqaga chekina boshlaydi. Bundan ruhlangan qo'zg'olonchilar qarshi hujumga o'tib dushmanni tor-mor qiladilar. Bu jangda mo'g'ullardan o'n mingdan ortiq kishi o'ldiriladi. Ammo qo'zg'olon rahbarlari yo'qolib qoladilar. Ularning jasadlarini o'liklar tagidan topib oladilar. Chekinayotgan mo'g'ullar qo'zg'olonchilar tomon yoydan o'q yog'dirgan edilar. Mana shu o'qlardan bir nechasi ilohiylik kuchiga ishongan va hech qanaqa himoyasiz turgan qo'zg'olonchilarning rahbarlariga yetib borib, ularni halok qilgan edi. Qo'zg'olon rahbarlarining halokati va qo'zg'olon istiqboli uchun katta yo'qotish edi. Endilikda qo'zg'olonga Mahmudning ukalari Muhammad va Alilar yo'lboshchilik qildilar. Biroq ular yosh va tajribasiz edilar. Muvaffaqiyatdan ruhlanib uni davom ettirish, tashabbusni o'z qo'llarida ushlab turish uchun hujumni davom ettirish o'rniga, qo'zg'olonchilar sust himoyaga o'tadilar. Qo'zg'olonning mag'lubiyatiga asosiy sabablardan biri shu edi. Birinchi zarbadan o'zini o'nglab olgan mo'g'ullar bir haftadan so'ng Ildiz noyon va Jikyen xorchi boshchiligidagi katta qo'shin bilan Buxoroga yetib keldilar.

Qo'zg'olon rahbarlari Muhammad va Alilar xuddi akalariga o'xshab dushman oldiga qurol yarog'siz peshvoz bo'lib chiqdilar. Bu vaqtga kelib «katta sehrgar» Mahmudning qo'zg'olonchilar orasida yo'qligi haqidagi xabar mo'g'ullarga yetib kelgan edi. Ular hech narsadan taptortmay qo'zg'olonchilar ustiga bostirib bordilar va ularni tormor qildilar. Qo'zg'olonchilardan 20 mingdan ortiq kishi o'ldirildi. Faqatgina Mahmud Yalovochning o'z vaqtida Buxoroga yetib kelishi, shaharni butunlay yakson qilinishidan saqlab qoldi. Mahmud Yalovoch xoqon O'g'idoy oldiga o'z elchilarini yuborib, Buxoro shahri aholisi uchun shafqat so'raydi va xoqon noyibining iltimosini qondiradi. Buxoro aholisi avf qilinadi. Buxoroda bo'lib o'tgan Mahmud Torobiy qo'zg'oloni mahalliy xalq ommasining mo'g'ul bosqinchilariga, mahalliy ruhoniy va boylarga qarshi qaratilgan xalq harakati bo'lib, bu harakat xalq ommasi birlashgan taqdirda bosqinchi mo'g'ullar zulmiga barham berish mumkin ekanligini amalda isbotladi.

Musulmonlar ularning Markaziy hokimiyatdagi vakili Mahmud Yalovochga yomon ko'z bilan qarovchi Chig'atoy Mahmud Torobiy qo'zg'olonidagi butun aybni Xoqonning Movarounnahrdagi noyibi zimmasiga yukladi va uni bu vazifadan chetlash tirish uchun barcha imkoniyatiniishga soldi. Mahmud Torobiy qo'zg'oloni bahonasi bilan, bu qo'zg'olonni bostirishda sustkashlik qilgani uchun Movarounnahr noyibi Maxmud Yalovoch o'z vazifasidan chetlashtiriladi. Mahmud Yalovoch o'rniga uning o'g'li Ma'sudbek 1289 yilgacha Movarounnahrga hukmronlik qildi.Mahmud Yalovoch ulug' xoqon O'g'idoy huzuriga yetib borgach Dasin (Pekin) shahriga hokim qilib tayinlanadi va 1230 yilgacha, ya'ni vafotigacha qadar shu lavozimda turadi. 1241 yil 2 dekabrda ulug' xoqon O'g'idoy vafot etadi.Uning vafotidan olti oylar o'tgach akasi Chig'atoy ham vafot etadi.



XULOSA

Tarixdan ma'lumki Chingizxon boshliq mo’g’ullar 1219 yilda Movoraunnahr hududiga bostirib kiradi. Yerli xalq vakillaridan chiqqan ayrim xukmdorlarning Chingizxon qo’shiniga yaxshi baxo bermaganligi va o’z taxtini yo’qotishdan qo’rqib boshka Movoraunnahr hukmdorlari bilan qo’shinni birlashtirmagani sababli Chingizxon Movoraunnahrni kattik kiyinchilik bilan bo’lsa ham qo’lga kiritishga erishgan. 1227 yilda Chinizxonning o’limidan keyin esa uning Chingizxon bosqinchilik bilan asos solgan saltanat uning 4 ta o’g’li o’rtasida bo’lib yuboriladi. Usha paytda Sharqiy Turkiston va Yettisuvdan Amudaryogacha bo’lgan xududlar Chig’atoyga nasib etadi. Ana shu tariqa 1227 yilda Chig’atoy ulusi xukmronligi boshlanadi. Chig’atoyning davrida Movoraunnaxr uning otasi Chngizxonning davridagigadan xam yemon axvolga solinadi. Zulmu sitamlardan g’azabga tulgan xalk kelgindi xukmdorlar va maxalliy boylarga karshi bir emas bir necha bora turadi. Shunday yirik qo’zg’alonlardan biri esa Maxmud Tarobiy raxbarligidagi hunarmand va dehqonlar qo’zg’aloni edi. Maxmud Tarobiy asli Buxoro yaqinidagi Tarob qishlog’idan bo’lib u hunuarmand oilasida tugilgan va u qo’zg’alonga boshchilik qilmasdan oldin g’alvirchilik bilan shug’ullangan.



Qo’zg’olon 1238 yilda aynan Buxoro yaqinidagi Tarob kishlog’ida boshlanadi va shu qishloq qo’zg’olonni markazi sifatida tan olinadi. Qo’zg’olonga rahbarlik qilishni Tarobiydan usha davrdga mashxur tasavvuf shayxi va ulamo Shamsuddin Maxbubiy suragan va Tarobiy bunga mamnuniyat bilan rozi bulgan. Maxmud Tarobiy boylarning xaddan ortiq uzboshimchiligiga qarshi turgani va ularning mol mulkini talab qilgani uchun dehqonlar va hunarmandlar unga darrov qo’shiladilar. Qo’zg’alonning dastlabki kunlari Tarobiy safdoshlari bilan butunlay Buxoroni qo’lga oladi va Robiya saroyida sulton qilib taxtga ko’tariladi. Mo’g’ul qo’shinlari bu paytda Karmanaga kochishadi. Karmadan qo’zgo’lonchilarni yengish uchun yuborilgan mo’g’ul askarlari yana Tarobiychilar tomonidan tor- mor qilinadi. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda usha jangda mo’g’ullarning 10 ming ta askari qirib tashlangan ekan. Aynan mazkur jangda Maxmud Tarobiy qaxramonlarcha xalok bo’ladi. Keyinroq ma'lum bo’lishicha uning ustozi shayx Shamsuddin Maxbubiy xam shu jangda xalok bo’lgan.Shundan keyin ayni shu 1238 yilda qo’zg’alonni bostirishga Maxmud Yalvoch o’z qo’shini bilan yetib keladi va qo’zg’alon bostiriladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. 7. -T.: O’zbekiston, 1998, 132-155 - betlar.

  2. Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T.1. -T.: O’zbekiston, 1996, 36-49 - betlar.

  3. Karimov I.A. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.6. -T.: O’zbekiston, 1998, 324-347- betlar.

  4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. Toshkent, «Ma’naviyat» 2008.

  5. Mirzo Ulugbek. To'rt ulus tarixi. «Cho'lpon», 1994.

  6. Mirkarim Osim. «Ajdodlarimiz fojiasi» tarixiy qissalar. T., Gafur Gulom nashriyoti, 1983.

  7. Xidoyat ov G. Mening jonajon tarixim. Toshkent, 1992.

  8. Akademik V.V.Bartold Izd-vo Vostochnoy literaturi. Moskva 1963. 543-544 betlar.

  9. Usmonov Q. va boshqalar O’zbekiston tarixi. Darslik.. –T.: Iqtisod-moliya, 2006, 6-22-betlar.

  10. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O’zbekiston tarixi. O’quv qo’llanma. - T.: Meros, 2002, 6-17 - betlar.

  11. Murtazaeva R.X. O`zbekiston tarixi. Darslik. -T.: 2003.

  12. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. -T.: Sharq, 2000, 91-50-betlar.

  13. Buniyatov Z. Anushtegin Xorazmshohlar davlati (1097-1231). -T.: G’afur G’ulom, 1998, 112-133 betlar.

  14. Usmonov Q., Sodiqov M.,Oblomurodov N. O’zbekiston tarixi. O’quv qo’llanma. -T.: Meros, 2002, 107-132 betlar.

  15. Murtazaeva R.X. O`zbekiston tarixi. Darslik. -T.: 2003.

  16. Ma’naviyat yulduzlari.–T.: Meros, 2001. 5-11, 38-51, 71-81, 96-110 betlar.

  17. Ziyoev X. Tarix – o‘tmish va kelajak ko‘zgusi. – Toshkent: Adabiyot va san'at, 2000. – 288b.


1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. 7. -T.: O’zbekiston, 1998, 132-155 - betlar.

22 Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T.1. -T.: O’zbekiston, 1996, 36-49 - betlar.

3 Akademik V.V.Bartold Izd-vo Vostochnoy literaturi. Moskva 1963. 543-544 betlar

4 Usmonov Q. va boshqalar O’zbekiston tarixi. Darslik.. –T.: Iqtisod-moliya, 2006, 6-22-betlar.

5 Usmonov Q. va boshqalar O’zbekiston tarixi. Darslik.. –T.: Iqtisod-moliya, 2006, 6-29-betlar.

6 Xidoyatov G. Mening jonajon tarixim. Toshkent, 1992. B-152

7 Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. -T.: Sharq, 2000, 91-50-betlar

8 Mirzo Ulugbek. To'rt ulus tarixi. «Cho'lpon», 1994.B-52

9 Buniyatov Z. Anushtegin Xorazmshohlar davlati (1097-1231). -T.: G’afur G’ulom, 1998, 112-133 betlar.

10 Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. -T.: Sharq, 2000, 94-103-betlar

11 Mahmud Yalovoch va Mahmud Tarobiy. O'sha joyda, 510-bet,


Download 46,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish