Mavzu:Ipoteka bank.
Reja:
1."Ipoteka" bankining tashkiliy huquqiy shakli va faoliyat doirasi.
2."Ipoteka"banki tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogozlar tarkibi va kurs dinamikasi.
3.Bankning aksiyadorlari tarkibi.
4.Bankning qimmatli qogozlar bozoridagi faoliyati buyicha SWOT tahlili.
Javoblar.
1.
Ipoteka ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma asosida (shartnoma asosidagi ipoteka) yoki qonun asosida (qonun asosidagi ipoteka) vujudga keladi.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha bir taraf — ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha kreditor bo‘lgan garovga oluvchi (bundan buyon matnda ipotekaga oluvchi deb yuritiladi) shu majburiyat bo‘yicha o‘zining qarzdorga nisbatan pul talablari boshqa tarafning — garovga qo‘yuvchining (bundan buyon matnda ipotekaga qo‘yuvchi deb yuritiladi) garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulki qiymatidan ipotekaga qo‘yuvchining boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli qanoatlantirilish huquqiga ega bo‘ladi, ushbu Qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
Qonun asosidagi ipotekaga nisbatan unda ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganda, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ipoteka haqidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Ipoteka asosiy majburiyatdan hosila xususiyatiga ega va u asosiy majburiyat tugaguniga qadar haqiqiy bo‘ladi.
Ipoteka bo‘yicha munosabatlarga nisbatan, agar ushbu Qonunda boshqa qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida va “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunidagi garov haqidagi umumiy qoidalar qo‘llaniladi.
Ipotekaga qo‘yuvchi
Ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarzdorning o‘zi yoki bu majburiyatda ishtirok etmaydigan uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) ipotekaga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin.
Ipoteka belgilangan mol-mulk, agar ipoteka to‘g‘risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ipotekaga qo‘yuvchining egaligida va foydalanishida qoladi.
Ipoteka, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, kredit shartnomasi, qarz shartnomasi yoki boshqa shartnoma bo‘yicha majburiyatni, shu jumladan oldi-sotdi, ijara, pudrat shartnomalariga asoslangan majburiyatni, shuningdek zarar yetkazilishi oqibatida vujudga keladigan majburiyatni bajarilishini ta’minlash uchKo‘chmas mulk, shu jumladan binolar, inshootlar, ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy majmualar, yuridik va jismoniy shaxslar mulki bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek turar joylar ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, qonunda ko‘chmas mulk jumlasiga kiritilgan va ularga bo‘lgan huquqlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan boshqa mol-mulk ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin.
Ipoteka to‘g‘risidagi qoidalar:
qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasida barpo etilayotgan qurilishi tugallanmagan mol-mulk garoviga;
yakka tartibdagi uy-joy qurish yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari garoviga;
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchining ko‘chmas mulk ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha huquqlari (ijara huquqi) garoviga;
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlar garoviga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Muomaladan chiqarilgan va tasarrufdan chiqarilishi mumkin bo‘lmagan ko‘chmas mulk ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin emas.
Qonun hujjatlarida majburiy xususiylashtirilishi nazarda tutilgan yoki xususiylashtirilishi taqiqlangan yoxud cheklangan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlari ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |