So`zboshi ham kirish, muqaddima bo`lib, u, odatda, o`quv-uslubiy ishlarda yoziladi. Unda darslik, o`quv-uslubiy qo`llanma, risolaning yozilish maqsadi va tuzilish tartibi haqida qisqa mahlumot beriladi, materialning asosiy mazmuni va boshqa turdosh adabiyotlardan farqli jihatlari ifodalanadi. So`zboshida o`quv fanining ahamiyati, uning boshqa fanlar orasidagi o`rni haqidagi ma’lumotlar ham berlishi mumkin.
Asosiy qismda nazariy ma’lumotlar, o`rganilayotgan masalalarga muallif nuqtai nazari beriladi. Tadqiqot predmeti maksimal darajadagi to`liq tavsiflanadi. Tadqiqot ishida ilgari surilayotgan fikr, mulohaza, dalillar orqali taqdim etilgan nazariya muallif nuqtai nazari, til materiallarini taqdim qilish uslubi, tahlil orqali talqin etiladi. Asosiy qismda nazariy asoslarni bayon etish va isbotlash qoida va ta’riflar, misollar va dalillar vositasida beriladi. O`rganilayotgan masalaning asosiy jihatlari boblar va bo`limlarga bo`lingan holda bayon etiladi, bunda har bir bob va bo`limlarning ichki qismlari mazmun izchilligi va o`zaro uzviylik asosida bog`lanib, yaxlit tugallangan ishni tashkil etadi. Asosiy qismda, odatda, asosiy nazariy holatlar bayon etiladi. Ularda o'rganilayotgan masalalarga muallif nuqtai nazari aks etadi. Bundan tashqari tadqiqot predmetini maksimal darajadagi to'liq tavsifi va tasviri beriladi.
Xulosa qismi olingan natijalar asosida kelingan eng muhim xulosalar, muallif nuqtai nazaridan eng ahamiyatli, zaruriy natijalarni qisqartirilgan, umumlashtirilgan bayonidan iborat bo`ladi. Xulosaning asosi bu natijalar, ya'ni muallif nuqtai nazaridan eng ahamiyatli, zaruriy natijalarni qisqartirilgan, umumlashtirilgan bayonidir. Tadqiqotning butun asosiy qismi aynan shunga bag'ishlangan bo'lsa, nima maqsadda tadqiqot jarayonida olingan natijalarni qayta bayon etish lozim? Xulosalarni ifodalash yuqorida tasvirlanganni oddiy takrorlash emas. Olimning asosiy qismdagi bosh vazifasi - imkon qadar tadqiqot jarayonini ishonchli taqdim etib, u yoki bu natijalarga olib keluvchi fikrning uslubi va mantig'ini tushuntirib berishdir. Asosiy qismni yozishdagi bunday yondashuvning zaruriyati ikki sabab bilan shartlangan:
1) muallif qo'llayotgan tafakkur jarayoni va uslublari, yangi axborotni olish jarayoni aksariyat holda fan uchun tadqiqotning bevosita yakuniy natijalaridan ko'ra qiziqroq;
2) olim fikrlash jarayonini tavsiflab, olingan natijalarning ishonchliligini tasdiqlaydi. Ularni tekshirib ko`rish, tahlil qilib borish har qanday qiziqqan kitobxonga butun tadqiqot yo'lini kuzatish va shu orqali bahzan muallif nazaridan ham chetda qolgan ba'zi bir narsalarni ko'rish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |