fo>/R
Ikkinchi tomondan sirpanib ishqalanish koeffitsienti - fo etarli bo`lsa, g`ildirakni dumalatish uchun etarli bo`lgan kuchning modulini topamiz, yani
ni hosil qilamiz. Demak oxirgi tenglama orqali harqanday g`ildirakni dumalatish uchun zarur bo`lgan minimal kuchni aniqlashimiz mumkin.
Ushbu tenglamadan ko`rinib turibdiki, qanchalik dumalab ishqalanish koeffitsientii va normal bosim kichkina bo`lsa, minimal tortish kuchi shuncha kichkina bo`lar ekan. Lekin normal bosimni o`zgartirib bo`lmaydi, chunki bu g`ildirakka tushayotgan og`irlik kuchidan tashkil topadi.
SHuning uchun faqat dumalab ishqalanish koeffitsienti - ni kamaytirish lozim, buning uchun g`ildirak va harakatlanuvchi yuzalar qattiq yuzalardan iborat bo`lishi zarur. Mana endi nima sababli poezdlarning g`ildiraklari qattiq po`latlardan tayyorlanishligi va temir yo`lning qattiqligi evaziga - ni kichraytirish mumkinligini sababini aniqladik.
SHu sababli temir yo`lda yuklarni tashish, avtomobil yoki havo yo`llariga nisbatan birnecha marta arzon bo`lishligini tushunish mumkin.
Masalalar echganimizda dumalab ishqalanish koeffitsienti zarur bo`lsa, mashinashunoslik spravochniklaridan ularni tanlab olish mumkin, ulardan bazilarining son qiymatlarini keltirishimiz mumkin, masalan:
YOg`och g`ildirakni yog`och tekislik ustida dumalatilganda ............... h0,050,08
Po`lat g`ildirakni rels ustida dumalatilganda ............................... h 0,005 sm,
Toblangan po`lat, po`lat ustida dumatilganda (polshipnik) .......... h 0,001 sm.
3.Ishqalanishning texnikada qo’llanilishi,foydali va zararli tomonlari.
Tabiatda va texnikada ishqalanish katta ahamiyatga ega. Ishqalanish foydali yoki zararlibo'lishi mumkin. Ishqalanish foydali bo'lganda uni oshirishga, zararli bo'lganda esakamaytirishga harakat qilinadi.Ishqalanish bo'lmaganda nima bo'lishini tasawur qilib ko'raylik. Ishqalanish boimagandaodamlar ham, hayvonlar ham yerda yura olmas edilar. Yurayotganimizda oyoqlarimiz bilanyerdan itarilamiz. Ishqalanish kam bo'lgan muz ustida yurish qiyinligini bilasiz. Ishqalanishbo'lmaganda edi, buyumlar qo'limizdan sirpanib tushib ketardi.Avtomobilga tormoz berilganda ishqalanish kuchi uni to'xtatadi. Tinchlikdagi ishqalanishsiz u harakatlana olmas edi, g'ildiraklar aylanaverardi. avtomobil esa joyida turaverardi. Ishqalanishni oshirish uchun avtomobil shinalarining sirti bo'rttirib ishlanadi.
Bir-biri ustida harakatlanadigan sirtlarda hosil bo‘ladigan ishqalanishlar ko‘p hollarda zararli bo‘ladi. Bunday hollarda ishqalanishni kamaytiradigan turli vositalar qo‘llaniladi. Masalan, mashina va stanoklarda ishqalanish tufayli hara-katlanuvchi qismlari qiziydi va yeyiladi. Ishqalanishni kamaytirish uchun bir-biriga tegib turuvchi sirtlar silliqlanadi, ularning oralari moylanadi.Ishqalanishni kamaytirish maqsadida avtomobil, velosiрed va stanoklarning aylanuvchi vallariga podshiрniklar kiydiriladi. Podshiрnikning valga bevosita tegib turadigan qismi – vkladish po‘lat, cho‘yan yoki bronzadan yasaladi. Vkladishning ichki sirtiga qo‘rg‘oshin yoki qalayning turli qotishmalari qoplanadi va moylanadi. Val aylanganda, u vkladish ustida sirpanadi.
podshiрniklar sirpanish podshiрniklari deyiladi. Sirpanish podshiрnigi val va
vkladish orasidagi sirpanish ishqalanish kuchini kamaytirishga xizmat qiladi.
Dumalanish ishqalanish kuchi sirpanish ishqalanish kuchi dan ancha kam
bo‘lganligi texnikada qo‘l keladi. Sharikli va rolikli podshiрniklarning
qo‘llanilishi dumalanish ishqalanish kuchining kamligiga asoslangan. Bun-
day podshiрniklarda aylanayotgan val podshiрnikning qo‘zg‘almas vkla-
dishida sirpanmasdan, balki po‘lat sharchalar va roliklar ustida dumalaydi
Podshiрnikning qattiq po‘latdan tayyorlangan ichki halqasi valga
o‘rnatilgan bo‘ladi. Tashqi halqasi esa mashina korpusiga mahkamlangan.
Val aylanganda ichki halqa sharchalar yoki roliklarda dumalaydi. Shar-
chalar va roliklar halqalar orasiga joylashtirilgan bo‘ladi. Sharikli yoki
rolikli podshiрnik lar qo‘llanilganda ularning ishqalanish kuchi sirpanish
podshiрniklariga qaraganda 20–30 marta kam bo‘ladi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytamanki bu mavzuda hamma ma’lumotlardan to’gri foydalandim deb o’ylayman.Demak biz tabiatda va texnikada Ishqalanish kuchiga juda ko’p to’g’ri kelgan ekanmiz.xulosa oxirida nyutonga xam to’xtalib o’taman . Tajribadan ko’rinadiki, gorizontal yuzada harakatlanuvchi xar qanday jism unga boshka kuchlar ta’sir qilmasa ham vaqt o’tishi bilan uz harakatini sekinlashtiradi va oxiri to“xtaydi. Demak Nyutonning II-qonuniga ko’ra jismning harakatlanishiga to“sqinlik qiluvchi qandaydir boshqa kuch mavjuddir. Bu kuchlar ishqalanish kuchlari deb ataladi. Mazmun jixatdan bu kuchlar qarshilik kuchi bo’lib jismning siljish yunalishiga nisbatan qarama-qarshi va ishqalanuvchi sirtga urinma yunalgandir. Ishqalanish tashqi (kuruk) va ichki (suyuk yoki kovushok) turlarga bo’linadi. Ishqalanish qanday turda bo’lishidan qat’iy nazar uning yuzaga kelishi mexanik energiyani issiqlik energiyasiga aylanishi bilan kuzatiladi. 1. Tashqi ishqalanish (TI). TI ikkita tegib turuvchi jismlar vaziyatlarining bir-biriga nisbatan siljishi natijasida yuzaga keladi. TIning o’zi ikki ko’rinishda bo’ladi.
a) tinchlikdagi ishqalanish.
b) sirpanishdagi va dumalanishdagi ishqalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |