Mavzu: Investitsion xizmatlarni moliyaviy texnologiyalar yordamida taqdim etish Reja: 1.Investitsiya tushunchasi va uning mohiyati 2.Investitsion faoliyatning moliyalashtirish manbalarining ahamiyati 3.Moliyaviy texnologiyalarning mohiyati «Investitsiyalar» atamasi lotin tilidagi «invest» so'zidan olingan bo'lib, pul sarf qilmoq, qo'ymoq ma'nosini anglatadi. «Investitsiya» tushunchasi bir qator ma'nolarga ega bo'lib, foyda olish maqsadida aksiya, obligatsiya sotib olish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan real aktivlarni sotib olish va ishlab chiqarish uchun sarflanishi tushuniladi, ya'ni investitsiyalar har qanday vosita bo'lib,pulning qiymatini saqlaydi yoki uning qiymatini ko'paytiradi va ijobiy daromadlar olishni ta'minlaydi. Investitsiya mamlakat iqtisodiyotini o'stirish va rivojlantirish uchun zarur bo'lgan mexanizmlardan biri hisoblanadi. Moliyaviy resurslarning turlariga qarab investitsiyalar quyidagicha shakllarda bo'ladi: Moliyaviy resurslarning turlariga qarab investitsiyalar quyidagicha shakllarda bo'ladi: — shaxsiy mablag'lar, depozitlar, ulushlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog'ozlar; — harakatdagi (asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) va ko'chmas (binolar, inshootlar, kommunikatsiya va boshqa boyliklar) mol-mulklar; — mualliflik huquqlar, nou xau va boshqa (aqliy) boyliklar; — yerdan, tabiiy boyliklardan va boshqa mol-mulklardan foydalanish huquqlari (nomoddiy aktivlar qiymati). Shuni aloliida ta'kidlash lozimki, shakllaridan qat'iy nazar investitsiyalar kapitalni jamg'arish jarayonining natijasi hisoblanadi. Jamg'arish investitsiya qo'yishning asosi bo'lib, u qo'yiladigan investitsiyalarning hajmini belgilaydi. Bozor sharoitida investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish yo'nalishlari O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotni barqarorlashtirish korxonalar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun bir qancha tadbirlar hamda investitsiya dasturlari va loyihalarini ishlab chiqilmoqda. Hozirgi paytda investitsiyalarning tashkil etish va moliyalashtirish investitsiya siyosatining quydagi yo'nalishlariga asosan amalga oshirilmoqda: — tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish borasida aniq maqsadni ko'zlab siyosat o'tkazish, tovarlarni eksport qilishda xorij investitsiyalari uchun o'z daromadlaridan foydalanishlarida birmuncha imtiyozlar tartibini joriy etish; — xorijiy investitsiyalari asosan kapital manbalarini Respublika iqtisodiyotiga jalb etish uchun huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy shartsharoitlarini yanada takomillashtirish; — O'zbekistonga jahon talablari darajasidagi texnikalar olib keladigan iqtisodiyot tizimni rivojlantirishga yordam beradigan xorij investitsiyalariga nisbatan ochiq eshiklar siyosati o'tkazish. Hozirgi sharoitda Respublikada investitsiya bazasini rivoj Moliyaviy texnologiyalar (inglizcha: financial technology, qisqartmasi - fintech) – moliyaviy xizmatlar va kompaniyalarga biznesning moliyaviy tomonlarini boshqarishda yordam beradigan texnologiyalar. Bularga: dasturiy ta’minot, mobil ilovalar, jarayonlar va biznes modellari kabilarni misol qilish mumkin. Moliyaviy texnologiyalarni, shuningdek, kompaniyalarning mijozlar e’tirofi va mablag’lariga ega bo’lishda an’anaviy moliya institutlari va tashkilotlari (banklar, sug’urta kompaniyalari, investitsiya fondlari) bilan raqobat qilish uchun yangi moliyaviy texnologiyalar va yechimlardan foydalanadigan tarmoq deb ham atash mumkin. Ko’p hollarda bu o’z xizmatlarini yaxshilash uchun fintech- vositalardan foydalanadigan texnologik startaplar va kompaniyalardir. Misol uchun, Xitoyda mavjud bo’lgan “WeChat” – bu Tencent xoldingining ilovalari to'plami. Ushbu platformada “WeChat to’lovlari” opsiyasi mavjud bo'lib, har 5-foydalanuvchi (har oyda 889 million kishi ilovadan foydalanadi) o’z bank kartasini ulagan bo’lib, “Hamyon” xizmati orqali barcha tijorat funksiyalari va savdo hisoblariga kirish huquqiga ega. Ushbu texnologiya smartfon orqali ko’plab oflayn va onlayn tovarlar va xizmatlarni to’lashda yordam beradi. Fintech – moliyaviy ko'rsatkichlarni yaxshilash uchun texnologiyadan foydalanadigan rivojlanayotgan tarmoq. Mobil banking, investitsiya, onlayn kredit olish va kriptovalyutalar uchun smartfonlardan foydalanish moliyaviy xizmatlarni keng iste’molchilar qatlamlariga yanada qulayroq qilishga qaratilgan texnologiyalarga yaqqol misoldir. Moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy maqsadlari • moliya bozorida raqobatni rivojlantirish; • moliyaviy xizmatlarning mavjudligi, sifati va turlarini oshirish; • moliya sektoridagi risklar va xarajatlarni kamaytirish; moliyaviy texnologiyalardan foydalanishda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash; o’zbek texnologiyalarining raqobatbardoshlik darajasini oshirish.