Reja jamiyat tushunchasi va uning strukturasi. Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi



Download 203,5 Kb.
bet31/36
Sana11.07.2022
Hajmi203,5 Kb.
#777891
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
6 мавзу

Interiorizatsiya mexanizmi. Yuqorida qayd etilganidek, faoliyat insonning dunyoga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatining universal, umumiy usulidir. Ammo inson qay tarzda ish ko‘rmasin, o‘z faoliyatida qaysi vazifalarni hal qilmasin, uning barcha elementlari: faoliyat predmeti, vositalari va jarayoni doim ramziy tabiatga ega bo‘ladi. Til, ya’ni so‘z eng universal ramz hisoblanadi. XIX asr oxirida tilga ijodning birinchi mahsuli deb tavsif berilgan. Verbal (og‘zaki) til va noverbal til (imo-ishoralar, kiyim-kechak va zeb-gardonlar, san’at va etiket tili) mavjud. Tilning bu ikkala turini ham biz bolalikdan o‘zlashtiramiz va inson o‘zgartirgan tabiat dunyosida, ijtimoiy munosabatlar dunyosida, madaniyat dunyosida til yordamida mo‘ljal olamiz.
Tilda uch element: ovoz, ma’no va obraz farqlanadi. Ma’noning moddiy ifodalovchilari sanalgan ovoz yoki grafik tasvir so‘zga xosdir. O‘zga ramzlar butunlay boshqacha moddiy ifodalovchilarga ega bo‘lishi mumkin (mehnat amali, imo-ishora, rasm-rusum, rassom asarining elementlari va sh.k.). Shunga qaramay, har qanday ramzlarning qolgan barcha elementlari umumiydir: moddiy ifodalovchi, ma’no va obraz shular jumlasidandir. Faoliyatning hissiy idrok etiladigan har qanday elementi moddiy ifodalovchi bo‘lishi mumkin. Masalan, so‘zda bu ovoz yoki grafik tasvir, lekin bunday ifodalovchi vazifasini imo-ishora, mehnat amali yoki boshqa har qanday shunga o‘xshash signal ham bajarishi mumkin.
Ma’noda insoniyatning o‘tmishdagi tajribasi mujassamlashadi. Har qanday ramz ma’nosi insoniyat uchun umumiy xususiyat kasb etadi, ayrim turdagi narsalar, aloqalar, munosabatlar yoki harakatlarning shartli, konvensional mustahkamlangan ifodasi hisoblanadi. Inson faoliyat jarayonida madaniy ramzlarning ma’nolarini anglab etar ekan, o‘zini qurshagan dunyoni boshqacha idrok eta boshlaydi, chunki unda har qanday hodisani uning so‘zdagi ifodasi bilan bog‘lashga ehtiyoj va qobiliyat yuzaga keladi. Ma’nolar inson ongida dunyoni aks ettiradi.
Obraz – narsa yoki hodisaning o‘ziga xos ma’nosi bo‘lib, u har qanday ramzning haqiqiy ma’nosidan ancha farq qilishi mumkin. Masalan, «tuz» so‘zi hamma uchun ayni bir ma’noni anglatadi – u barcha odamlar ovqatga qo‘shib iste’mol qiladigan moddani ifodalaydi. Ammo kimyogar, yozuvchi yoki oshpaz uchun «tuz» so‘zi butunlay boshqacha ma’no kasb etishi mumkin. Oshpaz tuzda ovqatga xushxo‘r bo‘lishi uchun solinadigan qo‘shilmani ko‘radi, kimyogar tuz deganda ionli tuzilish xos bo‘lgan kimyoviy birikmalar turkumini tushunadi va h.k. Xullas, har qanday so‘z ko‘plab ma’nolarga ega bo‘ladi. Obraz – haqiqiy ma’no va ayrim ma’noning shaxs manfaatlari va ehtiyojlari, uning tuyg‘ulari va mayllari mujassamlashgan o‘ziga xos sintezidir.
Inson faoliyati o‘z tabiatiga ko‘ra madaniydir, til ramzlari esa madaniyatning muhim boyligi hisoblanadi. Inson faoliyat jarayonida tashqi madaniy ramzni o‘zlashtirar ekan, nafaqat rang-barang mehnat qurollaridan foydalanishni, balki ularning boshqalar va o‘zi uchun ahamiyatini anglashni ham o‘rganadi. Madaniyat ramzlari psixologik vositalar hisoblanadi: inson mehnat qurollaridan ularning asl mazmuniga muvofiq foydalanish orqali tabiat dunyosini o‘zgartirishi mumkin. Ammo mehnat qurollari inson uchun muayyan ahamiyat kasb etadigan ramzlar ham sanalgani bois, odamzot ularning yordamida o‘z ruhiy funksiyalari – zehni, irodasi, tafakkurini ham boshqaradi. Ayni shu sababli insonning tabiiy iste’dodi aynan faoliyatda namoyon bo‘ladi, uning qobiliyatlari shakllanadi va ehtiyojlari qondiriladi.

Download 203,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish