2. Karbon kislotalarning nomlanishi va izomeriyasi.
3. Fizikaviy va kimyoviy xossalari
4. Olinish usullari.
5. Karbon kislotalarining ishlatilishi
Karbon kislotalar - molekulalarida uglevodorod radikali yoki vodorod atomi bilan birikkan bir yoki bir necha karboksil guruh bo’lgan organik moddalardir.
O -СООН yoki - С – ОН
Karboksil guruh deyilishini sababi
O O // // У - С - OН karboksil - С – va gidroksil -OН guruhlardan tashkil topgan.
Karbon kislotalar gomologik qatori
HCOOH – chumoli (metan) kislota
CH3COOH- sirka (etan) kislota
CH3-CH2-COOH-propion kislota
CH3-CH2-CH2-COOH-moy kislota
CH3-CH2-CH2-CH2-COOH-valerian kislota.
Karbon kislotalar molekulasidagi karboksil gruppaning soniga ko'ra bir asosli, ikki asosli va ko'p asosliga, radikalning tabiatiga ko'ra to'yingan, to'yinmagan va aromatik xillari farqlanadi.
Bir asosli to’yingan karbon kislotalarni alkanlarning bitta vodorod ini karboksil guruhga almashinishidan hosil bo’lgan moddalar deb qarash mumkin.Uning umumiy formulasi
СnН2n +1COOH
Bir asosli to’yingan karbon kislotalarni nomlashda ko’pincha ularning trivial “tarixiy” nomlaridan foydalaniladi.
Bu nom kislota qanday homashyodan olinganligini ko’rsatadi,masalan,chumoli kislota Н-СООН chumolidan,sirka kislota СН3СООН – sirkadan ajratib olingan..
Sistematikm nomenklaturaga ko’ra kislotalarning nomi tegishli uglevodorod nomiga kislota so’zini qo’shish bilan hosil qilinadi
.
.
To’yingan karbon kislotalarda uglerod skeletining va karboksil guruhning zanjirida turlicha joylashishidan kelib chiqadigan ikki xil izomeriya mavjud
Karbon kislotalarning quyi vakillari odatdagi sharoitda o'tkir hidli, suv bilan har qanday nisbatda aralashadigan, harakatchan suyuqlik.Yuqori molekulyar yog’ kislotalar hidsiz,suvda erimaydigan qattiq moddalar.Molekulyar og’irligi ortib borishi bilan qaynash harorati ham ortib boradi.
Kimyoviy xossalari Karbon kislotalarning gidroksil gruppasidagi vodorod atomi spirtlar molekulalaridagiga nisbatan ancha harakatchan. Shuning uchun suvda eriydigan karbon kislotalar vodorod ionlarini chiqaradi va lakmusni qizartiradi.
KIMYOVIY XOSSALARI
R-COOH=R-COO+H
Karbon kislotalarning metallar bilan reaksiyasi:
2R-COOH+2Na=2R-COONa+H2
Metall oksidlari bilan reaksiyasi:
2R-COOH+MgO=(R-COO)2Mg+H2O
Ishqorlar bilan reaksiyasi:
R-COOH+NaOH=R-COONa+H2O
Kuchsiz va uchuvchan kislotalarning tuzlari bilan reasiyaga kirishadi:
Karbon kislotalarning gidroksil guruh hisobiga namoyon qiladigan kimyoviy xususiyatlari
2CH3-COOH+Zn =Zn(CH3COO)2+H2
2HCOOH +K2CO3 =2HCOOK+H2O +CO2
CH3-COOH+CaCO3=Ca(CH3COO)2+H2O+CO2
Chumoli kislota
Tabiatda – chumolida, igna barglilarda.
Olinishi- CO+NaOH = HCOONa
HCOONa + H2SO4 = Na2SO4+HCOOH
Sirka kislota butan va asetilendan olinadi.
Chumoli kislota kumush ko’zgu reaksiyasini beradi.(NH3 eritmasida)
HCOOH+Ag2O = CO2 + 2Ag
CHUMOLI KISLOTA
H-COOH to’yingan bir asosli kislotalarning eng oddiy vakili .U birinchi marta qizil chumolidan ajratib olingan,shuningdek ko’pgina o’simliklar (qichitqi o’t, archa )qon va muskul tarkibida ham bo’ladi.
Chumoli kislota kuchli qaytaruvchi sifatida to’qimachilik sanoatida gazlamalarni bo’yashda,qo’llaniladi.Chumoli kislotadan oksalat kislota, etilformiat va xushbo’y moddalar (amilformiat) olinadi.
Ishlatilishi
Organik moddalar sintezida
Dezinfeksiyalovchi va konservalovchi
Tibbiyotda bod kasalligini davolashda
Dorilar olishda (aspirin)
Bo’yoqlar olishda
3-9% li eritmasi ta’m beruvchi sifatida ishlatiladi
XULOSA
Karbon kislotalar dori olishda ishlatiladi.Masalan aspirin u qonni suyulishiga yordam beradi.Shu dori tarkibini o’zgartirib qonni ko’paytiruvchi dori ishlab chiqarilishi kerak.Sababi asperin arzon va ta’mi ham achchiq emas.