Reja:
Kirish…………………………………………………………………………3
Asosiy qism:
I.1. Titrantlar kompleksometriyasi. Kompleksometriya turlari………….5
I.2. Merkurometriyani mohiyati, titranti, avzalligi va kamchiligi……...13
I.3. Sianometriyani mohiyati, titranti, qo’llanilishi…………………….17
Tajriba qismi:
II.1. Tajriba uchun kerakli reaktiv va uskunalar………………………..22
II.2. Ferrosianid anionini aniqlash….....................................................23
III. Natijalarni tahlil qilish…………………………………………………….26
Xulosa…………………………………………………………………………27
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..28
KIRISH.
Titrlash — maʼlum konsentratsiyali reaktiv eritmasini aniqlanayotgan modda eritmasiga reaksiya tugaguncha ozozdan, astasekin qoʻshish. Titrlashning oxiri indikator rangining oʻzgarishi, eritmaning loyqalanishi, loyqaligining yoʻqolishi yoki tekshirilayotgan eritmaning boshqa fizikkimyoviy xossalarining oʻzgarishiga qarab aniklanadi.
Titrimetrik analiz — aniqlanayotgan modda miqdorini shu modda bilan oʻzaro reaksiyaga kirishish uchun sarflangan reaktiv miqdoriga qarab anikdashga asoslangan miqdoriy analiz usuli. Titrimetrik analiz da aniklash uchun vazniy analizga karaganda kam vaqt sarflanadi. Bundan tashqari, Titrimetrik analizda kislotaasos, oksidlanishqaytarilish, kompleks hosil qilish kabi kimyoviy reaksiyalarni ham aniklash mumkin. Titrimetrik analizning barcha anik,lash usullarida titrlash ekvivalentlik nuqtasigacha, yaʼni standart titrlangan eritmaning miqdori reaksiya tenglamasiga muvofiq, modda miqdoriga qatʼiy ekvivalent boʻlgan paytgacha oʻtkaziladi. Shu sababli titrlash tugaganligini bildiruvchi indikatorlarning Titrimetrik analiz da ahamiyati muhim.
Aniklash usuliga koʻra, toʻgʻri (bevosita), qoldikli, bilvosita va differensial Titrimetrik analiz farklanadi. Koldikdi usul aniklanadigan modda standart, titrlangan eritma bilan reaksiyaga kirishmaganda yoki reaksiyaga juda suyet kirishganda qoʻllanadi. Bilvosita usulda modda standart titrlangan eritma bilan bevosita reaksiyaga kirishmaganda amalga oshiriladi. Differensial usul bir vaqtda 2 moddani aniqlashda qoʻllanadi.
Kimyoviy reaksiyalar jarayoniga qarab. Titrimetrik analiz kislotaasos, oksidlanishqaytarilish, kompleksometriya, choʻkmaga tushirish usullariga; titrlashning oxirgi nuqtasini indikatsiyalash usuliga kura, rangli indikator, potensiometrik, ampermetrik, konduktometrik titrlashga boʻlinadi.
Titrimetriyada turli-tuman reaksiyalar ishlatiladi. Titrlash asosida qanday reaksiya yotishiga qarab titrimetrik analizning quyidagi metodlari farqlanadi.
1.Neytralizatsiya metodlari. Asosida neytralizatsiya reaksiyasi yotadi:
H+ + OH- = H2O
Neytralizatsiya metodi bilan kislotalar, ishqorlar va shu bilan birga ba’zi tuzlarning miqdori aniqlanadi.
2. Oksidlanish- qaytarilish metodlari (oksidimetriya). Bu metodlar oksidlanish- qaytarilish reaksiyalariga asoslangan. Oksidlovchi eritmalari yordamida qaytaruvchi moddalarning miqdori aniqlanadi va aksincha.
3. Ionlarni qiyin eruvchan birikmalar ko’rinishida cho’ktirishga va kam dissotsilangan kompleksga bog’lashga asoslangan cho’ktirish va kompleks hosil qilish metodlari.
Titrlashning quyidagi usullari farqlanadi:
1) To’g’ri titrlash- reaksiya titrlanayotgan modda bilan ishchi eritma o’rtasida ketgan vaqtda;
2) Teskari titrlash - aniqlanayotgan eritmaga muayan ortiqcha (ammo aniq o’lchangan) miqdordagi ma’lum konsentrasiyali eritma qo’shilgan va bu reaktuvning ortiqchasi ishchi eritma bilan titrlangan vaqtda;
3) O’rinbosarni titrlash- ishchi eritma bilan aniqlanayotgan moddaning biror reaktiv o’rtasidagi reaksiya mahsuloti titrlangan vaqtda;
Hajmlarni o’lchash. Titrimetrik aniqlashlarning muhim tomonlaridan biri reaksiyaga kirishayotgan moddalar hajmini aniq o’lchashdir. Titrlash bajariladigan ishchi eritma hajmi byuretka bilan o’lchanadi. Mikro o’lchashlarda ko’pincha 25, kamroq 50 ml hajmli byuretkalardan foydalaniladi. Titrlangan eritma hajmi Mor pipetkasida o’lchanadi. Titrlangan eritma hajmini aniq olish kerak. Titrlash jarayonida o’zaro ta’sir qiluvchi eritmalar hajmi noto’g’ri olinsa, analiz natijalari aniqligi kamroq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |