Reja: Kirish 2


Tabiiy, sunniy va sintetik yuqori malekulyar birikmalar olish uchun xom ashyo



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana28.04.2022
Hajmi0,5 Mb.
#588754
1   2   3   4
Bog'liq
1 ma'ruza-2

Tabiiy, sunniy va sintetik yuqori malekulyar birikmalar olish uchun xom ashyo 
manbalari. 
Odatda organik monomerlarning asosiy xom ashyo manbalari neft va gazlardir 
(tabbiy, yo’ldosh va gaz kondensat). 
Sintetik polimer materiallar sanoatini jadal suratlar bilan o’sishi uchun birinchi 
navbatda katta xom ashyo va yarim tayyor maxsulotlar bazasini yaratish kerak. Xom 
ashyo bazasini yaratish resurslariga tabiiy gaz, yo’ldosh neft gazlari, neftni qayta 
ishlash jarayonida xosil bo’lgan gazlar, ko’mirni koksga aylantirishda xosil bo’lgan 
kimyoviy maxsulotlar, o’rmon sanoatining maxsulotlari, qishloq xo’jalik chiqindilari 
va boshqa bir qator tur xom ashyolardir. 
Kimyoviy xom ashyoning bu manbaalarni cheksiz potensial imkoniyatlarini 
quydagi misollardan ko’rish mumkin. tabiiy gaz asosidagi kimyoviy kombinat yiliga 
Bu bo’linish sxematik ravishda quydagicha ko’rinadi: 


taxminan 500 mln. m dan gaz istemol qilib, yiliga 580 ming m. gacha plastmassa, 
sintetik qatronlar, azot o’g’itlari va kimyoviy maxsulotlarni keng majmuini ishlab 
chiqarishi mumkin, ya’ni tabiiy gazning xar bir million kubo metri 1000 tonnadan ortiq 
polimer va boshqa kimyoviy materiallar uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. 9 mer 
m yo’ldosh gazlardan 500 ming t. sintetik kauchuk va 400 ming polietilen olish 
mumkin. 
Tabiiy va yo’ldosh gazlar tarkibidagi metan, etan, propan, n-butan, izobutan va 
pentanlar vodorod va suv gazi, atsetilen, metanning xlorli xosilalarini etilen va 
propilen, divinil, izobutilen, izopren va asosiy organik sintezning boshqa muxim 
maxsulotlari uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Neft-kimyoviy sintez sintetik 
polimer materiallar ishlab chiqarish uchun, ya’ni neft gazlarini va suyuq 
uglevodorodlarni qayta ishlash sanoati qudratli bazadir. Masalan, bitta neftdan 
taxminan 400 kg polimer materiallarining asosiy turlarini xususan polietilen, 
polipropilen olish mumkin. 
Neftni qayta ishlash jarayoni. Ilk bor neftni sanoat miqyosida qayta ishlash 
(xaydash) tiniqlashtirilgan kerosinga qo’llashdan boshlangan. Keyinchalik neftdan 
asosiy maxsulot sifatida moylovchi (surkov) moylarini olishda foydalanilgan. 1988 yil 
mis oksidi ishtirokida neftni distilyatsiya jarayoni ishlab chiqildi. Buning natijasida 
yoqilg’i tarkibidagi oltingugurt miqdori kamayishiga olib keldi. Yillar o’tib Xenfri va 
Bartonlar tomonidan “termik krekinlash” texnologiyasi taklif berishgan. Ushbu 
texnologiyani takomillashtirib 1891 yil rus olimlari V.Shuxov va S.Gavrilov 
tomonlaridan ushbu texnologiyani patentlashtirilgan, 1918 yilga kelib esa AQShda. 
termik krekinlash qurilmasi ishga tushadi. Hamda 1959 yillarda “Shavron” firmasi 
tomonidan gidrokrekinlash texnologiyasi ishlab chiqiladi. Ushbu texnologiyalar 
barchasi neft maxsulotlarini qayta ishlab sanoat uchun kerakli maxsulotlar olishga 
qaratilgan edi. 
Neft maxsulotlaridan birikmalar sonini ko’paytirish maqsadida krekinlash 
jarayonidan foydalaniladi. Krekinlash jarayoni bu - neft maxsulotlarini yuqori xarorat 
(600-1000), bosim (0.5-2 MPa) va katalizatorlar (Pt, Ni, Co, Al) ishtirokida neft 
birikmalarini molekulyar massasini kamaytirishga yo'naltirilgan jarayondir. Ular 


termik, gidro va katalititik krekinlash usullariga bo’linadilar. Natijada neftdan keng 
qamrovli va chiqish unumi yuqori maxsulotlarni xosil bo’lishiga olib keladi. Dunyoda 
neftni 3/1 qismi katalitik krekinlashdan foydalaniladi. Ushbu jarayon ilk bor 1936 yil 
kerosin gazoyl fraksiyasidan benzin olishda foydalanilgan. Katalizator sifatida dastlab 
montmorilonit qo’llanilgan bo’lsa, keyinchalik alyuminiy silikat ishlatila boshlagan. 
Ushbu jarayonda parchalanish ion mexanizmi bo’yicha (geterolitik) ketadi. Bunda H+ 
donor protoni bo’lib xizmat qiladi, unum H
+
A
-
kabi belgilash mumkin. Reaksiya 
natijasida vodorod ionni olefinga bog’lanishi natijasida CH
+
xosil bo’ladi va natijada 
parchalanish bosqichini boshlab beradi. 
Shu bilan birga sanoatda “Piroliz” jarayoni bo’lib, xuddi krekinlash jarayoniga 
o’xshab neft va gaz maxsulotlarini molekulyar massasini kamaytirishga qaratilgan. 
Faqat bu jarayonda suyuq benzin va gaz fraksiyalarini qo’llashimiz mumkin. 
Ko’pincha piroliz jarayoni orqali olefinlarni olishga qaratilgan. Bu jarayon 1950 yildan 
boshlab qo’llanilib kela boshlagan va natijada 99,9% etilen, propilen butadiyen xamda 
aromatik birikmalar xosil bo’ladi. 
Gazlarni qayta ishlash jarayoni. Ilk bor gazlarning 1930 yildan boshlab 
foydalanila boshlagan. Odatda ular tabbiy gaz, yo’ldosh gaz va gaz kondensatga 
bo’linadi. Tabiiy gazning asosiy qismi metan xisoblanib konning joylashishiga qarab 
70-90 % gacha bo’ladi. Metandan tashqari etan, propan, butan, azot, SO
2
, H
2
S va inert 
gazlar (geliy va argon)lar bo’ladi. Yo’ldosh gazning asosiy qismi tabiiy gazga o’xshash 
bo’lib, faqat ular neft maxsulotlarini qazib chiqarish natijasida xosil bo’ladi. Gaz 
kondensatning asosiy qismi propan, butan va pentan xisoblanadi. Barcha turdagi gazlar 
piroliz jarayoni yordamida qayta ishlanadi. 
Piroliz jarayonini kimyosi. Piroliz jarayoni bu radikal zanjirli jarayon bo’lib, 
initsirlash – o’sish va aktiv markazni uzilish bosqichi bilan amalga oshiriladi. Bunda 
yuqori xarorat natijasida C-C bog’lari uzilishi ya’ni radikal parchalanish juftlashmagan 
elektroni mavjud R-xolatdagi C-C bog’larni xisobiga boradi. Masalan butan pirolizi 
mexanizmi quydagicha: 


Gazlarni qayta ishlash natijasida keng qamrovli maxsulotlar (o’g’itlar, plastik 
massalar uchun monomerlar, sintetik kauchuk va tolalar, organik kislotalar va 
spirtlarga boshlang’ich xom ashyo) olishda qo’llaniladi. 
Dunyodagi eng yirik neft-kimyosi maxsulotlari ishlab chikaruvchi davlat AQSh 
da 300 dan ortiq nomli organik neft-kimyosi maxsulotlari ishlab chiqariladi. Bu 
mamlakat kimyoviy ishlab chiqarishdagi neft maxsulotlarini solishtirma og’irligi 
(ulushi) 28 % dan yuqoriroqdir. Shu bilan birga neft-kimyo zavodlarida qayta ishlangan 
neftning suvli barcha birlamchi qayta ishlangan 5% dan ortmayapti. Iste’mol qilingan 
tabiiy gazning miqdori butun olingan gazning 4-8% tashkil qilayapti. Organik sintez 
uchun uglevodorod, ayniqsa aromatik uglevodorodlar xom ashyoning asosiy manbai 
bo’lib ko’mir- kimyo sanoati muxim rol o’ynaydi. Bu sanoat toshko’mirlarni yuqori 
xaroratdagi kokslash jarayonini koks-gaz kimyosi ishlab chiqarishni, yarim kokslashni, 
sintez gaz olish uchun qattiq yoqilg’ini gidrogenizatsiyalash, ko’mirni yo’naltirilgan 
gidrogenlashlarni o’z ichiga qamrab oladi. Kokslash sanoatida bir tonna ko’mir 
shaxtasini kokslashda ajratib olingan kimyoviy maxsulotlarni chuqur qayta ishlashda 
200 kg yarim maxsulotlar olish mumkin. Bu yarim maxsulotlardan polimerlar, 
plastmassalar, sintetik tolalar olish mumkin. 
Organik sintez sanoatining yuqorida sanab o’tilgan tabiiy gaz yo’ldosh neft 
gazlari neft kimyosi sanoati maxsulotlari, koks qilish sanoati maxsulotlari, ko’mir 
kimyosi sanoati maxsulotlari kabi xom ashyo manbalari qatoriga bitta o’rmon kimyosi 
sanoati maxsulotlarini xam qo’shish kerak. 
Yog’ochga mexanik ishlov berilganda, uni masalan uchdan bir qismi 
foydalaniladi. Kimyolashtirish esa yog’och tayyorlash va o’rmon qirqishning barcha 
chiqindilarini sellyuloza, sintetik tola, plastmassalar, sirka kislotasi, skipidar, atseton 


ishlab chiqarish to’la foydalanish imkonini beradi. 
Yog’ochni kimyoviy qayta ishlashning asosiy maxsuloti sellyuloza, qog’oz, 
karton, sun’iy tola va turli plastmassalar olish uchun qo’llaniladi. 
Polimer materiallar sanoatining yana bir muxim xar yili tabiiy qayta tiklanadigan 
xom ashyo manbalaridan biri, o’rmon va yog’ochni qayta ishlash sanoati chiqindilari 
bilan bir qatorda, qishloq xo’jalik o’simliklari chiqindilarini qayta ishlash maxsulotlari 
jo’xori so’tasi, kungaboqar luzgasi, somon, paxta shulxasi, qamish va x.k. dir. 
Bu chiqindilar 70% gacha uglevodorodni saqlaydi va ularni gidrolizi yuqori 
molekulali birikmalar olinadigan monomerlarni beradi. Masalan, spirtlar, glitserin, 
fenol va boshqalar. Gidroliz jarayonining eng muxim maxsulotlaridan biri - furfurol 
bo’lib, u polimer materiallarini olishda muxim dastlabki moddadir. Masalan, 1 t jo’xori 
so’tasidan 150 kg furfurol olinadi, undan 60 kg neylon yoki 200 grammgacha 
xaroratbardosh va qimmatli kartonlar olinadi. 
Shuni aytib o’tish kerakki, polimerlar ishlab chiqarishda sanoatning 
rivojlanishining ilk damlarida asosiy xom ashyo manbai toshko’mir kimyosi, koks 
kimyosi sanoatlari maxsulotlari bo’lsa, keyinchalik gaz, neft qazib olish ko’payib, 
tannarxi arzonlashgach ularni kimyoviy qayta ishlash maxsulotlari asosiy xom ashyo 
bo’lib qoldi. Ammo shuni aytib o’tish kerakki, neft zaxiralarini kamayib borayotganligi 
tufayli xar yili tabiiy tiklanadigan xom ashyo manbalariga qiziqish yana qaytadan 
ortmoqda (sellyuloza, furfurol, uning xosilalari). 
Polimer maxsulotlarini ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga quydagi asosiy 
ko’rsatgichlar kiradi: xom ashyoga ketgan sarf-xarajatlar, yoqilg’i tannarxi (energetik 
sarflar, ya’ni but, elektroenergiya, sovuq suv), jixozlov uchun apparatizatsiya 
chegirmalari, ishchilar ish xaqi. Agar asosiy organik sintezda xom ashyoga ketgan 
xarajatlar o’rtacha barcha xarajatlarning 70-80%-ini tashkil qilsa, polimer sanoatida bu 
ko’rsatgich 40-60%-ga tengdir. 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish