Reja: Immun tizimi. Immun tizimi a’zolari tasnifi


TIMUS (AYRISIMON YOKI BUQOQ BEZI)



Download 131 Kb.
bet3/15
Sana01.01.2022
Hajmi131 Kb.
#294209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Immun tizimi Reja Immun tizimi Immun tizimi a’zolari tasnifi fayllar

TIMUS (AYRISIMON YOKI BUQOQ BEZI)
Timus (Thymus) – immun sistemaning markaziy organi bo’lib, unda immunologik jarayonda qatnashuvchi asosiy hujayralardan biri bo’lgan T-limfotsitlar taraqqiy etadi. T-limfotsitlarning boshlang’ich hujayralari suyak ko’migidan qon orqali timusga keladi va bu yerda ular antigenga bog’liq bo’lmagan holda T-limfotsitlarga differensiallashadi. Timus T-limfotsitopoezning asosiy markazi bo’lishi bilan birga o’zidan turli xil biologik aktiv moddalar ajratib chiqarish qobiliyatiga ham ega. Bu moddalar timik gormonlar deb atalib, ulardan eng muhimlari T-limfotsitlarning differensiallanishida aktiv ishtirok etuvchi timozin, timopoetin, timulin va timusning gumoral faktorlaridir. Bulardan tashqari, timusda immunologik jarayon-larni boshqarishda ishtirok etuvchi, organizmning o’sishiga ta’sir ko’rsatuvchi moddalar ham ishlanadi. Timus qizil suyak ko’migi va immun sistemaning barcha periferik organlari bilan chambarchas bog’liq. Timusda yetilgan T-limfotsitlar periferik organlarning maxsus timusga tobe (T) zonalarida joylashadi va shu yerda ko’payib, himoya reaksiyalarida ishtirok etadi. Timus faoliyatining tug’ma yoki biror kasallik ta’sirida buzilishi organizm himoya reaksiyalarining keskin susayishiga olib keladi. Bunday hollar immunitet yetishmovchiligi yoki immunodefitsit holatlar deb ataladi. Bunga yorqin misol qilib odam immunodefitsitini keltirib chiqaradigan virusli immunodefitsit sindromni (SPID ni) ko’rsatish mumkin. Yangi tug’ilgan hayvonlarda timus olib tashlansa, ularning periferik immun organlarida limfotsitlarning ko’payishi va takomillanishi keskin buziladi va qonda T-limfotsitlarning miqdori pasayib ketadi. Bunday organizm kasallik chaqiruvchi mikroblar va viruslar ta’siriga chidamsiz bo’lib qoladi, lekin ko’chirib o’tkazilgan yot organlarni, to’qimalarni o’zida saqlay oladi. Normal holatda esa bunday organlar ajralib tushishi kerak. Shunday qilib, timus immunologik jarayonlarning normal kechishini ta’minlovchi va endokrin faoliyatga ega bo’lgan muhim a’zodir.

Taraqqiyoti.Yuqorida aytilganidek, timus boshqa qon yaratuvchi va immun-himoya organlaridan o’zining epitelial to’qimadan tuzilgan asosi (stromasi) borligi bilan ajralib turadi. Bu to’qimaning bo’lishi timusning taraqqiyotida epitelial manbaning aktiv ishtirok etishini ko’rsatadi. Timusning kurtagi embrionning 4-haftasida yutqin ichak epiteliysining III – IV juft jabra cho`ntaklari sohasida paydo bo’ladi. Bu sohada ko’p qavatli epiteliy kurtaklar shaklida mezenximaga botib kiradi. Kurtaklarning distal qismlari yo’g’onlashib, bo’lg’usi bezning tana qismiga aylanadi, proksimal qismlari esa cho’zilib, chiqaruv nayiga o’xshash nayni hosil qiladi. Demak, timus ilk taraqqiyot paytida ekzokrin bezga o’xshab rivojlanar ekan. Ammo chiqaruv nayi tezda yo’qoladi va timus tanasi jabra cho’ntaklaridan ajraladi. Uning o’ng va chap kurtaklari o’zaro yaqinlashadi va bir-biri bilan qo’shiladi. Embrion taraqqiyotining 7-haftasigacha timus faqatgina epitelial kurtakdan iborat bo’ladi. 8–10-haftalarda bez kurtagiga mezenxima bilan birgalikda qon tomirlari o’sib kiradi. Mezenximadan hosil bo’lgan biriktiruvchi to’qima bezni bo’laklarga bo’ladi. Qon tomirlar orqali bezga dastlab embrionning sariqlik qopchasidan, so’ngra esa jigaridan qonning o’zak hujayralari keladi. Ulardan 11–12-haftalarda T-limfotsitlarning maxsus retseptorlariga ega bo’lgan limfotsitlar shakllanadi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, timusda joylashgan barcha turdagi limfotsitlar umumiylashtirib t i m o t s i t l a r nomi bilan yuritiladi. Shu bilan birga o’zak hujayralardan bez mikromuhitini yaratuvchi makrofaglar va interdigitirlovchi hujayralar (IDH) ham differensiallashadi. Timotsitlarning ko’payishi va bezning periferik qismlarida zich joylashishi tufayli bezda periferik po’stloq va markaziy mag’iz zonalari farqlanadi. Timotsitlar va mikromuhit hujayralari paydo bo’lishi bilan birga epiteliy hujayralarida ham o’zgarishlar sodir bo`ladi. Ular yulduzsimon shaklni olib, bir biri bilan faqat sitoplazmatik o’siqlari yordamida tutashadi. Epitelial hujayralarning o’zaro bog’lashuv joylarida desmosomalar paydo bo’ladi. Natijada, epitelial asos mayin to’r shaklini oladi. Shu tufayli timusdagi epitelial hujayralarni retikuloepitelial (to’r hosil qiluvchi epiteliy) hujayralar (REH) deb yuritiladi. Ularning sitoplazmasida asta-sekin timik gormonlar saqlovchi sekretor pufakchalar va tonofibrillalar paydo bo’ladi. Tonofibrillalar soni va qalinligi timusning markaziy zonasiga qarab ortib boradi. Embrion taraqqiyotining 4-oyiga kelib bezning mag’iz zonasida qatlam-qatlam bo’lib joylashgan epitelial hujayralardan tashkil topgan o’ziga xos tuzilmalar - qatlamli epitelial tanachalar yoki Gassal tanachalari hosil bo’ladi. Ularning tarkibiga kiruvchi epiteliy hujayralari sitoplazmasida juda yo’g’on tonofibrillalarni va muguzlanish jarayonida hosil bo’ladigan keratin donachalarini uchratish mumkin. Timusning taraqqiyoti embrion hayotining 5-oyida deyarli yakunlanadi. Qizil suyak ko’migi hosil bo’lgach, u timusga T- limfotsitlarning boshlang’ich hujayralarini yetkazib beruvchi asosiy manba hisoblanadi va bu mavqeini butun umr davomida saqlab qoladi.


Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish