Oltin kumushning eskisi bo’lmas.
Ota-onaning bahosi bo’lmas.
Ona bilan bola – gul bilan lola.
Bola aziz, odobi undan aziz.
Ota-onang – davlating.
Bu maqollarni o’rgatisah orqali, ota-onamizni hurmat qilishga, ularni asrashga, avaylashga aytgan so’zlarini ikki qilmaslikka o’rgatamiz. Ota-onangiz sizni dunyoga keltiradi, boqadi, o’qitadi, kiydiradi, yediradi, ichiradi. Sizni asrab-avaylaydi. Ko’zingizga bitta ham xas tushirishni xohlamaydi. Gulni qanday parvarish qilsangiz, onalarimiz bizni shunday parvarish qiladi. Shuning uchun biz katta bo’lib, voyaga yetganimizdan keyin, ularni asrashimiz, avaylashimiz, ularning belining quvvati bo’lishimiz, ko’zining nuri bo’lishimiz kerak. Ota-onamiz bizng kuch-qudratimiz, uyimizning farishtasi. Ularning ko’zining nuri, qalbining qo’ri bo’lishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |