Asosiy harakat mashqlari
Yurish. Oyoq uchida tizzalarni baland ko‘tarib yurish, tovonda, oyoq kaftlarining yon tomoni bilan yurish, turli buyumlar oralab yon tomonga yurish. Harakat tezligi va yo‘nalishlarini o‘zgartirib safda yurish.
Yugurish. Oyoq uchida, tizzalarini baland ko‘tarib katta qadamlar bilan yugurish, safda juft bo‘lib turli yo‘nalishda doira bo‘lib, qo‘lini ushlab, ilon izi bo‘lib, yugurish hamda yugurishni yurish bilan almashtirish, to‘xtovsiz 1, 5 daqiqagacha yugurishga, 30 metrga tez, 40-60 metrgacha o‘rtacha tezlikda yugurishga, 200-240 metr masofaga sekin
tezlikda yugurishga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.
Sakrash. Turgan joyida ikki oyoqlab aylanib sakrash, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib sakrash, oldinga qarab yurish vaqtida sakrash, bir oyoqlab turgan joyida va yurgan holda sakrash. To‘siqlardan sakrab o‘tish, 70 sm uzunlikka 20-30 sm balandlikdan sakrab o‘tish, arqon bilan sakrashga urinish, dumalatish, uloqtirish, ilib olish. Aylana orasidan to‘pni dumalatish, koptokni yuqoriga otib va yerga urib ilib olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |