Reja «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»


ARAB VA GARBIY YEVROPA DAVLATLARIDA FEODALIZM DAVRIDAGI



Download 287,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana12.03.2022
Hajmi287,01 Kb.
#491571
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza (1)

5.ARAB VA GARBIY YEVROPA DAVLATLARIDA FEODALIZM DAVRIDAGI 
IQTISODIY G‘OYALAR 
Sharq mamlakatlarida feodal munosabatlar III-VIII asrlarda shakllana boshladi. Bu yerlarda pul, 
mehnat munosabatlari biroz yengillashdi. Davlat xususiy egalik va foydalanish uchun yer ajrata 
boshladi. Xususiy yer egaligining turli shakllari saqlangani holda davlat asosiy va unumdor 
yerning egasi sifatida, zarur paytda xususiy xo‘jaliklarning barcha ishlariga bemalol aralashish, 
yer soligini yig‘ish huquqini yo‘qotgan emas. Shu sababli Sharqda «davlat feodalizmi»ning turli 
shakllari saqlandi va iqtisodiy qarashlarda ham o‘z aksini topdi. Iklim va turar-joy sharoiti tufayli, 
bu yerlarda dehqonchilik asosan sun’iy sug‘orish asosidagina olib borilishi mumkin edi (Farbiy 
Yevropa bilan solishtiring). Ba’zi olimlarning fikricha, Sharqda yerga xususiy mulkchilikning 
yo‘qligi va buning asosiy sababi sun’iy sug‘orish ekanligini aytadi. Yer bor bo‘lgani bilan 
sug‘orishsiz hosil olish mumkin emas edi. Sug‘orish inshootlari qurish, ta’mirlash jamoa 
ixtiyorida bo‘lgan, qishloq jamoasi saqlangan. Sharqda yerga xususiy mulkchilik bo‘lganmi, 
degan muammo xanuzgacha hal etilmagan. Bizningcha, ko‘proq yerdan foydalanish huquqi 
bo‘lgan. Bu mintaqada yerni suvdan ajratib bo‘lmaydi. 
Ilk feodal munosabatlar va shu davrdagi iqtisodiy g‘oyalarning asosi Qur’oni karimda (arabcha 
qiroat, ya’ni o‘qish) aks etgan (VII-VIII asrlar). VI asrning oxiri-VII asrning boshlarida 
Arabistonda feodal munosabatlarning shakllanishi tufayli yagona davlat barpo etishga da’vat 
kuchaydi. Bu harakat so‘nggi din - Islomda o‘z aksini topdi. Islom ta’limoti payg‘ambarimiz 
Muhammad alayhissalomga Alloh taolo tomonidan nozil qilingan Kur’oni karimda 
mujassamlangan. Islomdagi yo‘l-yuriqlar hayotning barcha sohalarini qamrab olgan bo‘lib, shu 
jumladan iqtisodiyotga doir masalalarga ham keng o‘rin berilgan. Qur’oni karimdagi asosiy 
g‘oyalardan biri barcha musulmonlarning bardoshligi bo‘lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida 
birlashdi. Halol mehnat, dehqon, hunarmandlar mehnati ulug‘landi, barcha boylik shu asosda 
paydo bo‘lishi uqtirildi. Bu muqaddas kitobda Allox taolo savdoga katta ahamiyat bergan, 
sudxo‘rlikni, ya’ni ribo’ (sudxo‘rlik foizi) ni harom qilgan, mulkning muqaddasligini, birovning 
mulkiga xiyonat va xatto xasad qilishni katta gunox degan. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri 
azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to‘g‘rilikka buyuriladi va yolg‘on ishlatish, o‘g‘rilik va 
mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Allox taoloning Qur’oni karimda qarz olish va berish, 
merosni taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-exson qilish (3-sura, 128-
oyat) haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g‘oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham 
katta ahamiyat kasb etadi. Yetimlar xaqiga xiyonat qilish eng katta gunohlardan deb e’lon 
qilingan. Shuningdek, o‘zaro yordam ham (5-sura, 3-oyat) zarur, lekin yomon ishlarda va 
dushmanlikda emas deyiladi. Oyati karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa 
dehqonchilik, qo‘ychilik bilan shug‘ullanish, mehnat qilish zarurligi marhamat qilingan. 
Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash Kur’oni karimdagi «Yenglar, ichinglar, xadya 
qilinglar, ammo isrof qilmanglar» degan oyatlar asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng 


aktual masalaga aylangan). «Daryo bo‘yida taxorat qilsalaringiz ham suvni isrof qilmanglar» kabi 
qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatli. 
Islom huquqshunosligida foydaning eng yuqori miqdori 10 foiz qilib belgilangan (buni boshqa 
fikrlar bilan solishtiring). 
Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abdurrahmon Abu Zayd 
(1332-1406)ning hissasi benihoya katta (Tunisda tug‘ilgan, Fes sultonida xattot-kotib bo‘lgan). 
1382 yili Qohiraga kelib mudarrislik qilgan, keyinroq qozi bo‘lgan. Asosiy asari «Kitob-ul-ibar» 
(«Ibratli misollar kitobi»-1370y.). U birinchilardan bo‘lib tarixiy ijtimoiy taraqqiyotning moddiy 
tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritdi, g‘arb olimlari Makiavelli, Monteskyega katta ta’sir 
ko‘rsatdi.
Olimning konsepsiyasi «ijtimoiy tabiat»ga yaqin, jamiyat rivoji (evolyatsiyasi) oddiylikdan 
sivilizatsiya saridir. 
Ibn Xaldunning bu asaridan tarjima «Ijtimoiy fikr» jurnalining 1998 yil 1-sonida (158-165-betlar) 
keltiriladi. Asarning «Kitobi avval» qismida «inson jamoasining farqli tomonlarini: shoxlik 
hoqimiyati, odamlarning daromadlari»ni o‘rganish asosiy vazifa qilib qo‘yilgan. Olim: «Insonga 
xos bo‘lgan jihatlarga yashash uchun mablag‘, narsa topishga intilish, bu uchun mehnat qilish 
zaruriyati ham kiradi», deb yozadi. Davlatning yashash davr va bosqichlari keltiriladi, u beshga 
bo‘linadi va nihoyatda ibratlidir. Mehnat qilinmasa «bozor munosabati ham barham topadi». 
«Davlatning kuchi va qudrati, aholining soni boylik va farovonlikka bog‘liqdir», deb yozadi olim 
(Smit goyasi). Soliqlar zarurligi uqtiriladi, soliqlar yana aholining o‘ziga qaytib keladi. 
«Aholining boylik manbaini bozor va savdo munosabatlari tashkil etadi», deganda olim xuddi 
bugungi iqtisodiy g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi. Merkantilistik g‘oya klassik maktab fikrlari bilan 
to‘ldiriladi. «Savdogar moliga narx qo‘yishda barcha sarf-harajatlarni hisoblab narx yozadi». 
Olimning bexosiyat, mevasiz daraxtlar ekishdan chetlanish xaqidagi fikri ham qimmatlidir. 
Soliqlarni faqat davlat, ayrim xukmdorlar foydasiga yig‘ish jamiyat tanazzuliga olib kelishi 
aytiladi. 
Ibn Xaldun dastlab birgalikda «ishlab chiqarish» faoliyatiga katta e’tibor berdi, jamiyat moddiy 
qiymatlar «ishlab chiqaruvchilar» jamoasidan iborat deydi. U «Odamning kelib chiqishida 
mehnatning o‘rni»ni ochib berishga harakat qilgan. Hunarmandchilik, fan va san’atning rivoji 
bevosita «mehnat unumdorligining o‘sishi» bilan bog‘liq deydi. «Oddiy» va «murakkab» mehnat 
farqlangan, mehnat bo‘lmasa, buyum ham bo‘lmas edi, degan muhim xulosa chiqariladi. Olim 
fikrlarida «zaruriy» va «qo‘shimcha mahsulot», «zaruriy va qo‘shimcha mehnat» tushunchalari 
farqlanadi. U «tovarning iste’mol qiymati» va «qiymat» tushunchalarini ta’rifladi. Zamon va 
makonda o‘z zamondoshlaridan ancha ilgari bu g‘oyalarni berdi.«Oldi-sotdi bitimi asosida teng 
ayirboshlash qoidasiga amal qilinishi kerak, bunda sarflangan mehnatning teng yarmi 
ayirboshlanadi», «agar bu hunarmandchilik mahsuli bo‘lsa - unga sarflangan mehnatiga teng», 
«daromad qiymati esa sarflangan mehnat ushbu buyumning boshqa buyumlar ichida tutgan o‘rni 
va uning odamlarga zarurligi bilan belgilanadi». Bunda tovarlarni tenglashtirish mehnatni 
tenglashtirish shaklida yuzaga chiqadi, ya’ni mehnatning roli va tovarning foydaliligi ham 
hisobga olinmoqda, bu juda muhim (marjinal g‘oya bor). 
Qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik bilan birga savdoni hayot uchun tabiiy zarurat deb bilgan 
va fiziokratlardan ilgarilab ketgan. 
Tovar qiymatiga xomashyo qiymati, mehnat vositalari, oraliq tovar ishlab chiqaruvchilar 
mehnatining qiymati kiradi. U aytadiki, ayrim hunarlar boshqa xunarlarni o‘z ichiga oladi: 
masalan, duradgor yog‘ochdan ishlangan buyumlarni, to‘quvchi yigirilgan ipni ishlatadi va 
hokazo, ya’ni ishlab chiqarishning ijtimoiyligi isbotlab beriladi. Tovar-pul munosabatlari tahlil 
etilgan, narxlar bozorga olib chiqilgan tovarlar massasi (talab-taklif)ga bog‘liqligi aytilgan. 
Nonga baholarni mo‘tadil ushlab turish, farovanlik manbai ekanligi ko‘rsatiladi. Soliq tizimini 
tartibga solish kerakligi qayd etiladi; uningcha soliq pasayishi ijtimoiy hayotni yuksaltiradi. 
Bundan deyarli 600 yil avval bozor tushunchasiga izox beriladi. Ibn Xaldun fikricha: «Bozor - bu 
hunarmandchilikni mukammallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishning garovidir». 


Klassik o‘rta asr davridagi iqtisodiy g‘oyalar kanonik, ya’ni qonuniy doktrinalar asosida rivoj 
topdi. Bu sohada cherkov, ruhoniylar katta faoliyat ko‘rsatdilar. XII asrning o‘rtalarida 
boloniyalik monax-roxib Grotsian «Kanonik huquqlar to‘plami»ni tuzdi, unda bir qancha 
iqtisodiy g‘oyalar ham berilgan. Ular umumiy mulkchilikni ideal deb baholab (e’tibor bering, 
xususiy mulk emas), xususiy mulkchilik xudo tomonidan odamlarning gunolari uchun vujudga 
keltirilgan, degan g‘oyani ilgari surdilar. Boylar xayr-sadaqa berishga chaqiriladi. Xudoga ma’qul 
bo‘lgan faoliyatlarga faqat dehqonchilik va hunarmandchilik kiritilib, sudxo‘rlik, ayniqsa, foyda 
olish uchun savdo qoralanadi (Islom dinidagi g‘oya bilan solishtiring). 
Kanonistlarning bosh iqtisodiy g‘oyasi asosida xudo tomonidan belgilangan «adolatli baho» 
to‘g‘risidagi ta’limot yotadi. 
Italiyalik roxib Foma Akvinskiy (1225-1274) ta’limotida iqtisodiy g‘oyalar ma’lum tartibga 
solingan. U o‘zining asarlarida qullik va krepostnoylikni oqlaydi, bunda u Aristotel va muqaddas 
kitoblarga asoslanadi. U xudoni barcha boyliklar egasi deb e’lon qiladi, lekin xususiy mulkchilik 
ham himoya qilinadi, chunki bunda insonning o‘z toifasi, tabaqasiga mos ravishda yashashiga 
imkoniyat yaratiladi. Davr taqozosiga mos (natural xo‘jalik hukmron) ravishda davlat o‘z-o‘zini 
ta’minlash g‘oyasini qo‘llaydi, natura shaklidagi boylikka asosiy e’tiborni qaratadi, oltin va 
kumushlarni sun’iy boylik deb biladi. Mehnatsiz yaratilgan boylik (savdo, sudxo‘rlik) harom deb 
hisoblangan. 
Asosiy va xudo tomonidan belgilangan bu narsa «adolatli baho» masalasi edi. Kanonistlar amalda 
bahoni mehnat sarflarining yig‘indisidan iborat deb tan olganlar. Agar proporsional tenglik 
saqlanmasa jamiyat yemirilishi mumkin, degan to‘g‘ri xulosa chiqariladi. Savdo foydasi va foiz 
olish «adolatli baho» bo‘yicha almashuvni buzadi, shu sababdan yirik savdo va sudxo‘rlikni 
taqiqlash talab etiladi. Foma Akvinskiy «adolatli baho» masalasini foydalar, to‘g‘rirog‘i naf, 
manfaatlar tengligi asosida hal etdi va uni subyektiv vaqt deb baholadi. U aytadiki, agar narsa 
biror odam foydasiga, lekin boshqa odam ziyoni hisobiga o‘tsa, bu holda buyumni o‘zining 
haqiqiy bahosidan yuqoriroq sotish huquqi paydo bo‘ladi. Shu bilan birga bu buyum baribir 
haqiqiy egasidaligidan qimmatroq sotilmaydi, chunki qo‘shimcha baho, shu buyumdan xoli 
bo‘lgan ziyonni qoplaydi. F.Akvinskiy yuqori tabaqa aholisini mehnatkashlar manfaatini himoya 
qiluvchilar qilib ko‘rsatadi. Shu sababli bu tabaqaga buyumlarni o‘z haqiqiy bahosidan 
qimmatroq sotishga ruxsat beradi. Protsent (foiz)ni tavakkalchilik to‘lovi yoki qarz oluvchiga 
beriladigan «beg‘araz sovg‘a» deb tushuntiradi. U rentaning ekspluatatorlik mohiyatini bo‘yab 
ko‘rsatadi va renta yer egasiga o‘z qo‘l ostidagilarni boshqarishdagi mehnati uchun to‘lanadigan 
xaq deb baholaydi. Bu bilan cherkov (yeri bor) va feodallarning manfaatlarini himoya qiladi. 
Bunday iqtisodiy g‘oyalar Fransiyada (Nikola Orem), Angliyada (Djon Boll) ham vujudga keldi. 
Shuni alohida qayd etish zarurki, bu iqtisodiy qarashlar sinfiy harakterga ega bo‘lgan, yuqori 
tabaqalarning faoliyatini ma’qullagan. Ikkinchi tomondan norozi dehqonlar harakati ham 
kuchaygan. Angliyada Uat Tayler (1381), Germaniyada Tomas Myunser (1524-1525) 
rahbarligida dehqonlar qo‘zg‘oloni bo‘lgan, ular krepostnoylikni, boshqa majburiyatlarni bekor 
qilishni talab etganlar. Shu davrda cherkov boyligi ham keskin oshgan. Tenglik to‘g‘risidagi g‘oya 
buzilganligini ko‘rgan xalqning bir qismi ruhoniylarning shoxona hayot kechirayotganiga qarshi 
chiqdi. 
Shu davrda feodalizm yo‘lidan borayotgan Rossiyada ham iqtisodiy g‘oyalar vujudga keldi. IX 
asrda tashkil topgan Qadimgi Rus davlati - Kiyev Rusida chop etilgan «Russkaya pravda» 
qonunlar to‘plamida dastlabki yozma fikrlar berilgan. Unda jamiyatning sinfiy differensiatsiyasi, 
yer egalari, savdogarlar manfaati himoya qilinadi, knyazlik manfaati uchun savdogarlar, 
sudxo‘rlar, qarzdorlarni noo‘rin sarf-harajatlardan tiyish zarurligi haqida gapiriladi. 
Ma’lumki, XII-XIV asrlarda Rossiyada feodal tarqoqlik ro‘y berdi (13 ga yaqin alohida knyazlik). 
Bu davrda cherkov yer egaligi atrofida diniy shaklda kurash bordi. XVI asrdan boshlab ijtimoiy-
siyosiy kurash publitsistik tus oldi. Shunday publitsistlardan biri Yermolay edi, monax - 
roxibligida Yerazm nomini olgan. Yermolay Yerazm o‘z asarlarida dvoryanlikni himoya qildi va 
yirik savdo hamda sudxo‘rlikka qarshi chiqdi. U boyarlarni boshqalar hisobiga doim 
bayramdagidek hayotini tanqid qildi, yerni esa faqat davlatga hizmat qilayotgan (ya’ni dvoryan) 


odamlarga berish kerak, degan to‘g‘ri g‘oyani ilgari surdi (boyarlar markazlashgan davlatga 
bo‘ysunishni istamagan va votchina egasi, tarqoqlikning asosiy sababchisi edilar). Haqiqatda ham 
Ivan Grozniy, hatto Petr I davrida ham votchinani (ya’ni boyarlarni) yo‘q qilish uchun kurash 
bordi, oxir-oqibatda dvoryanlik va pomeshchiklik yutib chiqdi va Rossiya yagona davlatga 
aylandi. 
Yermolay Yerazmning iqtisodiy qarashlarida dehqon mehnati boylik manbai degan qoida yotadi. 
Shu sababli u davlatda dehqonlar toifasini birinchi o‘ringa qo‘yadi va ularning iqtisodiy ahvolini 
yaxshilash zarur deb hisoblaydi. Ammo u dehqonlar ekspluatatsiyasining asosi pul 
majburiyatlarida deb bilgan, shu sababli bu majburiyatlar natural renta holida bo‘lishi va hosilning 
beshdan bir qismi (20 foizi) bilan cheklash, yom (pochta) majburiyatlarini esa savdogarlar 
zimmasiga yuklashni taklif etdi. U mehnat unumdorligini oshirish to‘g‘risida qayg‘ursa-da, tovar 
munosabatlari rivojiga qarshi bo‘lgan, ya’ni o‘zi o‘ziga qarshi edi, chunki u erkin boy savdogarlar 
savdosi tarafdori edi. YE. Yerazm natural majburiyatlarni cheklash sinfiy kurashga chek qo‘yadi, 
degan noto‘g‘ri fikrda bo‘lgan. 
XVI asrning o‘rtalarida yaratilgan «Domostroy» asarida shaharliklarning faoliyatiga oid qonun-
qoidalar majmuasi berilgan. Unda hoqimiyat va cherkov, oila, xizmatkorlarga munosabat 
qoidalari keltiriladi. Ko‘pgina maslahatlar ichida xo‘jalik yuritish, savdo, soliq to‘lash qoidalari 
bor. Asarda ro‘y bergan sotsial-iqtisodiy o‘zgarishlar, boy shaharlik psixologiyasi o‘z aksini 
topgan. 
Bozor bilan yaqin munosabat (savdo-soliq)lar qatori, mahsulotlarni ko‘plab zaxira qilish (zapas) 
kerakligi (natural xo‘jalik belgisi) uqtiriladi. Hunar va savdoni o‘rganish, xo‘jalikni boshqarish, 
mehnat va shaxsiy tashabbus rag‘batlantiriladi. 
Rossiyada XVII-XVIII asrning boshlarida yirik o‘zgarishlar ro‘y berdi, kapitalistik ishlab 
chiqarish munosabatlari paydo bo‘la boshladi. Farbiy Yevropadagi merkantilistlardan (quyida 
ko‘riladi) farqli ravishda rus iqtisodchilari muomala sohasiga kam e’tibor qiladilar, pul - boylik 
degan fikrga qo‘shilmadilar. Ular mamlakat ichida tovar almashuvini kuchaytirish tarafdori 
edilar, tashqi savdoni esa asosan sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish quroli deb qaraganlar. 
Bu g‘oyalar A.A.Ordin-Nashchokin (taxm. 1605-1680), Y.Krijanich (1617-1683), I.T.Pososhkov 
(1652-1726) asarlarida bayon etilgan. 

Download 287,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish