Reja: Kelishiklar taraqqiyoti



Download 60,5 Kb.
bet2/4
Sana14.10.2022
Hajmi60,5 Kb.
#853090
1   2   3   4
Bog'liq
1405662092 56108

Tushum kelishigi. Eski o’zbek adabiy tilida tushum kelishigi –ni \\ n\\i'\\i variantlariga ega bo'lgan.
-ni'\\ni. Bu affiks o’zbek tili taraqqiyotining barcha davrlarida qo’llanib kelgan: Yolni' berkitayin, qamugni' qutqarayi'n (Rabg’.). Bu so’zni kizladilar (Taf.). Bu qo'shimcha «Boburnoma» asarida qaratqich ma'nosini bildirgan.
-n. Bu affiks varianti eski o’zbek tilida ancha faol qo’llangan. Lekin u III shaxs egalik qo’shimchasidan keyin qo’shilgan: Qi'li'ch birla bashi'n kesti (O'N), Ismailni'n yevin sordi' (Rabg’.).Tushum kelishigining bu qo’shimchasi she'riy asarlarda keng qo’llangan.
-i'\\i. Bu qo’shimcha I va II shaxs egalik qo’shimchalaridan keyin qo’shilgan: Adl qulagi'-la eshit hali'mi' (Muq.)- Aqli'mi' tomam aldi' tugmai giribanin (Furq.).
Tushum kelishigining belgisiz qo’llanishi ham eski o’zbek tili uchun xarakterlidir: Qoymag’umdur yetagin (Bobir). Ko’nul shakar bikin ag’zi'n ko’rup (Sakk.).
Tushum kelishigining qadimgi turkiy tilga xos bo’lgan –g’\g,-i'g’\ig\ug’\ug variantlari eski o’zbek tilida uchramaydi.
Jo’nalish kelishigi. Bu kelishik qo’shimchasi eski o’zbek tilida –qa\g’a\ka\ga, -a\-a’ va –na\n’a kabi variantlarga ega. Shu bilan birga, qadimgi turkiy tilga xos bo'lgan –g’aru\garu\qaru\karu –ra\ra’\ru\ru’ qo’shimchalari ham ayrim yodnomalarda uchraydi.
-g’a\ ga varianti unli va jarangli undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi,
-qa qo’shimchasi jarangsiz undoshlar va undoshlari bilan tugagan negizlarga qo’shiladi: Yeykim bari' she'r ahli'g’a sen xan yanli'g’ \\ She'rin bari' she’rlarga sultan yanli'g’ (Bobir).
XIV-XV asr yodgorliklarida bu tartib buzilgan, ya'ni, -g’a o’rnida -qa qo’shimchasi yoki aksincha qo’llanavergan: Ibrahimga I Ibrahimqa, avg’a\avqa, otg’a\otqa (Rabg’.).
-ka\ga. Til oldi unlilari qatnashgan negizlarga qo’shiladi. Eski o’zbek tilida qay hollarda -qa, qaysi hollarda -ga qo’shimchasining qo’shilishini aniqlash birmuncha qiyin, chunki arab yozuvida bu ikki variant ham (kof) harfi bilan yozilgan. Shunga qaramasdan, jarangli va sonor undoshlar va unlilardan so’ng -ga, jarangsiz undoshlardan so'ng -ka qo’shimchasining qo’llanganini fahm qilish mumkin: Ko’nglumge dard kelgali...(BN). Yelikka menin yashi'm yeti (SH.turk).
-o\a Bu affikslar undosh bilan tugagan so'zlarga qo’shiladi. Lekin uning qo’llanishi janrlar bo’yicha chegaralangan. Bu forma XI1-X1V asrlar she'riy asarlari hamda prozaik asarlarda qo’llangani holda, XV asr va undan keyingi davrlarda asosan she'riy asarlarda uchraydi:
Bashlari'ni' qashi'ma yetkurunuz (SHN). Kel, taqi' yurtuna yega bol (SH.tar.).
Ne uchun avval o’zuna ashna qildi'n meni (Atoiy). Ya rabb, ne ajab yari' jafakara yoluqtum\\Ko’zi-yu qashi’ jadu-vu makkara yoluqtum (Lutf.).
Qadimgi turkiy tilga oid bo’lgan –g’aru\garu\qaru\karu\ru\ru’ affikslari eski o’zbek tilida o’zining kelishik funksiyasini yo’qotgan. Ular keyinchalik eski o’zbek tilida ham ravish yasovchilarga aylanib ketgan.
Qadimgi turkiy tilga oid bo’lgan -ra\ra’ affiksi «Tafsir»da uchraydi: Ya Muhammad, tashra chi'q. Biroq bu affiks ham keyinchalik ravish yasovchiga o’tib ketgan: ichra (ichkari), asra (pastki,quyi).
Jo’nalish kelishigining belgisiz qo’llanishi ham eski o’zbek tili uchun xarakterli bo’lgan. Misollar: Senki ul yan azimat yetkundur (Nav.SS). Bir inisin yibarur boldi' Hisar (Sh.N).

Download 60,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish