Reja
Kirish
1. ‘‘ Mercuriy service” kompaniyasi haqida umumiy ma’lumot ……………….…2
2. “ Mercuriy service” kompaniyasi konferentsiya tashkillashtirish xizmat faoliyati
…………………………………………………………………………………… 4
3. “ Mercuriy service” kompaniyasi rasmiy delegatsiyalarni qabul qilish usullari..7
4. “ Mercuriy service” kompaniyasi turistik xizmat boshqarish imkoniyati…….. 12
5. “ Mercuriy service” transport vositalari va ularni ijaraga berish xizmatlari…. 19
Xulosa…………………………………………………………………….………23
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….26
Kirish
Turizm va mehmonxona faoliyatining samaradorligini oshirishda juda ko’p innovatsion yangiliklar yaratilishi hamda ularning amaliyotda qo’llanilishi juda ham muhim hisoblanadi. Shuningdek shu qatorda mehmonxona xo’jaligida narx va narx siyosati ham mavjud.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo’lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Shuning uchun biz Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni qo’ydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda o’ziga xos lokomotiv rolini bajaradi” deb ishonamiz.
Shu o`rinda Muxtaram Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev 2018 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2019 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida axborot-texnologiyalari rivoji haqida ta'kidlaganlaridek: - «Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va, ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur»1
Jahon Sayyohlik Tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, ish tufayli safar qilayotgan sayyoh safari davomida dam olish maqsadidagi sayyohga qaraganda 3-4 barobar ko‘proq sarf xarajat qiladi. Bundan tashqari, dam olish turizmi mavsumiy xarakterga ega bo‘lsa, ish turizmi yil davomida daromad keltirish imkoniyati mavjud.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm xizmatlari tarkibini diversifikatsiya qilish va turizmning yangi turlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar olib borildi. Xususan, MICE turizm ya’ni, O‘zbekistonda turli uchrashuv, konferensiya va ko‘rgazmalarni tashkil etish orqali sayyohlar oqimini ko‘paytirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Xorazmda an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan «Bahodirlar o‘yini» sport turniri, Surxondaryoda «Baxshichilik san’ati» festivali, Qoraqalpog‘istonda «Muynak-2019» avtoralli musobaqalari tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekistonda MICE-turizmni rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib tasdiqlandi.
Ta’kidlash lozimki, koronavirus pandemiyasi fonida joriy etilgan cheklovlar va ularning natijasida yuzaga kelgan global inqiroz oqibatlari tufayli turizm sohasi katta talofatlarga yuz tutdi. Xususan, 2020 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik sayyohlarning soni 96% foizga kamayib, 1,5 mln. nafarga tushib ketdi. Ko‘rsatilgan sayyohlik xizmatlarining hajmi esa 261 mln. dollarni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |