Reja: islom dining paydo bo’lish tarixi. Islom dininig mazmun va mohiyati


Islomning hozirgi zamondagi o‘rni va mavqei



Download 85,19 Kb.
bet5/5
Sana16.12.2019
Hajmi85,19 Kb.
#30398
1   2   3   4   5
Bog'liq
ISLOM REFERAT

Islomning hozirgi zamondagi o‘rni va mavqei


Islom dini XX asr oxirlariga kelib, o‘z nufuzi va mavqeiga ko‘ra, yer kurrasida xristianlikdan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi. Hozir islom diniga deyarli 1,5 mlrd. kishi e’tiqod qilmoqda. Agar islom dini paydo bo‘lgan davrlarda asosan Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lsa, XX asrning oxirlariga kelib Osiyo, Afrika, Yevropa va Shimoliy Amerikaning qator mamlakatlariga yoyilgan. Buning obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. Obyektiv sababi shundaki, islom dini yahudiylik, xristianlik dinlarining ijobiy jihatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, diniy e’tiqod va sig‘inishlarni inson hayotining turli holat va vaziyatlariga moslashtira olgan hamda diniy e’tiqod qulayligini ta’minlaydi. Shu bois u Yevropa va Shimoliy Amerikaning muqaddam xristianlik yoki yahudiylik e’tiqodida bo‘lgan yoxud diniy e’tiqodi umuman bo‘lmagan fuqarolarining aksariyatini o‘ziga jalb eta olgan. Ayni vaqtda ham islom diniga kirish Yevropa va Shimoliy Amerikada muayyan udumga aylanib bormoqda. Bu hol, tabiiyki, boshqa diniy konfessiyalar rahbariyatini tashvishlantirmoqda. Ular islom e’tiqodini qabul qiluvchilar nufuzining ortib borishi, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida islom qadriyatlarining ustuvorligiga olib kelishi boshqa diniy konfessiyalarning mavqeini zaiflashtiradi deb xavotir olmoqdalar. Aslida bunday tashvishlar o‘rinsizdir. Haqiqiy islom kishilar o‘rtasida mehr-oqibat, poklik, halollik, shafqat, rahmdillik, xayr-saxovat,

adolat va insof kabi qadriyatlarni e’zozlaydi, insonni ezgulikka undaydi.



Islom dini niqobi ostida ish ko‘ruvchilar, g‘araz maqsadli siyosiy kuchlar, turli ekstremistik elementlar bundan mustasnodir. Din niqobida ish ko‘ruvchi manfur, terrorchi kuchlar islom e’tiqodining millionlab kishilar qalbiga kirib borishi jarayonini aslo to‘xtata olmaydi, aksincha, iymonli, diyonatli dindorlar ularni uloqtirib tashlaydilar va islom olamining ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Islom dini XXI asrga kelib jahon ijtimoiy-

siyosiy sahnasida yirik siyosiy-g‘oyaviy omil mavqeiga ega bo‘la boshladi. Agar sobiq Ittifoq tuzumi davrida jamiyatda sekulyarizm (lotinchada dunyoviy degan ma’noni anglatadi) va dahriylik (ateizm) siyosati hukmron bo‘lgan bo‘lsa, Markaziy Osiyoning mustaqillikka erishgan yosh davlatlari siyosatida sekulyarizm birmuncha yumshatildi, diniy e’tiqodga erkinik berildi. Natijada islom dini siyosiy hayotga aralashish imkoniga ega bo‘ldi. Mustaqillikka erishgan yosh davlatlar o‘z siyosiy yo‘llarini tanlashda G‘arb demokratiyasi an’analariga murojaat qildilar.

Hokimiyatlar taqsimlanishi, demokratiya prinsiplarining siyosiy islohotlar uchun asos qilib olinishi jamiyatda islom harakatlarining kuchayishi va hokimiyatga da’vogar kuch sifatida maydonga chiqishiga olib keldi. Mamlakatda diniy e’tiqodga erkinlik berilishining ayrim kishilar tomonidan noto‘g‘ri talqin etilishi natijasida, 1991–1992 yillarda Farg‘ona vodiysida ekstremistik kuchlar rasmiy hokimiyatning o‘rniga islom tartiblarini o‘rnatish uchun ochiqdan-ochiq harakat qilishga kirishdilar. Hukumat tomonidan respublikadagi faoliyati tugatilgan

«Akromiylar», «Adolat», «Tavba», «O‘zbekiston islom uyg‘onish partiyasi» singari ekstremistik tashkilotlar islom dinining siyosiylashib borayotganligini ko‘rsatmoqda.

Bu harakatlar endilikda mustaqillikka erishgan O‘zbekistonda yuzaga kelgan obyektiv qiyinchiliklar (ishsizlar sonining ko‘payishi, turmush darajasining pasayishi, o‘zgaruvchan sharoitlarda eskicha boshqaruv uslublarining davlat hokimiyati idoralarida inersiya shaklida saqlanib qolganligi kabilar)dan ustomonlik bilan foydalanish va mamlakat hayotini islom qonunlariga asoslangan o‘zanga burib yuborishga urinib ko‘rdilar. Buni ayrim chet el diniy ekstremistik tashkilotlarining mahalliy gumashtalari (Juma Namangoniy, Tohir Yo‘ldoshev singari yot unsurlar) amalga oshirmoqchi bo‘ldilar. Biroq rasmiy siyosiy hokimiyat hamda huquqni muhofaza qiluvchi xizmat xodimlarining hushyorligi va sobitligi natijasida diniy ekstremistik mafkuraning payi qirqildi.

O‘zbekistondagi voqealar dinning siyosiylashuvi muammosining faqat bir ko‘rinishidir. XX asrning oxiriga kelib, islom dini jahon miqyosida yetakchi ijtimoiy-siyosiy mavqeni da’vo qildi.

Eron islom inqilobining yetakchi rahbarlaridan Oyatullo Humayniy bundan deyarli 20 yil muqaddam taniqli italyan jurnalisti Oriana Fallagiga bergan intervyusida shunday degan: Islom adolatdir. Islom e’tiqodiga muvofiq, har qanday diktatura – katta gunohdir. Islom deyarli hamma narsa: erkinlik, demokratiya va boshqalardir. Islom siyosiy-diniy ta’limotdir. Unda, bir tomondan ruhoniylik siyosatni, ikkinchi tomondan

esa siyosat ruhoniylikni to‘ldiradi. Islomda diniy fatvolardan ko‘ra ko‘proq siyosiy da’vatlar ustuvordir. Olloh nomi bilan qasamyod qilamanki, islom siyosatdir1.

Oyatullo Humayniyning bu so‘zlari diqqatga sazovordir. Darhaqiqat, XX asr oxiriga kelib, islomning nafaqat diniy-axloqiy, balki ijtimoiy- siyosiy ta’limot ham ekanligi isbotlandi. U jahonning iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlariga ta’sir etib turuvchi vositaga aylandi.



Ayni kunda islom dinining shunchaki bir ta’limot emas, balki g‘oyat katta qudrat va salohiyatga ega mafkura ekanligini Yaqin va O‘rta Sharq, Bolqon yarimoroli, Kavkaz, Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonning Kashmir o‘lkalarida kechayotgan diniy mazmundagi ijtimoiy jarayonlar yanada yaqqol tasdiqlamoqda. Islom jahon miqyosida jiddiy siyosiy kuchga aylanmoqda. Biroq uning haqiqiy mohiyatini buzish, undan g‘arazli siyosiy maqsadlarda foydalanish islomning xalqaro obro‘yiga putur yetkazmoqda, ayrim kaltabin siyosatchilarning islom diniga qolgan barcha dinlarni qarama-qarshi qo‘yishlariga sabab bo‘lmoqda. Bu bilan haqiqiy islomning insonparvarlik, ezgulik va adolatlilik kabi mohiyati xavf ostida qolmoqda. Bir guruh ekstremistlar, terrorchilar o‘z g‘arazli maqsadlari bilan islom mohiyatini qorishtirib yubormoqda. Bunday sharoitda islom dinining azaliy insonparvarlik, poklik, halollik, rahm-shafqatlilik, imonlilik tamoyillarining ustuvorligiga erishish, jahon ahlini bu qadriyatlarga ishontirish, uning umuminsoniy tabiatini ilmiy izohlab berish davr talabidir.






Download 85,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish