Reja jamiyat tushunchasi va uning strukturasi. Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi



Download 203,5 Kb.
bet27/36
Sana11.07.2022
Hajmi203,5 Kb.
#777891
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
6 мавзу

Faoliyatning tuzilishi. Faoliyatning umumiy tuzilishi ehtiyojlar bilan belgilanadi Insonning ehtiyojlari uning faollik manbai hisoblanadi. Hayot ehtiyojlari (insonning jonli mavjudot sifatidagi ehtiyojlari), ijtimoiy ehtiyojlar (ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari, shuningdek shaxsning jamiyatga moslashuv ehtiyojlari) va ma’naviy (ma’rifiy, diniy, axloqiy, estetik va sh.k.) ehtiyojlar farqlanadi. Ehtiyojlarning rang-barangligi inson faoliyati turlarining rang-barangligini belgilaydi. Faoliyat turlarini tasniflash zamirida yotuvchi eng muhim omil u qaratilgan va faoliyat motivini tashkil etadigan predmetlar farqidir. Faoliyat motivsiz bo‘lmaydi, «motivlashtirilmagan» faoliyat sub’ektiv pinhona motivga ega bo‘ladi.
Harakatlar va amallar. Faoliyat harakatlardan tashkil topadi. Harakat alohida maqsadga, ya’ni erishilishi lozim bo‘lgan natija haqidagi tasavvurga bo‘ysunadigan jarayon sifatida tavsiflanadi. Maqsad inson ongida ehtiyoj va motiv bilan faoliyat ob’ektiv holatlarining nisbatlashuvi jarayonida yuzaga keladi. O‘z navbatida, holatlar maqsadga erishish yo‘llarini belgilaydi. Bular faoliyat shartlari bilan belgilanadigan amallar hisoblanadi. Shunday qilib, umuman faoliyat motiv bilan, harakat – maqsadlar bilan, amallar – shartlar bilan belgilanadi.
Faoliyatning atributlari. Inson faoliyati o‘ta rang-barangdir. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, faoliyat turlarini tasniflash uchun asos bo‘lib uning inson tomonidan o‘zgartiriladigan ob’ekt: tabiat, jamiyat, insonning o‘ziga qaratilganligi xizmat qiladi. Faoliyat atributlari (xossalari) faoliyatni motivlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini tavsiflaydi. Faoliyat atributlari orasida avvalo sub’ektlilik va moddiylik qayd etiladi.
Sub’ektlilik va moddiylik. Faoliyatning sub’ektliligi shu bilan izohlanadiki, u shaxsning o‘tmishdagi tajribasi, uning ehtiyojlari va mo‘ljallari, motivlari va maqsadlari, emotsiyalari va irodasini tavsiflovchi xususiyatlari, bilish qobiliyatlari va hokazolar bilan belgilanadi. Faoliyatning moddiyligi insondan tashqarida joylashgan va uning qo‘li bilan o‘zgartiriladigan tabiat va jamiyat kuchlariga qaratilganini anglatadi. Ammo insonning o‘zi, uning o‘z-o‘zini kamol toptirishi, o‘z-o‘zini tarbiyalashi va shaxs o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarga erishishga qaratilgan tegishli harakatlar ham o‘zgartirish faoliyatining predmeti bo‘lishi mumkin.

Download 203,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish