Ilon chaqqanida jarohatlangan joyda qattiq og‘riq, juft yoki yakka jarohat izi, jarohatlangan joyning shishishi va teri rangining o‘zgarishi, nafas olishning buzilishi, holsizlik alomatlari bo‘lishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam: yaralangan joyni tezda (15-20 daqiqa davomida) og‘iz bilan so‘rib, undagi qonsimon to‘qima suyuqligini tashqariga chiqarib olish zarur (bunda tez-tez tupurib turishni unutmaslik shart. Aks holda, zahar ichga ketishi mumkin). Jarohatlangan joyni sovunlab yuvish, sovuq kompress qo‘yish; zaharning qon oraliq organizmga tarqalib ketmasligining oldini olish maqsadida, bemorni iloji boricha joyidan qimirlatmaslik, tezroq kasalxonaga olib borish zarur. Shuni aslo unutmaslik kerakki, ilon chaqqan joyni kesish, jgut bilan bog‘lash, bemorga spirtli ichimlik berish, ilon tishi tekkan sohaga kaliy permanganat (margansovka) qo‘yish, o‘sha joyni kuydirish qat’iyan man etiladi. Bu usullar nihoyatda zararlidir.
Chayon chaqishi azobli bo‘lsada-da o‘lim holatiga olib kelmaydi. Birinchi yordam – aynan ilon chaqqandagi kabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |