2.2. Islom dinininng Movarounnahrga kirib kelishi
Movarounnahrda islom uzil-kesil VIII asr boshida qaror topdi. Islom dinining Orta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va arablar kop asrlik hukmronligining ornatilishi bilan bogliq. Orta Osiyoga arab yurishlari qariyb 643-644 yil atroflarida boshlangan bolsa ham, olkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan song faqat arab qomondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bolishi oqibatida Orta Osiyo ikki qismga bolindi: 1) Movarounnahr («Ikki daryo oraligi») va 2) Arodi at-turk («Turklar yerlari», yani arablarga boysunmagan hukmdorlar yerlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha boshladi.
Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi ikki omil bevosita oz tasirini otkazdi. Abu Muslim (747-755) qozgoloni davrigacha Orta Osiyo islomdan oldingi davr hukmdorlari (ixshid, buxor-xudot va boshqalar) oz mavqelarini saqlab turdilar. Jumladan, ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar uchun soliq yigish vazifalarini bajardilar. Umaviy hukmdorlari mamlakat ichki ishlariga bevosita aralashmasdan, mahalliy sulolalardan olpon olish bilan cheklanardilar. Bazida bu olpon mahalliy aholidan yigilgan jizya (boshqa din vakillaridan yigiladigan soliq) sifatida qabul qilinar edi. Bu esa keyinchalik islom dinini qabul qilgan aholidan oddiy soliq yoki jizya yigish masalasida chigallikning kelib chiqishiga sabab boldi. Ikkinchi omil Umaviylar davrida (661-750) arablarning mahalliy aholi tarafidan islom dinini qabul qilishga monelik qilishlari bilan bogliqdir. Chunki arablar ilk davrda talay imtiyozlarga ega edilar. Bu davr qoidalariga kora, islom dinini qabul qilgan kishi «arab»ga aylanar, yani jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bolardilar.
Bu holda mahalliy musulmonlardan jizya olmaslik, arab va arab bolmagan musulmonlarning teng huquqliligi uchun kurash olib borgan islom dini ichidagi murjiiylar diniy-siyosiy harakat goyalari Movarounnahrda keng tarqalish imkoniyatlariga ega boldi. Chunki olkada arab bolmagan musulmonlarning haq-huquqlari arablar tomonidan poymol etilardi. Murjiiylarning faol harakatlari VII asrning 20-40 yillariga togri keladi. Murjiiy al-Horis ibn Surayj qozgoloni (734-746) Movarounnahr aholisi tarafidan qizgin qollab-quvvatlandi. I/VII asrda shakllana boshlagan murjiiylarning aynan imon va amalning ayri-ayri ekanligi haqidagi qarashlari bu hududda yerli aholining hech bir qiyinchiliksiz islomni qabul qilishlariga, shuning barobarida, yangi shakllanayotgan islom jamiyatida teng huquqlilikka erishishlariga qulay sharoit yaratib berdi; keyinchalik esa ular garchi arab tilini, qiyin diniy amallarni, ozlariga butkul yot muhitni tola anglab yetmasalar-da, ijtimoiy mavqelari va milliy-madaniy qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq boldilar. Abu Muslim (749 yil) harakati galabasi oqibatida arab bolmagan musulmonlarning arablar bilan teng huquqlilikka erishishi natijasida murjiiylik goyalari siyosiy-ijtimoiy sohadan ilohiyot fani jabhasiga kocha boshladi.
Garbda Shom va Misrning Sharqda Eron va Markaziy Osiyo mamlakatlarining islom ta'siriga otishi Yangi tamaddun shakllanishini tezlashtirdi. Zero, bu mamlakatlarda ma'naviy madaniyat, ayniqsa, ilm-fan, adabiyot va san'at hamda iqtisodiyot, savdo-sotiq, hunarmandchilik va siyosiy institutlar Xijozga nisbatan ancha rivojlangan va qadim an'analarga ega edi. Arab xalifaligi bu borada oz tarkibiga kirgan mamlakatlarda ilgari erishilgan yutuqlarning kopchiligiga voris boldi. Ular islom mafkurasiga moslashtirilib Yangi tamadduning asosiga qoydi.
Islom tamadduning shakllanishi va ravnaq topishiga bizning ajdodlarimiz ham munosib hissa qoshdilar. Bu moddiy madaniyatning dehqonchilik, chorvachilik tarmoqlarning ba'zi sohalarga, geodeziya, yer ozlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya, sugorish inshootlari qurish, shaharsozlik bilan bogliq ayrim yutuqlarga tegishli. Ipakchilik, paxtachilik, toqimachilik, polizchilik, bogdorchilik, qishloq xojaligi va chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash boyicha ajdodlarimiz toplagan tajriba, shuningdek parvarish qilinadigan osimliklarning ba'zi turlari arab mamlakatlariga tarqaldi.
Davlat boshqaruv va harbiy san'atni rivojlantirishga ham ajdodlarimiz qoshgan hissa benihoya katta. X asr oxiridan boshlab XVII asrgacha islom mamlakatlarining aksariyati (aholisi turkiy bolmaganlari ham), ayrimlarini esa XIX-XX asrgacha turkiy sulolalar boshqargan, Mahmud Gaznaviy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi buyuk sarkardalar bobokalonlarimiz orasidan chiqqani buning dalilidir. Somoniylar, Gaznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxlarning davlat tizimi, Nizomulmulkning Siyosatnomasi, Temurning «Tuzuklar»i, Temur va temuriylar davrida yer, mulk munosabatlari, suvdan foydalanish tartibi, bojxona va soliq tizimi, savdo yollarining, bozorlarning davlat himoyasida bolishi, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi davlat vazifalarini kengayishiga va takomillashuviga xizmat qildi.6
Islom ilmi birdaniga yetuk holda shakllanib qolmagan. Muhammad paygambar (s.a.v) vafotidan keyin bir oz muddat otkach, islomning asosi bolmish Qur'oni Karimni kitob holatiga keltirib, unga tartib berish, songra Qur'onga, paygambar korsatmalariga muayyan misollar boyicha bildirilgan fikrlar, mulohazalari, amaliy qarorlariga tayanib, islomiy dunyoqarashni hamda islom ibodati, axloq huquq me'yorlarini, ya'ni shariatni va fiqhni yaratish zarurati tugildi.
Islom bizga yetib kelib, bir ikki avlod davomida xalq ongida mahkam ornashgunga qadar, Qur'onga tartib berilgan fiqh maktablari (mazxablar), shariatning kopchilik me'yorlari belgilangan va jadal sur'atlarda rivojlanishi, boyishi, takomillashuvi davom etmoqda edi. Bu davrda islom olimlarining asosiy e'tibori paygambar hadislarini toplab, ular negizida ibodat, axloq va huquq, ya'ni shariat masalalarini yoritishga qaratilgan edi.
Yuksak madaniy, ilmiy-intellektual salohiyatga ega bolgan Markaziy Osiyo xalqlari islomni qabul qilgach, ular orasidan yetishib chiqqan olimlarning bir qismi islom ilmini rivojlantirish bilan shugullana boshladi va ulardan eng buyuklari oz sohalarida yetakchi orinlarga chiqib oldi.
Xadis ilmida tan olingan 6 ta buyuk muhaddisning torttasi Markaziy Osiyodandir. Ular orasidan uchtasi Muxammad ibn Ismoil al-Buxoriy (824-898), Abu Abduraxmon an Nasaiy (830-915) aynan hozirgi Ozbekiston hududidan yetishib chiqqan.7
Imom al-Buxoriy toplagan xadislar «Al Jome' as-saxix» yoki «Saxixi Buxoriy» deb ataladi va dunyo musulmonlarining 90 foizi uchun Qur'ondan keyingi eng mo'tabar va asosiy manba hisoblanadi. Al-Buxoriy, at-Termiziy, an-Nasoniy xadislari toplamlari va boshqa asarlari ham kamida 12 asrdan buyon necha avlodning dunyoqarashi, axloqi, imon-e'tiqodi, hayotga munosabati ma'naviyati shakllanishiga, takomillashishiga bevosita yoki bilvosita ta'sir korsatib kelmoqda.
Fiqh (islom huquqi) ilmini rivojlantirishda katta xizmat qilgan Burxoniddin Margiloniy (1197 y vafot etgan), Abu Lays Samarqandiy, Abdul Hasan Xorazmiy, Najmiddin an-Nasafiy va boshqalar nomi mashhur. Ayniqsa, Burxoniddin Margiloniyning «Hidoya-fil-furuz» asari xanafiya mazxabi boyicha islom huquqshunosligining eng teran asarlaridan biri sifatida nafakat islom olamida balki, Garbda ham mashhur.
Islom ilohiyot ilmi (islom diniy-falsafiy ilmi) kalom yakka xudolik, tavhid, olam, borliq, inson ularning yaratilishi, mohiyati, mavjudligi, e'tiqod mazmuni, olamning, insonning ozgarishi, taqdiri va h.k. masalalarni qamrab oladi. Shu bois «At tafsir al-Qur'on» ilmi dastlab kalomning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Kalom ilmini rivojlantirishda ajdodlarimiz munosib hissa qoshdilar. Muhaddislik va fiqh sohalari kabi kalom ilmi borasida atoqli va daho olimlarni mutakallimlari yetishtirdi. Bu daho olimlardan Abu Mansur al-Moturidiy va Abul Mu'in an-Nasafiy nomlarini eslash kifoyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |