Odam sog`lig`iga ta`sir etadigan faktorlar.
Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti (ВОЗ) ning ma`lumotiga ko`ra odam sog`lig`i shartli ravishda 100 foiz deb qabul qilinadigan bo`lsa, uning:
- 50 foizi - har bir odamning turmush tarziga;
- 20 foizi - atrof-muhitga, ya`ni yashash, o`qish, ishlash sharoitiga;
- 20 foizi – irsiyatga;
- 10 foizi – tibbiy xizmatga bog`liq.
Shundan ko`rinib turibdiki, odam sog`lig`ining 70 foizi turmush tarzi va atrof-muhitga bog`liq ekan. Demak, o`z sog`lig`ini mustahkam bo`lishini va uzoq umr ko`rishini istagan odam, ayniqsa ana shu ikkala omilga e`tiborini kuchaytirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |