vakillarining bioekologik xususiyatlari
Salvinia natans – O’zbekistonda ko’llarda, sholipoyalarda uchraydi. U suvning yuzasida qalqib usadigan bir yillik o’simlik. Poyasi (ildizpoyasi) 1-1,5 sm uzunlikda, ingichka. Poyasining xar bir bo’g’imida barglari xalkasimon joylashgan. Ikkita bargi ovalsimon bulib, uziga xos tukchalar bilan koplangan. Uchinchi bargi esa ipsmon kesilgan bo’lib, suv ostida joylashgan va u o’simlikning suvdan oziqlanishi uchun xizmat qiladi. Salviniyaning xaqiqiy ildizi bo’lmaydi.
3-rasm. Salvinia natans
Poyasi va bargining anatomik tuzilishi uning suv muxitida yashashga moslashganligini bildiradi. Poyasining markazida konstentrik tipdagi bitta uzatuvchi bog’lam mavjud. Birlamchi po’stloq; qavati yaxshi taraqqiy etgan, unda yirik xavo saqlavchi qismlari bor. Poyaning tashqi tomoni epidermis bilan o’ralgan. Bargning ustki va ostki tomoni xam epidermis bilan qoplangan. Epidermisida labchalar bo’lmaydi
Salviniyaning suvga botgan bargining qo’ltig’ida soruslar joylashgan. Mikrosoruslarda 500 tagacha, megosoruslarda esa 25 tagacha sporangiylar tarakxiy etadi. Me- gasporangiyada bitga, mikrosporangiyada 32 ta yoki 64 ta spora xosil buladi. Salviniyalarda gametofit juda redukstiyalangan va ayrim jinsli. Kuzda mikro va megosporalar suvning ostiga cho’kadi. Sorusning devori asta-sekin chirigandan so’ng, mikro va megosporangiyalar yana suvning yuzasiga kutariladi. Sporalar sporangiyalarning ichida usib, gametofitni xosil qiladi. Mikrosporadan taraqqiy etgan erkaklik gametofit bir necha vegetativ xujayralardan va 2 ta anteridiydan iborat. Xar qaysi anteridiyda 4 tadan ko’p xivchinli spermatozoidlar taraqqiy etadi. Urgochi gametofitda uchta arxegoniy taraqqiy etadi. Urug’lanishdan so’ng urg’ochi gametofitdan yangi sporafit taraqqiy etadi.
Erkak paporotnik (O’rmon qirqqulog’i) - Drypopteries filixmas.
Ko’p yillik o’t o’simlik mayin tuproqli nam yerlarda, qoya va daraxtlar soyasida o’sadi. Bu o’simlik murakkab tuzilgan serbar barg dastalarini ҳosil qiladi. Bular ildizpoyaning uchidan o’sib chiqadi. Ildizpoya yer yuzasiga yaqin joylashadi. O’simlik bargi ҳar yili kuz oyida tushib ketadi va barg bandlarining yer ostki qismigina saqlanib qolinadi. Tuproqdan chiqqan yosh barglari uchi dastlab gajakga o’xshab o’ralib turadi, jigarrang po’st bilan qoplangan bo’ladi.Bular juda sekin rivojlanadi. Uchinchi yili tuproq yuzasiga chiqadi. Keyinchalik voyaga etgan barglarga aylanadi. Barglari murakkab, qo’sh qanotsimon tuzilishga ega, bo’yi 1m gacha etadi. Barg bandlari ildizpoyaga to’g’ridan-to’g’ri tutashgan bo’ladi.
Yoz faslining o’rtalariga kelib, erkak paporotnik bargining ostki yuzasida jinssiz (sporofit) yo’l bilan ko’payish organi sporangiylar ҳosil bo’ladi. Sporangiylar to’p-to’p bo’lib joylashib, ularga “sorus”lar deyiladi. Ҳar biri ustki tomonidan yupqa parda “indizium” bilan o’ralgan bo’ladi. Sorusning tuzilishini o’rganish uchun uning ko’ndalang kesimi ko’rilsa, bargning ostki qismida qalin bo’rtma – plastenta borligi ko’rinadi. Plastentadan indizium oyoqchasi ҳosil bo’ladi. Bundan tashqari sporangiylar ҳam ingichka bandchalar orqali plastentaga birikkan sporangiyda etilgan sporalar ҳalqa yordamida tashqariga tarqalishiga moslashgan. Ҳalqa sporangiy aylanasini 2/3 qismini o’rab t uradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |