chiqarish quvvatlaridan tо„liq foydalanish va tо„liq bandlik darajasiga erishiladi.
Yuqorida ta‟kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bо„lsada,
ammo ular davomiyligi va faolligiga kо„ra о„zaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham
iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb
atash tо„g„ri bо„ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va
texnologiyalarda rо„y beradigan о„zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-
texnika yutuqlarini qо„llash natijasida iqtisodiyotda о„sish rо„y beradi. Masalan,
avtomobilning yaratilishi yoqilg„i sanoati, neft qazib chiqarish, kimyo, yо„l qurilishi
materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bо„ldi. Yangi texnologiyalar ishlab
chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni
ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim ham
yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bо„ladi.
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga
bog„lashadi. Bu jarayonni monetar siyosatga bog„laydigan olimlar ham mavjud. Ya‟ni,
davlat qanchalik kо„p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi va
aksincha, pul miqdori qanchalik kam bо„lsa, ishlab chiqarish kо„lamining pasayishi va
ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni baholashga
turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlik
darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bog„liq, degan
fikrni qо„llab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar о„z tovar va xizmatlarini ularga talab
bо„lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta bо„lmasa, korxonalarda tovar
va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. О„z navbatida, ishlab
chiqarishda bandlik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli, past bо„ladi. Yalpi
xarajatlar miqdori qanchalik kо„p bо„lsa, ishlab chiqarishning о„sishi katta foyda olib
keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlik va daromadlar darajasi ortib boradi.
Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta‟sir etuvchi omillarni о„rganish, iqtisodiy
tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha davlatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim
maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: