3-Mаvzu: Paxta-to’qimachilik klasterlarini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi
Rеjа:
1. Ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster shakli mohiyati
2. Paxta-to’qimachilik klasterlari faoliyatining o’ziga xos jihatlari
3. Klasterda ishtirok etuvchi tomonlar vazifa va majburiyatlari
4. Paxta-to’qimachilik klasterlarini tashkil etish holati
1. Ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster shakli mohiyati
Klasterlarni tashkil etishdagi iqtisodiy muhit doirasi va uning holatini o’rganish shuni ko’rsatadiki, ishlab chiqarishni tashkil etishning ushbu shakli so’ngi vaqtlarda keng miqyosda amaliyotga qo’llanilmoqda. Umuman olganda, klaster – bu bog’lam sanaladi. Ishlab chiqarish sohasida esa klaster – bu boshlang’ich xom ashyoni qaeta ishlash orqali pirovard tayyormahsulot ishlab chiqarishni o’z ichiga oladigan yaxlit texnologik jarayonni birlashtiruvchi korxonalarning ishlab chiqarish tizimidir. Ishlab chiqarish sohasiga klaster shaklini joriy etish tizimli samara deb ataluvchi aloxida qismlarning integrasiya asosida butun tizimga birlashtirilishi natijasida faoliyat samaradorligi oshishini ta’minlaydi,
Xorijiy mamlakatlarda klasterlarni shakllantirish bo’yicha to’plangan tajribalari va amaliyoti quyidagi yo’nalishlar hisoblanadi.
Birinchi yo’nalish Italiy modeli (sanoat okruglari) hisoblanib, kichik korxonalarning eksportni kengaytirish borasida kuchli konsentrasiyasiga asoslangan, bozorga chiqish va uni egallashda o’zaro rasmiy yoki norasmiy xamjamiyat asosida yurituvchi ichki klasterlardir.
Ikkinchi yo’nalish sanoat klasterlari hisoblanib, ular konsentrik doiralar hosil qiluvchi (markazlashgan tashkilotlar) markaziy boshqaruv tizimiga ega klaster shakli hisoblanadi. Bu kabi sanoat klasterlari tarkibida ilmiy labaratoriyalar, ilmiy tadqiqot markazlari va oliy o’quv yurtlari faoliyat yuritadi. Klasterlarni bunday shakllantirish Yaponiya, Janubiy Koriya, Girmaniya va Fransiya davlatlari tajribalarida aks etgan. Ular xalqaro bozorlar uchun o’ta kuchli xamkorlik va yuqori darajada shakllantirilgan rasmiy ichki aloqalar mavjud. Innovasiyon faoliyatning sochilib ketishi va chiziqli bog’lanishning mavjud emasligi klasterlar shakllanishining bu kabi usuliga xos hisoblanadi. Xar bir klaster ishtirokchisi tizimning boshqaruv apparatiga zanjirli aloqasi ta’minlanadi va bu o’zaro integrasiyasini ta’minlashga asosiy kalit hisoblanadi. Bunday klasterni tashkil etish jarayonida ko’proq moliyaviy manbaalarga tayanishi esa unga davlatning aralashuvi shart qilib qo’yishi bilan birga, asosiy moliyaviy ta’minotchisi sifatida qatnashishini rag’batlantiradi. Klasterni shakllantirishning bunday usuli davlatning ko’magi va moliyaviy mablag’ning kattaligi uni tashkil etishning kuchsiz tomoni bo’lsada, xalqaro bozorda mamlakat raqobatbardoshligini oshirishning asosiy vositasi yoki strategiyasi sifatida qaraladi.
Uchunchi yo’nalish sanoatlashtirish davriga xos hisoblanib, bunday klasterlash stragiyalardan Skandinaviya, Shveysariya va AQSH da keng qo’llanilgan. Ko’proq spiral hosil qiluvchi klasterlash modelining asosiy yo’nalishi innovasiyalarni yaratishga urg’u beradi va yaratilgan innovasiyalarni klaster ishtirokchilariga sochib yuborish orqali raqobatbardoshlikni ta’minlash asosiy maqsad hisoblanadi.
Klasterlarni shakllantirish bo’uicha yuqorida bayon etilgan yo’nalishlar O’zbekiston sharoitida yengil sanoat korxonalarining mavjud ahvoli va bozorda shakllangan raqobat muhiti holatidan kelib chiqib belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |