Reja: Kirish. Asosiy qism: Xalqaro kapitalning asosiy tushunchalari va funksiyasi


Xalqaro kapital bozorining hozirgi kundagi holati



Download 347,91 Kb.
bet6/7
Sana22.06.2022
Hajmi347,91 Kb.
#690702
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boliyev Mirazim123

2. Xalqaro kapital bozorining hozirgi kundagi holati.
Muddatli valyuta operatsiyalari va ularni amalga oshirish
Muddatli valyuta operatsiyalari - bu bitim tuzilgandan keyin bitimdagi kurs bo‘yicha kelishilgan xorijiy valyutani ma’lum muddat qtgach etkazib berish kelishib olinadigan valyuta bitimlaridir. Bundan muddatli valyuta operatsiyalarining ikki xususiyati kelib chiqadi:
Bitim tuzilishi bilan bajarilish o‘rtasida ma’lum davr vaqt bor.
2. Muddatli valyuta operatsiyalar bo‘yicha valyuta kursi, ma’lum muddat o‘tganidan keyin foydalanilsa ham, bitim tuzilayotgan paytda belgilanadi.
Muddatli bitimlar deb, belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan oshik bulgan muddatda amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi. Amaliyotda muddatli bitimlarning kuyidagi keng tarkagan turlari mavjuddir.
Ularga:

  • forvard valyuta bitimlari;

  • fyuchers bitimlari;

  • valyuta opsioni;

  • svop operatsiyalarini kursatish mumkin.

17-jadval
Valyuta operatsiyalari tasnifi

Nakd valyuta operatsiyalari

Muddatli valyuta operatsiyalari

SPOT

Forvard

Fyuchers

Opsion

Svop

Arbitraj

Emitent davlat tashqarisida bir yoki bir nechta funksiyalarni bajaruvchi valyuta xalqaro valyuta hisoblanadi. Valyutaning xalqaro rolni bajarishi quyidagi omillarga bog‘liq: milliy iqtisodiyot hajmiga, xorijiy investorlar ishonchiga, xalqaro savdoda mamlakatning tutgan o‘rniga, moliyaviy bozorning erkinlik darajasiga. Asosiy valyuta (key currency) – xorijda pulning bir nechta vazifasini bajaruvchi valyutadir. Hozirgi vaqtda valyutaning ushbu turiga evro, yapon ienasi, shveysariya franki, funt sterling kabi valyutalar kiradi. Xalqaro aylanmada sezilarli darajada yirik masshtablarda boshqa asosiy valyutalarga nisbatan pulning ko‘pgina vazifalarini bajaruvchi valyuta dominantlik qiluvchi valyuta hisoblanadi. II jaxon urushidan so‘ng, qariyib yarim asrdan buyon AQSH dollari dominant valyuta hisoblanadi. Etakchi valyuta (vehicle currency)- ikki davlatning o‘zaro operatsiyalarida ishlatiluvchi va ushbu davlatlarning milliy valyutasi hisoblanmagan valyutadir. Amaliyotda agar valyuta, asosiy valyuta hisoblansagina etakchi valyuta bo‘la oladi. Masalan, Rossiyadan Belorusiyaga etkazilgan neft to‘lovi AQSH dollarida amalga oshiriladi.
Agar yuqorida keltirilgan mezonlarni umumlashtirsak, xulosa qilish mumkinki, milliy valyuta milliy iqtisodiyot doirasidan chiqib xalqaro hisob-kitoblarda ishlatilishni boshlaydi, agar mamlakat iqtisodiyoti etarlicha ulkan bo‘lsa, bozor munosabatlari ochiq va yuqori darajada rivojlangan bo‘lsa. Ochiq, lekin kichik iqtisodiyotga ega mamlakat o‘z valyutasini etakchi valyutaga aylantira olmaydi. SHu bilan birga samarali valyuta siyosatini olib borish, o‘z navbatida, ushbu davlat va boshqa davlatlar bilan tashqi savdo munosabatlarini rivojlantirishni rag‘batlantiradi, ichki cheklangan konvertatsiyaga ega bo‘lgan valyuta erkin konvertatsiyalanuvchi va hattoki xalqaro valyuta maqomiga ham ega bo‘lishi mumkin. Har qanday davlat milliy valyuta maqomining o‘zgarishi valyuta bozori hamda tashqi savdo aloqalari erkinlashayotganligiga yorqin dalil bo‘la oladi.
1980 yillarda ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdo siyosatida, nisbatan ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, resurslar taqsimoti va iqtisodiy o‘sishni uzoq muddatli tendensiyalari o‘zgarishlarini yanada samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan samarali islohotlarni amalga oshirdilar. Ushbu islohotlarda asosiy o‘rinlardan birini valyuta kursi siyosati egallagan.

Faraz qilaylik, O‘zbekiton tijorat banki 3 oylik forvard bitimini tuzmoqchi. Dollarning so‘mga nisbatan spot kursi quyidagicha:


USD/UZB bid = 1400


USD/UZB offer = 1420
USD/UZB average = 1410

oylik depozitlarga foiz stavka esa quyidagicha:








Bid – talab (%)

Offer – taklif (%)

Average – o‘rtacha (%)

USD

3.875

4.125

4

UZB

5.875

6.125

6

Demak, Forvard punkti(bid) = [1400*(5.875-4.125)*90 kun]/[360*100+(4.125*90)] = 6.06
Forvard punkti(offer) = [1420*(6.125-3.875)*90 kun]/[360*100+(3.875*90)] = 7.01 Forvard punktlaridan kelib chiqib bank dileri tomonidan kotirovka quyidagicha tashqil etiladi:
Barqaror iqtisodiyot sharoitida forvard kursi banklararo foiz stavkasiga bog‘liq va quyidagicha hisoblanadi:
Forvard kursi = [(1+Bid)*C]/(1+Offer)
YA’ni, bid – banklararo kreditlarga talab foiz stavkasi, masalan UZIBID
Offer – banklararo kreditlar taklif foiz stavkasi, masalan UZIBOR
S – joriy spot kursi.
Agar UZIBID – 5 %
LIBOR – 6%
C – 1400 USD/UZB bo‘lsa, unda, Forvard kursi = (1+0.05)*1400/(1+0.06) = 1386.79 bo‘ladi.
Sxemadan ko‘rib turganimizdek keltirilgan misolda importyor forvard bitimini tuzish natijasida 8500 AQSH dorllarida foyda ko‘radi.
Valyuta bozorida valyuta riskini jahon amaliyotida turli usullari mavjud. Mazkur operatsiyalarda banklar, moliyaviy uylar va nomoliyaviy institular qatnashadi. Mazkur institutlarning tarkibi va ulushini Xalqaro hisob-kitob Banki ma’lumotlari asosida ko‘rib chiqamiz.

Odatda riskni tushirish uchun , to‘lashga to‘g‘ri keladi. Xedjerlashdan foydalanishda bir nechta harajatlar yuzaga keladi.


FOREKS bozorida tuzilgan hohlagan bitim valyutani sotish va sotib olish bahosi o‘rtasidagi farq (spred) ko‘rinishidagi harajat bilan bog‘liq. Biroq , bozor amaliyotida bu farq bitim summasining 0.05%-0.1% ini tashqil etadi.
Bitim tugaguncha pozitsiya ochiq bo‘ladi va har kuni pozitsiyani valyuta bo‘yicha foiz stavkalari farqini hisobga olgan holda keyingi sanaga o‘tkazish amalga oshiriladi. Bozor amaliyotida bu bir kunga bitim summasining 0.01% ni , ya’ni bir oyga 0.3% ni tashqil etadi. Lekin , bitim yo‘nalishiga qarab (sotib olish yoki sotish) mijoz yo bu pozitsiyani o‘tkazganligi uchun bu summani to‘laydi yoki bu summani oladi.
Pozitsiyani ochish uchun garantiya depoziti ochilishi kerak. Depozit miqdori odatda tuzilgan bititmning 1% idan 5% igacha tashqil etadi. Pozitsiyani yopgandan so‘ng depozitni savdo schetidan o‘chirish mumkin (foyda yoki zarani hisobga olgan holda).
SHunday qilib, xedjerlashga ketadigan harajat xedjerlanayotgan bitim summasiga qaraganda ancha kichik summani tashqil etadi. Xedjerlashning maqsadi qo‘shimcha daromad olish emas balki, potensial yo‘qotishlar riskini tushirish hisoblanadi. SHuning uchun ham xedjerlashning samarasini faqatgina savdo kompaniyasining asosiy faoliyatini hisobga olgan holda baholash mumkin. Puxta tuzilgan xedjerlash dasturi faqatgina riskni tushiribgina qolmasdan , balki kompaniya resurslari erkinlashishiga , qo‘shimcha qilinadigan zahiralarga ketadigan harajatlarni oldini oladi hamda menejerlarga biznesni boshqarishda ancha qulaylik yaratadi.
Albatta valyuta risklarini sug‘urtalanishi Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan erkin almashinadigan valyuta sifatida e’tirof etilgan valyutalarda amalga oshiriladi va bu ularning nisbatan barqarorligi va emission davlat Markaziy Banki tomonidan barcha cheklovlar olib tashlanganligi bilan belgilanadi.
Muddatli bitimlarni imzolanishi aynan shu xudud kompaniya va firmalarini jahon moliya bozorlariga integratsiyalashganligi bilan izohlanadi. Keyingi jadvalda xududlar bo‘yicha ijro etilgan valyuta bitimlarini ko‘rib chiqamiz.
Valyuta birjalarida tuziladigan fyuchers va opsionlar asosan SHimoliy Amerika va Evropa birjalarida tuziladi. Evrohudud tashqi iqtisodiy faoliyat va barqarorligi bo‘yicha so‘ngi yillarda xajm jihatdan oshish tendensyasiga ega. Ammo SHimoliy Amerika birjalari etakchi o‘rinlarni ham fyuchers, ham opsionlar bo‘yicha saqlab kelmoqda.
Fyuchers operatsiyalarining qo‘llanilishi qadimgi YUnoniston zamonlaridan boshlangan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi, chunki shu davrda ba’zi mahsulotlar savdosi fyuchers asosida olib borilgan. G‘arbiy Evropa mamlakatlarida (chunonchi Gollandiyada) fyuchers operatsiyalari ilk bor gullola savdosi bo‘yicha amalga oshirila boshlagan. YAponiyada esa ilk Fyuchers operatsiyalarining paydo bo‘lishi XVII asrga to‘g‘ri keladi. SHoli bilan savdo qiluvchi yapon tadbirkorlari fyuchers operatsiyalari yordamida kon’yuktura o‘zgarishidan himoyalanganlar.
Hozirga zamon Fyuchers operatsiyalari tarixining rivojlanishi XIX asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. SHu davrda AQSHning CHikago shahri tijorat markazi hisoblangan. Aynan AQSHningCHikago shahri dunyoda birinchi bo‘lib, 1848 yilda 82 savdogar tomonidan birja savdosi tashqil qilindi, u CHikago savdo palatasi (Chicago Board of Trade-CBT) deb nomlanib, hozirgi paytda dunyoagi eng yirik fyuchers birjasi hisoblanadi.
Bugunki kunda fyuchers savdosi AQSHning 11 ta yirik birjalarida, shuningdek g‘arbiy evropa, Janubi-SHarqiy Osiy mamlakatlari va Avstraliya birjalarida amalga oshirilmoqda. Eng mashxur va ko‘lami jihatidan yirik birjalarga quyidagilar kiradi:
AMEX - Amerikan fond birjasi
BOVESPA - Braziliya fond birjasi
CBOT - CHikago Tovarnaya Birja zernovыe, fyuchersы
CHX - CHikago fond birjasi
LIFFE - London xalqaro fyuchers i opsionlar birjasi
London Stock Exchange - London fond birjasi
NYMEX - Nyu-York tovar birjasi
NYSE - Nyu-York fond birjasi
SBF - Parij birja
SES – Singapur Fond birjasi a
SET – Tailand Fond birjasi a
TSE - Tokio fond birjasi
TSE - Toronto Fond birjasi
LSEX - London fondovaya LSEX
LIFFE - London fyuchersnaya i opsionnaya LIFFE
CBOE - CHikago opsion birjasi
PHLX - Filadelfiya fond birjasi va boshqalar.
Fyuchers bozorining rivojlanishi va o‘sishiga asrimizning 70-yillarida sodir bo‘lgan Bretton-Vuds valyuta tizimining inqirozi ham turtki bo‘ldi. Ushbu valyuta tizimining inqirozidan keyin rivojlangan mamlakatlar valyuta kurslari to‘xtovsiz tebrana boshladi buni oldini olish maqsadida CHikago savdo birjasida 1972 yilda valyuta kurslari bo‘yicha birinchi fyuchers bitimlari tuzila boshlandi. 1982 yilda shuningdek, London xalqaro moliyaviy fyuchers birjasi (The London International Financial Futures Exchange - LIFFE), 1990 yilning oxirida muddatli shartnomalar bo‘yicha nemis birjasi – Deutche Terminal Borse – tashqil qilindi.
Fyuchers operatsiyalarining joriy qilinishiga eng asosiy turtki bo‘lib bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlarning va valyuta kursining doimiy ravishda o‘zgarib turishi hisoblanadi. Bunday sharoitda narxlar va valyuta kursining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan riskdan himoyalanish chorasini izlab topish juda dolzarb bo‘lib qoldi, chunki sanab o‘tilgan holatlar ta’sirida xo‘jalik yurituvchi sube’ktlar jiddiy moiyaviy talofot ko‘ra boshladilar, bu esa o‘z navbatida makroiqtisodiyotga ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Fyuchers operatsiyalari (inglizcha futures transaction-birja orqali amalga oshirilidigan kelishuv yoki shartnoma) – tovar, moliyaviy aktivlarni shartnoma tuzilayotgan davrdagi narxda ma’lum muddat vaqt o‘tgach sotish yoki sotib olish jarayonini anglatadi. Fyuchers operatsiyalari fyuchers operatsiyalarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Fyuchers kontrakti – tovar, moliyaviy aktivlarni kelgusida etkazib berish to‘g‘risidagi ikki tomon o‘rtasida birjada tuziladigan shartnoma (kelishuv)dir.
Valyuta fyuchers operatsiyalari ham boshqa muddatli valyuta bitimlari kabi ma’lum bir valyutani boshqa bir valyutaga belgilangan muddatda sotish yoki sotib olish bitimidir. Bu jihatdan bu turdagi bitim autrayt-forvard bitimi bilan o‘xshash bo‘lib, lekin ular bir-biridan tuzilmaviy va institutsional tarzda farq qiladi:
Fyuchers bitimlari savdosi ochiq ommaviy tarzdagi taklif asosida tashqillashtirilgan birjalarda amalga oshiriladi. Va ularning faoliyati milliy qonunchilik va maxsus muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan tartibga solinadi.forvard bitimlari esa birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi, ularning ustidan nazorat tijorat va soliq qonunchiligiga asosan amalga oshirladi;
Fyuchers bitimlari standartlashgan bo‘ladi, ya’ni ularning summasi va sanasi standart shaklda bo‘ladi. Forvard bitimlari odatda mijoz ehtiyojiga qarab tuziladi;
Fyuchers bitimlari har kuni qayta baholanadi va bozordagi joriy baholarga qarab kotirovkalanadi hamda korrektirovka qilinadi. Forvard bitimlari bitim muddatigacha hech qanday to‘lovni talab qilmaydi, lekin bank forvard bitimini imzolayotganda ta’minot talab etishi mumkin;
Fyucherslar bilan hisob-kitoblar valyuta kliring palatasi orqali amalga oshiriladi. Kliring palatasi marjasini o‘tkazib beradi va har bir bitimni sotib oluvchi va sotuvchi tomonidan bajarilishini kafolatlaydi. Forvard bitimlari esa ikki tomonlama bitim bo‘lib, unda hech qanday vositachilar bo‘lmaydi.
Bu ikki bitimni quyidagi jadval orqali qiyosiy harakteristikasini keltirib o‘tamiz.
3. Hozirgi global iqtisodiyotda xalqaro kapital bozorining rivojlanish distensiyasi.
Keyingi yillarda valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilgani qayd etilsin.
Maqbul miqdorda tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha izchil amalga oshirilayotgan siyosat O‘zbekistonning majburiyatlarini o‘z vaqtida bajaradigan ishonchli, to‘lovga layoqatli xalqaro sherik sifatidagi imidjini ta’minladi, keyinchalik valyuta kursini liberallashtirish uchun zarur oltin-valyuta zaxirasini shakllantirish, valyuta resurslarini real iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash va diversifikatsiya qilishning ustuvor sohalariga yo‘naltirish, jahon moliyaviy inqirozining salbiy oqibatlarini yumshatish imkonini berdi.
Shu bilan birga, valyuta muomalasi sohasining haddan ziyod ma’muriy tartibga solinishi alohida tarmoqlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun imtiyoz va preferensiyalarning asossiz ravishda kam samarali bo‘lgan tizimini shakllantirdi, biznes yuritishda teng bo‘lmagan shart-sharoitlarning vujudga kelishi va raqobatning bozor tamoyillari buzilishiga olib keldi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda, tovarlar va xizmatlar eksportini oshirishda, umuman, mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida to‘sqinlik qiluvchi omilga aylandi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida:
1. Valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
birinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olish va sotish hamda o‘z mablag‘larini o‘zining xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish huquqlarini ro‘yobga chiqarishni to‘liq ta’minlash;
ikkinchidan, milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llash;
uchinchidan, valyuta resurslaridan foydalanishda bozor instrumentlarining rolini oshirish, valyuta bozorida barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, valyuta siyosatining noan’anaviy tarmoqlarda eksportni rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda rag‘batlantiruvchi rolini oshirish;
to‘rtinchidan, sifatli ish o‘rinlari va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni bevosita rag‘batlantirish uchun iqtisodiyotning barcha sektorlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, bilim va texnologiyalar jalb etishga xizmat qiladigan ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash;
beshinchidan, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy monetar siyosatni amalga oshirish, bu borada monetar instrumentlardan faol va moslashtirilgan holda foydalanish, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar hamda davlat qimmatli qog‘ozlarini banklar likvidligiga garovga berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishni amaliyotga joriy qilish;
oltinchidan, monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish hamda Davlat budjetining mutanosibligini ta’minlash orqali pul massasi haddan ziyod o‘sishining oldini olish;
yettinchidan, bank tizimining barqarorligini ta’minlash va uning tavakkalchiliklarga bardoshliligini, shu jumladan, valyuta siyosatini liberallashtirishning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan samarali choralarni qo‘llash hisobiga oshirish;
sakkizinchidan, valyuta siyosatining yangi sharoitlarida tayanch tarmoqlar korxonalari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
to‘qqizinchidan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari turmush darajasiga valyuta siyosatini liberallashtirishning salbiy oqibatlarini kamaytirish imkonini beradigan har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yilning 21 sentabrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining a’zoligiga qabul qilindi. 1993 yilning sentabr oyidan boshlab XVJning O‘zbekitondagi vakolatxonasi ish yuritadi va u XVJning Vashingtondagi (AQSh) bosh qarorgohi (shtab-kvartirasi) bilan ma’lumotlarning tezkor ayirboshlanishini ta’minlagan holda respublikaning Jamg‘arma bilan o‘zaro aloqalarini amalga oshirishda hamkorlik qiladi.
2016 yilga qadar O‘zbekistonning XVJdagi kvotasi 275,6 mln SDRni tashkil etdi. XVJ kvotalarini navbatdagi qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha XVJ Boshqaruvchilar Kengashining qarori kuchga kirganidan keyin ya’ni 2016 yil yanvarida respublikamiz kvotasi 275,6 mln. SDRdan 551,2 mln. SDR ga yetkazildi. Bunda, kvotalarning umumiy sonidagi mamlakatimizning ulushi 0,116 foiz miqdorida saqlanib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi ovoz berish jarayonlarida o‘z tarkibiga Janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya Papuasi, Mongoliya, Vanuatu, Solomon orolllari, Samoa, Seyshel orollari, Palau, Mikroneziya, Marshall orollari, Karibati va Tuvalu mamlakatlarini o‘z ichiga olgan guruh tarkibiga kiradi. Guruhga 2016 yildan boshlab Xinam ChOY rahbarlik qiladi.
XVJdagi O‘zbekiston nomidan boshqaruvchi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri, uning o‘rinbosari esa – Markaziy bank Raisi hisoblanadi. Markaziy bank XVJ bilan hamkorlik manzili qilib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi 2003 yilning 15 oktabridan XVJ Bitimlari VIII moddasining 2 (a), 3 va 4 bo‘limlari bo‘limlari bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.
Bitimlar IV moddasiga muvofiq maslahatlar berish va texnik yordam ko‘rsatish maqsadida XVJning missiyasi muntazam ravishda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradi. Missiyalar faoliyati iqtisodiyot, moliya sektori va statistika sohalaridagi ishlar holatini o‘rganish hamda kelgusida amalga oshiriladigan islohotlarning yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi XVJ Boshqaruvchilar kengashi va Jahon bankining yillik yig‘ilishlarida muntazam ishtirok etadi.
XVJning moliyaviy ko‘magi yordamida Yaponiya, AQSh va Avstriyadagi magistratura va doktoranturalarda maxsus dasturlar bo‘yicha davlat iqtisodiy idoralari xodimlarini o‘qitish ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Birlashgan Vena institutida (JVI) makroiqtisodiy siyosat yo‘nalishlarida muntazam ravishda qisqa muddatli trening va seminarlar muntazam o‘tkazib boriladi.
Oxirgi yillarda Markaziy bankning XVJ bilan texnik ko‘maklar doirasidagi hamkorligi asosan monetar siyosat, bank faoliyatini tartibga solish va bank nazoratini takomillashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilmoqda.
2017 yilda amalga oshirilgan islohotlar munosabati bilan XVJ bilan hamkorlik sezilarli ravishda faollashdi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi o‘tgan yilning 19-21 aprel kunlari Vashington shahrida bo‘lib XVJ va Jahon banki Boshqaruvchilar kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi.
Shuningdek, XVJning ijro direktori K. Lagard O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nomiga maktub yo‘llab, unda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarni qo‘llab - quvvatlashini hamda texnik ko‘mak va tavsiyalar berish orqali yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Missiya tashrif yakunlari bo‘yicha quyidagi bayonotni berdi:
“Missiya Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga asoslangan rasmiy organlarning iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha kompleks rejalarini ma’qullaydi. Mazkur rejalarning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi iqtisodiyotning sifatli ish o‘rinlari barpo etilishi va barqaror o‘sishini ta’minlash salohiyatini sezilarli darajada oshishiga sharoit yaratadi.
Respublikada valyuta siyosatini erkinlashtirish borasidagi islohotlar dasturi missiya tomonidan alohida e’tibor berilgan holda ma’qullandi.
Valyuta kurslarini unifikatsiya qilish va valyuta resurslarini bozor tamoyillari asosida taqsimlash imkoniyatlarini yaratish O‘zbekiston Markaziy bankiga barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash va inflyatsiyani samarali nazorat qilishga yo‘naltirilgan pul-kredit siyosatini olib borishiga sharoit yaratadi.
Shuningdek ushbu islohotlar tashqi raqobatbardoshlik, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmlarini oshirish va ichki resurslar taqsimotini takomillashtirish orqali ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sish suratlarini tezlashtirishga yordam beradi.
O‘zbekistonning sezilarli valyuta rezervlari ushbu islohotlarni dadil amalga oshirish imkonini beradi”.
XVJning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti direktoi D.Azur 14-16 sentabr kunlari tashrif bilan Toshkent shahrida bo‘ldi. Ushbu missiya tomonidan e’lon qilingan bayonotda quyidagilar qayd etildi: “O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida qator masalalarni hal etishga duch kelinishi mumkin va ushbu islohotlar mamlakatga yanada samarali va yakunda tez rivojlanuvchi iqtisodiy tizimga o‘tish imkonini beradi. Shuningdek, men mamlakat hukumatining hududiy hamkorlikni rivojlantirish va hududiy savdoni kengaytirishga qaratilgan tadbirlarini mamnunlik bilan ma’qullayman”.
Yuqori darajadagi O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi davomida Nyu-York shahrida 19 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning XVJ direktori - taqsimlovchisi K. Lagard bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Jamg‘arma rahbari O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar jarayonlariga yuqori baho berdi va ularni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
“O‘zbekistonning islohotlarni amalga oshirish borasidagi harakatlari oson bo‘lmaydi va uzoq davom etadi. Jamg‘armaning mamlakat iqtisodiyotini o‘sish suratlari va aholining turmush darajasini yuksaltirish borasida yuqori darajalarga chiqarishda O‘zbekistonning sherigi bo‘lishi aniq maqsadi ekanligini yana bir bor tasdiqlayman”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, avvalo, amaldagi valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik subyektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni qabul qilinishiga mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar mavjudligi asosiy sabab bo‘ldi.
Jumladan, valyutani tartibga solishga haddan ziyod ma’muriy aralashuv, tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun alohida imtiyoz va preferensiyalar mavjudligi oqibatida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida biznesni yuritishga doir teng bo‘lmagan shart-sharoitlar paydo bo‘ldi hamda parallel chet el valyutasi bozori va ayirboshlash kursi vujudga keldi.
Valyuta kursi siyosatining tashqi savdoni rag‘batlantirishdagi rolining susayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari narxlarining tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini pasaytirdi.
Mamlakatimizda faqatgina bozor mexanizmlari asosida faoliyat ko‘rsatadigan valyuta bozorini shakllantirish barcha banklarning mijozlar (yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar) ehtiyojlarini qondirish maqsadida chet el valyutasini sotib olish va sotish uchun valyuta birjasi savdolarida erkin ishtirok etishini, shuningdek, mijozlarning chet el valyutasini sotib olish bo‘yicha amaldagi tartib va texnik reglamentlariga rioya etgan holda o‘z valyuta mablag‘larini hech qanday cheklovsiz tasarruf etishini taqozo etadi.
Mazkur Farmon bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasi joriy xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun banklarda erkin sotib olinishi va sotilishi kafolatlanadi.
Xususan, yuridik shaxslar o‘z mablag‘larini banklarda joriy xalqaro valyuta operatsiyalarini, shu jumladan, tovar, ish va xizmatlar importi, foydani repatriatsiya qilish, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo xarakteriga ega bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirish uchun chet el valyutasiga cheklovlarsiz erkin konvertatsiya qilishlari mumkin.
Ta’kidlash joizki, joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlarni banklardagi hisobvaraqlar orqali amalga oshirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bozor kursida chet el valyutasini sotib olish imkoniyatining yaratilishi “yashirin” iqtisodiyotning qisqarishiga va pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb qilishga xizmat qiladi.
Jismoniy shaxslar ham tijorat banklarining konversion bo‘limlarida chet el valyutasini erkin sotib olishi, sotib olingan mablag‘larni xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazib, ulardan xorijda hech qanday cheklovlarsiz, shu jumladan, bank hisobvaraqlari orqali xorijda o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlardagi to‘lovlar uchun foydalanishi mumkin.
Xalq iste’mol tovarlarini import qilish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar banklardagi hisobvaraqlarida savdo tushumini va boshqa daromadlarini jamg‘arib borgan holda keyinchalik uni jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda, ya’ni sotib olingan valyuta mablag‘larini xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazish va chet elda cheklovlarsiz, shu jumladan, tovarlarni import qilish uchun ishlatishi mumkin.
Aholidan naqd chet el valyutasini sotib olish tijorat banklarining barcha filial va minibanklari tomonidan cheklanmagan miqdorda va sarsongarchiliksiz amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, banklar tomonidan aholi bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini soddalashtirish;
bayram va dam olish kunlarida valyuta ayirboshlash shoxobchalarining uzaytirilgan ish tartibini joriy qilish;
tijorat banklarining filiallari va minibanklarida, ayniqsa, yirik savdo markazlari va bozorlarda qo‘shimcha valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ochish;
konversion bo‘limlar orqali chet el valyutasini sotishda olinadigan vositachilik haqi miqdorini imkon darajasida pasaytirish choralarini ko‘rish;
xalqaro to‘lov kartalaridan xorijda foydalanishda mavjud barcha cheklovlarni bekor qilish nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklarining eksport faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida ularga chet el valyutasidagi daromadlarini o‘z xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish, bunda bank hisobvaraqlaridan naqd chet el valyutasini yechib olishgacha bo‘lgan huquq beriladi.
Keyingi yillarda eksportchilarni rag‘batlantirish uchun ko‘plab ishlar amalga oshirildi, ularga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar berildi, eksport faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qator tartibotlar bekor qilindi. Eksport borasida mavjud imtiyozlarga qaramasdan valyuta tushumini majburiy sotish talabi eksportni yanada rag‘batlantirish yo‘lida asosiy to‘siq bo‘lib, eksportchilar o‘z valyuta tushumini to‘liq tasarruf etish imkoniyatiga ega emas edi, bu esa eksportni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan siyosatga mos kelmaydi.
Shu sababli mazkur Farmon bilan tovarlar (ish, xizmatlar) eksportidan tushgan valyuta tushumini majburiy sotish tartibi mulkchilik shakli yoki eksport qilinayotgan mahsulot turidan qat’iy nazar, barcha eksportchi tashkilotlar uchun butunlay bekor qilindi.
Bozor tamoyillari asosida valyuta resurslari oqimining samaradorligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, shuningdek, tashqi savdoda valyuta siyosatining rag‘batlantiruvchi rolini oshirish maqsadida milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan ayirboshlash kursi faqatgina valyuta birjasining banklararo elektron savdolarida valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Bunda ayirboshlash kursini bozor mexanizmlari asosida shakllantirish maqsadida banklararo savdolarda Markaziy bankning ishtiroki kamaytiriladi. Alohida hollarda Markaziy bank ayirboshlash kursining haddan ortiq tebranishini bartaraf etish uchun xorijiy valyutani sotish yoki sotib olish operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.
Ayirboshlash kursini egiluvchan holda tartibga solish respublikaga keladigan barcha valyuta resurslari (eksport tushumi, transchegaraviy pul o‘tkazmalari va boshqalar) oqimining rasmiy bozorga kelib tushishi orqali chet el valyutasiga bo‘lgan jami talab va taklif mutanosibligini ta’minlash va oltin-valyuta zaxiralari hajmlarini avvalgidek yuqori darajada saqlab qolish imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, xorijiy valyutani erkin sotib olish va sotish imkoniyati va milliy valyuta ayirboshlash kursini bozor mexanizmlaridan foydalangan holda belgilash mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozordagi raqobatdoshligi va rentabelligini oshirish bilan bir qatorda mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yangi texnologiyalar va bilimlarni jalb qilish, eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, ayirboshlash kursining liberallashtirilishi eksport imkoniyatlarini oshirishda kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib, bu noan’anaviy soha va tarmoqlarda eksport hajmining ortishiga ko‘maklashadi va ayirboshlash kursiga ta’sirchan tovar eksportchilarining moliyaviy holatini nafaqat eksport hajmining oshishi, balki olingan daromadlarni milliy valyutaga qayta hisoblaganda vujudga keladigan foyda hisobidan ham tubdan yaxshilaydi.
Valyuta siyosatini isloh qilishga O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishdagi birinchi zaruriy qadam sifatida qaralmoqda va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan pul-kredit, soliq-budjet va iqtisodiy siyosatning boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning samarali muvofiqlashtirilishiga bog‘liq.
Ayirboshlash kursi barqarorligini ta’minlashda pul-kredit ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda, Markaziy bankka monetar instrumentlardan faol va keng ravishda foydalanish orqali milliy valyutaning barqarorligini va inflatsiyaning past darajada bo‘lishini ta’minlash, pul massasi haddan ziyod va asoslanmagan holda o‘sishining oldini olish, davlat xarajatlari va daromadlarining mutanosibligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy monetar siyosat yuritish vazifasi yuklatilgan.
Farmonda ko‘zda tutilgan fiskal chora-tadbirlarni ko‘rish, ya’ni budjet xarajatlarini qat’iy ravishda Davlat budjetiga kelib tushgan daromadlar doirasida amalga oshirish, 2017-2018-yillarda Davlat budjetini profitsit bilan ijro etish imkonini beradi.
Bunda iqtisodiyotda narxlar o‘zgarishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash hamda monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan pul-kredit siyosatining yangi tamoyil va mexanizmlarini joriy qilish muhim o‘rin tutadi.
Valyuta siyosatini liberallashtirish sharoitida bank tizimi barqarorligini ta’minlash borasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni nazorat qilish alohida ahamiyat kasb etadi.
Bank tizimining barqarorligi nafaqat mijozlarning xorijiy valyutaga bo‘lgan talabini qondirish nuqtai nazaridan, balki kredit portfeli, depozit bazasi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibida kutilayotgan sifatli o‘zgarishlar nuqtai nazaridan ham muhimdir.
Shu munosabat bilan bank tizimining barqarorligi tijorat banklarining kapitallashuv darajasini saqlash, prudensial nazoratni kuchaytirish, shuningdek, valyuta siyosatini liberallashtirishning sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi.
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning dastlabki bosqichi sifatida davlat banklarining ustav kapitaliga 655 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ kiritilganini ta’kidlash joiz. Banklarning likvidligini ta’minlash uchun ularga qayta moliyalashtirish kreditlarini berish mexanizmi joriy qilindi.
Prezident Farmonida ilg‘or xalqaro standartlarni hisobga olgan holda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan bank xatarlari to‘g‘risida barvaqt ogohlantirish, ularni baholashni takomillashtirishni o‘z ichiga olgan qator bank nazorati va monitoringi instrumentlarini joriy qilish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
Shuningdek, mazkur Farmonda:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi mablag‘larini qayta baholash natijasida vujudga keladigan moliyaviy natija soliqqa tortish bazasiga kiritilmasligini ko‘zda tutuvchi vaqtinchalik tartib joriy etish;
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda banklarning kreditlarini restrukturizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilangan.
Xalqaro valyuta fondining baholariga ko‘ra, valyuta siyosatini liberallashtirish o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiyotning o‘sish sur’atlariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Amalga oshirilayotgan islohotlarning qisqa muddatli istiqbolda aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlariga nisbatan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida aniq manzilli va shaffof ijtimoiy nafaqa va subsidiyalar joriy etish, kasanachilikka, tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishga keng jalb qilish orqali ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarning turmush sharoitlarini imtiyozli mikrokreditlar ajratish orqali yaxshilash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Band bo‘lmagan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ularni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish, jumladan, uy-joy fondi obyektlari va uy-joy kommunal infratuzilmasi, ko‘chalar, yo‘llar, mahallalar hududlari, ijtimoiy-madaniy ahamiyatdagi obyektlar, irrigatsiya tarmoqlarini obodonlashtirish va ta’mirlash, shuningdek, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari va imkoniyati cheklangan shaxslarga yordam berishga jalb qilish ko‘zda tutilgan yangi mexanizmi joriy qilinayotganini qayd etish lozim.
Valyuta ayirboshlash kursini liberallashtirishning tovar va xizmatlar, ayniqsa, xalq iste’moli tovarlariga ichki narx-navoning shakllanishiga ta’sirini kamaytirish maqsadida amaldagi bojxona me’yorlari va to‘lovlari stavkalarini tubdan qayta ko‘rib chiqish vazifasi belgilandi.
Bundan tashqari, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish Respublika va doimiy faoliyat yuritadigan hududiy komissiyalarga narxlarning barqarorligini va bozorlarning iste’mol tovarlari bilan tezkor to‘ldirilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.
Mazkur Farmon bilan milliy valyutaga bo‘lgan ishonchni kuchaytirishga qaratilgan qator normalar belgilandi. Keyingi yillarda ayrim tovar va xizmatlarni (avtomobillar, aviachiptalar va boshqalar) respublika hududida chet el valyutasiga sotish amaliyoti tadbirkorlar va aholiga noqulayliklar yaratib, ularning e’tiroziga sabab bo‘layotgan edi.
Bundan tashqari, tovar va xizmatlar narxini chet el valyutasida o‘rnatish holatlari ham Markaziy bank rasmiy kursi o‘zgarishi oqibatida narxlarning milliy valyutaga hisoblanganda asossiz ravishda oshishiga olib kelayotgan edi.
Bundan buyon respublika hududida barcha tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar va to‘lovlar, davlat bojlarining undirilishi, tovar va xizmatlar narxlarining belgilanishi faqat milliy valyutada amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida mazkur Farmon bilan chet el valyutasida ajratilgan kreditlarni bankning kredit siyosati va tomonlarning kelishuvi asosida milliy yoki chet el valyutasida qaytarilishiga ruxsat berildi.
Valyuta bozorini liberallashtirish jarayonida davlat iqtisodiy siyosatining mazkur Farmonda belgilangan ustuvor yo‘nalishlarining to‘liq ijrosi ta’minlanishi barcha tashqi savdo faoliyati qatnashchilariga teng sharoit yaratadi hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining mavqeyini kuchaytiradi, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirishga, aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Xulosa
Hozirgi iqtisodiyotning jadal suratlar bilan rivojlanayotgan bir vaqtda xalqaro to'lovkar , o'tkazmalar , valyuta operatsiyalari o'rni iqtisodiyotning jahon pul muomilasidagi katta o'rni deya ayta olishimiz mumkun.
Хаlqаrо vаlyutа-krеdit vа mоliya munоsаbаtlаri хаlqаrо iqtisоdiy аlоqаlаrning аsоsiy qismi hisоblаnаdi. Mаmlаkаtlаrаrо хo’jаlik munоsаbаtlаrning kеngаyishi vа chuqurlаshuvi mаmlаkаtlаr o’rtаsidа pul vа kаpitаl, tоvаr vа хizmаtlаr оqimini ko’pаytirаdi. Bundаy оqimlаrning hаjmi vа sаlmоg’igа rivоjlаngаn dаvlаtlаr vа ulаrning аmаliyoti kаttа tа’sir ko’rsаtаdi. SHu bоis хаlqаrо vаlyutа munоsаbаtlаri bo’yichа jаhоn аmаliyotini o’rgаnish, turli хil dаvlаtlаr bilаn хаlqаrо iqtisоdiy аlоqаlаr оlib bоrishdа jаhоn аmаliyotini bilish, аyniqsа, O’zbеkistоn jаhоn bоzоrigа intеgrаtsiyalаshib bоrish jаrаyondа judа muhimdir. O’zRVBning ustuvоr vаzifаlаri rеspublikа iqtisоdiy mаnfааtlаrini himоyalаsh, ichki vа tаshqi vаlyutа bоzоri kоn’yunkturаsigа tеzkоr munоsаbаt bildirishdаn ibоrаt. O’zRVB fаоliyatining аsоsiy yo’nаlishlаri хоrijiy vаlyutаni sоtib оlish vа sоtish bo’yichа bаnklаrаrо sаvdоlаrni tаshkil etish vа o’tkаzish, хоrijiy vаlyutаgа nisbаtаn tаlаb vа tаklif mutаnоsibligini tа’minlаshdа milliy vаlyutа kursi uchun qаyd etilgаn sаvdоlаrni bеlgilаsh, dаvlаt qimmаtli qоg’оzlаri bilаn sаvdоlаrni tаshkil etish vа o’tkаzish, dаvlаt qimmаtli qоg’оzlаri bo’yichа dеpоzitаr fаоliyatni аmаlgа оshirish, хоsilа mоliyaviy vоsitаlаr bilаn birjа sаvdоlаri o’tkаzish hisоblаnаdi. Uning vаzifаlаri jumlаsigа хоrijiy vаlyutаlаrning bаnklаrаrо sаvdоlаri,shuningdеk, dаvlаt qimmаtli qоg’оzlаri sаvdоlаri yakunlаrini rаsmiylаshtirish uchun turdоsh shаrtnоmа vа bitimlаrni ishlаb chiqish, milliy vа хоrijiy vаlyutаlаrdа birjаdа tuzilgаn bitimlаr bo’yichа hisоb-kitоblаrni аmаlgа оshirish kirаdi. 2000 yildа O’zRVBdа zаmоnаviy tаlаblаrgа jаvоb bеruvchi, elеktrоn tехnik uskunаlаr bilаn jihоzlаngаn vаlyutа оpеrаtsiyalаri o’tkаzish uchun sаvdо zаli tаshkil etildi. Оrаdаn bir yil o’tgаch, “O’zbеkistоn Rеspublikаsi vаlyutа birjаsidа bаnklаrаrо sаvdо sеssiyalаrini o’tkаzish qоidаsi” ishlаb chiqildi. Ushbu qоidаgа muvоfiq, АQSH dоllаri kursi sаvdоlаrdа хоrijiy vаlyutаni sоtib оlish vа sоtishgа bеrilgаn buyurtmаlаrning summаli hаjmini muvоzаnаtlаsh printsipi аsоsidаgi “fiksing” uslubi оrqаli bеlgilаnmоqdа. O’zRVB kundаlik sаvdоlаr yakunlаngаnidаn so’ng qаyd etilgаn kurs hаqidаgi ахbоrоtni Mаrkаziy bаnk vа tijоrаt bаnklаrigа mа’lumоt tаriqаsidа hаvоlа etаdi. Birjа mutахаssislаri, bundаn tаshqаri, hаr kuni sаvdоlаrdа qаyd etilgаn хоrijiy vаlyutаlаrning so’mgа nisbаtаn o’rtаchа qiymаtini hisоblаb chiqаdi. Mаzkur mа’lumоtlаrdаn Mаrkаziy bаnk milliy vаlyutаning rаsmiy kursini bеlgilаshdа fоydаlаnаdi.
Amaldagi xalqaro valyuta tizimi bu yirik va tobora kengayib borayotgan global kapital bozori fonida valyuta kurslari bo’yicha mamlakatlar o’zlari uchun mavjud bo’lgan erkin tanlash erkinligidan foydalangan tizimdir. Uchta yirik sanoat mamlakati boshqariladigan suzuvchi valyuta kursi rejimini tanladilar. Ko’rinishidan, ular valyuta kursi o’zgarishini pasaytirish bo’yicha rasmiy harakatlar potentsial afzalliklaridan qat’i nazar, pul-kredit siyosatining mustaqilligini pasaytirish bilan bog’liq xarajatlar ularni valyuta kurslarini ushlab turish majburiyatini olgan rejimni o’rnatishni to’xtatish uchun etarlicha og’ir degan fikrga kelishdi. Nisbatan tor, e’lon qilingan diapazonlar. Valyuta kurslarining noto’g’riligi katta deb hisoblanganda, ushbu mamlakatlar valyuta siyosatining ichki talablariga nisbatan valyuta kurslarining maqsadlarini vaqtincha oshirdilar – ammo bunday holatlar qoida o’rniga istisno bo’lib kelgan.
Shuni tan olish kerakki, albatta, uchta yirik davlatning har bir valyutasining xatti-harakatlari boshqa sanoat mamlakatlari, rivojlanayotgan mamlakatlar yoki o’tish davrida bo’lgan iqtisodiyotlar uchun befarqlik masalasi emas. Birinchisi valyuta kurslarining tebranishlari, masalan, ishlab chiqarish va foiz stavkalari kabi boshqa asosiy makroiqtisodiy o’zgaruvchilar kabi, XVFga a’zolikning qolgan qismiga ta’sir ko’rsatmoqda. Shuning uchun quyida tasvirlangan XVF kuzatuvida ushbu tashqi ta’sirlarga aniq e’tibor berilishi juda muhimdir. Uchta yirik sanoat mamlakatlarida iqtisodiy asoslarning mustahkamligini ta’minlashga yordam berish jahon iqtisodiyotidagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilashga va shu bilan valyuta kursi barqarorligiga katta hissa qo’shadi.












































Download 347,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish