Reja: Kirish Аuditda risk va muhimlik tushunchasi


Balansda muhim o’rin tutadigan moddalarning Muhimlik darajasini aniqlash (balans umumiy summasining 1% dan yuqori bo’lgan moddalar muhim deb olingan)



Download 118,31 Kb.
bet5/5
Sana10.06.2022
Hajmi118,31 Kb.
#652223
1   2   3   4   5
Bog'liq
Курс иши

Balansda muhim o’rin tutadigan moddalarning Muhimlik darajasini aniqlash (balans umumiy summasining 1% dan yuqori bo’lgan moddalar muhim deb olingan)
(2-jadval)

Balans moddalari




Summa, ming so’m

Moddaning balans jamidagi ulushi%

Muhimlik darajasi, ming so’m

Aktiv moddalari










Asosiy vositalar




654472,0

80,4

8040,0

Ishlab chiqarish zahiralari




39957,0

5,0

500,0

Tayyor mahsulotlar




49211,0

6,0

600,0

Xaridor va buyurtmachilar




69938, 0

8,6

860,0

BALANS




813578,0

100,0

10000,0

Passiv moddalari










Ustav kapitali




19741,0

2,4

240,0

Rezerv kapitali




616135,0

75,7

7570,0

Taqsimlanmagan foyda




23819,0

2,9

290,0

Kelgusi davr sarflari va to’lovlari uchun rezervlar




24134,0

3,0

300,0

Qisqa muddatli qarzlar




30000,0

3,7

370,0

Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklar




32120,0

3,9

390,0

Kreditorlar:

  • mol etkazib beruvchilar

  • byudjet bo’yicha qarzlar

  • boshqa kreditorlar




8597, 0
23102, 0
35930, 0

1,1
3, 2
4, 1

110,0
320,0
410,0

BALANS




813578,0

100, 0

10000,0

Auditor aniqlangan xatolar bo’yicha mijoz-korxona rahbariyatiga joriy buxgalteriya davrida tuzatish yozuvlarini amalga oshirishni tavsiya qilishi lozim.
Agarda taxmin qilinayotgan xatolar va tafovutlar sezilarli darajada bo’lsa, mijozkorxona rahbariyatining tuzatish kiritishga rozi bo’lmasligi auditor uchun salbiy auditorlik xulosasi tuzishga asos bo’lishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti tomonidan o’rnatiladigan asosiy ko’rsatkichlar tizimi va muhimlik darajasi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi hamda auditorlik tashkilotining ijro organi tomonidan tasdiqlanadi.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida yuzaga kelgan vaziyatlar taqazosi bilan muhimlik darajasi ko’rsatkichi o’zgartirilishi (tuzatilishi) mumkin. Bunda muhimlik darajasining o’zgartirilish fakti, uning yangi ko’rsatkichi, tegishli hisob-kitoblar va dalil-isbotlar tafsiloti auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirilgan bo’lishi lozim.
Ta’kidlash joizki, №9-AFMS da muhimlik darajasining asosiy ko’rsatkichlar tizimini va ushbu darajani aniqlashning uslubiy asoslangan tartibini auditorlik tashkiloti tomonidan o’zgartirish uchun asos bo’luvchi omillar ham keltirilmagan. Bizning fikrimizcha, bunday omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • moliyaviy hisobot asosiy ko’rsatkichlarini yoki balans moddalarini aniqlash tartibiga ta’sir qiladigan, buxgalteriya hisobi va soliqqa tortishni isloh qilishga doir o’zgarishlar;

  • muhimlik darajasini aniqlash uslublari oldiga qo’yiladigan talablarni belgilaydigan, auditga doir qonunchilikdagi o’zgarishlar;

  • auditorlik tashkiloti ixtisoslashuvining o’zgarishi;

  • auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi lozim bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tarkibidagi o’zgarishlar, ularning ishlab chiqarish turi yoki tarmog’iga tegishliligining o’zgarishi;

  • auditorlik tashkiloti rahbariyatining o’zgarishi.

Muhimlik darajasi buxgalteriya hisobi yuritiladigan va buxgalteriya hisoboti tuziladigan valyutada ifodalanishi lozim. Muhimlik darajasi har bir auditorlik tekshiruvi uchun tekshiruvni rejalashtirish bosqichi yakunlanganidan so’ng aniqlangan bo’lishi lozim. Aniqlangan muhimlik darajasining qiymati auditorlik tekshiruvining umumiy rejasida2 ham aks ettirilgan bo’lishi kerak. Agar mijozkorxona vakillari muhimlik darajasining auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlanish tartibi bilan qiziqib qolishsa, u holda auditorlar ularga ushbu axborotni taqdim etishlari zarur.
Auditda riskni darajasini aniqlash

Yuqorida bayon etilganidek, auditorlik risklarining maqbul to’plami bir qancha risklardan iborat.


Umumiy auditorlik amaliyotida auditorlik risklarining maqbul to’plamiga quyidagicha yondashuv ishlab chiqilgan va ular ingliz tilidagi abbreviaturasi (bosh harflari) bo’yicha quyidagi formula ko’rinishida ifodalangan:
DAR q IR x CR x DR
DAR (Desired audit risk) – ARMT (auditorlik risklarning maqbul to’plami);
IR (Internal risk) – IXR (ichki xo’jalik riski);
SR (Control risk) – NR (nazorat riski);
DR (Detection rick) – AR (aniqlanmaslik ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik riski).
Demak, auditorlik risklarining maqbul to’plami (ARMT) ni va uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar (IXR; NR; AR)ni batafsil bayon qilish va mohiyatini o’rganish uchun quyidagi formula ko’rinishida ifodalaymiz hamda uning tarkibiy qismlarini alohida ko’rib chiqamiz:
ARMT q IXR x NR x AR
Ichki xo’jalik riski –IXR (IR-Internal risk) – bu mazkur buxgalteriya schyotida, balans moddasida, bir turdagi xo’jalik muomalalari guruhida yaxlitlanganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotida jiddiy kamchiliklarning, bunday kamchiliklar ichki nazorat tizimi vositalari yordamida aniqlan-gunga qadar yoki ichki xo’jalik nazorati umuman yo’q bo’lganda, auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanish ehtimoli tushuniladi. Ichki xo’jalik riskini baholashda auditor bir necha guruh omillarni e’tiborga olishi lozim.
Nazorat (nazorat vositalari) riski – NR (CR-Control risk) – bu korxonaning mavjud va muntazam qo’llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy ahamiyat-ga ega bo’lgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko’rsatkichidir.
Aniqlanmaslik riski (AR) - ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik (ko’zga tashlanmaslik) riski (DR-Detektion risk)
– bu auditorlik tekshiruvi jarayonida qo’llaniladigan auditorlik amallarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatan mavjud bo’lgan har biri alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy hisoblangan xatolar hamda kamchiliklarni aniqlash imkoni yo’qligining ehtimolidir. Bunday ehtimollik auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanadi. Shuningdek, auditor ishlarining sifat ko’rsatkichi, auditorning malakasi va muayyan auditorlik tekshiruvining o’tkazilish xususiyatlariga bog’liq.
Aniqlanmaslik riskini ikki guruhga bo’lish mumkin:

  1. Tahliliy risk –bu tahlil amallari (ishlari) bajarilganda jiddiy xatolarga yo’l

qo’yilish riskidir. Bunday xatolarni auditor ko’rishi mumkin, ammo juda murakkabligi hamda o’zining maxsus malakasi etishmasligi sababli tushunmasdan o’tkazib yuborishi mumkin.

  1. Tanlashdagi risk –bu jiddiy xato-kamchiliklarning nazorat testlarini o’tkazish (tanlab olish) chog’ida ham, xo’jalik muomalalarini mohiyatan tekshirish chog’ida ham aniqlanmay qolish ehtimolidir.

Aniqlanmaslik riski - auditorlik faoliyatining sifati va samaradorligini baholaydigan ko’rsatkich bo’lib, u muayyan auditorlik tekshiruvini o’tkazish tartibiga, hamda auditorlar malakasi va ularning xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan oldindan tanishlik darajasiga bog’liq. Auditor ichki xo’jalik riski va nazorat vositalarining riskini baho-lash asosida o’z faoliyatida yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan aniqlanmaslik riskini aniqlashi lozim. Aniqlanmaslik riski-ning imkon qadar pasaytirilgan ko’rsatkichini hisobga olgan holda tegishli auditorlik amallarini rejalashtirishi lozim.
Mustaqil moliyaviy nazorat yoki audit bozor iqtisodiyotining ajralmas elementi hamda mamlakat iqtisodiyotini xavfsizligini ta’minlovchi faoliyatdir. Auditorlik faoliyati iqtisodiyotda o’z funktsiyalarini to’liq amalga oshirish uchun quyidagi ob’ektiv shartlar bajarilishi lozim:

  • mamlakatda qulay investitsion muhitning yaratilganligi;

  • sud-huquq tizimining rivojlanganligi;

  • davlatning mustaqil moliyaviy nazorat kotseptsiyasini amalga oshirish bo’yicha ehtiyoji.

Auditorlik faoliyati g’arb mamlakatlarida evalyutsion yo’l bilan rivojlangan bo’lsa, bizning mamlakatimizga bozor iqtisodiyotining elementlaridan biri sifatida kirib keldi. Natijada milliy auditorlik faoliyatining rivojlanish darajasi rivojlangan mamlakatlar auditorlik faoliyatining rivojlanish darajasiga muvofiq kelmay qoldi. Yuzaga kelgan muammoni bartaraf etishda mamlakatimizda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan:

  • faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza shakllantirildi;

  • auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqildi va h.

Bu ijobiy ishlar bilan bir qatorda auditorlik faoliyatida haligacha o’z echimini kutayotgan bir qancha muammolar o’z echimini topmagan. Xususan shunday muammolardan biri bu auditorlik tekshiruvida auditorlik riskini aniqlash va baholash tartibi bo’yicha haligacha olimlar va amaliyotchilar tomonidan yagona fikrga kelinmagan. Ushbu maqolada biz auditorlik riski va uni aniqlash hamda baholash bo’yicha yondashuvlarni ko’rib chiqamiz.
Bizga ma’lumki iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida faoliyat yurituvchi sub’ektlar o’zaro munosabatlarida audit muhim element hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati, mulkdori va uni davlat bilan o’zaro munosabatida audit muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olsak, axborotdan foydalanuvchilar oldida auditorlar to’liq javobgar ekanligini e’tirof etishimiz mumkin. Shunday ekan auditor taqdim etayotgan xulosasining ishonchliligiga to’liq javobgardir, buning e’tiborli jihati shundaki, auditor xo’jalik operatsiyalarini, tovar moddiy zahiralari va boshqa aktivlar hamda o’z va qarz mablag’larini yoppasiga tekshiruv o’tkazmasligi bois xulosaning ishonchliligi yuzasidan risk yuzaga keladi. Bu riskni aniqlash va baholash, uning kritik va maqbul chegarasini aniqlash auditorlar oldidagi asosiy muammo hisoblanadi.
Auditorlik riskini baholash muammosi ko’p qirralidir. Risk-bu qarorlarni qabul qilish natijasida belgilangan maqsadga qisman yoki to’liq erisha olmaslik ehtimolidir. Ya’ni risk belgilangan maqsadga erishish uchun qabul qilingan qarorlar samaradorligini baholovchi ko’rsatkichdir. Ushbu mulohazadagi ta’kidni auditorlik faoliyatiga qo’llasak, risk ko’rsatkichi auditorlik xulosasi turi bo’yicha noto’g’ri qaror qabul qilish xavfidir.
Xorij olimlaridan U.Messier Auditorlik riski – moliyaviy hisobotda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud bo’lgan holda auditor tomonidan ungga muvofiq bo’lmagan auditorlik xulosasini taqdim etishdir deb ta’rif bergan.
E.Arens va J.Lobbeklar esa auditorlik riski –moliyaviy hisobotda haqiqatda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud bo’lganda, moliyaviy hisobot to’g’ri va ob’ektiv tuzilganligi to’g’risidagi auditorning ijobiy fikri(xulosasi) deb e’tirof etishgan.
Auditorlik riski - auditor tomonidan sub’ektiv ravishda belgilanadigan, auditorlik tekshiruvi yakunlari bo’yicha moliyaviy hisobot uning ishonchliligi tasdiqlanganidan keyin aniqlanmagan jiddiy buzilishlarni o’z ichiga olishi mumkinligini e’tirof etish yoki aslida bunday buzilishlar moliyaviy hisobotda bo’lmasada, unda jiddiy buzilishlar mavjudligini e’tirof etish ehtimolidir deb 9-sonli “Muhimlik va auditorlik riski” nomli auditorlik faoliyatining milliy standartida ta’rif berilgan.
3-jadval
Risk turlari



Risk turlari

Tavsifi

1.

Auditorlik riski

Auditor tomonidan bajarilgan amallar asosida noto’g’ri xulosa berish xavfi, ya’ni moliyaviy hisobot bo’yicha beriladigan xulosa turini noto’g’ri belgilashi.

2.

Ichki xo’jalik riski

Ichki nazorat tizimi vositalari yordamida mijoz kompaniyaning xususiyati va uning faoliyat yuritish muhitiga taalluqli risklarni aniqlash imkoni yo’qligi.

3.

Nazorat riski

Ichik nazorat tizimi tomonidan muhim xatoliklarni aniqlay va tasdiqlay olmaslik xavfi.

4.

Aniqlanmaslik riski

Auditor tomonidan qo’llanilgan amallar va moliyaviy hisobotning tahlili undagi muhim xatoliklarni aniqlanmaslik xavfi.

5.

Tanlash riski

Xo’jalik operatsiyalarini tanlash asosida o’tkazilgan tekshiruv ulardagi muhim xatoliklarni aks ettirilmasligi riski.

6.

Tadbirkorlik riski

Mijoz-korxona va boshqa shaxslar tomonidan auditorlik tekshiruvi bo’yicha e’tirozlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan moliyaviy yo’qotishlar xavfi.

Auditorlik riskini aniqlash va baholash “Muhim buzib ko’rsatishlar risklarini tadbirkorlik sub’ektini va uning muhitini bilish asosida aniqlash va baholash” nomli 315-sonli, “Baholangan risklarga javoban auditorning harakatlari” nomli 330-sonli auditning xalqaro standartlarida ko’rib chiqilgan, bizning mamlaktimiz auditorlik faoliyatida esa “Muhimlik va auditorlik riski” deb nomlangan 9-sonli standartdagina ko’rib chiqilgan. Bizning fikrimizcha auditning xalqaro standartlari asosida auditorlik faoliyatining milliy standartlarini qayta ishlab chiqish lozim deb o’ylaymiz.


Auditorlik tekshiruvida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan risklarni quyida keltirilgan jadvalda ko’rib chiqamiz (3-jadval).
Yuqoridagi mulohazalarni umumlashtirgan holda aytadigan bo’lsak, auditor xo’jalik faoliyatidagi xato va kamchiliklarni to’liq aniqlay olmaydi. Bu holatni, bizning fikrimizcha, auditorlik tekshiruvidan ajratib bo’lmaydigan cheklovlarning mavjudligi bilan izohlashimiz mumkin(1-chizma).

1-chizma. Auditda riskni paydo bo’lish shartlari.
Ushbu cheklovlardan xalos bo’la olmaslik auditorlik teshiruvida auditor tomonidan moliyaviy hisobotdagi muhim xato va kamchiliklarni aniqlay olmasligi natijasida auditorlik riskini nol darajaga tushirish imkoni yo’qligi bilan ifodalanadi.
Birinchidan, auditor moliviy hisobotdagi muhim buzib ko’rsatishlar mavjud emasligini etarli ishonch bilan ta’kidlaydi, mutloq ishonch bilan emas. Ushbu cheklovning yuzaga kelishi asosiy sabablari:

  • auditorlik tekshiruvida testlash va tanlash amallarini qo’llanilishi;

  • mijoz-korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi mukammal emasligi, ya’ni korxona faoliyatida xato va kamchiliklar yo’qligini kafolatlay olmaydi.

Ikkinchidan, mijoz-korxona faoliyat yuritish muhitidagi noaniqliklar (tashqi muhit). Bu noaniqliklar va ularni bartaraf eta olmaslikka quyidagi holatlar ta’sir o’tkazadi:

  • tekshirilayotgan sub’ekt faoliyat yuritayotgan muhit bo’yicha to’liq va ishonchli ma’lumotlarni cheklanganligi;

  • etkazib berilayotgan ma’lumotlarni auditor tomonidan qayta ishlash va baholash ko’nikmasining cheklanganligi;

  • tekshirilayotgan sub’ekt tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy holatlarning tasodifiy paydo bo’lishi;

  • mijoz-korxona ichidagi xar xil toifadagi ziddiyatlar.

Uchinchidan, auditorlik riskini aniqlash va baholash auditorning bilim darajasi, malaka va ko’nikmasi asosida shakllanadigan professional muloxazasi natijasidir.bunda asosiy muammo auditorlarning bilim saviyasi va malaka hamda ko’nikmalarining turli darajadaligi auditorlik riskini aniqlash va baholashda turli yondoshuvlarga olib kelishidadir.
To’rtinchidan, auditorlik faoliyati tadbirkorlik faoliyatidir, ya’ni uning faoliyati foyda olishga qaratilganligidadir. Auditorlik tashkiloti mijoz-korxona munosabatlarida kelishmovchiliklarni yuzaga kelishi oqibatida uni yo’qotishi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek auditorlik riski va uning komponentlarini baholash bo’yicha yagona metodika mavjud emas. Buning asosiy sababi auditorlarning xo’jalik faoliyati bo’yicha professional mulohazalarining turlichaligi, mijoz faoliyati xususiyatlarining takrorlanmasligi, hisob va ma’lumotlarni taqdim etish tartib qoidalarining o’ziga xos xususiyatlarining mavjudligidadir. Shular qatori auditorlik riski va uning komponentlarini aniqlash va baholash bo’yicha auditorlik faoliyatining milliy standartlarida ham auditning xalqaro standartlarida aniq tavsiyalar keltirilmagan. Lekin auditorlik riskini baholashda auditorlar tomonidan ishlab chiqilgan testlar, savolnomalar keng qo’llaniladigan metodlar hisoblanadi.
Auditorlik riskini miqdor va sifat ko’rsatkichlarida ifodalash mumkin. Auditorlik riskini baholashning empirik, ehtimoliy, balli to’g’ri(multiplikativ), egri modellari mavjud.
Empirik modeldan foydalanilganda yuqori, o’rta, quyi darajada risklar baholanadi. Agar moliyaviy hisobot uchun umumiy buzib ko’rsatish ehtimoli mavjud bo’lsa aniqlangan risk yuqori deb baholanadi. Agar schetlardagi qoldiqlar, ma’lumotlarni ochib berishda muhim buzib ko’rsatish ehtimoli mavjud bo’lsa aniqlangan risk o’rtacha deb baholanadi. Agar aniqlangan risk boshqa turdagi muhim buzib ko’rsatishlarga olib kelsa, uni quyi darajada deb baholash mumkin.
Auditorlik riskini baholashning ehtimoliy modelida risk darajalarini koeffitsient yoki foiz ko’rinishida ifodalanadi.
Riskni baholashning ball modelida sifat xususiyatlar miqdor ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi. Masalan, auditorlik riskining quyi darajasi – 1 ball, o’rta darajasi – 3 ball, yuqori darajasi - 5 ball qilib belgilash mumkin.


2-chizma. Auditorlik riskini baholashdgai yondashuvlar


To’g’ri (multiplikativ) modelda auditor professional mulohazasi asosida auditorlik riski komponentlarini baholab, umumiy auditorlik riskini aniqlaydi.
UAR=IXR*NR*AR (1)
UAR- umumiy auditorlik riski;
IXR-ichki xo’jalik riski;
AR-aniqlanmaslik riski.
Olingan natija xalqaro amaliyotda qabul qilingan -5%lik ko’rsatkich bilan taqqoslanadi. Masalan, auditor ichki xo’jalik riskini - 60%, nazorat riskini-50% va aniqlanmaslik riski-20% qilib belgilasa, unda umumiy auditorlik riski 6% (0,6*0,5*0,2)ni tashkil etadi. Olingan natijani ijobiy deb baholab bo’lmaydi, chunki 5%lik chegaradan yuqori. Demak, auditor auditorlik riskini maqbul chegaragacha kamaytirish chora-tadbirlarini ko’rmog’i lozim.
Egri model umumiy auditorlik riskining komponentlaridan biri aniqlanmaslik riskini baholashni ko’zda tutadi. Bunda auditor ichki xo’jalik riskini, nazorat risikni baholab, multiplikativ model asosida aniqlanmaslik riski hisoblab topiladi.
AR = UAR/(IXR*NR)
Aniqlanmaslik riskini mohiyati shundan iboratki, auditor tomonidan auditorlik tekshiruvini o’tkazish jarayonda muhim xato va kamchiliklarni aniqlay olmaslik ehtimolidir. Aniqlanmaslik riski auditorlik tekshiruvida bajaradigan ishlar ko’lami, tanlash ko’lamiga, sarflanadigan mehnat sarfi umuman auditorlik xizmati xaqi miqdoriga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.
Risklarni baholashda ikki xil yondashuv mavjud: moddalar bo’yicha baholash va jarayonlar bo’yicha baholash.
Moddalar bo’yicha auditorlik riskini moliyaviy hisobot uchun umumiy yoki uning alohida moddalari bo’yicha aniqlanadi va baholanadi.
Auditorlik riskini baholashning jarayonli yondashuvi auditorlik tekshiruvidan o’tayotgan sub’ektning biznes-jarayonlarini o’rganish asosida amalga oshiriladi (tahlil yo’nalishi jarayonlardan-hisobotga qarab).
Yuqoridagi yondashuvlardan qay birini tanlash auditorni o’zi mustaqil belgilaydi. Lekin bu ikkita yondashuv turli mehnat sarfini talab etadi, ya’ni jarayonli yondashuv ko’p mehnat sarfini talab etganligi bois moddalar bo’yicha yondashuvdan keng foydalaniladi.
Xulosa

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlashimiz mumkinki, auditor butun faoliyatini moliyaviy hisobotning etarli ishonchliligini ta’minlash bilan bir qatorda auditorlik riskini maqbul chegaragacha pasaytirishga qaratadi.


Bizga ma’lumki iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida faoliyat yurituvchi sub’ektlar o’zaro munosabatlarida audit muhim element hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati, mulkdori va uni davlat bilan o’zaro munosabatida audit muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olsak, axborotdan foydalanuvchilar oldida auditorlar to’liq javobgar ekanligini e’tirof etishimiz mumkin. Shunday ekan auditor taqdim etayotgan xulosasining ishonchliligiga to’liq javobgardir, buning e’tiborli jihati shundaki, auditor xo’jalik operatsiyalarini, tovar moddiy zahiralari va boshqa aktivlar hamda o’z va qarz mablag’larini yoppasiga tekshiruv o’tkazmasligi bois xulosaning ishonchliligi yuzasidan risk yuzaga keladi. Bu riskni aniqlash va baholash, uning kritik va maqbul chegarasini aniqlash auditorlar oldidagi asosiy muammo hisoblanadi.
Yuqorida bayon etilgan shart-sharoitlar, xususan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning qaysi tarmoqqa tegishliligi, mulkchilik shakli, tashkiliy-iqtisodiy tavsiflari va boshqalardan kelib chiqib, auditorlik tashkiloti auditni rejalashtirish uchun muhim ko’rsatkichlarni tanlash va muhimlik darajasini hisob-kitob qilish uchun o’zining ichki standartlarini (uslub va shakllarini) ishlab chiqishi zarur.


ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. Fayziev Sh.N., Dusmuratov R.D., Karimov A.A., Kuziev I.N., Avlokulov A.Z. Audit: Darslik -T.: “Iqtisod-Moliya”, 2015y. – 430 b.

  2. Tuychiev A., Qo’ziev I., Avloqulov A., Sherimbetov I., Avazov I. Audit. Darslik. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. – 620 b.

  3. Kuziev I., Tuychiev A., Xojiev M., Yakubov M. Vnutrenniy audit. “Iqtisod-Moliya”, 2019 g. – 421 str.”

  4. Do’smuratov R.D. Audit asoslari.-T.: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 2003.-612 s.

  5. Audit. Darslik 1-jild. M.M.Tulaxodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

  6. Audit. Darslik 2-jild. M.M.Tulaxodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

  7. O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuni (yangi tahriri). 2000 yil 26 may. 78-II-son.

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3946-son Qarori. http://lex.uz

  9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17-yanvardagi “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini" faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi PF-5635-sonli Farmoni. https://nrm.uz

  10. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 maydagi 274-sonli «Auditorlik tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishni ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori. http://lex.uz

  11. O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018 yil 21 dekabrdagi “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash xaqida”gi 3105 sonli buyrug’i. http://lex.uz

  12. Audit va sifat nazoratining xalqaro standartlari. 2012. 1 qism, 3-jild. -T.: O’BAMA, 2014.-1049 b.

  13. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

  14. Arens A., Lobbek Dj. Audit. Per. s angl. pod red. Ya.V. Sokolova. - M.: Finansi i statistika, 2013. -560s.

  15. Fayziev Sh.N., Karimov A.A. Audit. Uchebnoe posobie. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013. -S. 157-158.

  16. Sheremet A.D., Suyts V.P. Audit. Uchebnik.- M.: INFRA-M, 2009. -456 s.

  17. Qo‘ziyev I.N., Fayziev Sh.N., Avloqulov A.Z., Sherimbetov I.X. Ichki audit. O’quv qo‘llanma. -T.: IQTISOD-MOLIYA, 2015. 198 bet.

  18. http://www. gov.uz. (O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali)

  19. http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).

  20. http://www. ziyonet.uz (Axborot ta’lim tarmog‘i)

  21. http://www. lex.uz (O‘z. Resp. qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi).

  22. https://www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy sayti).

  23. https://www.naab.uz (O’zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy asosiatsiyasining rasmiy sayti)

  24. https://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Statistika qumitasining rasmiy sayti)

  25. https://www.uzaudit.uz. (O’zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining rasmiy sayti)




1 Oʼzbekiston Respublikasining «Аuditorlik faoliyati toʼgʼrisida»gi qonunida (yangi tahrirdagi) auditorlik faoliyati «...tadbirkorlik faoliyati...» ekanligi taʼkidlangan 2-modda

2 Auditning umumiy rejasi №3-«Auditni rejalashtirish» nomli AFMCga muvofiq tuziladi.


Download 118,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish