Reja: Istiqlol davri adabiy jarayoni haqida umumiy tushuncha


-Mavzu: Istiqlol davri tanqidcniligining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 383,11 Kb.
bet17/19
Sana12.07.2022
Hajmi383,11 Kb.
#784189
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
2 5474601469963408604

14-Mavzu: Istiqlol davri tanqidcniligining o‘ziga xos xususiyatlari.
REJA:
1. Bugungi kun adabiy tanqidchiligida sodir bo'layotgan tub o'zgarishlar.
2. O'zbek adabiy tanqidchiligida mahorat masalasi.
Z. She'riyatning nazariy va shoir mahorati masalasiga bag'ishlangan tadqiqotlar. 4.O'zbek dramaturgiyasi tarixi va buguni xususidagi tadqiqotlar.
5. Yozuvchining tansid bobidagi mahorati.
Istiqlol va u bergan imkoniyat har bir jabhada o'zgacha yondashishni taqazo qildi. Bu tabiiy hol. Chunki mustaqillik tufayli tuzum o'zgardi. Tuzumning o'zgarishi tafakkurning o'zgarishi bilan bogliqdir. Yangicha tafakkur tufayli adabiyotshunoslik va adabiy tanqid tubdan o'zgardi. Xo'sh, bu nimada ko'rinadi? Birinchidan, asarni baщolash, unga yendashish mezoni o'zgardi. Ya'ni sosialistik realizmning dogmatik prinsiplari hayotni revolyusion taraqqiyotda qo'rsatish, sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik ideal, davr olib borgan mafkura, siyosat o'rniga tarixiy щaqiqat, o'zbekona milliy xususiyat, insonga sinfiy nuqtai nazardan emas, inson nuqtai nazardan yondashila boshlandi. Demak, metodologiya uzgardi. Ikkinchidan, o'z davrida chin щaqiqatni to'la ravishda aks ettirgani uchun qoralangan asarlar va ularning mualliflari o'zining to'g'ri baщosini olib, mazkur asarlar istiqlolni mustaщkamlash va uning moщiytini anglatishdagi roli inkishof qilina boshlandi. Uchinchidan, asarlar totalitar tuzum paytidagidek mavzusi, qaщramoni, KPSS syezdlarida ilgari surilgan g'oyalar aks etgan, etmaganligi nuqtai nazaridan emas, estetik nuqtai nazardan, ya'ni asar zamiridagi go'zallikni kashf etish, inson tuygulari va rumiyatini ochib berish jimatidan taщlil qilish. To'rtinchidan, sosializm davrida yaratilgan asarlarni yangicha tafakkur nuqtai nazardan tahlil qilish.
«Tanqid» so'z sifatida ham yoqimli emas. U juda sovuq eshitiladi. Avvalo, shundan bo'lsa kerak, tanqid xech kimga yoqmaydi. Birorta odam astoydil:»meni tanqid qiling» demasa kerak. Eng to'g'ri tanqid xam dilni og'ritadi.Kayfiyatin xira qiladi.Xar bir yozuvchi, shoir esa uzini jamiyatning yeng peshqAdam odami sanaydi. Ular o'ziga xos g'urur.kibr Bilan yashaydi. Kupchilik kishilar yozuvchi, shoirin o'zlariga ibrat namunasi deb biladilar. Tabiyki, bunday mAqomdagi odamlar tanqidni xushnudlik Bilan qabul qilisholmaydi. Asari xaqidagi zarradas tanqidiy fikr xam mjodkorga nashtarday qotadi. Chunki unga xar bir asari xudi vujudining bir bo'lagiday, farzaididay ko'rinadi. Ammo o'quvchilvrga taqdim qilingan asar adabiyotning mulkisanaladi. Bu mulk odamlarning didiga, fikriga ziyon yetkazmasligi shart. Adabiy tanqidchilik esa elning adabiy saviyasi uchun o'ziga xos ximoyachi sanaladi. Shuning uchun u bazi ijodkorlarning diliniog'ritadi. Ayrimlarini esa elga tanilishiga sababchi bo'ladi .Adabiy tanqidchilikning madaniy jamiyatdagi o'rni, vazifasi Ayni shu Bilan belgilanadi
Keyingi davr adabiy tanqidchiligi tilga olingan yangiliklardan tashqari, u faqat adabiyotshunoslik bilan cheklanmay, tarixshunoslik, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik unsurlarini o'ziga singdirdi. Xususan, Fitrat, Cho'lpon, Usmon Nosirlar ijodi xususida yaratilgan tadqiqotlarda shu hol ko'rinadi. Umuman, keyingi yillar tadqiqotlarida shunday yondashish yetakchilik qilyapti.
Fitrat ijodini to'lii; tadqiq etishga 80-yillarning yarmi, aniqrog'i, 1987 yildan kirishildi. Bu davr fitratshunoslikda yangi bosqich щisoblanadi. I.Sulton, O.Sharafiddinov, E.Karimov, B.qosimov, B.Nazarov, N.Karimov, U.Normatov, AAliyev, N.Vladimirovna, Sh.Turdiyev, S.Mirvaliyev, B.Do'stqorayev, H.Boltaboyev, I.Ganiyev va boshqalarning tadqiqotlarini bu borada yozilgan salmoqli ishlar sifatida ko'rsatish mumkin. Bu yangi davrda tadqiqotlar asosan uch yo'nalishda olib borildi:

  1. Fitratning tarjimai holini tiklash;

  2. asarlarini nashr ettirish va dastlabki tadqiqotlarni amalga oshirish;

v)uning ijodini muayyan masalalar yuzasidan o'rganish. Cho'lpon, Usmon Nosirlar ijodiga yendashish ham shu tariqadir.
Ma'lumki, yozuvchi-tansidchi ma3oratining o'ziga xos ilmiy-nazariy masalalarini o'rganish ja3on adabiy tanqidchiligi va adabiyotshunoslik ilmida doimo nuPim o'rin tutib kelgan. Chunki Dunyodagi mash3ur yozuvchilar badiiy ijod bilan birga adabiyotshunoslik va tansidchilik ilmining nazariy 3amda amaliy masalalari bilan 3am muntazam shu%ullanishgan.
O'zbek tansidchiligi tarixiga nazar solsak, Navoiy, Bobur, Fursat, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Massud Shayxzoda, Mirtemir kabi mash3ur so'z san'atkorlari 3am badiiy ijod jarayonining o'ziga xos ji3atlari 3amda adabiy - tansidiy fikrlar bayon etib risolalar va ko'lab ilmiy tansidiy masolalar yozganlar. Yozuvchi- tansidchi ma3orati xususida turli xil ilmiy nazariy fikrlar bor. Yozuvchi tansidchiligi badiiy ijod, adabiy 3ayot mu3it muammolarini asosan publisistik talsin etib, barcha ikir- chikirlarni o'z ichiga samrab oladi, Yozuvchi tansidchiligini keng ko'lamda rivojlantirish zarurki, bu badiiy ijodning ravnasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Adabiy tanqid Istiqlol davri adabiyoti bilan hamnafaslikda shiddat bilan rivojlanib borayotganligini yaratilayotgan ilmiy risolalar, adabiy tanqidiy maqolalar, adabiy portretlar va tadqiqotlar orqali ko'rishimiz mumkin. Hozirgi o'zbek she'riyati, nasri va dramaturgiyasining taraqqiyot tendensiyalari, yetakchi tamoyillari qator o'zbek munaqqidlari tomonidan har tomonlama chuqur o'rganilayotganligini U.Normatov, B.Nazarov, N.Xudoyberganov, A.Rasulov, Q.Yo'ldoshev singari olimlarning yaratgan qator risolalari orqali kuzatamiz.
Ustoz munaqqidlardan O.Sharafuddinovning «Ijodni anglash baxti» (2004), «Dovondagi o'ylar» (2004) kabi risolalari; professor U.Normatovning «Qodiriy bog'i» (1994), «Qahhorni anglash mashaqqati» (2000), «Umidbaxsh tamoyillar» (2001), professor A.Rasulovning «Tanqid, talqin, baholash» (2006), «Ilmu g'aribani qo'msab» (1998), «Iste'dod va e'tiqod» (2000); professor B.Sarimsoqovning «Badiiylik asoslari va mezonlari» (2004); I.Haqqulovning «Badiiy so'z shukuhi», «Zanjirband Sher qoshida», «She'riyat ruhiy munosabat», «Tasavvuf va she'riyat»), «Abadiyat farzandlari», «Irfon va idrok», «Tasavvuf saboqlari», «Ahmad Yassaviy», «Kim nimaga tayanadi» (2006) kabi qator ilmiy risolalari mustaqillik davrida yaratildi. Adabiyotshunos olimlar N.Rahimjonov, B.Karimov, I.Mirzayev, S.Sodiqov, A.Ulug'ov ham Istiqlol davri adabiyotining dolzarb muammolarini o'rganuvchi ilmiy tadqiqot ishlari, monografiya, adabiy tanqidiy maqolalari bilan hozirgi o'zbek tanqidchiligi ravnaqiga hissa qo'shib kelayotirlar. Xususan, adabiyotshunos I.G'aniyev «Fitrat va fitratshunoslik» masalalarini o'rganib, bu sohada sezilarli natijalarga erishayotgan bo'lsa, olim D.Quronov Cho'lponning poetik maHoratini o'rganuvchi fundamental tadqiqotlarini yaratdi; I.Mirzayev «Hozirgi o'zbek prozasida yangi badiiy tafakkur va taraqqiyot tamoyillari» (1991); A.Rahimov «O'zbek romani poetikasi» (1993); H.Boltaboyev «XX asr boshlari o'zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy merosi» (1996); S.Sodiqov «Abdulla Qahhor ijodi va adabiy tanqid» (1997); B.Yo'ldoshev «O'zbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidchiligida uslub va mahorat muammolari» (2000); B.Karimov «XX asr o'zbek adabiyotshunosligida talqin muammosi» (2002) kabi yirik tadqiqot ishlarini yaratdilar.
Hozirgi adabiy tanqid diqqat markazida yozuvchi shaxsi va ijodkorning burchi masalalari tahlil qilinmoqda. Respublika matbuotida E.Vohidov, A.Oripov, H.Do'stmuhammad, P.Qodirov, Nazar Eshonqul, Bahrom Ro'zimuhammad, Islom Hamro kabi ijodkorlar Istiqlol davri adabiyoti tevaragidagi baxslarda ishtirok etib, o'z mulohazalarini bildirganliklari quvonarli holdir. «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi sahifalarida muntazam ravishda yoshlar she'riyati, nasri muammolari, hozirgi o'zbek hikoya va qissalariga xos uslubiy yo'nalishlar to'g'risida «Davra suhbatlari» o'tkazildiki, bunday baxslar jarayonida Istiqlol davri adabiyoti muammolari u yoki bu darajada tahlil qilindi, xulosalar chiqarildi.
Professor U.Normatov tomonidan yaratilgan «Umidbaxsh tamoyillar» nomli ilmiy va adabiy tanqidiy risolada o'zbek nasriga xos o'sish-o'zgarishlar chuqur tahlil qilingan. Zotan, mustaqillikka erishilgandan keyingi barcha sohalardagi kabi badiiy ijoddagi izlanishlar natijalari istiqlol talablariga muvofiq haqqoniy yoritilmasa, taraqqiyotning butun dunyo andozalariga mos, bozor iqtisodiyotiga asoslangan xuquqiy demokratik jamiyat qurish tomon yo'li, maqsadlari besamar bo'lishi mumkin. Shu bois, Xurshid Do'stmuhammad adabiy jamoatchilik diqqatini ijodkor shaxsiga, uning bugungi jamiyatimizda tutgan o'rniga, mavqyeiga qaratganligi bejiz emas.1
Islom Hamro esa zamonamiz qahramonlari obrazlari publisistik asarlarda, ocherklarda haqqoniy, hayotiy bo'lishi, «soxta pafoslarga o'ralmay» tirik insonlarday tasvirlanishi, ularning ichki dunyosi, ruhiyati teran badiiy tahlildan o'tkazilishi zarurligini o'rinli ta'kidlagan edi.
Yaxshi bilamizki, adabiy tanqidning taqriz, adabiy sharh, adabiy biografik ocherk, adabiy portret, badia, muammoli maqola singari janrlari mavjud. Ayni chog'da, tanqidda qadimdan uchta uslubiy yo'nalish bo'lgan: falsafiy, ilmiy publisistik va shoirona. Bugungi kunda ana shu barcha uslubiy yo'nalishlar o'zbek tanqidchiligi tevaragida adabiy jarayonning muhim muammolarini tahlil va talqin qilishga yo'naltirilganligi bilan diqqatga sazovor.
Taniqli tanqidchi, f.f.d., professor Norboy Hudoyberganov mustaqillik davri o'zbek adabiyoti, xususan, tanqidchiligi taraqqiyoti bilan bog'liq muammolarni tahlil qilib: «Tanqidchi hech qachon yozuvchi va badiiy ijod saviyasini oshirishga qodir emas, bunday vazifani bajarishga safarbar etilmaydi, faqat ta'sir ko'rsatishi mumkin», - degan fikrni ilgari surib, mustaqillik davri o'zbek tanqidchiligining adabiy jarayonga, badiiy ijod ravnaqiga ta'siri sezilarli darajada emasligini kuyunib yozadi. Bugungi adabiy tanqid «har yili bir necha yuzlab emas, minglab she'rlaru dostonlar, hikoyalar, qissalar, hatto romanlarni do'ndirib, ularning aksariyatini ham poytaxtdagi ham viloyatlardagi nashriyotlarda; shuningdek, hozir respublikamizda chiqayotgan sakkiz yuzga yaqin gazetalar, jurnallarda chop etiyotgani-yu, pirovardida bu boradagi sifatni emas, faqat sonu miqdorni rivojlantirayotgani...» kabi salbiy holatga ta'sir ko'rsata olayaptimi? - degan haqli savolni ko'ndalang qo'yib, bu borada jiddiy mulohaza yuritish vaqti allaqachon yetganligini to'g'ri ta'kidlaydi2.
Shunga qaramay, adabiy tanqid adabiy jarayon muammolarin baholi qudrat tadqiqu tahlil qilishga intilib kelayotganligini O'zAS gazetasining 2005 yil may sonidagi, «Jahon adabiyoti» jurnali sahifalarida 2005-2006 yillarda bo'lib o'tgan baxs- munozaralar misolida kuzatish mumkin.
Hozirgi o'zbek nasri bilan bog'liq muammolarni tahlil qilib munaqqid U.Normatov quyidagi qarashlarini bayon qildi: «Hozirgi nasrimiz rivoji bilan bog'liq munozarali masalalar ko'p. Ayniqsa, nasrdagi an'anaviylik va modernizm muammosi qizg'in tortishuvlarga asos bo'lmoqda. So'nggi yillarda prozaga bag'ishlangan birorta muhokama, davra suhbatlarida bu mavzu chetlab o'tilganini bilmayman... Shunisi quvonarliki, bu bahs-munozaralarda mustabid tuzum davrida bo'lgani kabi masalaga g'oyaviy-siyosiy tus berish hollari yo'q endi! Badiiy asar qimmati qaysi yo'nalish - an'anaviy yoki modernizm shaklida yaratilganida emas, balki u chinakam san'at namunasi darajasiga ko'tarilgan yoki ko'tarilmaganligi bilan belgilanadi... an'anaviy realizm imkoniyatlari hali tugagan emas, qolaversa, realizm hududlari cheksiz, uning bag'ri jamiki yangiliklarga, dadil izlanishlarga keng ochiq»2.
Yuqoridagi fikrlardan ma'lum bo'layotirki, istiqlol davri o'zbek tanqidchiligida badiiy asarlarning san'at asari sifatidagi qadr-qimmatini yuksaltirish; ijodkorlarning bu boradagi mas'uliyatlarini oshirish; realizm bag'rida unib o'sayotgan yangi yo'nalishdagi uslubiy izlanishlarni haqqoniy tahlilu tadqiq qilib qo'llab quvvatlash; o'zbek she'riyati va nasriga xos yangilanish jarayonlarini tahlil qilib, yaratilayotgan asarlarning fazilatlari bilan bir qatorda kamchiliklarini ham yoritish tendensiyasi yetakchilik qilmoqda1. Ayni chog'da o'zbek munaqqidlari yosh iste'dodlarni asrab- avaylash, uslubining takomillashuviga ta'sir ko'rsatayotgan ijobiy va salbiy holatlarni ham haqqoniy va asosli tarzda ochib berayotirlarki, bu ham Istiqlol davri adabiyoti va butun o'zbek adabiyoti ravnaqiga o'z ta'sirini o'tkazmoqda.
Bir necha yillar muqaddam mashhur adibimiz Shukur Xolmirzayev “Adabiyot o'ladimi?”deb bong urib chiqqan edi.Adabiyot-ku mustaqillik yillarida ham to'xtab qolgani yo'q ,lekin tanqidchilikning ovozi yetarli darajada eshitilmay qolgani aniq.Shukur Xolmirzayev o'zbek tanqidchiligining taniqli namoyondalari to'g'risida,mana nima deydi:”...Ozod aka Sharafiddinov batamom publisist bo'lib oldilar.Domla Qo'shjonov anchayin havaskor yozuvchining ham boshini silayaptilar, xolos.Umarali aka shoirona ehtiroslarga beriladigan bo'p qoldilar.Norboy aka, umuman,safdan chiqib ketdi.Ibroxim G'ofurov boshqa yo'lda ijod qilyapti.Qozoqboy Yo'ldoshev zo'r-u,ba'zan uning shaxsiy “men”i “shunos ”ligini bosib ketadi...”Biz uzoq yillar adabiy tanqid yo'lida tishov bo'lib kelgan mafkuraviy-siyosiy tazyiqlar,yagona hukmron markscha-lelincha metadologik yo'l-yo'riq,sinfiy-partiyaviy yondashish andozalaridan xalos bo'ldik;adabiy hodisalarni umumbashariy badiiy- estetik mezonlar asosida xilma-xil talqin etish imkoniyatlari paydo bo'ldi.
O'tgan asrning 90-yillari davomida faol fidoyi munaqqidlarimiz uchun Istiqlol davri adabiyotidan ko'ra yangi o'zbek adabiyotining mustabid adabiy siyosat tufayli toptalgan tarixini tiklash,qayta baholash,qatog'on qilingan adiblar merosini xalqqa qaytarish muhimroq va zarurroq bo'lib qoldi.chunonchi,Cho'lpon sheriyatini,nasri,hayoti,Fitrat dramaturgiyasi,adabiy-tanqidiy merosi,Qodiriyning hayot va ijod yo'li bo'yicha salmoqli tadqiqotlar yaratildi.Etibor berilsa,qizg'in bahs- munozaralar yangi zamonaviy asarlar ustida emas,ko'proq “Boy ila xizmatchi”,”Qutlug'qon”,”Zaynab va Omon”, ”Muqanna”, ”Ko'kan”, ”Sarob”, “O'g'ri”, ”Sinchalak”, ”Alisher Navoiy”,”Mirzo Ulug'bek” kabi mumtoz asarlar Qodiriy, Hamza, G'.G'ulom, A.Qahhor, H.Olimjon hayoti,ijodiy merosi talqini ustida ketdi. Qizg'in tortishuvlar jarayonida qator muommolarga oydinlik kiritildi.Bu yo'nalishdagi bahs-munozaralar hamon davom etyapti.
Qayta qurish,oshkoralik yillari,xususan,istiqlol davriga kelib tarixiy- inqilobiy,fuqorolar urushi mavzularida hukmron mafkura ruhida yozilgan deyarli barcha asarlarning chuvi chiqib qoldi:bir vaqtlar “yangi sovet kishisi”timsoli-ibrat namunasi deb ko'klarga ko'tarilgan”ijobiy qahramonlar”ham birdaniga “qahramon”ligini,”ibrat” kuchini yo'qotdi.Ayni o'sha xx-asr 80-yillarining o'rtalarida paydo bo'la boshlagan “Lolazor”kabi romanlarda,”Qora kamar”dramasida,”Maymun yetaklagan odam”singari hikoyalarda sho'ro davri tarixining,yaqin kechmishning tubdan yangicha talqini boshlandi,”kommunistik ideallar” yo'liga jonini tikkan fidoyi shaxslarning kinoyaviy-fojiaviy obrazlari yaratildi.
90-yillarga o'tib”Tushda kechgan umrlar”(O'.Hoshimov),”Olabo'ji”(Shukur Xolmirzayev),”Otamdan qolgan dalalar”(Tog'ay Murod),”Ming bir qiyofa ”,”Ko'zgu oldidagi odam”,”Tepalikdagi odam”(O.Muxtor), ”Istilo”,”Tobut”,”Qora kitob”(N.Eshonqul)kabi hikoya,qissa,romanlarda esa “yorqin kelajak “yo'lida behuda,ma'nisiz o'tgan umrlar,adashgan odamlar qismati butun ziddiyati,fojealari bilan ochib berildi.Ularda hatto xx asr jahon modern adabiyotidagi muhim bir oqim- modern adabiyotiga xos absurd tuyg'usi,g'oyasi ko'zga tashlandi,lekin bu xil asarlarning tanqidchilikdagi talqini mutlaqo qanoatlantirmaydi.Bu xil asarlar haqida yozilmadi emas,yozildi,yozilmoqda.Hatto maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borildi, dissertasiyalar himoya qilindi.Biroq ularda bu asarlarning chinakam badiiyati,yangiligi jahon adabiyoti kontekstida yetarli ilmiy kashf etib berilgani yo'q.Bu yo'ldagi ba'zi urinishlar,chunonchi,milliy nasrimizdagi jahon modern,jumladan,absurd adabiyoti bilan ayrim mushtarakliklar borligi xususidagi mulohazalar ba'zi hamkasblarimizning keskin e'tiroziga uchradi.Chunonchi,munaqqid A.Rasulov: “Biz o'z adabiyotimiz namunalarini osongina G'arb absurd adabiyoti xirmoniga qo'shib qo'ymayapmizmi?”- deya ajablanadi va buni “xavfli bir holat”deb ataydi.Professor B.Sarimsoqov esa o'zbek adabiyotida absurd tuyg'usi,g'oyasini ifodalaydigan asar yaratilmaganini aytish bilan kifoyalanmay,umuman,absurd adabiyoti sha'niga jiddiy aybnomalar qo'yadi.Uningcha,”absurd asar ma'naviy -axloqiy konsepsiyasiz,muayyan g'oya tashimaydigan ,hayotga loqayd va ma'nisiz munosabatni ifodalaydi”.
Yaxshiyamki,zamon o'zgacha,Sho'ro davrida bunaqa “xavfli holat”ga moyillik bildirgan munaqqidgina emas,absurd yo'lida “ma'naviy-axloqiy konsepsiyasiz ”asar yaratgan yozuvchining ham sho'ri qurigan,quritilgan bo'lardi.Xolis ilmiy tahlil,baho o'rniga shu tarzdagi vahima,dag'dag'alar qilishdan qachon qutilar ekanmiz?!Milliy adabiyotimizda”G'arb absurd adabiyoti xirmoniga ”qo'shishga loyiq,aniqrog'i,G'arb adabiyoti bilan mushtarak jihatlari bor asarlar yaratilayotgan bo'lsa,buning nimasi xavfli!
Asrlardan qolib kelayotgan haqiqat shuki,haqiqiy adabiyot xalqni o'z ortidan ergashtirishi,uning saviyasini ko'tarishi kerak,nainki ommaning didiga moslashishi!Bizda esa hozir teskari jarayon ketyapti:kshpchilik shoir va yozuvchilarimiz o'quvchilar darajasiga tushib,g'oyaviy-badiiy jihatdan sayoz va bo'sh asarlar yaratmoqdalar.O'tish davrining qiyinchiliklari tufayli bizda keyingi yillarda kitobxonlik darajasi bir qadar susayib shunga muvofiq ravishda o'quvchilarning saviyasi tushib,didi o'tmaslashib qolganligi sir emas.Qolaversa,chinakam adabiyot chuchun hech qachon omma talabi va didi mezon bo'lgan emas.Ommaning maishiy mavzudagi,sarguzasht xarakteridagi yengil-yelpi asarlarga moyilligidan kelib chiqib,kitob bozorini shu xildagi asarlar bilan to'ldirish emas,balki uning e'tiborini
jiddiy adabiyot tomon yo'naltirish chora tadbirlarini ko'rish kerak.Shunday qilinganida,yengil-yelpi asarlar bunchalik bolalab ketmas edi.Achinarlisi
shundaki,adabiyotimizning qiyofasini belgilab turgan ba'zi zabardast ijodkorlarimiz ham bunday holga befarq qaramoqdalar.
“Xalqni ortidan ergashtiradigan”, uning saviyasini ko'taradigan noyob san'at durdonalari hamma davrlarda nisbatan oz yaratilgan. Saviyasi past, zaif asarlar hamma davrlarda, hatto milliy adabiyot rivojining “oltin” va” kumush” bosqichlarida ham mo'l-ko'l bo'lgan. Bugun “yengil-yelpi asarlar”nihoyatda bolalab ketayotgani rost. Ayni paytda, Zulfiyaning “Xotiram siniqlari”, Said Ahmadning “Qorako'z majnun”, “Oftob oyim”, O.Yoqubovning “Qaydasan Moriko”, O'tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”, Tog'ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, Sh.Xolmirzayevning “Dinozavr”, “Ozodlik”, Erkin A'zamning “Shoirning to'yi”, N.Eshonqulning “Shamolni tutib bo'lmaydi”, X.Do'stmuhammadning “Bozor”, Sh.Bo'tayevning “Qo'rg'onlangan oy”, U.Hamdamning “Muvozanat”, “Isyon va itoat” singari badiiy yetuk, chin san'at namunasi deyishga loyiq asarlarining dunyo yuzini ko'rgani ham haqiqat! Bu ro'yxatni yana davom ettiraverish mumkin. Ayniqsa,bugungi yangilangan, yangilanayotgan milliy she'riyatimiz, dadil aytish mumkinki, zamonaviy jahon poetik tafakkuri bilan bemalol bo'ylasha oladigan she'riyatdir.
NAZORAT SAVOLLARI;

  1. Istiqlol adabiy tanqidchilikka qanday imkoniyatlar berdi va yaratdi?

  2. Butungi kun adabiy tanqidchiligidagi yangaliklar nimalardan iborat?

Z. Bugungi kun adabiy tanqidchiligi badiiy asarlarga qanday yondashishni taqazo qiladi?
4. qatag'onga uchragan ijodkorlar ijodi qanday o'rganildi va o'rganilyapti?
5. Bugungi kun adabiy tanqidchiligining o'tmishga va tarixga munosabati qanday?
TAYANCH IBORALAR:
1. Genetik yondashish - badiiy asarning yuzaga kelish jarayoni, variantlari, asarning yozilishiga turtki bo'lgan sabab, aynan yexud bu badiiy shaklga solinganining boisi singari molatlar yoritilishiga e'tibor ko'proq qaratiladi.
2. Tipologik yondashish - tamlil qilinayotgan asar muallifi bilan o'zga adiblar orasidagi ijodiy vorislik, mazkur adib ijodiga ta'sir ko'rsatgan yozuvchilar ijodidagi tipologik umumiylikka diqqatni qaratish.
Z.Funksion tamlil - o'rganilayotgan badiiy asar yaratilgan davr kishilar ongiga qanday ta'sir ko'rsatdi, badiiy tafakkurda qanday yangilik yuz berdi kabi masalalarga e'tiborning kuchayishi.
ADABIYOTLAR;
1. T.Boboyev . She'r ilmi ta'limi. T., 1996 y.
2. N.Karimov. Cho'lpon. T., 1992 y.

  1. Z. U.Normatov. Abdulla Qodiriy bog'i. T., 1995 y.

  2. A.Rasulov. Tanqidchilik ufqlari. T., 1985 y.

  3. A.Rasulov. Ilmi g'aribani qo'msab. T., 1998 y.

  4. O.Sharafiddinov. Cho'lpon. T., 1991 y.

  5. Cho'lpon. Adabiyot nadur? T.', 1994 y.

  6. D.Quronov. Cho'lpon hayoti va ijodiy merosi. T., 1997 y.

  7. E.M.Qo'shjonov. O'zbekning o'zligi. T.. 1994 y.

  8. A.Hojiahmedov. She'riy san'atlar va mumtoz qofiya. T., 1998 y.

  9. A.Hojiahmedov. Mumtoz badiiyat malohati. T., 1999 y.

  10. A.Hojiahmedov. She'riy an'analarni bilasizmi?. T., 1999 y.


Download 383,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish