Reja: Kirish Аuditda risk va muhimlik tushunchasi


Аuditda risk va muximlik tushunchasi



Download 113,98 Kb.
bet2/5
Sana10.06.2022
Hajmi113,98 Kb.
#652281
1   2   3   4   5
Bog'liq
Курс иши (2)

Аuditda risk va muximlik tushunchasi
Аudit va moliyaga oid ayrim manbalarda “risk” atamasi turlicha tarjima qilib qoʼllanilmokda (“tavakkalchilik”, “xatarlilik”, “xavf- xatar”, “taxlika”, “gʼov” va h- k.). Аuditorlik faoliyatiga nisbatan bunday tarjimalar “risk” atamasining asl moxiyatini toʼliq, ochib bermaydi. Umuman murakkab ilmiy atamalarni ularning moxiyatini ifodalamaydigan tarjimalar bilan almashtirmasdan, birinchi marta qoʼllanilganida izoxlagan xolda, keyinchalik aslini qoʼllash maqsadga muvofik.
Аuditorlik riski — bu auditorlik tekshiruvi natijalari boʼyicha auditorlar tomonidan subʼektiv aniqlanadigan, moliyaviy hisobotda, uning ishonchliligi tasdiqlanganidan soʼng xatolar mavjudligini tan olish yoki moliyaviy hisobotda bunday kamchiliklar xaqiqatan ham yoʼk boʼlganda, unda kamchiliklar mavjud deb tan olinish ehtimolidir.
Faraz qilaylik, agar auditor salbiy xulosa bersa yoki xulosa berishdan voz kechsa oʼzini xavf-xatar ostiga qoʼymasligi mumkin. Аmmo bu notoʼgʼri fikr, chunonchi, auditor uchun bu xolda mijozlarini yoʼkotish xavfi vujudga keladi. Bundan tashqari, auditor har qanday, hatto, mijoz-korxona moliyaviy hisobotini toʼliq, tasdiqlaydigan xulosa berganida ham, u shartnoma majburiyatlari bilan bogʼliq xavf-xatarni oʼz zimmasiga oladi. Аuditorlik faoliyatida uchraydigan bunday xavf-xatarlar yigʼindisini keyinchalik auditorlik risklarning maqbul toʼplami deb atash mumkin.
Maʼlumki, har qanday malakali va puxta oʼtkazilgan auditorlik tekshiruvi ham auditorlik riskini toʼlik bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun auditorlik amaliyotida uning (auditorlik riskining) maqbul chegarasi 5% deb qabul qilingan. Yaʼni, auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan yuzta auditorlik xulosasidan beshtasi munozarali masalalar boʼyicha notoʼgʼri xulosalar boʼlishi mumkin. Bunday risk yaʼni, 5% miqdorda notoʼgʼri xulosa berish ehtimoli auditorlik tashkiloti uchun jiddiy hisoblanmaydi va uning raqobatbardoshligini pasaytirmaydi. Аksincha, bu koʼrsatkich (5%)ni yanada pasaytirishga urinish bexuda kuch va mablagʼ sarflashga olib keladi hamda raqobatbardoshlikka salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin.
Umuman auditorlik riskining maqbul toʼplamiga quyidagi shart-sharoitlar asosiy taʼsirini koʼrsatadi.
1. Mijoz-korxona faoliyati(biznesi)ning koʼlami. Mijoz-korxonada sodir boʼladigan xoʼjalik muomalalarining miqdori qanchalik koʼp boʼlsa, auditorlik riski shunchalik yuqori boʼladi va uning moliyaviy hisobotidan shuncha kengrok hajmda foydalanish zarur boʼladi. Аuditorlik risk darajasini aniqlashda moliyaviy hisobot maʼlumotlaridan foydalanuvchilarning fikrlari asos boʼlib hisoblanadi. Masalan, agar aktsiyadorlik jamiyati qoʼshimcha aktsiya chiqarishni rejalishtirmagan boʼlsa, u xolda faqat xaqiqiy aktsiyadorlar fikri inobatga olinadi. Аgar qoʼshimcha aktsiya chikariladigan boʼlsa, aktsiyalarga obuna boʼluvchilar fikrlari ham inobatga olinadi. Yangi aktsiyadorlarni asosan yuqori dividendlar va ijobiy auditorlik xulosasi bilan jalb qilish mumkin.
2. Mulkchilikning tashkiliy-xuquqiy shakllari ham auditorlik risklarning maqbul toʼplamiga sezilarli taʼsir koʼrsatadi. Masalan, ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlari yopik turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarinikiga qaraganda aktsiyadorlarining ishonchini koʼprok qozonganligi bois, auditorlik riskini pasaytirishi mumkin. Bu ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarida har xil mulkdorlar mavjudligi bilan izoxlanadi. Shuningdek, aktsiyadorlarning manfaatlari xar doim xam bir-birinikiga mos kelavermaydi va shuning uchun xam ular bir-birlarini nazorat qilib turadilar.
3. Kreditorlik qarzlarining miqdori va tavsifi. Mijoz-tashkilot kreditorlari qanchalik yirik korxonalardan iborat boʼlsa, demak, uning moliyaviy hisobotiga iщonch shuncha yuqori ekanligi va uni tekshirish bilan bogʼliq tavakkalchilik xatari shunchalik past boʼladi.
Аuditorlik riskiga boshqa shart-sharoitlar ham taʼsir koʼrsatadi. Jumladan: mutaxasislarning buxgalteriya xisobini bilishi, auditorlik tekshiruviga umumiy yondashuv, meʼyoriy-xuquqiy tizimdagi oʼzgarishlar, xisobning kompyuterlashtirilganlik darajasi, mijoz-korxonadagi ichki nazorat tizimining ishonchliligi, raxbarlar almashinishi va ularning shaxsiy fazilatlari, olingan natijalarni baxolash va ularning toʼliqligi, mazkur tashkilot faoliyatiga xos boʼlmagan muomalalar miqdori va sh. k.
Demak, auditorlik risklarning maqbul toʼplami deganda, oʼtkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijasida yanglish mulohazaga kelish va natijada, notoʼgʼri auditorlik xulosasi tuzish ehtimoli (xavfi) tushuniladi.

O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida


(yangi tahrirdagi) auditorlik faoliyati «...tadbirkorlik faoliyati...» ekanligi ta’kidlangan (2-modda). Demak, bu faoliyat auditorlik tashkiloti va mijozkorxona o’rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Auditorlik tashkiloti o’z shartnoma majburiyatlarini bajarishda, amalda tekshiruv ob’ektlarini to’liq (100%) qamrab olaolmaydi. Natijada, moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining mutlaqo (shak-shubhasiz) haqqoniy ekanligini kafolatlay olmagani holda, ma’lum darajadagi tavakkalchilik bilan ularni tasdiqlaydi. Shu boisdan, auditor ishida doimo ma’lum darajada tavakkalchilik xavf-xatari mavjud bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, auditor xulosasida bayon etilgan fikr har doim ham mutlaqo to’g’ri bo’lishi mumkin emas. Ammo, deyarli hamma vaqt axborotdan foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishi lozim. Bunday foydalilikning ta’minlanishi ma’lum darajadagi muhimlik va risk bilan bog’liq va ularni to’g’ri baholashni talab etadi.
Umumiy auditorlik amaliyotida muhimlik chegaralarini quyidagicha belgilash qabul qilingan:
0 < J < 1 (yoki foiz hisobida 0< J% <100)
Ushbu chegara oralig’idagi ehtimollik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobotlarining ishonchliligiga ta’sir ko’rsatadigan xatolar mavjudligini aniqlash, tegishli auditorlik qarorlarini qabul qilish uchun ushbu xatolarni baholash mumkinligi(yoki mumkin emasligi)ni ifodalaydi. Bu Muhimlikni sifat jihatdan tavsiflaydigan tarkibiy qismdir. Muhimlikning miqdoriy jihatini tavsiflaydigan tarkibiy qismi esa uning ma’lum darajalari orqali ifodalanadi.
Agar xato buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarini sezilarli darajada chalkashtirsa va mazkur hisobot ko’rsatki-chidan foydalanuvchining shu hisobotga asosan qabul qilgan qaroriga ta’sir ko’rsatsa, uning aniqlanmasligi (bilmasdan o’tkazib yuborilishi) jiddiy hisoblanadi. Buxgalteriya hisobotida yig’indisi katta summani tashkil etadigan bir nechta sezilarsiz xatolar bo’ladigan vaziyatlar ham uchraydi. Auditor bitta jiddiy bo’lmagan xatoni aniqlab, bu haqda auditorlik xulosasida bildirishi va salbiy auditorlik xulosasi tuzishi ham mumkin. Haqiqatda esa, buxgalteriya hisobotida jamlanganida jiddiy tus oladigan bir nechta ahamiyatsiz xatolar bo’lishi mumkin.
Muhimlikni aniqlash auditning amaliyotida №9 – “Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi” nomli AFMS bilan tartibga solinadi. Ushbu standartga muvofiq “Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadigan holatlar auditda jiddiy deb tan olinadi”.
Standartda ta’kidlanishicha, barcha jiddiy holatlarda moliyaviy hisobotning ishonchliligi deganda undagi ko’rsatkichlar aniqligining shunday darajasi tushuniladiki, bu hisobotdan malakali foydalanuvchilar to’g’ri xulosalarga kelish va to’g’ri qarorlar qabul qilish imkoniga ega bo’ladi.
Ma’lumki, respublikamizda islohotlarning chuqurlashtirilishi va iqtisodiyotning erkinlashuvi natijasida buxgalteriya hisoboti axborotlaridan foydalanuvchilarning turlari ko’paymoqda. Ularning har qaysisi uchun Muhimlik darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, aktsiyadorlar uchun korxona faoliyatining natijalari, xo’jalik mablag’la-rining haqqoniyligi va foydaning dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi. Investorlar uchun esa korxonaning moliyaviy barqarorligi, ishlab chiqariladigan mahsulotlarga talabning o’zgarishi, qo’yilmalarning rentabelligi va investitsion loyihalarning haqqoniyligi to’g’risidagi axborotlar muhim bo’lishi mumkin.
Auditorlar eng muhim, kam uchraydigan va xatolari bor hisobot moddalari va schetlarni aniqlash chog’ida Muhimlik tushunchasidan auditni rejalashtirishning asosi sifatida foydalanadilar. Bunday moddalar va schetlarga alohida e’tibor qaratish zarur. Shuningdek, to’plangan auditorlik dalil-isbotlarini baholashda va qanday auditorlik xulosasi tuzish to’g’risida bir qarorga kelishda ham muhimlik darajasidan foydalaniladi.
Demak, Muhimlik tushunchasi auditor tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoning hajmini va o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvining ko’lamini aniqlash hamda tuziladigan auditorlik xulosasining shaklini belgilash (ijobiy yoki salbiy) uchun birlamchi va asos bo’luvchi manba hisoblanadi.
№70-«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik xulosasi» nomli AFMSdagi ijobiy auditorlik xulosasi standart shaklining yakunlovchi qismida «…xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holatini ishonarli aks ettiradi...» deyilgan.
Ushbu jumla axborotdan foydalanuvchilarga auditorlik xulosasida bildirilgan fikrning jiddiy hisoblangan moliyaviy axborotlargagina taalluqli ekanligi to’g’risida ma’lumot beradi. “Muhimlik” tushunchasi shuning uchun zarurki, hech qaysi auditor moliyaviy hisobotning 100% to’g’ri ekanligiga kafolat bera olmaydi.
Jiddiy xatolarning auditor tomonidan aniqlanishi ko’plab omillarga bog’liq. Jumladan, ham korxona rahbariya-ti, ham auditor tomonidan mavjud jiddiy xatolarning baholanishi; tekshiruvlar vaqti va qiymatining chegaralanganligi; mijozning xatolarni auditor aniqlashini “kutib o’tirishi”; auditorning mustaqillik darajasi; uning vijdonliligi; tashqi auditorning ichki nazorat tizimiga ishonchi; korxonada qabul qilingan hisob siyosati va undagi ayrim qoidalarning tafsiloti; hisob siyosatining me’yoriy hujjatlar talablariga mosligi.
Auditor quyidagi hollarda muhimlikni ko’rib chiqishi lozim:

  • auditorlik amallarining xususiyatlari, vaqti va chuqurli-gini aniqlashda;

  • xatolar ta’sirini aniqlashda.

Auditni rejalashtirishda auditor qanday harakatlar va operatsiyalar moliyaviy hisobotda muhim buzilishlarga olib kelishini ko‘rib chiqadi. Alohida schyotlar bo‘yicha qoldiqlarga va bitim turlariga nisbatan muhimlilikni auditorlik baholash, auditorga qanday masalalar va qanday moddalarni o‘rganishi, qanday tanlashdan foydalanishi va qanday tahliliy tartib-taomillarni o‘tkazishi bo‘yicha qarorlar qabul qilishiga yordam beradi. Bu hol auditorga umumiy auditorlik riskini maqbul bo‘lgan past darajagacha kamaytirishga yordam beradi.
Auditorlik riskining darajasi bilan muhimlilik o‘rtasida teskari aloqa mavjud: muhimlilik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, auditorlik riski shuncha past bo‘ladi va aksincha.
Agarda auditorlik tartib-taomillari rejalashtirilganidan keyin auditor muhimlilikning maqbul darajasini past deb qaror qabul qilsa, u holda auditorlik riski ko‘tariladi. Auditor buni quyidagi yo‘llar bilan aniqlashi kerak bo‘ladi:
- imkoni bo‘lganda nazoratning chuqurlashtirilgan yoki qo‘shimcha testlarni o‘tkazish yo‘li bilan pasaytirilgan darajani saqlash orqali nazorat riskining baholanayotgan darajasini pasaytirish,;
- mustaqil (asosiy) tartib-taomillar darajasi, vaqti va xarakterini modifikatsiyalash yo‘li bilan aniqlamaslik riskini kamaytirish orqali.
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ajralmas riskning darajasi doimiy bo‘ladi va ular faqat, tekshirishning umumiy rejasini tayyorlash davomida hisobga olinmagan, obyektiv ravishda mavjud faktlar aniqlangan taqdirdagina o‘zgarishi mumkin.


Download 113,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish