Tolerantlikning xujayraviy asoslari. “o’zinikiga” bo’lgan tolerantlik.
Oʻsimliklarda Tolerantlik himoya reaksiyasining bir turi, yuqtirilgan kasallikka javoban oʻziga xos chidamlilikning namoyon boʻlishi. Turda Tolerantlikning paydo boʻlishi tanlash natijasi bilan bogʻliq boʻlib, tabiiy populyatsiyalardagi evolyutsion jarayonda oʻsimlik bilan patogen oʻrtasida uzoq vaqt davom etgan oʻzaro taʼsirlar natijasida vujudga keladi. Madaniy oʻsimliklar Tolerantlik tufayli epifitotiya (yoppasiga zararlanish) sharoitida qam qoniqarli hosil beradi. Tolerantlikning namoyon boʻlishi ekologik sharoitlarga (harorat, havo, tuproq), yosh oʻsimlik ontogenezi fazalariga va boshqalarga bogʻliq.
Bu organizmning o’ziga xos antigeni bilan immunologik xujayralar kirish qobiliyatini qisman yoki to’liq yo’qolish qobiliyati xisoblanadi.
Boshqacha ifodalanganda - immunologik javob sodir bo’lmasligi yoki immunologik areaktivlik kuzatiladi. Bunday holatning yuzaga kelishning bir qancha sabablari bo’ladi. Bu tarifga qo’shimcha genetik jishatdan ifodalangan tolirant holatini farq qilish zarur. Qisman tolerantlik holati namoyon bo’lganda immunologik javob reaktsiyasi qisman susayadi.To’liq holatda esa umuman aniqlanmaydi. Immunitet immunologik tolerantlik holati shakllanishida asosan 3
bosqichni ajratishimiz mumkin:
1-bosqich: organizmga yuqori miqdorda kiritilgan antigen o’zida
maxsus javob bermaslik xolatini keltirib chiqaradi. Bunday antigenlarga
difteriya toksikoidi, pnevmokok polisaxaridi va ba`zi bir oddiy kimyoviy
moddalar misol bo’ladi.
2-bosqich: embrionning rivojlanishi davrida antigenning ma`lum bir
vaqt ichida saqlanib turishi tufayli o’ziga xos areaktivlik kelib chiqadi.
3-bosqich: tolerantlik va immunitet xolatlarini barcha antigen
sinflarga nisbatan keltirib chiqarish mumkin.
1945 yili R.Ower birinchi bo’lib immunotolerantlik xolatini namoyon qilib berdi. U egizak buzoqlarda monozigot egizaklardan farq qiladigan lekin bir organizmda uchrashi mumkin bo’lmagan qon guruxlarining kombinatsiyasini kuzatishga muvofiq bo’ladi. Uning taxminiga ko’ra embrionlar ona qornida rivojlanayotgan vaqt davomida ularni yo’ldoshlari bir-birlari bitib ketib gomeopoetik hujayralarning almashinishiga olib kelinishi kerak edi. Ana shunday holat eritotsitor mozaika deb atalgan. R Medawor tajriba davomida yangi tug'ilgan sichqon organizmiga ikkinchi sichqon taloq hujayralari kirish natijasida o’ziga xos tolerantlik keltirib chiqargan. Bunday tolerantlik teri transperantatiga nisbatan sham sodir qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |