Rodon gazi. Odatda hamma joydagi tuproq, tosh, suv tarkibida tabiiy holda uran, toriy, radiy kabi og`ir metall elementlari bo`ladi. Ba`zi joylarda ularning miqdori ko`p, ba`zi joylarda kam bo`lishi mumkin.Bu moddalardan doimiy ravishda rodon gazi ajralib turadi. U shu joydagi havo tarkibida odam nafas a`zolariga kiradi.
Bir qavatli uylarni poli ostidagi, ko`p qavatli uylarning 1-nchi qavatini poli ostidagi nam tuproq va toshlardagi radiy, uran, toriy metall elementlardan ajralgan rodon gazi polni oralig`i – teshiklari orqali uyga kirib, uy havosiga aralashib, shu uyda yashayotgan odamlarning nafas yo`llariga kiradi. Rodonning hidi yo`q, shuning uchun uy havosida uning bor-yo`qligini aniqlash qiyin. U maxsus rodonometr asbobi yordamida aniqlanadi.
Rodon gazining miqdori uy havosida ko`paysa odamlarda nafas qisish, uyqu bosish, yurakning g`ijimlab-og`rishi, ko`z qovoqlarida shish kabi belgilar paydo bo`ladi. Bu gazdan zaharlanishning oldini olish uchun quyidagi tadbirlar qo`llanadi:
1. Iloji bo`lsa, San.epid.stansiya xodimini chaqirib, uy va uy poli ostidagi havoda rodon gazi miqdorini aniqlatish kerak. Normada rodon gazi 1 kubometr havoda 25 bekkereleydan oshmasligi kerak.
2. Polning ostidan ko`cha tomonga teshik-tuynik ochib, pol ostidagi rodonni ko`chaga chiqarish chorasi ko`riladi.
3. Pol oraliqlarini (teshiklarini) germetik yopish.
4. Yangi uy qurish uchun yer tanlanganda, shu joyning tuprog`i va toshlari tarkibida radiy, uran, toriy moddalari miqdorini, shu joy havosidagi rodon gazi miqdorini tekshirtirish kerak.Agar shu joyning havosi tarkibida rodon gazining miqdori 25-30 bekkereleydan oshsa, bu joyda turar uy qurish mumkin emas.
5. Bir uchastkada rodon miqdori oz, qo`shnisining uchastkasida esa ko`p bo`lishi ham mumkin.
6. Bir necha yil davomida 1-2-3 ta qo`shni xonadonlarning yashovchilari orasida rak kasalligi yuzaga kelish hollari kuzatilganda, shu uy ostidagi tuproqda radiy, uran, toriy va rodon gazi miqdori ko`p bo`lganidan shubha qilish mumkin.
Asbest (ganj). AQSh, Angliya olimlari tomonidan binokorlikda qo`llanadigan ganjdan (asbestdan) ajraladigan nurlanish va chang o`pkada rak kasalligini vujudga keltirishi mumkinligi aniqlangan. Shuning uchun AQSh hukumatining maxsus qarori bilan 1985 yilda kinoteatr, maktab va boshqa jamoatchilik binolarining devorini, shipini suvog`iga naqqoshlash uchun qo`llangan asbest buzib, ko`chirib olingan. Uning o`rnini ta`mirlash uchun 160 mln. dollar mablag` ajratilgan.Asbestni binokorlikda qo`llash maxsus qaror bilan taqiqlangan.Angliyada ham shunday tadbir o`tkazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |