5-seminar mashg’uloti
Reja:
1.Islomgacha bo’lgan davrda arablardagidiniy e’tiqodlar va tarixiy shart
2.Islom dinining vujudga kelishi va ta’limoti
3.Islom dinining muqaddas manbaalari
4.Islom yo’nalishlari va mazhablari
.Islom milodiy VII asrning boshlarida Arabiston Yarimorolida paydo bo’lgan.Yarimorol aholisining asosiy qismi arablar tashkil etgan.
Islom vujudga keishi arafasida arablarasosan chorvachilik bilan shug’ullanar edi.Arabistonning geografik o’rni (hududidan g’arb va sharq davlatlarini bog’lovchi karvon yo’llari o’tgan va uchta qit’ani tutashtirib turadi)sababli,savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan rivojlangan.Iqtisodiy rivojlanish darajasi Yarimoroling hududlarida turlicha bo’lgan.Uning bepoyon cho’llarida yashagan ko’chmanchi arablar chorvachilik bilan shug’ullangan.Yarimoroling shimoliy qismida Vizantiya va mesapotomoia kabi qadimiy madaniy markazlarning ta’siri kuchli edi.Karvon yo’li o’tgan janubi-g’arbiy qismi (Hijozda)qadimdan savdo-sotiq,suniy sug’orishga asoslangan dehqonchilik va qisman hunarmandchilik rivojlangan.Milodiy I asrda Arabistonning janubi-g’arbiy qismida shahar-davlatlar vujudga kelgan.IV-VI asrlarda bu yerda Makka,yasrib, Toif singari yirik shaharlar mavjud edi.Ularda istiqomat qiluvchi arab zodagonlarining daromadini karvon yo’llaridan kelayotgan boj soliqlari va savdo-sotiq tushumlari tashkil etgan Mintaqadagi iqtisodiy jonlanish natijasidako’chmanchi chorvador qabilalarda urug’-qabilaviy munosabatlarning yemirilishi va davlat uyushmalarining paydo bo’lish jarayoni kuchaygan.”Johiliya”so’zi adabiy arab tilida “bilmaslik”ya’ni,”Yagona xudo-Allohni tanimaslik”ma’nolarini beradi.Arabiston yarimorolining islomdan oldingi davr tarixiga nisbatan ishlatila boshladi.Yangi davr tarixchilari qadimgi davrda Ichki Arabiston aholisi orasida “ko’pxudolik”(al-VAsaniya )hukm surardi.
.Islom dini milodiy VIIasrning boshlarida Arabiston Yarimorolida paydo bo’lgan.Islom dininig paydo bo’ishi tarqoq arablar qabilalari uchun olamshumul voqeaga aylandi.Tarixda birinchi Arab xalifaligi vujudga keldi.Arabistondagi iqtisodiy iqiroz,tarqoq qabilarlarni birlashtirishga intilish Yangi mafkuraga talabni kuchaytirgan va islom shunday mafkura sifatida vujudga kelgan.Islom dini Arabistonda Yahudiy jamoalar mavjud bo’lgan .Arabiston Yahudiylar haqida asosan, Qur’on,hadis,tafsir,sira(Payg’ambar hayoti va muqaddas urushlari haqida hikoya qiluvchi adabiyot janri)va tarix kitoblari xabar beradi. Islom dinining asoschisi Muhammad payg’ambar hisoblanadi.Muhammad payg’ambar 570-yilda MAkka shahrida tavallud topgan.Ayrim adabiyotlarda quyidagicha ma’lmot beradi:”Tavrotda tug’ulishi bashorat qilingan so’nggi payg’ambar Muhammad alayhissalom ibn Abdulloh milodning 569-571-yillari orasida Makkada Tavallud topgan.”Uning tug’ulish arafasida otasi ,6yoshligida esa onasi Amina aya vafot etgan.ota-onasidan erta judo bo’lgan Muhammaad dastlab bobosi Abd al-Mutallib tomonidan, uolamdan o’tgandan keyin amakisi Abu Tolib qo’lida tarbiyalangan abu Tolib Muhammadni 21 yoshida badavlat beva xotin Hadichaga ish boshqaruvchilikka xizmatga beradi.Ko’p vaqt o’tmay u Hadichaga uylangan.Er-xotin yoshida juda katta farq (Muhammad xotinidan 15yosh kichik bo’lgan)bo’lsada,huurmat va mehr-muhabbatga asoslangan mustahkam oila qurilgan.
610-yilda Muhammadga xudodan vahiy (xudoning xohish irodasini ifodalaydigan “haqiqat”larni odamlarga mo’jizaviy yo’llar bilan yetkazish)kelayotganligini aytib,arablarni Yagona xudo –Alloh atrofida birlashtirishga davat etgan va insonlarni Alloh irodasiga bo’ysunishga chaqirgan.Muhammadning da’vatini qabul qilganlar o’zaro hamkorlik ,bir-birlariga muhabbat,ezgulik va adolat qoidalari asosida birlashishni xaqiqiy e’tiqod asoslari deb hisoblaganlar.Islom dini arabcha –itoat etish ,bo’ysunish degan ma’nolarni anglatadi.dastlab u Quddus shahriga sajda qiladi keyinchalik Makka shahriga qarab da’vat etadi.
.Qur’oni Karim –Alloh tarafidan 23yilga Yaqin muddat mobaynida Muhammad payg’ambarga oyatma –oyat ,sura –sura tarzida nozil qilingan ilohiy (sakral)kitobdir.Bu kitobislom dining muqaddas manbaasi hisoblanadi.ISLOM ilohiyot maktablaridan biri ahl as-sunna va-l-jamoa ta’limotiga ko’ra ,Qur’on Alloh taoloning so’zi va uning azaliy ilmidir.
Muqaddas yozuv ko’p nomlarda biri bo’lgan “Qur’on “so’zi –arabcha “qara’a” (o’qimoq )fe’lidan olingan . Allohning irodasi va o’gitlari Muhamma payg’ambarga farishta Jabroil orqali vahiy (arabchada-uqtirilgan degan ma’noni anglatadi)qilingan .Vahiy kelgan kun islomda Laylat – ul qadr kechasi (arabchada-taqdirni hal qiladigan kecha degan ma’noni anglatadi) deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |