7. Mavzu: Termodinamika qonunlari.
Reja:
1. Issiqlik uzatish usullari va uning turlari.
2. Termodinamikaning 1-qonuni.
3. Termodinamikaning 2-qonuni.
4. Mavzuga oid masalalar.
5. Uyga vazifa.
Mexanik ish bajarmasdan jismlar bilan atrofdagi muhit orasida ichki energiyasining
almashinishiga
issiqlik almashishi deyiladi.
Issiqlik almashinishi jismlar yoki jism qismlari orasida temperatura farqi
bo’lgandagina amalga oshadi. Bu farq katta bo’lganda issiqlik almashish jadal kechadi.
Jismlar yoki jism qismlari orasida temperaturalar tenglashganda isiqlik almashinishi
to’xtaydi va bu holatga termodinamik muvozanat deyiladi.