Reja; kirish asosiy qism


Og’zaki qo’shish va ayirish



Download 131,73 Kb.
bet6/10
Sana14.02.2021
Hajmi131,73 Kb.
#58676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-4-SINFLARDA MATEMATIKADAN TAFAKKUR

Og’zaki qo’shish va ayirish .

1000 ichida og’zaki qo’shish va ayrish usullari ilgari 100 ichida

birinchibosqich amallarini o’rganishda qilingandek amalga oshiriladi, yig’indiga sonni qo’shish (yig’indidan sonni ayirish )

(sondan yig’indini ayirish) qoidasiga asoslanib tuziladi.100 ichida og’zaki

qo’shish va ayirish quyidagi tartibda qaraladi .

1. qo’shish yig’indiga sonni qo’shish qoidasi , ayirish yig’indidan sonni

ayirish qoidasiga asosan bajariladigan hollar

(480+10, 480+200, 270-40 , 860-500 , 300-50 );

2. qo’shish songa yig’indini qo’shish, ayrish sondan yig’indini ayirish

qoidasiga asosan bajariladigan hollar (500+140 , 360+220 , 80+40 , 280+40 ,

280+140 , 500-230 , 670-350 , 520-50 , 520-250 ) .

Bir vaqtning o’zida hisoblash usullari bo’yicha o’xshash bo’lgan qo’shish va

ayirish hollarini o’rganish usullarini , shuningdek qoidalarni taqqoslash imkonini beradi. 1000 ichida qo’shish va ayirishga doir ko’rsatilgan qoidalarni tatbiq etish sonni xona yoki qulay qo’shiluvchilar yig’indisi ko’rinishiga keltirishni yaxshi bilishni talab qiladi , shuning uchun amallar ustida ishlash davomida nomerlashga doir tegishli topshiriqlarga og’zaki mashqlar keltirish zarurdir .Birinchi bosqichda yig’indiga sonni qo’shish va yig’indidan sonni ayirishga asoslangan usullar qaraladi .

Shuning uchun ishni bu qoidalarini va nomerlashni bilishga asoslangan qo’shish va ayirish hollarini takrorlashdan boshlash tabiiydir . 480+10 va 480+200 ko’rinishidagi hisoblash usullarini bir vaqtda , bir-biriga taqqoslab qarash foydalidir. Bularni bolalar yig’indiga sonni qo’shish qoidasi va 100 ichida qo’shishning mos hollarini takrorlagandan keyin, mustaqil bajarishlari mumkin. Bolalar mustaqil ishini bajarishlarda ko’rsatma -qo’llamalardan ( masalan , kvadratlar va tasmalardan ) foydalanishlari qulay , chunki bunday misollar yechimining yozuvini bexato yozishga imkon yaratiladi :

480+10=(400+80)+10=400+(80+10)=490 ;

480+200=(400+80)+200=(400+200)+80=680

Bolalar bu usullar nimasi bilan o’xshashligini va nimasi bilan farq qilishini , nima uchun birinchi misolda 80 ga qo’shilganini ikkinchi misolda esa 400 ga qo’shilganini tushuntirish kerak (o’nlarni o’nlarga , yuzlarni yuzlarga qoshish qulayroq ).

Shu darsning o’zida oldingi xollar bilan taqqoslab ayirishga doir quyidagi misollar yechiladi : 270-40 , 860-500. Darslikda berilgan shunga o’xshash misollar yechimining yoyib ko’rsatilgan shakli avval o’qituvchi tomonidan ko’rib chiqilishi , so’ngra o’qituvchi rahbarligida ovoz chiqarib tushuntirilishi kerak . Bolalar bilimini mustahkamlash uchun darsda matnli masalalarni ham tavsiya qilish mumkin . Bu masalalarda yig’indiga sonni qo’shish va yig’indidan sonni ayirish qoidalari tatbiq etiladi . Bolalar bu masalalarni yechar ekanlar , yana bir karra yechimining turli usullarining haqiqiy (real) ma’nosiga ishonch hosil qilishlari kerak . Uch xonali sonlardan yaxlit o’nliklar va yuzliklarni ayirishning boshqa usulini qarash mumkin , bu usul birlarni o’nlarga ko’paytirishga hamda o’nlar bilan ifodalangan quyidagi sonlar ustida shunga o’xshash amallarni bajarishga asoslangan . Bunday usulning qo’llanilishi ikkinchi sinfda og’zaki ko’paytirish va bo’lishni o’rganishga (608=60 ta o’n . 8, 630:7=63 o’n :7 va h. k .), shuningdek , III sinfda ko’paytirish va bo’lishni o’rganishga zamin tayyorlaydi .

Keyinroq 460+40 ko’rinishidagi qo’shish hollari va 300-50 ko’rinishidagi ayirish hollari qaraladi .

Ikkinchi bosqichda 500+140 , 900-120 , 260+310 , 750-430 ko’rinishdagi qo’shish va ayirish hollari qaraladi, hisoblashlarda songa yig’indini qo’shish va sondan yig’indini ayirish qoidalaridan foydalaniladi . Bu qoidalar bolalarga tanish bo’lgan “Yuzlar” mavzu boshida ham takrorlanadi , shundan keyin o’quvchilarning o’zlari hisoblash usullarini tushuntirib berib , yo’l-yo’lakay batafsil yozuvlarini bajaradilar :

500+140=500+(100+40)=(500+100)+40=640 ,

900-120=900-(100+20)=(900-100)-20=780.

Bu misollarning yechilishining boshqacha usulini ham berish mumkin: 500+140=50 o’n +14 o’n =500o’n +(10 o’n +4 o’n )=60 o’n +4 o’n = 64 o’n =640(90 o’n -12 o’n ayirish ham shunga o’xshash bajariladi ).

260+310 , 750-430 hollarda yuqoridagi usullardan tashqari, xonalab qo’shish va ayirish usullaridan foydalaniladi :

260+310=(200+60)+(300+10)=(200+300)+(60+10)= 570 ;

750-430=(700+50)-(400+30)=(700-400)+(50-30)=320.

Ko’rinib turibdiki, bu usullar yig’indisiga yig’indini qo’shish va yig’indidan yig’indini ayirish qoidalariga tayanadi , shuning uchun bu qoidalarni oldindan takrorlash zarur . Boshqa usullar bilan bir qatorda , xonalab qo’shish va ayirish usullarini amalda qo’llash bilan hisoblash usullari shu qoidalarga asoslangan qo’shish va ayirishning yozma usullarini o’rganishga tayyorgarlik bo’ladi. 6

Xona birligidan o’tib qo’shish va ayirishga doir misollar yechganda ikkinchi qo’shiluvchi yoki ayriluvchi qo’shiluvchilar yig’indisi ko’rinishga shunday keltiriladiki , natijada dastlab yaxlit yuzliklar hosil bo’ladi:


70+50=70+(30+200)=120;

130-60=130-(30+30)=(130-30) -30=70.

Yuqoridagi xollarni qarab chiqish uchun tayyorgarlik ishida mashqlarga e’tibor berish kerak, bu mashqlar berilgan sonni ko’rsatilgan songacha to’ldirishni,


Download 131,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish