Tizimni amalda yaratilish bosqichida dasturchilar ishga tushib, tizimni dastur holatiga olib kelishadi. Bu bosqichda, ma’lumotlar bazasi amalda yaratiladi, dastur dasturlash tillarida yoziladi, ma’lumotlar bazasi to’ldiriladi va sinogvdan o’tkaziladi. Bu bosqichning natijasi funkstional dasturdir.
Tizimni amalda qo’llash bosqichi. Yaratilgan axborot tizimi ishga tushgandan keyin vaqt o’tgan sari uzgartirishlar kiritilishi muqarrardir. Bu bosqichda oldingi bosqichdagi ko’zga tashlanmagan xatolar to’g’rilanib tizim istalgan darajagna keltiriladi.
“Sharshara” modelida har bir bosqich tugagandan keyin ko’zdan kechiriladi va tekshiriladi. Agar biron-bir xato aniqlansa, keyingi bosqichga mutlaqo o’tmaydi, balki oldingi bosqich ko’rib chiqiladi.
An’anaviy tizimlarni yaratish uslubini quyidagicha tasavvur etish mumkin:
1-rasm. Axborot tizimini yaratishning “sharshara” modeli.
Do'stlaringiz bilan baham: |