Bozor muvozanati — bozordagi talab va taklifning miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, Bozor muvozanati buziladi. Umuman olganda Bozor muvozanati hamma tovarlarga nisbatan va uzok, vaqt boʻlishi mumkin. Ammo juzʼiy va ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki ehtiyojning yuksalishi bilan yangi talab paydo boʻladi va u darhol qondirilmaydi. Bozor muvozanati ni taʼminlashning asosiy yoʻllari: tovar ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni toʻydirish; yetarli tovarlar zaxirasini barpo etish; talabgir tovarlar narxini oshirish, oʻtmay turgan tovarlar narxini pasaytirish; eksport va importning ortishi yoki kamayishi; aholi daromadlarining tovarlar va xizmatlar koʻpayishiga qarab ortib borishi; mehnat unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq oʻsishi. Bozor muvozanati maʼrifatli jamiyatda narxlar bilan bozorni tartibga solish orqali taʼminlanadi. Muvozanat - bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biror bir tashqi kuch ta'sir qilmasa, u o‘zining ushbu holatini saqlab qoladi.Hozirgi davrdagi bozor murakkab mexanizm hisoblanadi. Har qanday tadbirkor bozorning turlari haqida bilimga ega bo’lishi kerak. Bozordagi tovarlarning xilma-xilligi, uning murakkab tuzilishga ega ekanligini asoslab beradi.
Bozorda tovarlar emas, balki xizmat ko’rsatishlar ham taklif etiladi. Bozorning turlari shartli ravishda quyidagi sinflarga ajratiladi. Ularning ba’zilarini ko’rib chiqamiz.
I. Geografik joylashishiga qarab:
mahalliy bozor – shahar yoki qishloqdagi bozorlar;
milliy yoki ichki bozor – bu ma’lum bir davlatning bozori hisoblanadi;
mintaqaviy bozor – bu har xil davlatlar bozori va uning birlashmalari hisoblanadi.
Masalan: Evropa iqtisodiy hamkorligi, Markaziy Osiyo mintaqasi, Arab davlatlari birlashmasi va h.k.
Jahon bozori rivojlangan davlatlar iqtisodini qamrab oladi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng jahon bozoriga hissa qo’sha boshladi.
1992 yilda O’zbekistonning mahsulotlari chet ellarga 870 million AQSh dollar miqdorida eksport qilingan bo’lsa, 2003 yilda bu ko’rsatkich 3725 mln. AQSh dollarini, 2007 yilda esa 8991,5 AQSh dollarini tashkil etdi. MDH davlatlariga qilingan eksport darajasi 47,5 foizni boshqa xorijiy davlatlarga 52,5 foizni tashkil etgan21.
Do'stlaringiz bilan baham: |