Reja Kirish Asosiy qism Zararli dastur Tarixi Zararli dastur Turlari Dastlabki chuvalchang Ilk troyan Yakuniy qism Xulosa Foydalanilgan adabiyot. Kirish Zararli dastur


Demak, zararkunandalar evolyutsiyasini xronologik tartibda ko‘rib chiqamiz



Download 257,58 Kb.
bet8/15
Sana27.10.2022
Hajmi257,58 Kb.
#856929
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Zararli dastur

Demak, zararkunandalar evolyutsiyasini xronologik tartibda ko‘rib chiqamiz.
1970-1989 yillar: viruslarning «ota-bobolari» va ilk kompyuter epidemiyalari. Internetning ajdodi bo‘lmish ARPANET tarmog‘i 1969-yilda AQShdagi 4 yirik oliygohni o‘zaro bog‘lagan dastlabki IT-tarmog‘i bo‘lgan edi. Oradan atigi ikki yil o‘tiboq, 1971-yilda, ushbu tarmoqda o‘rmalay oladigan dastlabki zararkunanda – hozirgi barcha kompyuter viruslarining «bobokaloni» paydo bo‘lgan edi. O‘shanda, Bolt Branek and Newman kompaniyasining Bob Tomas ismli xodimi, masofadan turib ijro etiladigan operatsion tizimlarni yaratish ustida ish olib borgan va buni qarangki, tarmoqda o‘zi o‘rmalaydigan dastlabki virusni ham aynan u yaratgan ekan. Shu sababli, ushbu virusning nomini u Creeper deb nomlagan. Bu ingliz tilida «o‘rmalovchi» degani bo‘ladi (sudraluvchi deyish ham mumkin). Bu virusni Bob Tomas o‘z-o‘zini ko‘paytira oladigan dastur yaratishni iloji bor-yo‘qligini tekshirish uchun yozgan bo‘lib, Creeper modem orqali tarqalgan va o‘zi zararlagan kompyuterda o‘z nusxasini yaratib, undan avvalgi tushgan kompyuteridan esa o‘zini-o‘zi o‘chiradigan dasturiy kod ko‘rinishida bo‘lgan. Creeper shunchaki tarmoqda tarqalib, o‘zi tushgan kompyuterida o‘zini-o‘zi nusxalashdan boshqa hech qanday funksiyaga ega bo‘lmagan. Ya'ni, uning biror zararli xususiyati bo‘lmagan. Shu tufayli, aslida uni virus deyishga ham til bormaydi.
Dastlabki virus
Lekin, 1980-yillarning boshiga kelib, kompyuterlar endi «shaxsiy kompyuter» nomi ostida keng tarqala boshladi. Bu degani, endi potensial zararkunandalar uchun juda keng «ozuqa maydoni» yuzaga kela boshlagan edi. Dastlabki katta ko‘lamda tarqalgan virus 1986-yilda yoyila boshladi. Uning nomi Brain (ya'ni, «miya») bo‘lgan. Aynan Brain, hozirgi barcha kompyuter viruslari uchun «ajdod» hisoblanadi deyish mumkin. Brain virusini yaratgan dasturchilar aslida o‘g‘rilarni adabini berib qo‘ymoqchi bo‘lishgan. Asli Pokistonlik bo‘lgan Amjat va Bazid Farrux Alvi ismli aka-uka dasturchilar o‘sha paytlarda tijorat maqsadida (ya'ni, keyinchalik pullash uchun) bir dastur tuzishayotgan bo‘lgan. Lekin, ularning kompyuteriga himoyalanmagan tarmoq orqali kirayotgan noma’lum shaxslar ular tuzgan dasturni o‘g‘irlab olib, ulardan avval pullab yuborishgan. Albatta bu narsa aka-uka Farruxlarga yoqmagan va ular o‘g‘rini jazolaydigan kod yozishga qaror qilishgan. Shunda Brain virusi yuzaga kelgan. Brain zararkunandasi disketalar orqali tarqalgan. U ham kompyuterning odatiy ish jarayoniga xalaqit bermagan. Lekin, kimdir kompyuterdan yashirincha axborot ko‘chirib olishga urinishi bilan, Brain ishga tushgan va ma’lumot ko‘chirib olinayotgan disketaga o‘tib, keyin esa o‘g‘rining kompyuteriga borib tushgach, uning operatsion tizimini ishdan chiqargan. 1987-yilda Brain Pokistondan tashqariga chiqib, AQShgacha yetib borgan va 18000 dan ziyod kompyuterlarni zararlagan. Bu tarixdagi dastlabki keng geografik ko‘lamli kompyuter virusi tarqalishi hodisasi bo‘lgan edi.



Download 257,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish