5. Transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olish Materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinganida ko‘p hollarda ularni sotib olish hamda tayyorlash bilan bog‘liq operatsiyalar 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu schyotning debetida 6010, 2310, 2010, 6990 va boshqa schyotlarning kreditlari bo‘yicha materiallarning sotib olish qiymati qiymati shakllanadi. Shuningdek bu yerda materiallar bilan bog‘liq transport-tayyorlov xarajatlari ham ifodalanadi.
Bu schyotning kredit tomonida 1010-1090-schyotlarning debeti bo‘yicha haqiqatda kelib tushgan va kirim qilingan materiallarning hisob qiymati aks ettiriladi.
Hisob narxlarida qabul qilingan materiallar va ularni sotib olish hamda tayyorlash qiymatlari orasidagi farq 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va har oyning oxirida 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘ining debetida yig‘ilgan summa ishlab chiqarishga va boshqa ehtiyojlarga sarflangan materiallarning qiymatiga mutanosib taqsimlanib, xarajatlar hisobvarag‘iga ko‘chiriladi.
1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag‘i debetidagi qoldiq korxonaga hali kelib tushmagan yo‘ldagi materiallar qiymatini ifodalaydi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi tarkibiga transport-tayyorlov xarajatlari ham kiradi. Bularga materiallarning shartnoma qiymatidan tashqari ularni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar materiallarning turlari bo‘yicha tegishli schyotlarda mavjud materiallarning umumiy hajmi bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini hisoblab chiqaradi.
Bu narsa hisobot oyi davomida sarflangan materiallarga to‘g‘ri keladigan transport-tayyorlov xarajatlarini aniqlab hisobdan chiqarish uchun zarur.
Sarflangan materiallar qaysi schyotlarga o‘tkazilgan bo‘lsa, transport-tayyorlov xarajatlari summasi ham shu schyotlarga yoziladi. Haqiqiy tannarxning rejadan oshish ulushini topish va hisobga olish ham shu tartibda bajariladi. Bu yerda farq shundaki, og‘ishish (tejalgan yoki ortiqcha xarajat) bo‘lishi mumkin. Ortiqcha xarajat transport-tayyorlov xarajatlariga o‘xshab, reja tannarxini ko‘paytiradi, tejalgan summa esa uni kamaytiradi. Tejalgan summa minus yoki qizil storno bilan yoziladi.
O‘uyidagi jadvalda «A» korxona bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini hisoblab topish misoli keltirilgan: