Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Bozor iqtisodiyoti har bir kishidan qanday kasb egasi bo‘lmasin iqtisodiy mushohada yuritish va shu asosda xulosa chiqarishni o‘rganishni talab qiladi. Bo‘lg‘usi iqtisodchilardan esa iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish bilan birga, iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iste’molchi sifatida tanlovning eng optimal variantlarini amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha o‘zining mustaqil qarashlariga ega bo‘lish hamda o‘z sohasidan ilmiy tadqiqot yo‘llarini amalga oshirishga layoqatli bo‘lishi talab qilinadi.
Fanni o‘zlashtirishda talabalarning har bir iqtisodiy voqelik bo‘yicha tahliliy xulosa chiqarishga o‘rgatish – eng muhim masala hisoblanadi. Chunki tahliliy xulosa chiqara oladigan odamgina mustaqil fikrlaydi. Mustaqil fikrlaydiganlar doimo izlanadi, ularning xatti-harakati va ilmiy, ijodiy mehnati tufayli jamiyatda fan-texnika taraqqiyoti yuz beradi.
Talabalarning mustaqil fikr yuritishi, turli iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyatiga o‘z nuqtayi nazarini bayon qilish layoqatiga va real voqelik to‘g‘risida amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishi hozirgi zamon talabidir.
Shu sababli, o‘quv qo‘llanmada jamiyat iqtisodiy hayotining muhim jabhalariga har xil iqtisodiy maktab vakillarining turfa qarashlari keltiriladi.
Кo‘pchilik iqtisodiy kategoriyalar mohiyati klassik maktab vakillari va hozirgi zamon iqtisodiy oqimlar qarashlarini sintez- lashtirish orqali ochib beriladi.
Bu talabalarning hozirgi zamon iqtisodiyoti va uning istiqbolda rivojlanish tamoyillariga fikrlar xilma-xilligi orqali baho berishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Qo‘llanmada asosiy e’tibor qo‘yilgan muammoga har tomon- lama va turli darajada qarash qoidasiga asoslanadi. Bunda so‘z mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, undagi davlat sektori va jahon
iqtisodiyoti darajasida ro‘y beradigan munosabatlar to‘g‘risida ketadi.
Qo‘llanmada hozirgi davrda iqtisodiy hayotda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion rivojlanish va globallashuv jarayonining kuchayishi bilan bog‘liqlikda yoritib beriladi.
Taraqqiyotning o‘zi bir tomondan, fanni chuqur o‘zlashtirishni zarur qilib qo‘ysa, ikkinchi tomondan, turli-tuman yangi usullarni qo‘llash, ko‘rgazmalilikni oshirish, texnik vositalardan foydalanish, ularni qo‘llashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlash- tiribgina qolmasdan, uni qiziqarli jarayonga ham bog‘liq.
Shu sababli, mazkur o‘quv qo‘llanmada bayon qilingan iqti- sodiy voqelik, ko‘rgazmali vositalar bilan to‘ldiriladi va boyitiladi.
Iqtisodiy fanlarning boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlardan ajralib turadigan tomoni ham shundaki, u dalillar rasmiy yoki shartli ma’lumotlar bilan ish ko‘radi. Iqtisodchidan ular bilan ishlay bilish, qo‘ygan maqsadga erishish uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishi, ularning dinamikasini o‘rganish asosida zaruriy xulosalar chiqarish, “Tegishli qaror qabul qilish” ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab qilinadi.
Bu o‘z navbatida nazariy-iqtisodiy fanlarni amaliy jihatlari bilan chuqur o‘rganish, imkon qadar real voqelikka yaqin tajribalar o‘tkazish, nazariy qonun-qoidalarni sinab ko‘rishni zarur qilib qo‘yadi.
Shu sababli, qo‘llanmada o‘quv materiallarini bayon qilish usul va uslublari takomillashtiriladi, nazariy va amaliy muammolar jabhasi kengaytiriladi.
Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur o‘quv qo‘llanmada, iqti- sodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot nazariyasiga oid masalalar mantiqiy ketma- ketlikda o‘rin olgan. Ayniqsa, iqtisodiyotning asosiy muammosi va uning amal qilish yo‘llarini, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti, uning qonun-qoidalari va tartibga solish mexanizmlari rolini yoritishga alohida e’tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |