Maqsad va vazifalari: Inson tabiat qonunlari haqida bilimni tabiiy fanlar – matematika, gefizika, geologiyani va x.k. ni o’rganib, uni amalga tadbiq etish natijasida oladi.
Qazilma boyliklar qayta tiklanmaydigan resurslar hisoblanadi. Ulardan foydalanish natijasida miqdori va sifati kamaya boradi. Qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklardan unumli foydalanish va uni qo’riqlash quyidagicha bo’lmog’i lozim: miqdori va sifatini hisobga olish, kompleks ravishda to’g’ri, tejab, o’rnida foydalanish, ularni qazib olish, tashish, qayta ishlash, ishlatishda nobudgarchilikka yo’l ko’ymaslik, chiqindi kam chiqarish choralarini ko’rish, yangi konlar topish, ayniqsa yerning chuqurroq qatlamlarini o’rganish zarur va nihoyat ularning o’rnini bosuvchi yangi sun’iy manbalar topish va boshqalar. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan oqilona foydalanilsa, ular kishilik jamiyati ehtiyojlarini uzoq muddatlargacha to’la ta’minlay oladi. Fan va texnika taraqqiyoti natijasida ba’zi foydali qazilmalar tugaguncha ularning o’rnini bosa oladigan yangi resurslar yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |