Reja: Istiqlol davri o'zbek bolalar nasrining muhim tamoyillari


inayotgan yoki choʻmilayotgan paytda qoʻlga tushirilgan baliqpadarlar esa xavfli gʻalayonchi sifatida achigan zindonga tashlanadilar.”



Download 20,72 Kb.
bet8/8
Sana12.08.2021
Hajmi20,72 Kb.
#146178
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bolalar nasri

inayotgan yoki choʻmilayotgan paytda qoʻlga tushirilgan baliqpadarlar esa xavfli gʻalayonchi sifatida achigan zindonga tashlanadilar.”

Ilk mashqlarini maktabda – Oʻquvchilik partasida xabar va maqolalar yozishdan boshlagan Abdusaid Koʻchimovni maktabdoshlari “muxbir bola” deb atar edilar. Chunki uning lavha va xabarlari tez-tez gazetalarda chiqib turardi. U aʼlo oʻqish, jamoat ishlarida faol qatnashish bilan birga, adabiyotni jondildan sevar, “Oʻzbek xalq ertaklari”, “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli”, “Tohir va Zuhra”, “Uchar gilam”, “Gulliverning sayohatlari”, “Temur va uning komandasi”, “Shum bola” singari kitoblarni qoʻldan qoʻymay oʻqirdi. Adabiyotga boʻlgan muhabbat uni, oʻrta maktabni 1967-yili tamomlaganidan keyin, Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika institutiga yetaklab keldi. U 1968–1972-yillarda mazkur institutning (hozirgi universitet) oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil oldi.

Institutda oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari bilan yanada chuqurroq tanishdi. Ulkan adiblar ijodi unga mahorat maktabi vazifasini oʻtadi. Bu yozuvchilardan haqqoniy qiyofa yaratish, jonli xarakter chizish, qiziqarli badiiy usullar bilan bolalarni katta hayot ichiga olib kirish yoʻllarini oʻrgandi. Soʻzning sehrli kuchini his qildi. Ehtimol, ushbu hodisalar boʻlajak shoir va adibning tuygʻulariga yanayam kuchliroq gʻulgʻula solgandir.

Abdusaid Koʻchimovning mehnat faoliyati 1972-yilda “Oʻqituvchi” nashriyotida musahhihlikdan boshlandi. Ushbu nashriyotda olti oy ishlaganidan keyin, bolalarning respublika gazetasi “Tong yulduzi”ga adabiy xodim boʻlib ishga oʻtdi va 1984 yilgacha ana shu gazetada boʻlim mudiri, masʼul kotib vazifalarida mehnat qildi. Gazetachilik ishi Abdusaid Koʻchimov qalamini charxlab, adabiy ishga yoʻllabgina qolmadi, balki keng hayot ichiga olib kirdi, bolalar dunyosi, ruhiy olami bilan doʻstlashtirdi. Hayotiy kuzatishlar yangi mavzu, yangi material berdi. Bu yillar ijodkorning tarjimayi holida hayotni oʻrganish, anglash, tushunish va adabiyot sirlarini egallash davri boʻlib qoldi, deyish mumkin. Gazetachilik ishi yuzasidan tez-tez safarlarga chiqqan qalamkash respublika shahar va qishloqlarini kezdi, yirik qurilishlarda, maktablarda boʻldi. Oʻzining boʻlajak qahramonlari bilan yaqindan tanishdi. Shu tariqa uning asarlarida odobli, aʼlochi, mehnatkash, tirishqoq va ayni paytda, oʻjar va shoʻx bolalarning xilma-xil qiyofalari paydo boʻldi. Ana shunday asarlardan biri “Mening Oʻzbekistonim” dostonidir. Doston bolalar adabiyotidagi tipik usullardan biri – sayohat janrida yozilgan. Dostonda mamlakatda sodir boʻlayotgan voqea va hodisalar Bobo bilan Nabiraning xayolan qilgan sayohati vositasida juda qiziqarli hikoya qilinadi. Bu doston 1979-yilda alohida kitob – albom shaklida nashr etildi.

Tinimsiz izlanishlar, hayotdan va ustozlar ijodidan oʻqib oʻrganishlar Abdusaidga ijodda oʻz ovozi, oʻz yoʻlini topib olishga imkon yaratdi. Shoirning uchinchi kitobi – “Toshburgut” (1981 yil) Abdusaid Koʻchimovning maʼlum kamolotga yetganiga dalolatnoma boʻldi, deyish mumkin.

Toshburgut” toʻplami bilan tanishar ekansiz, shoirning har doim bugungi kichik kitobxonning nafis didiga mos sheʼrlar yozishga intilayotganiga guvoh boʻlasiz. Shu bois uning kichkintoylar bilan muloqoti samimiy dildan kechadi.



Maqtanchoqlar”, “Mish-mishvoy”, “Inoqlar”, “Yolgʻonchi-sayohatchi”, “Jazo”, “Suflor” sheʼrlarida yuksak yumor bilan birga bolalarda uchraydigan sodda mugʻambirlik, maqtanchoqlik, oʻyinqaroqlik ajoyib mahorat bilan tasvirlanadi. “Suflor” asari ana shu jihatdan eʼtiborli.

Sheʼr bir sinfdagi oddiy va hayotiy voqea zaminiga qurilgan. Bayram arafasida bolalar sinfda pesa qoʻymoqchi boʻladilar. Rollar taqsimlanadi. Birov ot, birov chol, yana birov quyon. Barcha rollar taqsimlab boʻlingach, oʻqituvchi:

Sahnada oʻz soʻzidan

Adashgudek boʻlsa kim,

Unga parda ortidan

Xolis yordam beruvchi,

Bilmay qolgan soʻzini

Sekin aytib turuvchi,

Suflor kerak, –

deb qoladi. Muallimning gapini eshitgan bolalar yoppasiga Hakim degan bolaga qaraydilar.

Negaki, oldingi partada oʻtiradigan Hakimjon doskaga chiqib adashib qolganlarga doimo beminnat yordam koʻrsatar, pichirlab adashganlarga aytib turar edi…
Download 20,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish