Reja: Istiqlol davri adabiy jarayoni haqida umumiy tushuncha


-Mavzu: T.Murod romanlarida ijtimoiy davr va shaxs fojiasi tasviri



Download 383,11 Kb.
bet12/19
Sana12.07.2022
Hajmi383,11 Kb.
#784189
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
2 5474601469963408604

9-Mavzu: T.Murod romanlarida ijtimoiy davr va shaxs fojiasi
tasviri.

Reja

  1. T.Murod romanlarida tarixiy haqiqat va badiiy to„qimada adib mahoratining ifodasi.

  2. Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanini tahlil qilish.

  3. T.Murodning “Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi” romanida davr va shaxs talqini

Tayanch so'zlar: o’zbek noan’anaviy, poetik tafakukur, mavzu va g’oya, ramziylik, majoziylik.
Keyingi davr romanchiligi to„g„risida so„z borganda milliy ruh va milliy dard bilan yo„g„rilgan Tog„ay Murod romanlari e’tiborni tortadi. Ma’lumki, Tog„ay Murod talqinida tasvirdagi yangilik, falsafiy mohiyat, realistik uslubga sodiqlik, musiqiy ohangdorlik va baxshiyona ifodaga xos saj’ usulini tanlaganligi va milliy ruh hamda milliy qahramonning iztirob va o„ylarini ishonarli tasvirlab bera olganligi bilan adabiyotshunoslar o„rtasida ijobiy baholandi. Davr va ijtimoiy muhitning milliy o„zligimizga ta’sirini Tog„ay Murod o„z asarlarida katta mahorat bilan tasvirlashga erishgan. YOzuvchi sho„ro davri illatlarini kichik oqibatlaridan tortib, bu siyosat tarbiyalagan kishilarning ruhiyatida kechgan evrilishlarga olib kelgan omillargacha nozik chiziqlarda, ishonarli ranglarda tasvirlaydi.
Adibning «Bu dunyoda o„lib bo„lmaydi» romani to„g„risida ham adabiyotshunoslar qizg„in bahs-munozaralar bilan chiqishdi. Jumladan, U.Normatov bu asarni jahon durdonalari bilan qiyoslaydi: «Monumental targ„ibot»dagi Agliya bilan «Bu dunyoda o„lib bo„lmaydi» romanidagi Botir firqa, biri ayol, ikkinchisi erkak ekanligini mustasno etganda, ko„p jihatdan bir-birlariga yaqin: ikkalovi ham deyarli tengdosh, 20-yillar oxiri 30-yillari tarix sahnasiga chiqqan, butun vujudi kommunistik mafkura, e’tiqod g„oyasi bilan yo„g„rilgan, shu e’tiqod yo„liga jonini tikkan, kompartiya arbobi - raykom kotibi darajasiga ko„tarilgan, mustabid tuzum siyosatini amalga oshirishda sobit turgan ikki arbob bu yo„lda hech kimni, o„zlarini ham, o„zgalarni ham ayamagan. Har ikkisiga ham uzoq umr nasib etdi»1.
Olim aytgandek, Tog„ay Murodning «Bu dunyoda o„lib bo„lmaydi» romani ham o„z e’tiqodidan voz kecholmay qiynalayotgan kishining o„y-iztiroblari tahliliga bag„ishlangan. Roman Botir firqaning nasli-nasabini tanishtirishdan boshlanadi: «Tagi ko„rmaganga gilam bitmasin. Qodirqulni chevarasi, Xolmat malayni nevarasi, Eson xizmatkorni bolasi Botir qo„shchi tumandan aynib keldi...
- Bir so„z bilan aytsak, men shu kundan boshlab Botir firqa bo„ldim! Ayni vaqtda, qishloq sho„rosini raisi-da bo„ldim! - dedi. Kimda-kim meni Botir firqa demas ekan, o„zidan ko„rsin!»2
YOzuvchining ta’rificha, Botir qo„shchi «aynib» Botir firqaga aylandi. U uzoq yillar sho„ro siyosatiga bosh egib, unga sadoqat bilan xizmat qildi. U qaysidir ma’noda O„tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar»idagi Komissarning «qarindoshi». «Otiga firqa so„zini qo„shib aytmagichlarni: «Xalq dushmani» deya ayblaydi (5-6-bet). Biroq u Komissar singari qo„shnisini sotib kun ko„rish emas, balki ochlik yillari Mirzaxo„jaboyning bevasi va zurriyotiga yaxshilik qilishga chog„lanadi.
«Non chuchuk bo„ldi.
Ota o„z o„g„lini bir zog„ora nonga almashdi.
Ona o„z qizini bir hovuch kepakka almashdi.
Odamzot kunjara eyishgacha bordi» (8-bet)
Ayni shu 1933-yillari farzandini bozorga bir burda non uchun sotishga olib chiqqan onani o„z qaramog„iga oldi, ularga yordam berish ham iqtisodiy jihatdan nochor, ham siyosiy jihatdan xavfli bir kezlarda yordam qo„lini cho„zdi. Adib mana shu qahatchilik yillarining og„irliklarini faqat bir paytlar rohat-farog„atda yashab, sho„rolar davrida kunini ko„rolmay qolgan Mirzaxo„jaboyning bevasi va sag„rindisi misolidagina emas, balki zamonadagi boshqa shaxslar talqinida ham beradi. Qahri temirdan qattiq NKVD xodimlari ochdan o„lgan va o„lim arafasida qolganlarni suvsiz hovuzga ko„mmoqchi va bu bilan bizda ocharchilik yo„q deb, «Ukrainada orttirgan tajribalari» bo„yicha o„zlarini eng xalqparvar kimsalar qilib ko„rsatmoqchi bo„ladilar. Botir firqa hovuzga ko„mish uchun olib kelingan qariyalarning oxiratini so„rab, sezdirmay Qur’on oyatlaridan tilovat qiladi. O„zining firqaligini oraga solib, o„lim arafasida ko„milayotgan ona-bolani o„limdan saqlab qoladi. YOzuvchining talqinida qahramonlar nafaqat o„z so„zi, fe’li va harakati bilan zamon mahobatini ko„rsatadilar, balki zamona zayli adibning beoxor nutqida ham ko„rinadi:
«- Gitler urush boshlashdan oldin... mag„lub bo„ldi. O„z-o„ziga go„r kovladi. O„z boshini o„zi edi... Ammo-lekin Gitler... meni sezmadi, - dedi Botir firqa. - Front ortida... men mehnat qilayotganimni Gitler bilmay qoldi!» (24-bet).
YOzuvchi qahramon qismatini davrlardan tez olib o„tadi, zamonlar o„zgarishi bilan Botir firqa ham zamonga oson moslashish yo„lini axtaradi. Bunday paytlarda Botir firqa qalbida milliy g„urur, millatga xos xususiyatlar vaqtning o„tishi bilan mutelashib, kar va ko„r, hatto tilsiz rahbarga, partiyaning sodik quliga aylanib koladi. Jurnalist Madievni oblastning birinchisiga telegramma berib, «ya zaderjivayus» (men ushlanib qoldim) deb yozgani uchun partiyaviy jazoga
tortilganda, adolatsizlikka chiday olmagan Madievga achinganday bo„lib, «Hartugul, organ jinoiy ish qo„zg„amasa bo„ldi. Bolapaqir shoirligiga boradi. O„ziga javr etdi», - deydi. Biroq bu hodisa oldida tomoshabin bo„lib ham turolmaydi, unga yordam berish uchun ruhiy kasallar davolanayotgan shifoxonaga boradi. SHoir taqdiriga qiziqar ekan, bu erdagi holatni ko„rib dili vayron bo„ladi. Biroq partiya xodimi emasmi sir bermaydi. Kasallar toifalari bilan tanishtirayotgan shifokor «Diniy-ruhiy bemorlar, tarixchi ruhiy kasallar, boyvachcha bemorlar, harbiy qonun-qoida qurbonlari, ixtirochi-kashfiyotchi, haqiqatsevar bemorlar» kabi tasnifini ko„rib Botir firqa bu jinnixona emas, «tiriklar qabristoni» degan o„yga keladi. Huddi shunday jinnixona bilan bog„liq tasvirlar istiqlol davrida yaratilgan ko„pgina asarlarda uchraydi.
Botir firqa sho„ro davri adolatsizliklarini ko„rib o„z nafratini ichiga yutar, sukut saqlashga o„zini majbur etardi. Uning yuragidagi milliy g„urur qanchalik kuchli bo„lmasin, vaqt o„z ta’sirini o„tkazgan, «kommunistik ruhda tarbiyalab» ulgurgan edi. SHu bois qayta qurish, oshkorolik siyosati davrida ham o„zi ishonib ulgurgan, e’tiqod qo„ygan KPSSdan voz kecholmay qiynaladi. “Asarda Botir firqaning bir qator kulgili, dovdir, bir qadar pishiq, uquvli shaxs ekanligi juda ta’sirli va samimiy tasvirlangan”3. Bu holat SHukur Xolmirzaevning «Dinazavr» romanidagi Mahkam obrazi kabi yangi davrga tezda moslashib, yangicha so„zlab, yangicha fikrlay olmasligini tan olgan holda uning atrofida bo„layotgan ishlarni sukut saqlab kuzatadi va bu davr siyosatini o„zicha tahlil qilib boradi.
Bir vaqtlar partiya safidan o„chirmoqchi bo„lganlari uchun jazavaga tushib yillar davomida jinnixonada qo„nim topgan Madiev bugun partiyadan osonlikcha voz kechib, yangicha nutqlar bilan odamlarni og„ziga qaratishi Botir firqani ajablantiradi. SHo„ro davrida ruslashib, hatto fohishalik yo„liga kirgan Dilyaning hijobga uranib, amri ma’ruf qilishlarini hazm qilolmay qiynaladi. SHu sabab bularning qilayotgan ishlarini bachkanalik deb o„ylab, o„zi e’tiqod qo„ygan lenincha maslakiga sodiq qolishni ma’qul biladi. Botir firqa o„z o„tmishiga nazar tashlar ekan, «Men pionerga e’tiqod qo„yib yashadim. Men komsomolga e’tiqod qo„yib yashadim. Men partiyaga e’tiqod qo„yib yashadim» (133-bet), - deb bugungi kunda nimaga e’tiqod qo„yish mumkinligini anglayolmay arosatda qoladi. SHu sabab bu hayotda o„zini yolg„iz, keraksiz va charchagan his etadi.
Botir firqa o„limni bo„yniga olib, o„z joniga qasd qilmoqchi bo„ladi. Biroq qabristonda go„rkov bilan suhbatdan so„ng fikridan qaytadi. CHunki o„z joniga qasd qilgan kishi janozasiz, yuvuvsiz ko„milishini, bu ish yaratgan Allohga ham xush kelmasligini bilib, to„xtalib qoladi. Natijada unga tiriklar dunyosi bo„lgan hayotdan ham, o„liklar dunyosi - qabristondan ham joy olish oson kechmasligini anglab etadi. Bu dunyoda o„lib bo„lmasligini anglab etgan va ikki yo„l o„rtasida ojiz qolgan Botir firqa uzoq o„yga tolib uyga qaytadi. Iztiroblar iskanjasida yurgan Botir firqani keksalar safida yangi ishlarga fotiha berish uchun chaqirganlarida u o„zida yana yashashga kuch topadi. CHunki milliy an’analar tiklanayotgan bir davrda uning ham o„rni borligi oydinlashadi. O„zi ekkan chinorlarni qo„porib tashlab, o„rniga Buyuk ipak yo„li qurilishini eshitganda, qalbida milliy tuyg„ulari jo„sh uradi, dilida shukrona va faxr hissi paydo bo„ladi. SHu bois ekkan chinorlarining qismatiga yig„lay desa, yangi, jahonga olib chiqadigan Buyuk ipak yo„li qurilishini o„ylab kuladi. Asar mana shu tafsilotlar bilan yakunlanar ekan, yozuvchi bir umr ora yo„lda qolib, ruhan qiynalib, nihoyat, ko„nika boshlaganda yana o„sha ikki yo„l orasiga tushib qolgan Botir firqa obrazini ishonarli va xalqona milliy ruh tarzda aks ettirishga erishadi. Akademik Baxtiyor Nazarov Farrux Jabborov bilan bo„lgan suhbatda shunday deydi: «Bu dunyoda o„lib bo„lmaydi» romanida u avvalgi asarida boshlangan badiiy niyatlarini yanada chuqurlashtirgan. Adib bu asarida g„oyalarga aldangan, umri sarobga aylangan inson fojiasini ko„rsatishga harakat qiladi. YOzuvchi o„z qahramonlarini, bir qaraganda, go„yo fosh etayotgandek, hajv qilayotgandek tuyuladi. Lekin jiddiyroq nazar tashlasangiz, ijodkorning maqsadi ularni hajv etishdan iborat emas, balki aniq va tiniq aks ettirish ekani ko„rinadi»99. Albatta, inson fojiasini ko„rsatishning turli qirralari mavjud. Uni yolg„iz hajviy plandagina ko„rsatish yuksak adabiyot imkoniyatlarini cheklab qo„yish bilan barobar kelar edi. Tog„ay Murod yozuvchi sifatida buni yaxshi his qiladi, shaxs fojiasini davr qismati bilan uyg„un ko„rsatar ekan, ko„pincha, qahramon ruhiyatiga tayanadi, uning ruhiyatida kechgan botiniy kechinmalarga ko„proq e’tibor qaratadi.
Istiqloldan so„nggi yillarda yaratilgan romanlarda millat kishisining milliy qiyofasi, dunyoqarashi, etiqodi va milliy o„zligini anglash muammolarining yorqin ranglarda yoritilganligini kuzatish mumkin. SHuningdek, keyingi yillarda yaratilayotgan romanlarda noan’anaviy tarzda tasvirlangan qahramonning ma’naviy va axloqiy qiyofasi butun tafsilotlari, bo„y-basti, turlicha ijtimoiy oqibatlari bilan aks etmoqda. Sehrli va sirli, shu bilan birga murakkab xarakterli xilqat hisoblanmish milliy g„urur va or-nomusini unutib, vijdon degan tushunchani siyqasi chiqqan qarashlar tarzida anglaydigan bugungi kun kishisining ba’zi bir vakillarining ichki dunyosini kashf etish va uning taqdiridagi fojialarni aks ettirish uchun ijodkor rang-barang badiiy uslublardan foydalanishga harakat qilmoqda. Badiiy asar mazmunini boyituvchi bu izlanishlar shaklan yangi tasvir vositalarini va o„ziga xos talqinlarni yuzaga chiqarmoqda.
Keyingi davrda yaratilgan romanlarda ijodkor «...inson fe’l-atvorining turli sharoitlarda qanday tovlanishi va bu tovlanishlar o„sha sharoitga qanday aks ta’sir ko„rsatganligini tiyran ko„z bilan kuzatishga harakat qilganligi»100 ko„zga tashlanadi. Xuddi shunday ijtimoiy voqelik va davr kishisining o„tgan umrini taftish qilishi mavzuida O„.Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», SH.Xolmirzaevning «Dinozavr», T.Murodning «Otamdan qolgan dalalar», O.YOqubovning «Adolat manzili», O.Muxtorning» Ming bir qiyofa» asari bilan boshlangan turkum romanlari yaratildi. Bu asarlar badiiy shaklga oid izlanishlarning turli ko„rinishlari tarzida yuzaga kelganligi va tasviriy uslublardagi yangilanishlari bilangina emas, balki yozuvchining yangicha tafakkur olamida shakllangan qahramonlarning o„ziga xos xarakterlari ochib berilganligi hamda inson ruhiy olamini realistik uslubda tahlil qilish tamoyillarining o„ziga xosligi bilan ham diqqatga sazovordir. Gap ijtimoiy voqelik va inson milliy ruhiyatining badiiy asarda qanday uslubda ifoda etilishi to„g„risida borar ekan, bugungi kunda ijodkor badiiy tafakkuri ishonarli va juda go„zal tarzda namayon etilayotganligini alohida ta’kidlash lozim.
Avlodlar qismati badiiy talqinini aks ettirish o„zbek romanlarida o„ziga xos tarixga ega. S.Ayniyning «Qullar», Oybekning «Qutlug„ qon» va «Ulug„ yo„l», Asqad Muxtorning «Davr mening taqdirimda», «CHinor» romanlarida ancha keng tahlil qilingan bu mavzu 90-yillarga kelib, mamlakatda yuz bergan keskin ijtimoiy- siyosiy holat tufayli, bugungi qarashlarning o„zgarishi natijasida yangicha talqinlar vujudga keldi. Endi o„zbekning so„nggi yuz yillik tarixiga munosabatda undagi kurashchanlik, faxr hissi, davr qahramoni bo„lish kabi xislatlar zamirida yashirinib yotgan ijtimoiy illatlar ochiq tanqid ostiga olindi. Millatning taraqqiyotdan ortda qolib ketish sabablari ma’lum ma’noda mana shu mustabidlik tufayli ekani, sho„ro mashinasi milliy ruhni o„ldirish barobarida millat kishisini bu hisdan mahrum siyosat kushandasiga aylantirib qo„yish jarayoni romanlarda ancha batafsil tahlil qilindi. Bu jarayonda milliy qahramonning ishtiroki, milliy o„zlikni saqlash yo„lidagi kurashi, iztiroblari va natijada erishuvi mumkin bo„lgan istiqlol sharofati romanlarda o„z tahlil ob’ektini topdi. Ana shu jihatdan O„tkir Hoshimov, SHukur Xolmirzaev, Tog„am Murod romanlarida millat qiyofasini ko„rsata oladigan, millatning barcha go„zal jihatlarini ham, uning illatlarini ham o„zida aks ettira oladigan qahramon yarata olgani bu davr romanchiligining jiddiy yutug„i sifatida baholanishga loyiq. 90-yillar romanlarida va XX1 asr tongotarida vujudga kelgan asarlarda milliy ruh va milliy qahramon muammosi romanning asosiy mavzusi, g„oyasi va problematikasi kabi qo„yilishining boisi ham ana shundadir.

  1. Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. T.: Sharq, 2004.

  2. Karimov H. Istiqlol davri nasri. - T.: Zarqalam, 2007.

  3. Rahimjonov N. Mustaqillik davri o„zbek she’riyati. - T.: Fan, 2007.

  4. Mirqosimova M. Hozirgi adabiy jarayon. O'quv qo'iianma. - t.: tdpu, 2008.


Download 383,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish