Reja: kirish asosiy qism: a Uvaysiy va uning lirik merosi b G’azal janri rivojida shoira mahorati



Download 32,32 Kb.
bet4/5
Sana29.04.2022
Hajmi32,32 Kb.
#592135
1   2   3   4   5
Bog'liq
Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti

1.Uvaysiy va uning lirik merosi. Jahon otin Uvaysiy Marg’ilonda Childuxtaron mahallasida ziyoli oilasida tug’ilgan. Otasi o’zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan ijodkor, onasi ham fozila ayol bo’lgan. Hofiz unvoni bilan el ichida tanilgan akasi Oxunjon ashula aytar, musiqadan yaxshigina xabardor edi. Shoiraning turmush o’rtog’i Hojixon erta vafot etib, qizi Quyoshxon, o’g’li Muhammadxonni tarbiyalab voyaga yetkazish yakka o’zining zimmasida qoladi. U maktabdorlik qiladi, ijod bilan shug’ullanadi. Farzandlari ham she’rlar yozgan. Qadrdon bo’lganligi uchun Nodira uni Qo’qonga ko’chirib olib keladi. 1822-yilda Amir Umarxon vafot etgach, Uvaysiy uchun ham tashvishli va qayg’uli kunlar boshlanadi. Otasining o’rniga taxtga o’tirgan Muhammad Alixon (Ma’dalixon) unga yaxshi munosabatda bo’lmadi. Boz ustiga, o’g’il Muhammadxon ham sarbozlikka olinib, Qashqar uchun olib borilayotgan urushga jo’natildi va Uvaysiyga o’g’lini qayta ko’rish nasib etmadi. Oilaviy turmushi baxtsiz kechgan qizi Quyoshxon kasallanib, o’ttiz yoshida vafot etdi. Undan ona shahri Marg’ilonga qaytadi va taxminan 1845-yilda 65 yoshida vafot etadi.
Uvaysining taxallusi Muxammad alayhissalomga hali payg’ambarlik berilmay turib, ul zotning daragini ilohiy kitoblardan eshitib, unga g’oyibona muxabbat qo’ygan valiy zot nomi bilan bog’liq. Uvaysiy – bir buyuk zotga bo’lgan g’oyibona muxabbat, intizorlik ilinji.
Uvaysiy g’azal, murabba, muxammas, musaddas, musamman, masnaviy, ruboiy, tuyuq, chiston, doston, qit’a, mustazod kabi janrlarda ijod qilgan va uning she’rlari asosan ishqiy mavzuda. Ularda o’zining Yaratuvchisiga intiqlik bilan intilayotgan solik banda, Olloh yaratiqlarining eng afzali Payg’ambar alayhissalomga oshiq ummat, Haq yo’lida sobit ustozlarga muxabbatli shogird sifatida tuyg’ularini izhor etadi. SHuningdek, insonning insonga sevgisini tarannum etguvchi g’azallari ham talaygina. She’riyatining asosiy qismi sevgi-muxabbat mavzusida bitilgan. Shunga qaramay, «сharxi bemuruvvat» dan shikoyat, «raqiblar bedodidan» bag’rining jarohatli bo’lganligi haqidagi shikoyatga to’la ohanglar ustunlik qiladi.
«Sog’indim», «Uvaysiyman», «Ko’ngil dog’ o’ldi, dog’ o’ldi», g’azallari esa hasbi hol tarzida.
G’AZALLARI; «Nozuk», «Maqsudi ko’ngil», «Qabul etgil», «Ishqida», «Ajab yo’q».
«Funun ul balog’a» tadqiqotchisi va noshiri professor A.Hayitmetov she’rning ushbu turiga shoira Uvaysiyning bir g’azalini misol sifatida ko’rsatadi: «O’zbek adabiyotida she’rning harora turiga Uvaysiyning «Ko’ngil dog’ o’ldi, dog’ o’ldi» radifli g’azali yaxshi misol bo’la oladi ».6
Prof A.Qayumov ham shoira she’rlarini tahlil etar ekan, shu she’rga e’tiborini qaratadi: «…..goho iztirob to’lqinlari shunday kuchayib ketadiki, shoira qofiya to’sig’ini bosib o’tib, o’z kechinma va hayajonlarini oq she’r tarzida ifodalaydi(«dog’ o’ldi, dog’ o’ldi» radifli she’r) »7
«Ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi» radifli g’azal 11baytdan iborat katta hajmli asar. U kuchli ruhiy g’alayon, kuchli iztirob mahsuli sifatida yaratilgan. Asar markazida insonni anglash masalasi turadi. Hayotdagi barcha ziddiyatlar, qarama- qarshiliklar ko’ngilni anglamaslik natijasida yuz beradi. Shoira ana shu holatni badiiy talqin etadi.
G’azalning dastlabki baytlarida lirik qahramon yashayotgan muhitga e’tibor qaratiladi: Zamona kulfatshior, charx bemuruvvat, raqiblar adolatsiz, xalq kaltafahm, gulzor- omonat dunyo esa tikanli. Bu jumlalar lirik qahramon yashayotgan muhitni fosh etish uchun yetarli. Shunday zahmatlar iskanjasida hayot kechirishga mahkum shaxs (lirik qahramon)ning ko’ngli qorong’u, yorishmaydi. Lola kabi dog’dor.
Shoiraning asosiy fikri- ko’nglining dog’dor ekanligini ifodalash. Dastlab, u nega degan savolga javob beradi. Dilgirlik sababini oshkor etadi. 4-baytdan boshlab lirik qahramon ruhiyati yoritiladi.U – fano mardumi. Uning chuqur falsafiy asrorlari bor. Ammo atrofida ko’nglini anglaguvchilar yo’q. Bu hol lirik qahramon dilining xufton bo’lishiga sababchi. Dilgirlikka «fano mahdumlari» va «qabihguftor mardum» dunyoqarashi o’rtasidagi ziddiyat asos bo’ladi.
Shoir dardmandligiga, iztirobiga bois muhit va shaxs dunyoqarashidagi chuqur ziddiyat. Ruhiy holatning ziddiyati shoira tomonidan tazod san’atini faol qo’llash orqali aniq yoritib berilgan. Fano gulzori xor zaxmi; fano mardumi qabihguftor mardum ; g’uncha, gul va hokazo kabi zid timsollar lirik qahramon tabiatini ochib berishda faol xizmat qilgan.
Ko’ngil qoni ko’zdan bir lahza to’xtamaydi. Lekin, baribir, lirik qahramon nazdida «bag’ri ichra qon misoli g’uncha». U (gul kabi) ochilmay, ko’nglini dog’ ustiga dog’ qiladi.

Download 32,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish