Erkin foydalanish (Open Access) – kitobxonlarga internet orqali bepul foydalanish, o‘qish, yuklab olish, nus’ha ko‘chirish, tarqatish va chop etish, qidirish, indekslash, ma’lumot sifatida uzatish, yoki qonun doirasida boshqa maqsadlarda moliyaviy va texnik to‘siqlarsiz muallifga iqtibos keltirgan xolda foydalanishdir. «Erkin foydalanish»dagi jurnallar doimo bepul bo‘lmasligi mumkin.
Ular muallif gonorarlarini to‘lash uchun, jurnalni o‘z vazifalarini bajarish uchun qo‘llash maqsadida narh ham o‘rnatishlari mumkin, lekin erkin foydalanishda bo‘lib, kitobxonlar, foydalanuvchilar uchun ochiqdir.
Analitik ma’lumot bazalarini yaratuvchi kompaniyalar – bunday tashkilotlar resurslarni qo‘llanilishi, u yoki bu manbaalarga murojatlar bo‘yicha, mualliflarga murojatlar, ularning iqtibosligi va boshqa shu kabi parametrlar bo‘yicha tahlillar olib boradi. Bunday analitik vositalar va ma’lumot bazalari bilim manbalari va axborot yaratuvchilarini baholashda muhim vosita hisoblanadi. Analitik ma’lumot bazalari va ular bilan ishlash borasida instrument yaratuvchilardan eng taniqli kompaniyalar bu Clarivate Analitics, Thomson Reuters va Scopus kabi kompaniyalardir.
Analitik ma’lumot bazalari (yoki analitik axborot tizimi) oddiy ilmiy axborot resurslari ma’lumot bazalaridan farqli o‘laroq manbalarning (jurnal, maqola, kitob va boshqalar) o‘zidan iqtiboslik borasidagi qimmatli analitik axborotni o‘z ichiga oladi, shuningdek, maxsus qidiruv tizimiga ega bo‘lib, impakt faktor, indeks Xirsha kriteriylari bo‘yicha muallif va tashkilotlar reytingini shakllantiradi.
h-Indeksi, yoki Xirsh indeksi
2005 yilda San-Diegoning Kaliforniya universiteti olimi amerikalik fizik Xorxe Xirsh tomonidan taqdim etilgan naukometrik ko‘rsatkich.
Xirsh indeksi olimning, olimlar guruhining, ilmiy tashkilotlarning yoki butun mamlakatda chop etilgan maqolalarning soni va bu maqolalarga bo‘lgan iqtiboslik ko‘rsatkichlarining sonli xarakteristikasi, ya’ni samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarda ochiq elektron resurslar mavjud. Ular ta’lim tizimi va boshqa sohalar rivojida ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Ochiq elektron resurslar taqdim etuvchi quyidagi tizimlarni keltirib o‘tamiz:
OPEN (Open Access Publishing in European Networks) - bu tizim turli fan sohalari bo‘yicha ya’ni, sotsiologiya, gumanitar fanlar, iqtisod, moliya, menejment, matematika, til, geografiya va boshqa sohalar bo‘yicha 1600dan ortiq elektron kitoblarning PDF formatlarini taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |